cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 toshvxtb.uz ✉️ [email protected] 👨‍💻 Мурожаат учун: @Boshqarmaga_murojaat_Bot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 869
المشتركون
-724 ساعات
-1947 أيام
-2 34730 أيام
أرشيف المشاركات
#AMALIY_SЕMINAR 🔴MAKTAB RAHBARLARI VA O‘RINBOSARLARI UCHUN SЕMINAR TASHKIL ETILDI 📍Toshkent tumani 🟢Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman va shaharlar kesimida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. ➡️Bugun mazkur seminar Toshkent tumanidagi mavjud 34 ta umumta’lim maktabi direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. ❗️Shu o‘rinda aytish lozim, Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur nizomda o‘qituvchilar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa va kasbiy mahorati yuqori bo‘lsa, birinchi navbatda ularga ko‘proq dars soatlarini ajratish belgilab qo‘yilgan. 🔴Boshqarma mas’ullari tomonidan, Nizomda ko‘rsatilgan shaklda dars taqsimotini amalga oshirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy talab qo‘yildi. ➡️Seminarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Hamrayev, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Nodir Ahmedov, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Vafoqul Hotamovlar o‘z taklif, tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etdi.
❗️Eslatib o‘tish kerak, mazkur tumanda bugungi kunda 1562 nafar oliy ma’lumotli pedagogalar 34 ta umumta’lim maktablarida faoliyat yuritadi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 3
#LOYIHA_DOIASIDA 💠TUMANLARDA “KORRUPSIYASIZ SOHA” LOYIHASI DOIRASIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI ➡️Korrupsiya har qanday jamiyat rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladigan ijtimoiy xavf hisoblanadi. Har qanday korrupsiyaviy qonunbuzarlik yangi bir qonunbuzarlik sodir bo‘lishiga turtki bo‘ladi. 🔰Mamlakatimizda 2017-yil 3-yanvarda “Korrupssiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, bugun mamlakatimizdagi barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. 🟢Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ham korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish hamda xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan hududlarda “Korrupsiyatsiz soha” va “Korrupsiyasiz hudud” kabi loyihalar ishlab chiqildi. ➡️Mazkur loyiha doirasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi taman va shahar bo‘limlarida amaliy seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etilmoqda. ➡️Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleyans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Nodir Ahmedov va boshqaramning bir qator mas’ullari Zangiota, Toshkent tumanlarida ayni loyiha doirasida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan seminar o‘tkazdi. ➡️Seminar ishtirokchilari bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi. ➡️Yig‘ilishda pora olish va o‘zlashtirish korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng og‘ir va ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri ekanligi qayd etildi. 🔴Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, bunda “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarga chek qo‘yish, faoliyatning ochiqligini ta’minlash, xodimlarning korrupsiyaga qo‘l urmasligi uchun ularning huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 1
#Kasbiy_rivojlanish #Fransiya 🔴 Ayni damda 60 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda. Darslar sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan, unda: ➖ Fransiya tarixi hamda ta'lim tizimi, ➖dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ➖ til o‘rganishda og‘zaki nutq darajasini oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda. 📍 Jarayonlar Nitsa shahrining Cote d'Azur universitetida bo‘lib o‘tmoqda.Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida joriy yilda jami 120 nafar fransuz tili ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Сўраган_эдингиз #Call_markaz ❓Mening yashash manzilim qaysi maktab mikrohududiga kirishini qayerdan bilib olsam bo‘ladi? ✅ Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz elektron portalida yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni kiritib, farzandingizni taʼlim olish tilini tanlaganingizdan so'ng qidirish tugmasini bosasiz. Shundan so'ng, oynada yashash manzilingiz qaysi maktab mikrohududiga biriktirilganligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi. Bundan tashqari har bir maktabda ota-onalarga qulay bo‘lgan, barchaga ko‘rinadigan joyda 1-sinfga qabul jarayonlariga oid, jumladan, mikrohudud haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladi. Farzandimni 1-sinfga topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn ariza berib bo‘lganimdan so‘ng, shaxsiy maʼlumotlarimda xatoliklar aniqlansa, ularni qay tartibda to‘g‘irlashim mumkin?Bunda arizangiz maktabga yuborilgan bo‘lsa, maktab tomonidan arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab, qayta ariza berishingiz mumkin. ❓Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanlarimni maktabga joylashtirish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?  ✅ Ha, topshirish mumkin. Bunda elektron platformada shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirishingiz kerak bo'ladi. ❕Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi”- 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
