Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Saida Mirziyoyeva
کانال Saida Mirziyoyeva (@sshmirziyoyeva) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 63 906 مشترک است و جایگاه 945 را در دسته سیاست و رتبه 1 110 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 63 906 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 03 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 2 404 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 18 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 198.25% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 117.85% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 126 607 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 75 257 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 04 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 04 سپتامبر | +66 | |||
| 03 سپتامبر | +65 | |||
| 02 سپتامبر | +39 | |||
| 01 سپتامبر | +70 |
| 2 | Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.
—
Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов. | 80 796 |
| 3 | Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdik.
Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan.
Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshladi. Unda yurtimizning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.
—
Вчера вместе с шейхой Аль-Маяссой бинт Хамад бин Халифа Аль Тани открыли в Музее исламского искусства Катара выставку «Узбекистан: наследие в движении».
Здесь собраны уникальные экспонаты из музеев Узбекистана и коллекций Катара, начиная с доисламского периода, эпохи Саманидов и Темуридов и до современности, включая образцы традиционных ремёсел и текстильного искусства.
Это прекрасная возможность познакомить жителей и гостей Катара с историей и наследием
нашей страны и ещё один важный шаг в развитии культурных связей между Узбекистаном и Катаром.
В этот же день открылась выставка «Ektashif Uzbekistan» — итог поездки семи катарских ремесленников по Ташкенту, Самарканду и Бухаре. Вдохновлённые культурой и традициями Узбекистана, они создали ювелирные изделия, тексты, исполненные в древнем каллиграфическом стиле, ковры, а также представили свои фото, сделанные в путешествии. | 68 638 |
| 4 | Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar!
Vatanni sevish — bu uning musaffo havosi, tuprog‘i va suvini asrab-avaylash, inson qadrini yuksak tutish hamda bizdan keyin qoladigan meros oldidagi mas’uliyatimizni chuqur his etish demakdir.
Bugun O‘zbekiston jadal o‘zgarib, jahon maydonida o‘z o‘rni va ovoziga ega ekanini ishonch bilan ko‘rsatmoqda.
Barchamizga ana shu yangilanish shiddatini yo‘qotmay, erishilgan marralar bilan to‘xtab qolmasdan, kelajak sari dadil olg‘a intilishni tilayman.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!
—
С Днём независимости, друзья!
Любить свою страну — это значит беречь её воздух, землю и воду, ценить людей и чувствовать ответственность за то, что мы оставим после себя.
Сегодня Узбекистан стремительно меняется и уверенно заявляет о себе в мире.
Хочется пожелать всем нам сохранить этот темп, смело идти вперёд и не останавливаться на достигнутом.
С праздником! | 34 109 |
| 5 | O‘tgan yilning oktabr oyida Oksfordda tashabbusimiz bilan boshlangan o‘zbekshunoslik dasturi izchil yoʻlga tushib, o‘zining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman.
Endilikda Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga O‘zbekistonga keldilar.
Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman.
Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin!
—
Очень рада видеть, что программа узбекских исследований, запущенная нами в Оксфорде в октябре прошлого года, работает в полную силу и даёт прекрасные результаты.
Теперь студенты Оксфорда приехали в Узбекистан, чтобы целый месяц изучать
узбекский язык там, где на нём говорят каждый день, знакомиться с нашей культурой, историей и городами.
Желаю ребятам успехов в учёбе и интересных открытий в богатстве и образности узбекского языка.
Пусть наша страна станет для вас по-настоящему родной и понятной! | 63 145 |
| 6 | O‘zbekiston Mustaqilligi kuni — so‘nggi yillar davomida tubdan yangilanib, dadil ilgarilayotgan mamlakatimizning ulug‘ ayyomidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida kelgusi o‘n yillikni “Milliy yuksalish davri” deb e’lon qildilar.
Oldinda keng ko‘lamli milliy dasturlar ijrosi, katta vazifalar turibdi: bilim va ko‘nikmalarni amaliy kapitalga aylantirish, aholi salomatligi hamda uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslarini har tomonlama tejash va atrof-muhitni asrash, qonun ustuvorligini to‘liq kafolatlash, mahalla institutini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish shular jumlasidandir.
Bayraming muborak bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!
—
День независимости Узбекистана — большой праздник страны, которая за эти годы очень изменилась и продолжает двигаться вперёд.
В своём выступлении Президент Шавкат Мирзиёев назвал следующее десятилетие Эпохой национального прогресса.
Впереди реализация больших национальных программ: превращение знаний и навыков в практический капитал, обеспечение здоровья и долголетия населения, создание высокотехнологичной
экономики, повсеместное водосбережение и защита окружающей среды, гарантия верховенства закона, укрепление института махалли, повышение авторитета Узбекистана на мировой арене.
С праздником, родной Узбекистан! | 92 906 |
| 7 | Pekin | 26.08.2026
—
Пекин | 26.08.2026 | 183 690 |
| 8 | Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyida bo‘ldim. Mamlakatning bir asrlik taraqqiyot solnomasini avaylab saqlab kelayotgan mazkur majmua o‘zining salobati, ulug‘vorligi bilan kishida hayrat uyg‘otadi.
