Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
前往频道在 Telegram
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
显示更多3 630
订阅者
-1124 小时
-457 天
-13030 天
帖子存档
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#E’tibor
Insonparvarlik va ijtimoiy tenglik tamoyillariga asoslangan inklyuziv ta’lim jamiyatimizning eng muhim va ezgu yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir bolaning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlaydi.
Shunday ezgu ishlarning amaliy ifodasi sifatida Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim joriy qilingan bo‘lib, bugungi kunda turli tashxisdagi 40 nafar nogironligi bor o‘quvchilar bilim olmoqdalar.
Olmaliq shahar hokimi Barhayot Meliyev bugun bolalarning holidan xabar olib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Hokim boshchiligidagi mas’ullar bolalarga o‘quv jihozlari va qurollari taqdim etishdi.
Telegram I Vebsayt I Instagram I Facebook I Youtube
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi. Ostona aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nurlibek Naliboyev va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил рабочий визит в Казахстан и отбыл в Ташкент. В аэропорту Астаны высокого гостя проводили первый заместитель Премьер-министра Казахстана Нурлыбек Налибаев и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова 30 июля – 1 августа посетит эту страну с государственным визитом. Также предусматривается участие Президента нашей страны в неформальной Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана и других мероприятиях.
#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #Maslahatuchrashuvi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
#Seminar
O‘yin texnologiyalari orqali bolalar kamolotini ta'minlash yo‘lidagi muhim qadam
Joriy yilning 29-iyul sanasida 30-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida kelajagimiz egalari bo‘lgan kichkintoylar ta'lim-tarbiyasiga bag‘ishlangan muhim amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ta'lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan "O‘yin texnologiyalari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish" mavzusidagi seminar soha mutaxassislarini ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i B.Raximova, malakali metodistlar, muassasa rahbarlari hamda fidoiy tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar. Ushbu muloqotning asosiy maqsadi — jajji qalb egalarida loyihaviy faoliyatni samarali tashkil etish, uning muhim bosqichlari va yondashuvlari haqida fikr almashish orqali tarbiyachilarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda maktabgacha ta'lim tizimida sifat ko‘rsatkichlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘ldi. Keng qamrovli seminarning nazariy qismi yanada jonli va ilmiy-amaliy ahamiyatga boy tarzda kechdi.
Unda muassasaning tajribali tarbiyachisi Gulnoza Savabova tomonidan taqdim etilgan slayd-ma'ruza barchaning e'tiborini tortdi. Notiq o‘z taqdimoti davomida o‘yin texnologiyalari shunchaki qiziqarli mashg‘ulot emas, balki ta'lim-tarbiya jarayonining samarali vositasi, bolajonlarning mantiqiy fikrlashini charxlovchi, nutqini boyituvchi hamda ularda mustaqil qaror qabul qilish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muhim poydevor ekanligini keng yoritib berdi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur yig‘ilish ilg‘or innovatsiyalarning hayotiyligini namoyish etib, murg‘ak tafakkur egalarini har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash yo‘lidagi navbatdagi yorqin qadamga aylandi.📸Jarayon fotolavhalarda. ✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Prezidentimiz "Kelajak o‘yinlari"ning ochilishida ishtirok etdi.
—
Президент нашей страны принял участие в открытии «Игр будущего».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия третьего международного турнира «Игры будущего» в городе Астане.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #Kelajakuyinlari
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi.
—
Глава нашего государства прибыл с рабочим визитом в Астану.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Ostona aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева прибыл в эту страну с рабочим визитом. В аэропорту Астаны главу нашего государства встретили Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
RASMIY IZOH
Oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlarini taqsimlashda oʻzgartirishlar kiritilganligiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
2025-yilning 28-oktabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli qoʻshma qarori bilan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, 3271-1 raqam bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan asosiy maqsad, oʻqituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlash talablarini soddalashtirish va jarayonni yanada shaffof hamda adolatli tashkil etishdan iborat.