#AMALIY_SЕMINAR 🔴MAKTAB RAHBARLARI VA O‘RINBOSARLARI UCHUN SЕMINAR TASHKIL ETILDI 📍Zangiota tumani 🟢Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman va shaharlar kesimida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. 🔰Seminarlar doirasida 2020-yil 30-iyunda Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom asosida yangi o‘quv yilida o‘qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilanib dars soatlari taqsimoti amalga oshirilishi borasida alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. ➡️Bugun mazkur seminar Zangiota tumanidagi mavjud 38 ta umumta’lim maktabi direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. ❗️Shu o‘rinda aytish lozim, Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur nizomda o‘qituvchilar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa va kasbiy mahorati yuqori bo‘lsa, birinchi navbatda ularga ko‘proq dars soatlarini ajratish belgilab qo‘yilgan. 🔴Boshqarma mas’ullari tomonidan, Nizomda ko‘rsatilgan shaklda dars taqsimotini amalga oshirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy talab qo‘yildi. ➡️Seminarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Hamrayev, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Nodir Ahmedov, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Vafoqul Hotamovlar o‘z taklif, tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etdi. ❗️Eslatib o‘tish kerak, mazkur tumanda bugungi kunda 1568 nafar oliy ma’lumotli pedagogalar 38 ta umumta’lim maktablarida faoliyat yuritadi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
☄️ Toshkent viloyatida bolajonlar shaxmatda bellashdi 📌 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo'lib o'tdi. 📣 Musobaqaning dastlabki bosqichida 23400 nafar bolajonlar ishtirok etib, shulardan 1100 nafari tuman va shahar bosqichi ya'ni 2-bosqichga yo‘llanma olgan bo'lsa, 2-bosqichda 1100 nafar boladan 28 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga o‘tishgan. ⚡️ O‘rta Chirchiq tumanidagi pedagogika kolledjida o'tkazilgan shaxmat musobaqasida 28 nafar kichkintoy shaxmatchilar bellashdi. Tanlov judayam keskin, shu bilan birga juda qiziqarli o‘tdi. 🗣️ Musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qibray tumani 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Boburjon Xusanov, qizlar o‘rtasida Yangiyo‘l tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Imrona Abduvosiqovalar mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi. 🌐 Veb-sayt |📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
إظهار الكل...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Hurmatli ota-onalar! 📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan. 💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi. 💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. 🌐 mymaktab_uz Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
2024-06-21 18.48.40.mp44.49 MB
00:56
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Уважаемые родители! 📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы. 💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время. 💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04. 🌐 mymaktab_uz
إظهار الكل...
Mymaktab Navbat 2024 Rus 01.mp44.28 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#DIQQAT ❗️ 2 kundan keyin qabulning 1-bosqichi tugaydi. Bu nimani anglatadi? 🟢Bugun — 24-iyun, ertaga esa 25-iyun kuni soat 23:59 da OTM va professional ta’lim muassasalariga qabulning birinchi bosqichi tugaydi. ❌ Bu degani shu bosqichda hujjat topshirmaganlar kirish imtihonlarida qatnasha olmasligini bildiradi. ➡️2-bosqichda faqat yo‘nalish va OTMlar tanlanadi. 🔴Eslatma abituriyentlar uchun imtihonda qatnashish to‘lovi 170 ming so‘m. ❗️Yaqinlarga yuborib ogohlantirib qo‘yamiz kech qolishmasin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
👍 1
🟢#SARHISOB 💎#BITIRUVCHI_2024 🔴Joriy 2023-2024 o‘quv yilida viloyatimizda 11-sinflarni 31 012 nafar o‘quvchilar tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘yishdi. ➡️Xususan, ➖847 ta umumta’lim maktablarni 29 987 nafar; ➖Prezident maktabini 24 nafar; ➖13 ta ixtisoslashgan ta’lim muassasalarini 440 nafar; ➖8 ta hususiy maktablarni 533 nafar; ➖3 ta maxusus maktablarni 28 nafar o‘quvchi yoshlarimiz bitirishdi. ➡️Yil samarali va natijalarga boy bo‘ldi. Nufuzli fan va sport olimpiadalarida o‘quvilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan, "Turon"maktab teatri, "Yashil maktab" tanlovi, "Vatan tayanchi" otryadlar musobaqalari, sport tanlovlarida nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. ➡️E’tiborlisi, o‘quv yili yakuni bo‘yicha 11-sinf bitiruvchilarimizdan 851 nafar o‘quvchimiz oltin, 132 nafari kumush medallari bilan taqdirlanishdi. ➡️20-21-22-iyun kunlari barcha tuman va shaharlar kesimida yoshlarimizgu ushbu medallar, esdalik sovg‘alari, maqtov yorliqlari hamda ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