Muzey zallarida Xitoy qanchalik murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani, shu davr ichida qanday ulkan o‘zgarishlarga erishganini chuqur his etasiz.
—
В Пекине посетила Музей истории Коммунистической партии Китая, который впечатляет своим масштабом и бережным хранением столетней истории развития страны.
В его стенах ощущаешь, какой непростой путь прошёл Китай и каких преобразований удалось достичь за это время. | 82 297 |
| 9 | Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri janob Van I bilan uchrashuvimiz samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, oldimizda keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtayi nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlarimiz rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi.
Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtaldik.
Janob Van Iga iliq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildiraman.
—
В атмосфере открытости и дружелюбия прошла встреча с господином Ван И, министром иностранных дел Китая, членом Политического бюро ЦК КПК и руководителем Канцелярии Комиссии по иностранным делам ЦК КПК.
Стратегическое партнёрство между Узбекистаном и Китаем выходит на новый уровень и открывает новые горизонты. Тем важнее было обсудить ход развития отношений в ряде ключевых сфер: от торговли, экономики и инвестиций до культурных связей.
Отдельное внимание уделили выработке общих позиций по вопросам глобального характера.
Благодарю господина Ван И за искреннюю и содержательную беседу. | 82 752 |
| 10 | Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman.
—
Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей.
В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог.
Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать.
Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор. | 144 410 |
| 11 | Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va ularning oila a’zolarini katta ehtirom bilan kutib oldik.
Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Bu iliqlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarimizning bir-biriga cheksiz mehr-oqibatida doim sezilib turadi. Tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha — ko‘plab sohalardagi yangi qo‘shma loyihalar ko‘rinishida yanada boyimoqda.
Ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va nazarimda, ushbu hujjatning nomiyoq bugun O‘zbekiston hamda Ozarbayjonni bog‘lab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalaydi.
Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. Hamisha bag‘rini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar!
—
В эти дни мы принимали в Узбекистане дорогих гостей из Азербайджана во главе с Президентом Ильхамом Алиевым и его семью.
Наши страны связывает особая дружба. Она чувствуется не только в отношениях между государствами, но и в том, как тепло относятся друг к другу наши народы. У нас много общего в истории, культуре, традициях, и сегодня к этому добавляются новые совместные проекты в самых разных сферах: от инфрастуктурных до инвестиционных.
Этот визит стал ещё одной важной страницей наших отношений. Подписан Договор о вечной дружбе, и мне кажется, само его название очень точно передаёт то, что сегодня связывает Узбекистан и Азербайджан.
Рады видеть наших азербайджанских друзей в Узбекистане. Добро пожаловать в страну, где вас всегда ждут. | 63 113 |
| 12 | Buxoro | 20.08.2026
—
Бухара | 20.08.2026 | 143 696 |
| 13 | Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz.
“Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu yerning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etildi.
Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir.
Tashrifimiz yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildik.
—
Снова в Бухарской области — оцениваем результаты майских обсуждений.
На канале Жуйзар забетонировали 9 км (ещё 10 км в работе), что сэкономит 12 млн кубометров воды в год. Рядом уже работает рыбное хозяйство. В махалле «Шайхонча» возвели новый современный детсад на 240 мест.
Также обсудили новые туристические проекты: комплекс «Афшона», этнодома, восстановление канала Жуйи Мулиён, гостиницы и кластер у нового аэропорта. Цель — привлекать 10 млн человек в год, и чтобы Бухара стала для них полноценным
путешествием, а не просто транзитной точкой.
Завершили визит посещением святынь — семи пиров Бухары. | 1 100 730 |
| 14 | Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan joriy yilning 28-iyunidan yanada keskin jazo choralari ko‘rishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi.
Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda.
Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi.
Barchamiz zo‘ravonlikka murosasiz munosabatda bo‘lsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.
Videoda: Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz bo‘lakcha.
—
С 28 июня этого года вступили в силу изменения в законодательстве, усиливающие ответственность за жестокое обращение с животными.
Теперь административные штрафы за такие действия увеличены в два раза. Кроме того, к правонарушителям может быть применён административный арест до 15 суток. В случае продолжения ими противоправных действий предусматривается уже уголовная ответственность вплоть до лишения свободы.
Подобные законы не только наказывают виновных. Они показывают, какие правила и ценности общество считает обязательными для всех.
Безопасность нашего общества напрямую зависит от нетерпимости к насилию. Ужесточение наказания за издевательства над животными помогает сформировать среду, где уважение к любой жизни — это абсолютная норма. Именно в таком мире хочется жить и растить своих детей.
А уважение к чужой жизни начинается с детства, и здесь главная роль принадлежит родителям. Именно они учат ребёнка тому, что слабого нельзя обижать, а силу нельзя доказывать жестокостью. Я призываю родителей никогда не забывать об этом.
На видео: наши «сотрудники» Администрации Ялпиз и Дархан. Мы их очень любим. | 1 073 236 |
| 15 | Toshkent | 30.07.2026
—
Ташкент | 30.07.2026 | 178 432 |
| 16 | Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi.
Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.
Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.
—
Городские пространства, отведённые под нужды людей, должны служить только своему назначению, а не использоваться под строительство офисов или жилых домов.
К примеру, мы посетили махаллю «Лолазор» в Мирабадском районе столицы. Здесь варварски были уничтожены деревья, посаженные жителями, а на месте детской площадки планировалось построить бизнес-центр.
Ташкентцы справедливо возмущаются строительными работами, которые уничтожают их родные дворы, игровые и спортивные площадки.
Генеральная прокуратура проведёт инвентаризацию подобных объектов по всему Ташкенту. Важно проверить законность выданных разрешений на строительство, соблюдение градостроительных норм и прав жителей. И если выявятся нарушения, ответственные должны понести наказание, вплоть до лишения свободы. | 1 121 017 |
| 17 | Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!
—
Сегодня в Пусане на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО произошло важное для нашей страны событие.
Объекты модернистской архитектуры Ташкента официально внесены в престижный международный Список этой организации. За последние 25 лет данная национальная номинация от Узбекистана стала первой, получившей столь высокий статус.
Это признание ценности не только отдельных зданий, а целой эпохи, когда после землетрясения был создан новый облик Ташкента, сумевший объединить современную архитектуру, традиции Центральной Азии и особенности нашего климата.
Это большая победа для Узбекистана и важный шаг к сохранению нашего архитектурного наследия для будущих поколений. | 1 083 182 |
| 18 | 2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb eʼlon qildi.
Sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar inson taqdirini hal qiluvchi qarorlar qabul qiladilar va bu bilan yuksak maʼnaviy masʼuliyatni oʻz zimmalariga oladilar.
Sud qarorlarining adolatli boʻlishi odil sudlovga xizmat qilayotganlarning jismoniy, ruhiy va emotsional holatiga bevosita bogʻliqdir. Shu bois, adolatli, mustaqil va samarali odil sudlovning zarur shartlaridan biri sudyalar va sud tizimi xodimlari haqida gʻamxoʻrlik qilishdir.
Yangi Oʻzbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligi oliy qadriyat hisoblangan sud tizimini izchil barpo etmoqdamiz.
Barcha sudyalar va sud tizimi xodimlariga mustahkam sogʻliq, iroda va qatʼiyat, adolat prinsiplariga doimo sodiqlik va oqilona qarorlar hamroh boʻlishini tilayman.
—
В 2025 году Организация Объединённых Наций объявила 25 июля Международным днём благополучия судей и работников судебной системы.
Работники судебной системы ежедневно сталкиваются с человеческой болью, трагедиями и сложными жизненными обстоятельствами. Каждый день судьи принимают решения, от которых зависят судьбы людей, и несут за них высокую моральную ответственность.
Справедливость судебных решений напрямую зависит от физического, психологического и эмоционального благополучия тех, кто служит правосудию. Поэтому забота о судьях и работниках судебной системы является необходимым условием справедливого, независимого и эффективного правосудия.
В Новом Узбекистане мы последовательно строим судебную систему, в центре которой находятся достоинство человека и верховенство закона.
Желаю всем судьям и работникам судебной системы крепкого здоровья, душевной стойкости, мудрости и неизменной приверженности принципам справедливости. | 1 058 925 |
| 19 | Toshkent | 23.07.2026
—
Ташкент | 23.07.2026 | 80 097 |
| 20 | Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat bog‘lari barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish — poytaxt kelajagi uchun eng zarur ustuvor yo‘nalishlardan.
Aynan shu sababdan shahardagi qator muhim obyektlarni borib ko‘rdim. Har bir maskanning o‘z o‘rni, xususiyati bor. Maqsadimiz bitta — ularni xalqqa xizmat qiladigan qulay manzilga aylantirish.
Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘ni ko‘zdan kechirdik. Bu yerda barcha emin-erkin dam olishi uchun zarur sharoitni yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish, odamlar mazmunli hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun imkon qadar ko‘proq ochiq maydonlar yaratishdir. Qulay va xavfsiz muhitni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish lozim.
Shahar aholisining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida bu masalalarni hal etishga zudlik bilan kirishmoq juda muhim.
—
Ташкент активно развивается, но зелёных зон городу критически не хватает. Поэтому создание парков и озеленение приобретает первостепенное значение.
Именно с этой целью я посетила несколько важных городских объектов. У каждого своя задача, но цель одна — сделать их удобными для жителей.
Осмотрели парк на улице Афросиаб. Эту парковую зону планируется сделать доступной для всех. Также обсудили обновление улицы Сайилгох, проспекта Амира Темура с прилегающей территорией и расширение Экопарка имени Бабура и парка имени Мирзо Улугбека.
Главный приоритет — вернуть столице статус зелёного города, создать как можно больше пространства для людей, для их активного отдыха и прогулок. Продолжить развивать доступную среду, озеленение, безопасность и эффективно
использовать существующую инфраструктуру.
И эту задачу надо решать уже сейчас, чтобы обеспечить высокое качество жизни горожан. | 78 459 |
