Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
Open in Telegram
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Show more3 532
Subscribers
-224 hours
-307 days
-9130 days
Posts Archive
Repost from Saida Mirziyoyeva
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.
—
Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.
Repost from Saida Mirziyoyeva
Kecha Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdik.
Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davrlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan.
Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshladi. Unda yurtimizning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.
—
Вчера вместе с шейхой Аль-Маяссой бинт Хамад бин Халифа Аль Тани открыли в Музее исламского искусства Катара выставку «Узбекистан: наследие в движении».
Здесь собраны уникальные экспонаты из музеев Узбекистана и коллекций Катара, начиная с доисламского периода, эпохи Саманидов и Темуридов и до современности, включая образцы традиционных ремёсел и текстильного искусства.
Это прекрасная возможность познакомить жителей и гостей Катара с историей и наследием
нашей страны и ещё один важный шаг в развитии культурных связей между Узбекистаном и Катаром.
В этот же день открылась выставка «Ektashif Uzbekistan» — итог поездки семи катарских ремесленников по Ташкенту, Самарканду и Бухаре. Вдохновлённые культурой и традициями Узбекистана, они создали ювелирные изделия, тексты, исполненные в древнем каллиграфическом стиле, ковры, а также представили свои фото, сделанные в путешествии.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам выведения работы по сокращению бедности и повышению доходов населения на новый уровень.
#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #yangitizim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Sputnik Узбекистан
+1
🇺🇿 🇰🇿 В Ташобласти одной из школ присвоили имя казахского писателя Рахметоллы Раимкулова.
Торжественная церемония прошла в школе № 34 села Караманас Бостанлыкского района при содействии посольства Казахстана в Узбекистане, сообщили в МИД РК.
Также на мероприятии представили обновленную школьную библиотеку и мемориальный уголок имени писателя.
@SputnikUzbekistan
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Islohotlar_samarasi
Pedagog kadrlar attestatsiyasi yo‘nalishida:
✅ Pedagoglarning ta’lim berish mahoratini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida ularning kasbiy salohiyatini baholash va ularga malaka toifalarini berish tizimi tubdan takomillashtirildi.
🌐 Yangi tartibga muvofiq o‘qituvchilarning mutaxassislik fani, kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini baholash orqali attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
🔰 Sinov jarayonini shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida FaceID (yuzni tanish) hamda Blockchain (ma’lumotni o‘zgarmas shaklda saqlash) texnologiyasidan amaliyotda foydalanilmoqda.
Ma’lumot uchun: Blockchain texnologiyasi ma’lumotlar o‘zgartirilgan taqdirda bazada saqlanadi va ushbu o‘zgarishlarni oson aniqlash imkonini beradi. Ushbu mexanizm attestatsiya jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan falsifikatsiya hodisalarining oldini olib, tizimdagi shaffoflikni oshirishga katta hissa qo‘shadi.🔹Shuningdek, belgilangan tartibga ko’ra, o‘quvchilari yutuqlarga erishgan pedagoglarga to’g’ridan-to’g’ri malaka toifalarini berish amaliyoti ham yo’lga qo’yilgan. 📊 2025-yildan boshlab malaka toifasi natijalari "Yil o‘qituvchisi" tanlovi va "Vazir jamg'armasi" sinovlarining birinchi — saralash bosqichi sifatida amalga oshiriladi. ⏰ Oliy va Birinchi toifaga erishgan hamda sinovda 86 balldan yuqori ball qayd etgan pedagoglarga 2 yil davomida 70 foizlik ustamaga ega bo‘lishadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Olmaliq shahar hokimligi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Olmaliqda yangi o‘quv yili boshlandi
Olmaliq shahrida 2026/2027 o‘quv yili “Bilimlar bayrami" bilan ko‘tarinki ruhda boshlandi. Hududdagi barcha umumta’lim maktablarida tashkil etilgan tantanali tadbirlarda o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Olmaliq shahri hokimi Barhayot Meliyev 20-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, “Bilimlar bayrami” tantanasida ishtirok etdi. Shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtaldi.
Birinchi sinf o‘quvchilarining quvonchi, ustozlarning ezgu tilaklari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tantanalar an’anaviy birinchi qo‘ng‘iroq sadosi bilan yakunlanib, yangi o‘quv yiliga start berildi. Jaranglagan qo‘ng‘iroq sadosi barcha o‘quvchilarni yangi bilimlar, yangi izlanishlar va yangi zafarlar sari chorladi.
Telegram I Vebsayt I Instagram I Facebook I Youtube
#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahridagi ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noqonuniy pul yig‘imlari amalga oshirilayotgani haqida murojaatlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, mas’ul mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan murojaatlarda keltirilgan holatlar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda mas’ullarga ularni takrorlamaslik bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, o‘rganish davomida huquqiy baho berishni talab etadigan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish jarayoni olib borilmoqda.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim tashkilotlarida har qanday noqonuniy pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlaydi hamda bu boradagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ma’lum qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali🇺🇿
#tuhfa
#bunyodkorlik_ta‘lim
YANGI O‘QUV YILI — YANGI IMKONIYATLAR, YANGI MAQSADLAR!
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Zangiota tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” hamda yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yili zamonaviy va shinam yangi ta’lim maskanida boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori muvofiq Investitsiya dasturi asosida 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etildi.✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸Instagram Kanalga ulanish👈
#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan holatlar yuzasidan turli mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat ayni paytda tegishli vakolatli idora va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilmoqda hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
O‘rganish jarayonida holatga oid barcha tafsilotlar, kelib chiqish sabablari va unga aloqador holatlar xolisona hamda qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
O‘rganish yakunlari va aniqlangan holatlar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor shaharchasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan tanqidiy murojaat tarqaldi.
