Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
رفتن به کانال در Telegram
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
نمایش بیشتر3 484
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-147 روز
-9430 روز
آرشیو پست ها
Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi | sentabr, 2026-yil
—
81-я сессия Генеральной Aссамблеи ООН | сентябрь, 2026 год
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Республики Казахстан Касым-Жомарту Токаеву и народу Казахстана в связи с гибелью военнослужащих во время учений в районе Каспийского моря.
Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших.
Facebook|Instagram|X
+9
#qabul
Xalq bilan ochiq muloqot: muammoga yechim uni eshitishdan boshlanadi
Odamlarni tinglash, ularning dardi va tashvishlarini chuqur anglash, muammolariga amaliy yechim topish — bugungi davlat siyosatining muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning viloyat Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazilgan navbatdagi kengaytirilgan qabuli ayni shu maqsadga qaratildi.
Unda viloyatning tegishli soha rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarni bevosita hamda videokonferensaloqa orqali qabul qildilar.Qariyb 7 soat davom etgan ochiq muloqotda 300 nafardan ortiq fuqaroning uy-joy, yer munosabatlari, bandlik, tadbirkorlik, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy himoya va boshqa masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi. Eng muhimi, qabul jarayonida 100 ga yaqin murojaat joyida, tegishli soha mas’ullari ishtirokida hal etildi. Fuqarolarning murojaatlarini ortga surmasdan, imkon qadar shu yerning o‘zida yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan ishchi guruhlar shakllantirilib, ularni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va amaliy yechim ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, murojaatlarni shunchaki ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasdan, har bir masala bo‘yicha yakuniy natijaga erishish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Darvoqe, fuqaro o‘z murojaatiga befarq qaralmaganini, muammosi ortidan mas’ullar kelib, uni hal etishga harakat qilayotganini ko‘rsa, davlat e’tiborini amalda his qiladi.Qabul yakunida mas’ullarga fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni manzilli va natijador hal etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
+7
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
🌈 Ertak - ezgulik sabog‘i, milliy qadriyatlar - avlodlar davomiyligi!
📚Bekobod shahridagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Buvijonim o‘qigan ertaklar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 🤝 Tadbir Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Bekobod shahar bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. ✨ Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolajonlarni xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat. 📖 Ertaklar orqali bolalar ezgulik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat va yaxshilik kabi insoniy fazilatlar haqida yanada ko‘proq tasavvurga ega bo‘ldilar. Nuroniylar ishtirokidagi samimiy muloqot va dildan o‘qilgan ertaklar bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalar naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.🎁 Tadbir so‘ngida nuroniylar tomonidan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Диққат_эълон
✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Saida Mirziyoyeva
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik.
O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur.
Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.
Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
—
Вместе с Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) провели мероприятие, посвящённое вопросам демографической устойчивости.
Главный капитал Узбекистана — его молодое население. Чтобы оно стало источником будущего демографического дивиденда, уже сегодня необходимо инвестировать в здоровье, образование и безопасность людей, особенно детей и женщин.
Чтобы эти усилия были адресными и долгосрочными, мы будем заниматься демографическим прогнозированием и планируем разработать стратегию «Демографический дивиденд — 2050».
Будущее страны определяется не только количеством людей, но прежде всего тем, какими возможностями они будут обладать.