Aniqroq aytganda, shu vaqtga qadar amalda boʻlgan dars taqsimoti ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirildi. Bu oʻzgarishlar koʻp sonli oʻqituvchilarning takliflari asosida amalga oshirildi.
Xususan, barcha oʻqituvchilar uchun birdek imkoniyat yaratish maqsadida “TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar” yoki “Xalqaro va asosiy fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar” kabi mezonlar chiqarib tashlandi. Sababi bunday imkoniyatlardan har bir pedagog foydalana olmaydi.
Shu bois, yangi tartib boʻyicha dars soatlarini taqsimot qilishda asosiy eʼtibor natija koʻrsatgan raqabatdosh hamda fanni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga va zamonaviy kompetensiyalarga ega oʻqituvchining kasbiy salohiyati va natijasiga qaratilgan.
Natijada dars soatlarini taqsimlashda oʻz ustida ishlaydigan, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan va sifatli taʼlim bera oladigan oʻqituvchilarga birinchi navbatda dars soatlari berish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali tajribali oʻqituvchilar tomonidan sifatli taʼlim berilishi taʼminlanadi, shuningdek, oʻquvchilarning bilim natijalarini yaxshilash hamda maktablarda taʼlim sifati oshishiga xizmat qiladi.
Yangi oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladigan mazkur tartib maktablarda dars soatlari taqsimotida pedagogning kasbiy salohiyatini munosib baholash, natijaga asoslangan kadrlar tayyorlash siyosati yoʻlga qo‘yishda muhim jihatdir.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Астану.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yil_oʻqituvchisi
#diqqat_eʼlon
✅ Xabar qilinganidek, ertaga mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi doirasida kitobxonlik boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.
👉 Quyida test o'tkaziladigan manzillar bilan tanishishingiz mumkin:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Manzil: Nukus shahri Y.Alako‘z ko‘chasi 54-uy Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida
📍 Andijon viloyati Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy Mo‘ljal: viloyat Malaka oshirish instituti
📍 Buxoro viloyati Buxoro shahar Bilim va malakalarni baholash test markazi Manzil: Buxoro shahar Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);
📍 Jizzax viloyati Jizzax shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi, To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy; Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.
📍 Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi 2-uy Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.
📍 Navoiy viloyati Navoiy shahar “Kelajak markazi” binosi Manzil: Navoiy shahar, Aloqa ko‘chasi 6-uy Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.
📍 Namangan viloyati Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy Mo‘ljal: Chorsu.
📍 Samarqand viloyati Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy Mo'ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
📍 Surxondaryo viloyati Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabi Manzil: Termiz shahar "A.Jomiy" MFY, So'fi Olloyor ko'chasi, 4/54-uy. Mo'ljal: "TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO" buyum bozori.
📍 Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” binosi Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i
📍 Toshkent viloyati Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.
📍 Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A. Mo‘ljal “Chery” avtosaloni.
📍 Xorazm viloyati Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi) Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy. Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi
📍 Toshkent shahri Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.👉 Ma'lumot uchun: test sinovlari barcha hududlarda 30-iyul kuni soat 09:00 da boshlanadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Yil_oʻqituvchisi
#ishtirokchilar_fikri
✅ “Yil oʻqituvchisi" tanlovining uchinchi bosqich sinovlarida ishtirok etgan pedagoglarning tanlov jarayonlari haqidagi fikrlariga quloq tutamiz.
➖ Nodira Rahimova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 64-umumtaʼlim maktabining davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi
➖ Nargiza Tungatova, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani oʻqituvchisi
➖ Nilufar Shukrullayeva, Navoiy viloyati, Gʻozgʻon shahridagi 1-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Yil_oʻqituvchisi
✅ “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi sinovlari bugun ham mamlakatimizning barcha hududlarida qizgʻin davom etmoqda. Bunda nomzod pedagoglar maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha oʻz taqdimotlarini namoyish etishadi.