Unda ertalab soat 07:30 holatiga ko‘ra, tashkilotning ayrim mas’ul xodimlari, jumladan, tarbiyachi va tibbiyot xodimi ish joyida bo‘lmagani, shuningdek, binoning ikkinchi qavatidagi ayrim derazalarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan himoya vositalari mavjud emasligi qayd etilgan.
Mazkur holat Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Ayni paytda murojaatda keltirilgan holatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, muassasada xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishi, ish vaqtining to‘g‘ri tashkil qilinishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratilgani yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
DIQQAT!
“Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy jurnalida maqolangizni chop eting!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan nashr etiladigan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli davom etmoqda.
Jurnalda quyidagi afzalliklar mavjud:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tomonidan 373.3/.5 UO‘K bilan indekslangan;
- ISSN: 3060-4788 xalqaro standart raqamiga ega;
-Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini e'lon qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan;
- Crossref va Zenodo platformalari orqali DOI olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan;
- Xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalarida indeksatsiyalanadi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ–4963-son qarori asosida ta'sis etilgan bo‘lib, Ommaviy axborot kommunikatsiyalari agentligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda 2024-yil 11-sentabrdagi №392864-son guvohnomaga ega.Maqolalarni rasmiylashtirish talablari jurnalning rasmiy saytida joylashtirilgan. Ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalda maqola chop ettirish istagida bo‘lgan mualliflar maqolalarini journal.avloniy.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron tumanida joylashgan 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan bir qator e’tirozlar bildirilgan.
Xususan, murojaatda tashkilotda lavozim va ish stavkalarini taqsimlashda shaffoflik ta’minlanmayotgani, ayrim shaxslarga qarindoshlik aloqalari asosida ustunlik berilayotgani, xodimlarga belgilangan ustama mablag‘lari to‘liq to‘lab berilmayotgani, shuningdek, ishga kelmagan kunlar uchun xodimlardan pul talab qilinishi mumkinligi haqida vajlar keltirilgan. Shuningdek, mazkur holatlar yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga avval ham murojaatlar qilingani qayd etilgan.
Mazkur holat Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Ayni vaqtda murojaatda keltirilgan har bir vajning haqqoniyligi, tashkilotda mehnat munosabatlari, ish stavkalari va ustama mablag‘larining belgilanishi hamda to‘lanishi qonunchilik talablariga muvofiqligi tegishli tartibda o‘rganilmoqda.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlarga huquqiy baho berilib, qonun buzilishi holatlari tasdiqlangan taqdirda, vakolat doirasida tegishli choralar ko‘riladi hamda zaruratga ko‘ra materiallar mas’ul idoralarga taqdim etiladi.
🔴O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali vaucher orqali qoplab beriladi
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga doir o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения.
Facebook|Instagram|X
#RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlar orqali Chirchiq shahridagi umumta’lim maktablaridan birida xodim xizmat vazifasini bajarish jarayonida baxtsiz hodisaga uchragani haqida murojaat tarqaldi.
Aniqlanishicha, Chirchiq shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida o‘quv xonalari va maktab binosining holatini ko‘zdan kechirish ishlari olib borilgan.
Mazkur jarayonda maktab xodimlaridan biri ehtiyotsizlik oqibatida balandlikdan yiqilib, tan jarohati olgan. Hodisadan so‘ng xodimga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni vaqtda u tibbiyot muassasasida davolanmoqda va salomatligi malakali shifokorlar nazoratida.
Mazkur holat belgilangan tartibda tegishli mutasaddi idoralarga ma’lum qilingan. Hozirda vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlariga huquqiy baho berish maqsadida tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
🔴Surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Kelajak_soati
Ajdodlarimiz tarix yaratdi. Endi navbat — bizniki!
Yurtimiz tarixida katta iz qoldirgan ajdodlarimizning bosib o‘tgan yo‘li, ilm-fan, madaniyat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari, Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiliklari bugungi avlod uchun ibrat maktabidir. Ularning bebaho merosi bizni buyuk maqsadlar sari ilhomlantiradi. Zero, ajdodlarimizdan qolgan munosib merosni davom ettirish — bizning burchimizdir.Endi tarixni davom ettirish navbati — bizniki! "Kelajak soati" Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tashkilot direktori tomonidan xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
🔴 Mazkur holat Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan shu kunning o‘zida nazoratga olingan.
Xabarda keltirilgan vajlarga huquqiy baho berish hamda holat tafsilotlarini xolis va to‘liq o‘rganish maqsadida tegishli materiallar vakolatli idoralarga belgilangan tartibda yo‘naltirilgan. Ayni paytda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari va vakolatli organlarning xulosasiga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✨✨✨✨
Bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirganlar uchun muhim yangilik!
🇺🇿 Hukumatning tegishli Qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berish amaliyoti joriy qilindi.✅ Murojaat yuborish uchun: 🔺Pedagog.uzedu.uz platformasida Profilingizga kiring. 🔺"Murojaatlarim" bo‘limini oching. 🔺To‘g‘ridan-to‘g‘ri turni tanlang. 🔺Kerakli formalarni to‘ldiring. 🔺Oxirgi formadan imtiyoz tanlash qismida "Imtiyozli bakalavr diplomi" ni tanlang. 🔺Yuborish tugmasinini bosing. ❕Eslatma: Murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: ✍️ Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ✍️ Davlat xizmatlari markazlari orqali ✍️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 🔺Shuningdek, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi)” berish imtiyozini qo'shish bo'yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