+4
#DigitalRightsWeek
#savodxonlik_darslari
📝 Jamiyat va inson huquqlari: raqamli davrda yangicha yondashuv
🔰 Yoshlarning huquqiy ongi va raqamli madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
◀️ Umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligi, fuqarolik mas’uliyati va zamonaviy raqamli madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Digital Rights Week” haftaligi hamda huquqiy savodxonlik darslari tashkil etilmoqda. 📎 Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 91-son qarori hamda hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi topshirig‘i ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. ➡️Navbatdagi interaktiv mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilan birgalikda: 🔹 jamiyat va fuqarolik institutlarining o‘rni, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning faoliyati; 🔹 inson huquqlari va ularning zamonaviy jamiyatdagi kafolatlari; 🔹 raqamli makonda shaxsiy huquqlar, kiberxavfsizlik va axborotdan mas’uliyatli hamda to‘g‘ri foydalanish madaniyati; 🔹 “Mening huquqim buzilganda” mavzusidagi real keyslar va muammoli vaziyatlar tahlil qilindi. 🟠 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z huquq va majburiyatlarini amaliyot bilan bog‘lash, turli vaziyatlarda huquqiy jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda raqamli muhitda xavfsiz va mas’uliyatli harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.✉️ Bu kabi interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar yosh avlodni o‘z huquqlarini biladigan, qonunga hurmat bilan qaraydigan, fuqarolik mas’uliyatini his etadigan hamda raqamli makonda ongli va xavfsiz harakat qiladigan yetuk shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
+3
#JUMA_MILLIY_LIBOSLAR_KUNI
➡️ Milliy libos — millat ko‘zgusi
💥 An’anaga muvofiq, bugun — Juma, Milliy liboslar kuni. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlarimizga ehtirom ruhi yanada yorqin namoyon bo‘ldi.
📌 Piskent tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining pedagoglari va o‘quvchilari ham bugun maktabga milliy liboslarda kelishdi.
✨ Atlas va adraslar, milliy naqshlar bilan bezatilgan bejirim liboslar maktab muhitiga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Milliy liboslarimiz orqali xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari namoyon bo‘ladi.
💚 Milliy libos milliy qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlarimiz merosiga sadoqat ifodasidir!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
+6
#QASAMYOD
🇺🇿 JASORAT MAKTABI O‘QUVCHILARI - VATANGA SADOQATLI AVLOD!
🇺🇿 Oqqo‘rg‘on tumanidagi 18-sonli Jasorat maktabining «Jasorat» sinfi o‘quvchilari uchun unutilmas va hayajonli kun bo‘ldi. Tarix va o‘lkashunoslik muzeyida yoshlarning tantanali va’da berish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🇺🇿 Tadbir davomida yoshlar Vatanga sadoqatli bo‘lish, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilish, puxta bilim olish, intizomli, jasur va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishga tantanali va’da berdilar. 🇺🇿 Bu kun o‘quvchilar qalbida alohida iz qoldirdi. Ular o‘z oldilariga ulug‘ maqsadlarni qo‘yib, Vatan ishonchini oqlash, yurt sharafini munosib himoya qilish va kelajakda el-yurtga naf keltiradigan insonlar bo‘lishga intilishlarini namoyon etdilar. 🇺🇿Tantanali va’da - bu shunchaki so‘z emas, balki har bir yosh qalbidagi mas’uliyat, burch va Vatanga muhabbatning yorqin ifodasidir. 🇺🇿 Jasorat maktabi o‘quvchilariga ilm yo‘lida muvaffaqiyat, qalblarida jasorat, qadamlarida ishonch va kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan buyuk zafarlar tilaymiz!🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
+5
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🔎 Sun’iy intellekt va startap: pedagoglarning raqamli kompetensiyalari yuksaltirilmoqda
✍️ Angren shahrida informatika fani o‘qituvchilari ishtirokida startap asoslari, sun’iy intellekt texnologiyalari va kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
✅ Bugun ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish va pedagoglarning zamonaviy raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 🔎 Shu maqsadda tashkil etilgan seminarda umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish va ularni startap loyihalariga aylantirish, shuningdek, internet muhitida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 🤖 Sun’iy intellekt - ta’limda yangi imkoniyatlar Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari, raqamli vositalardan maqsadli va mas’uliyatli foydalanish, o‘qituvchilarning innovatsion yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. ⚡ Shuningdek, startap loyihalarini ishlab chiqishning asosiy bosqichlari, g‘oyani shakllantirish, muammoni aniqlash, yechim ishlab chiqish va innovatsion tashabbuslarni amaliy loyihaga aylantirish bo‘yicha ishtirokchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. 🛡 Raqamli xavfsizlik - zamonaviy ta’limning muhim qismi Seminarning muhim yo‘nalishlaridan biri internet va axborot texnologiyalaridan xavfsiz hamda mas’uliyatli foydalanish masalalariga bag‘ishlandi. 