#Kun_tarixi 2️⃣4️⃣ IYUN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR 🌎1497 yil— Jon Kabot Kanadani (Nyufaundlend) kashf etgan; 📜 1793 yil— Fransiyada birinchi demokratik konstitutsiya qabul qilingan, lekin hech qachon kuchga kirmagan. Unda Fransiya respublika deb e’lon qilingan; ⚔️1812 yil— Napoleon armiyasi Neman daryosidan o‘tib, Rossiya imperiyasi hududiga bostirib kirgan; ⛹️♀ 1894 yil — Per de Kuberten tashabbusi bilan chaqirilgan Parijdagi kongressda XOQni tuzish va Olimpiada o‘yinlarini har to‘rt yilda bir marta o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan; 🖼1901 yil — Parijda 19 yoshli rassom Pablo Pikassoning birinchi ko‘rgazmasi ochilgan; ⛓ 1925 yil —Berlinda Reyxstag binosini Germaniyada urushdan keyingi giperinflyatsiya paytida mablag‘laridan ayrilgan ko‘plab omonatchilar egallab olishgan; 📌1934 yil — Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga ko‘chirilgan; 🎥 1940 yil —birinchi marta siyosiy voqeani yoritish uchun televizion kameralar ishlatilgan: AQSHdagi prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini ilgari surayotgan respublikachilar undan foydalanishgan; 📣1941 yil — Sovet Axborot byurosi harbiy harakatlar to‘g‘risida xabarlar berishni boshlagan; 🎖1945 yil—Qizil maydonda g‘alaba paradi bo‘lib o‘tgan. Paradni Sovet Ittifoqi marshali G.K.Jukov olib borgan; 🚫1948 yil —G‘arbiy Berlin Sovet Ittifoqi tomonidan blokada qilina boshlangan; 📺1951 yil — Rangli televizion tijorat eshittirishlari boshlangan; 🎞 1963 yil— Londondagi BBC studiyasida birinchi marta videomagnitafon namoyish etilgan; 📌 1963 yil — Moskvada Butunjahon ayollar kongressi ochilgan; ❌1973 yil —Leonid Brejnev AQSHga rasmiy tashrifi davomida Sovuq urush tugaganligini e’lon qilgan; 🇺🇿🇰🇿1992 yil— Turkiston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan; 🇦🇺 2010 yil —birinchi marta ayol Avstraliyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari va mamlakat bosh vaziri sifatida ayol kishi— Julia Gillard saylangan. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#BUGUNNING_GAPI Moddiy va ma’naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_HIKMATI ❗️shunchaki muhim...
Sizlarg‘a vasiyat qilaman. Maorif yo‘lida ishlaydurg‘on muallimlarning boshini silangizlar! O‘rtadan nifoqni ko‘taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar!
✍️Mahmudxo‘ja Behbudiy Kuningiz xayrli bo‘lsin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#KUN_TAVSIYASI Yaxshilik qil - seni tushunishmasa ham... Yaxshilik ulash - garchi senga qaytmasa ham! U yerda ham, bu yerda ham yaxshilik urug‘ini ek... U yaxshilikdan barcha bahra olsin! Nimadir uchun yaxshilik qilma... Qalbing pokligi uchun yaxshilik qil! Kimdir yomonlik bilan javob qaytarsa... Allohning oldida sening yuzing yorug‘ - uniki emas... 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
IMG_0243.MP42.39 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#IBRAT_SOATI — Kasal aldov bilan imtihondan o‘tgan shifokor qo‘lida o‘ladi. — Uylar aldov bilan imtihondan o‘tgan muhandis qo‘lida ag‘anaydi. — Moliya aldov bilan imtihondan o‘tgan hisobchi qo‘lida ziyon ko‘radi. — Din aldov bilan imtihondan o‘tgan mulla qo‘lida boy beriladi. — Adolat aldov bilan imtihondan o‘tgan sudya qo‘lida halok bo‘ladi. — Farzandlar ongi aldov bilan imtihondan o‘tgan muallim qo‘lida buziladi. ❗️Ilmning qulashi millatning qulashidir! Tafakkur qiling! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#MUTOLAA DUSHANBA ​​​​Yangi kun yangidan boshlar tantana, Yangi orzular-la uyg‘onur hamma. Eslab qol azizim, bugungi sana, Dushanba... Saf tortib rejalar kutadi navbat, Amalga oshmagan juma yo shanba... Ehtimol hammasin etur ijobat, Dushanba... Taqvimning har kuni shodonu, gulgun, Kunlarning ko‘ksiga qo‘ymagin tamg‘a! Chiroyli kun bo‘lib yozilgay bugun - Dushanba... Yillar ko‘targaydir umr yukini, Har lahza, soniya umrga manba. Balki bugun yilning eng go‘zal kuni - Dushanba... Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim! Barcha - barchaga dushanba muborak bo‘lsin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi 📑 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda barchaning umumiy o‘rta ta’lim olishi huquqi kafolatlangan. 📍Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan. 🗓 Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqarolar murojaat etgan. ✅ Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqarolarga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqarolarga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomalar berildi. ✔️ Barcha yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
👍 1
تسجيل الدخول والحصول على الوصول إلى المعلومات التفصيلية

سوف نكشف لك عن هذه الكنوز بعد التصريح. نحن نعد، انها سريعة!