🔰 Taqdimot ishida pedagoglarning oʻz kasbiy rivojlanishi, oʻz ustida ishlashi, maʼnaviy-tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati, dars oʻtish jarayonlaridagi pedagogik tashabbuskorligi belgilangan mezonlar asosida baholab boriladi.
👉 Maʼlumot uchun: tanlovning uchinchi bosqichida respublikamizning 208 ta tuman (shahar)ida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.
➖ Videolavhada tanlovning Surxondaryo viloyatida oʻtkazilgan jarayonlar aks etgan.
Jarayonlar hududlarda:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍 Andijon viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent shahri
📍 Toshkent viloyati
📍 Xorazm viloyati
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#dolzarb_40_kunlik
#obodlik
❤️❤️❤️
Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimlari tomonidan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida bo‘lim hududi va uning atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
✅Hashar davomida hudud chiqindilardan tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxtlar va gulzorlar parvarish qilinib, atrof-muhitni yanada ozoda va ko‘rkam saqlashga qaratilgan ishlar bajarildi.
✅Bunday ezgu tashabbuslar hududlarimiz obodligini ta'minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda toza va sog‘lom muhitni yaratishga xizmat qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#yil_oqituvchisi
📹 Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tungatova Nargiza "Yil o‘qituvchisi – 2026" tanlovining uchinchi bosqichi yuzasidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
© Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀
🔵 Telegram 🟥 Instagram
🟥 YouTube
🟦 Facebook 🌐 Web Sayt
+5
✅✅✅✅
😊"YIL O‘QITUVCHISI" TANLOVINING UCHINCHI BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA
🇺🇿Mamlakatimizda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgan nufuzli tanlovlardan biri — “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi ayni kunlarda barcha hududlarda yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
✍️Ushbu bosqichda dastlabki saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan eng munosib pedagoglar o‘zaro bellashib, o‘z bilim va tajribasi, pedagogik mahorati, innovatsion yondashuvlari hamda kasbiy kompetensiyalarini namoyon etmoqda. Nomzodlar jami 100 ballik baholash tizimi asosida ikki muhim yo‘nalish bo‘yicha xolis va shaffof mezonlar asosida baholanmoqda.
🔵Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov tanlov jarayonlarini bevosita kuzatish, ishtirokchilar bilan muloqot qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov o‘tkazilayotgan manzilda bo‘ldi.
🎤Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i barcha ishtirokchilarga samimiy tilaklarini izhor etar ekan, quyidagilarni ta’kidladi: «Haqiqiy o‘qituvchi nafaqat dars beradi, balki qalblarga orzu, onglarga ishonch va kelajakka umid ulashadi. Bugungi tanlovda eng muhimi g‘oliblik emas, balki o‘z ustida ishlash, tajriba almashish va kasbiy o‘sishdir. Sizlarning har biringiz kelajak avlod taqdirini shakllantirayotgan buyuk kasb egalarisiz. Ishonamanki, bugungi sinovlar har biringizni yangi yutuqlar va yanada katta marralar sari ilhomlantiradi.» 🔴Darhaqiqat, mazkur tanlov nafaqat kuchlilarni saralash, balki zamonaviy ta’lim yondashuvlarini ommalashtirish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun muhim maydon vazifasini ham o‘tamoqda.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA
🔴Birinchi sinfga qabul jarayoni onlayn davom etmoqda.
▶️Batafsil markaziy telekanallarda
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🎯🎯🎯🎯🎯
🇺🇿O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik yoki ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar haqida xabar berish uchun
📞1246 qisqa raqamli call-markaz ishga tushirildi.
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
🔴Ma’lum qilinishicha, fuqarolar bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik, beparvolik, shafqatsiz munosabat hamda uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlarga guvoh bo‘lsa, mazkur raqam orqali murojaat qilishi mumkin.
Call-markazga kelib tushgan murojaatlar qabul qilinadi va murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.🔴Hozirda call-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