🌐 Xususan, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, mustahkam parollardan foydalanish, shubhali havola va xabarlarni aniqlash, kiberfiribgarlikning oldini olish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. 🔵 Pedagoglarning o‘quvchilarni turli internet xavflaridan himoya qilish, ularda axborotni tanqidiy baholash, shaxsiy ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va raqamli muhitda mas’uliyatli xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. ⭐ «Bugungi kunda pedagog nafaqat ta’lim beruvchi, balki o‘quvchini raqamli muhitda to‘g‘ri yo‘naltiruvchi muhim shaxs hamdir. Shu bois o‘qituvchilarning sun’iy intellekt, zamonaviy raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi». ➡️ Amaliy natija Seminar yakunida ishtirokchilar zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, startap g‘oyalarini shakllantirish va rivojlantirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida oqilona foydalanish hamda internet xavfsizligi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.🔎 Bu kabi o‘quv-amaliy tadbirlarning tizimli tashkil etilishi pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini yuksaltirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va o‘quvchilar o‘rtasida raqamli hamda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#Ustozga_ehtirom
💥 1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni
📚 Toshkent viloyati, Zangiota tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari tomonidan “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tayyorlangan videolavha
💥 BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN AZIZ USTOZLAR !
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va sanoat maktabiga tayanib, o‘z texnologik bazasini yaratish, sanoat va investitsiya lokomotiviga aylanish, har bir oilaning farovonligini yuksaltirish sari.
—
Поездка Президента нашей страны в Андижан: опираясь на инициативность, предпринимательский дух и сильную промышленную школу – к созданию собственной технологической базы, превращению в локомотив промышленного и инвестиционного роста, повышению благосостояния каждой семьи.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+7
#Zangiota_tumani
#Harbiy_vatanparvarlik
🇺🇿 O‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Shodlik" mahallasi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Vatanni qo‘riqlash- oliy qadriyat" mavzusida Harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Avariya tiklash boshqarmasi "Impus" jamoasi hamda Zangiota tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari ishtirok etib, o‘quvchilarga harbiy xizmatning ahamiyati, shuningdek, turli xil harbiy qurollarning tuzilishi, ularni sochish va yig‘ish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
🇺🇿 Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida saf mashqlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, jangovar tayyorgarlik hamda harbiy texnikalari bilan tayyorgarlik hjarayonlari ko‘rgazmali namoyish etildi va davra suhbati o‘tkazildi.
⭐Tadbirda "Impuls" jamoasi tomonidan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
+7
#Zangiota_tumani
#Harbiy_vatanparvarlik
🇺🇿 O‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Shodlik" mahallasi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Vatanni qo‘riqlash- oliy qadriyat" mavzusida Harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Avariya tiklash boshqarmasi "Impus" jamoasi hamda Zangiota tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari ishtirok etib, o‘quvchilarga harbiy xizmatning ahamiyati, shuningdek, turli xil harbiy qurollarning tuzilishi, ularni sochish va yig‘ish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
🇺🇿 Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida saf mashqlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, jangovar tayyorgarlik hamda harbiy texnikalari bilan tayyorgarlik hjarayonlari ko‘rgazmali namoyish etildi va davra suhbati o‘tkazildi.
⭐Tadbirda "Impuls" jamoasi tomonidan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#Yoshlar_kuni
✍️ Bekobod shahrida “Payshanba - yoshlar kuni” doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan navbatdagi keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi.
🏢 Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17 tа umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy hamda harbiy-sport tadbirlari tashkil etilib, o‘quvchilar sport, jamoaviy bellashuvlar va turli qiziqarli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdi.
🔖 Ayniqsa, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan “Osh chellenji” o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔴 Tadbirlarda shahar hokimi Narimonjon Ismailov, shahar prokurori, IIB hamda Mudofaa ishlari bo‘limi rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildilar.
🔵 Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bilan birga, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Saida Mirziyoyeva
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda oldimizda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildik.
Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim.
—
Встретилась с Генеральным директором Всемирной торговой организации Нгози Оконджо-Ивеалой.
Обсудили, как продвигается вступление Узбекистана в эту организацию и какую работу нам ещё предстоит завершить.
Благодарю уважаемую госпожу Оконджо-Ивеалу за непрерывную поддержку и экспертную помощь. Мы уже прошли большую часть пути, и сейчас важно сохранить темп и довести этот процесс до конца.
Repost from E’zoza Karimova
+1
Rasmiy munosabat
Telegram messenjeridagi mazkur sahifa va suhbat matni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.
Kuzatuvchilardan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma'lumotlarga tayanishlarini so‘raymiz.
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
#Diqqat_chellenj
#Ustozimga30Soniya
📌BIR USTOZ. BIR UMRLIK SABOQ. 30 SONIYALIK RAHMAT!
💫Ba’zi insonlarni yillar o‘tsa ham unutmaymiz. Ismi yodimizda, ovozi qulog‘imizda, aytgan bir og‘iz so‘zi esa hamon hayotimizda hamroh…
⚡️Ular — bizga bilim bergan, hayot yo‘lini ko‘rsatgan, o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan aziz ustozlar!
📌Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “Ustozimga 30 soniya” chellenjini e’lon qiladi!
➡️Chellenjning maqsadi — ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini ifoda etish, ustozlar mehnati va fidoyiligini e’tirof etish hamda jamiyatda ustoz maqomini yanada yuksaltirish.
💠Siz ham chellenjga qo‘shiling!
📎Kamerangizni yoqing va bor-yo‘g‘i 30 soniya ichida:
🔹Sizga ta’lim bergan ustozingizning ismini ayting;
🔹Ustozingizdan olgan eng katta hayotiy sabog‘ingiz bilan o‘rtoqlashing;
🔹U kishiga bugun aytmoqchi bo‘lgan eng samimiy tilak va minnatdorligingizni izhor eting.
🔵 Videongizni ijtimoiy tarmoqlarga joylang, #Ustozimga30Soniya xeshtegini qo‘llang va chellenjni yana 3 nafar insonga uzating!
📎Unutmang, siz uchun oddiy tuyulgan bir og‘iz «Rahmat, ustoz!» so‘zi inson qalbiga cheksiz quvonch bag‘ishlashi mumkin.
🔆Chellenjga qo‘shiling! Ustozingizni yodga oling va unga 30 soniyangizni bag‘ishlang!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Saida Mirziyoyeva
Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati — kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdik.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.
—
В Нью-Йорке встретилась с руководством BlackRock в лице Роберта Капито, президента компании, Томаса Донилона, вице-председателя, Адебайо Огунлеси, председателя и главного исполнительного директора Global Infrastructure Partners, и Чарльза Хатами, глобального руководителя Группы финансовых и стратегических инвесторов компании и руководителя по Ближнему Востоку.
Мы обсудили запуск Ташкентского международного финансового центра в 2027 году. BlackRock помогает с формированием концепции и структуры Центра.
На нашем совместном круглом столе с представителями деловых кругов Америки обсудили перспективы развития Узбекистана и региона на ближайшие десятилетия.
Узбекистан открывается для крупных качественных инвестиций.
#xavfsiz_maktab
🇺🇿 ZANGIOTADA MAKTABGA OLIB BORUVCHI YO‘LLAR XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
📝 Toshkent viloyatida 10-sentyabrdan 10-oktabrga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz maktab” ijtimoiy profilaktika oyligi doirasida ishchi guruh Zangiota tumanidagi maktablarga olib boruvchi piyodalar yo‘laklari va yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandi.
➡️ O‘quvchilarning uydan maktabga va maktabdan uyga xavfsiz qatnovini ta’minlash maqsadida yo‘nalish chizmalari ishlab chiqilmoqda. Joylarda maxsus savolnomalar to‘ldirilib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🔵 O‘rganishda yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l xo‘jaligi va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi. Bolalar xavfsizligini ta’minlash choralari ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
