uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Kanalga Telegram’da o‘tish

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy

Ko'proq ko'rsatish
3 463
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-77 kun
-3330 kun
Postlar arxiv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qi
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя правления компании Cengiz Holding Мехмета Ченгиза. #Mirziyoyev #qabul #CengizHolding #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi. Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda. 👉На русском
Bizni kuzating:
❤Telegram         🌐 Facebook 🌐Youtube           🌐Instagram 🔎Veb-sayt          😄 Linkedin

#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 😊 Asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman bosqichi BO‘LIB O‘TMOQDA! 📢Olimpiada bugun Tarix fan
+7
#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 😊 Asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman bosqichi BO‘LIB O‘TMOQDA! 📢Olimpiada bugun Tarix fanidan 3 smenada tashkil etidi. 📊 Jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda olimpiadaning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. ➡️ Fotolavhalarda olimpiadaning Yangiyo‘l tuman bosqichi jarayonlari aks etgan. Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi. Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Prezidentimiz “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashdi. — Президент нашей страны встретился с председателем правления компании ACWA Мухаммадом Абунайяном. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Saida Mirziyoyeva
Turkiya | Anqara, Istanbul | oktabr, 2026 — Турция | Анкара, Стамбул | октябрь, 2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish va sohaning investitsiyaviy joziba
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел открытый диалог с инвесторами по вопросам ускорения реформ в топливно-энергетической отрасли и повышения инвестиционной привлекательности сферы. #Mirziyoyev #muloqot #energetika #investorlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#RASMIY_MUNOSABAT 🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Chirchiqda davlat maktabi binosi “Temuriylar” xususiy maktabiga berib yu
#RASMIY_MUNOSABAT 🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Chirchiqda davlat maktabi binosi “Temuriylar” xususiy maktabiga berib yuborildimi?» mazmunidagi xabar va ota-onalar murojaatlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Chirchiq shahri, «G‘alaba» MFY, G‘alaba ko‘chasi, 43-uyda joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1992-yilda qurilgan, 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda muassasada 625 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Bu loyiha quvvatining 52,1 foizini tashkil etadi.
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborotiga ko‘ra, maktab xonalari xatlovdan o‘tkazilib, maydoni, amaldagi foydalanilishi va o‘quv jarayoniga zarurligi o‘rganilgan. Bo‘sh deb belgilangan xonalarni ijaraga berish uchun hujjatlar vakolatli organga taqdim etilgan. Obyektning umumiy 6 770,82 kvadrat metr maydonidan 1 931,81 kvadrat metri «Temur Cadet School» MCHJga ijaraga berilgan. Bu bo‘yicha 2026-yil 2-iyulda 1100834/123-26-son shartnoma tuzilgan. Unda ijaraga beruvchi — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, ijaraga oluvchi — mazkur MCHJ, balansda saqlovchi — 26-sonli maktab ishtirok etgan. Shartnoma bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilib, ijara muddati va to‘lov shartlari belgilangan. Demak, taqdim etilgan ma’lumotlar binoning bir qismi vaqtincha ijaraga berilganini ko‘rsatadi. Maktab binosiga mulk huquqi xususiy tashkilotga o‘tkazilmagan. Davlat mulkini ijaraga berish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tartibga solinadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, ijara elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi, qonunchilikda belgilangan istisnolar bundan mustasno. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatli shartnoma asosida yuzaga kelgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Shahar bo‘limi mazkur maydon elektron auksion orqali ijaraga berilganini bildirgan. Jarayonning qonunchilikka to‘liq muvofiqligi haqidagi yakuniy xulosa xatlov hujjatlari, auksion bayonnomasi, shartnoma va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlari asosida berilishi lozim. Ijara tushumlari belgilangan tartibda taqsimlanadi. Maktabga ajratiladigan mablag‘larni moliyaviy tartiblarga muvofiq ta’mirlash, zamonaviy texnikalar xaridi va ta’lim sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirish nazarda tutilgan. Ota-onalar murojaatlari asosida shahar bo‘limi tez fursatda maktab quvvati, sinf xonalariga ehtiyoj va o‘quvchilar sharoitlarini qayta o‘rganib, zarur choralarni ko‘radi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, hozirda «Temur Cadet School» MCHJning mazkur binodagi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🔴🟦🟦 Ayni paytda Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatd
+6
🔴🟦🟦 Ayni paytda Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglamoqda. Qabul davomida ko‘tarilayotgan har bir masala atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinmoqda. Murojaatlarning yechimi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilanmoqda. Qabul jarayonlari davom etmoqda. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi
❗️ Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etilayotganini ma’lum qildi.
Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Ona_tilim_faxrim 🇺🇿O‘zbek tili — millat ruhi, xalqning bebaho ma’naviy boyligi! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 😊TARIX FANIDAN BILIMLAR SINOVI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA ✍️Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi ku
+7
#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 😊TARIX FANIDAN BILIMLAR SINOVI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA ✍️Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi kunida ishtirokchilar tarix fanidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda. ➡️ Bugungi bellashuvlarda umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda texnikum talabalaridan iborat qariyb 3501 nafar yosh ishtirok etishi rejalashtirilgan. 📚Olimpiada yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini sinash hamda bilimli va iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. 🔵 Jarayonlarning shaffof va adolatli tashkil etilishi, ishtirokchilar uchun munosib sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish bo‘lishi kerak. Bu nizolarning oldini olish va o‘zaro maqbul qarorlarni topish imkonini beradi".
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«Главной целью СВМДА должно стать формирование целостной инфраструктуры доверия в Азии. Это позволит своевременно предупреждать конфликты и находить взаимоприемлемые решения».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Pedagoginfo_bot 😀😀😀😀 📣 PEDAGOGLAR UCHUN YANGI QULAYLIK! ⚡️ Attestatsiya bo‘yicha savolingiz bormi? 📤 Murojaatingiz holatini bilmoqchimisiz? 📊 Sinov natijangizni tekshirmoqchimisiz? 📄 Ustama sertifikatlari haqida ma’lumot kerakmi? ⚠️Endi kerakli ma’lumotlarni izlab turli manbalardan qidirib ovora bo‘lishingiz shart emas! 🤖 PedagogInfo_Bot — pedagoglar uchun kerakli ma’lumotlar bir joyda! Bot orqali: ✅ murojaatingiz holatini Ariza-ID orqali tekshirishingiz; ✅ sinov natijalarini bilishingiz; ✅ ustama sertifikatlari bo‘yicha ma’lumot olishingiz; ✅ maxsus ustamalar bilan tanishishingiz; ✅ kerakli normativ hujjatlarni topishingiz; ✅ ko‘p beriladigan savollarga javob olishingiz mumkin. 💡 Pedagogik faoliyatingizga oid kerakli ma’lumotlarni tez va qulay oling. 👇 Botni hoziroq ishga tushiring: 🤖 @pedagoginfo_bot — Botni ochish 📤 Ushbu xabarni hamkasb pedagoglarga ham ulashing! Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA
✍️ 350 ming so‘m maoshdan 52 ming dollarlik mukofotgacha
🔵 Yuqori chirchiqlik pedagog, "Yil o‘qituvchisi" tanlovi g‘olibi Odil Niyozov faoliyatiga nazar. ▶️ Batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" dasturida 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#Ona_tilim_faxrim 😊21-OKTABR - O‘ZBЕK TILI BAYRAMI KUNI 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 5 kun qoldi! 21–22-oktabr kunlari Samarqand bolalar farovon
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 5 kun qoldi! 21–22-oktabr kunlari Samarqand bolalar farovonligi masalalariga bag‘ishlangan Jahon sammiti markaziga aylanadi. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi ekspertlar hamda soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lib, bolalarning farovonligi, sog‘lig‘i, ta’limi, himoyasi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha eng muhim masalalarni muhokama qiladi. Bu — bolalar kelajagi uchun yangi yondashuvlar, xalqaro hamkorlik va uzoq muddatli yechimlar shakllanadigan jahon miqyosidagi muloqot maydoni. Samarqanddan yangraydigan g‘oyalar, tashabbuslar va hamkorliklar bolalar uchun yanada xavfsiz, adolatli va imkoniyatlarga boy kelajakni shakllantirishga xizmat qiladi. Samarqand Jahon sammitigacha — 5 kun. Bolalar farovonligiga sarmoya — kelajakka sarmoya. Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisiga sinf rahbari tomon
#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisiga sinf rahbari tomonidan muntazam tazyiq o‘tkazilayotgani haqida murojaat tarqaldi. Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Murojaat boshqarma tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ayni paytda mas’ullar tomonidan unda keltirilgan vajlar o‘rganilmoqda. Boshqarma bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidlaydi. Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish qonunchilikda belgilangan. O‘rganish natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, vakolat doirasida qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisiga sinf rahbari tomon
#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisiga sinf rahbari tomonidan muntazam tazyiq o‘tkazilayotgani haqida murojaat tarqaldi. Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Murojaat boshqarma tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ayni paytda mas’ullar tomonidan unda keltirilgan vajlar o‘rganilmoqda. Boshqarma bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidlaydi. Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish qonunchilikda belgilangan. O‘rganish natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, vakolat doirasida qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali - Telegram kanali @toshkentvxtb statistikasi va tahlili