Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
Відкрити в Telegram
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Показати більше3 461
Підписники
Немає даних24 години
-97 днів
-2730 днів
Архів дописів
#KelajakkaInvestitsiya
#MaktabgaXavfsizHarakat
Bilim sari yo’l: “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi
✅ Respublika “Kelajak” markazi va HAYOT jamg’armasi hamkorligida “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi yo’lga qo’yilgan. Mazkur tashabbus olis hududlarda yashovchi bolalarning maktabga oson, qulay va xavfsiz yetib borishlari uchun xizmat qilmoqda.
💵 Loyiha doirasida Respublika “Kelajak” markazi tomonidan ta’lim tizimiga bugunga qadar avtotransport ko’rinishida jami 8 mlrd so’m investitsiya jalb qilindi.
📍 Birinchi bosqichda shu yilning aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, va Samarqand, viloyatlari “Kelajak” markazlariga;
📍 Ikkinchi bosqichda esa oktabr oyida Buxoro va Toshkent viloyati "Kelajak" markazlariga mikroavtobuslar topshirildi.
🚍 2027-yilning may oyiga qadar loyiha doirasida yana 10 ta mikroavtobus hududlarga topshirilishi reja qilingan.
👨👩👦 Loyiha o’quvchilarni qo’shimcha ta’limga qamrab olish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Xususan, bolajonlarni maktabdan keyin “Kelajak” markazlaridagi to’garaklarga jalb qilish, qiziqishlarini rivojlantirish hamda kasb-hunar o’rganishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Bizni kuzating:
❤Telegram 🌐 Facebook
🌐Youtube 🌐Instagram
🔎Veb-sayt 😄 Linkedin
#sana
21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#Инклюзив_таълим
#Сен_истеъдодлисан
⭐ Angren shahrida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman!” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
+4
#Инклюзив_еаълим
#Сен_истеъдодлисан
✨ 54 NAFAR O‘QUVCHI, 54 OLAM ISTЕ’DOD!
⭐ Iste’dodni ko‘ra bilish, bolaning o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlash demakdir.🔵 Angren shahrida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman!” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. 🎨 Unda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida uyda yakka tartibda hamda inklyuziv ta’lim olayotgan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 54 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. ✅ Maktab bosqichida saralangan ishtirokchilar “Vokal-cholg‘u va an’anaviy ijrochilik” hamda “Tasviriy san’at” yo‘nalishlarida o‘z qobiliyat va mahoratlarini namoyish etdi. 🏅 Tanlov yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ⭐ Har bir bolaning “Men ham qodirman!” degan ishonchi ortida uning iste’dodiga qaratilgan e’tibor bor. Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+4
#Инклюзив_таълим
✅ Xabaringiz bor, umumiy oʻrta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” Respublika tanloviga start berilgan edi.
🔴 Hozirda mazkur tanlovning birinchi – tuman (shahar) bosqichi respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.📊 Ma'lumot o‘rnida: tanlovda ishtirok etish uchun 11 434 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. 🌐 Tanlovning birinchi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichida o'zaro bellashishadi.
Bizni kuzating:❤Telegram 🌐 Facebook 🌐Youtube 🌐Instagram 🔎Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari O‘monning “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisini qabul qildi.
—
Глава нашего государства принял председателя совета директоров оманской компании Voltamp Energy.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
#Oqqo‘rg‘on_tumani
🇺🇿 JINOYATCHILIK VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH - DOLZARB VAZIFA
🔵 Oqqo‘rg‘on tumanidagi 31- umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
🟠 Tadbir davomida tuman IIB xodimlari tomonidan o‘quvchilarga huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, qonunlarga rioya qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi haqida tushunchalar berildi.
🤔 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish, nizoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda har bir xatti-harakat uchun mas’uliyatni his qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#Asosiy_fan_olimpiadasi
🎞🎞🎞
😊 Asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman bosqichi!
➡️Videolavhada olimpiadaning Yangiyo‘l tuman bosqichi jarayonlari aks etgan.
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
+7
#Asosiy_fan_olimpiadasi
#3_kun
😊 KIMYO FANIDAN BILIMLAR SINOVI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA
✍️ Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi kunida ishtirokchilar tarix fanidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda.
➡️ Bugungi bellashuvlarda umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda texnikum talabalaridan iborat qariyb 3042 nafar o‘quvchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
📚Olimpiada yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini sinash hamda bilimli va iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
🔵 Jarayonlarning shaffof va adolatli tashkil etilishi, ishtirokchilar uchun munosib sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔴 Kun davomida ma’lumotlar berib boriladi.
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
➖ Bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatigaa duch keldingizmi yoki shunday holatga guvoh bo‘ldingizmi?
📞 1246 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!
❗️ Befarq bo‘lmang! Bolalar himoyasiga barchamiz birdek mas’ulmiz.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🟦🟦🟦🟦
❗️shunchaki muhim...
✅ Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik! ✍️O‘tkir Hoshimov🍁Kuningiz xayrli bo‘lsin! Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя правления компании Cengiz Holding Мехмета Ченгиза.
#Mirziyoyev #qabul #CengizHolding #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi.
Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
👉На русском
Bizni kuzating:❤Telegram 🌐 Facebook 🌐Youtube 🌐Instagram 🔎Veb-sayt 😄 Linkedin
+7
#Asosiy_fan_olimpiadasi
#2_kun
😊 Asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman bosqichi BO‘LIB O‘TMOQDA!
📢Olimpiada bugun Tarix fanidan 3 smenada tashkil etidi.
📊 Jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda olimpiadaning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
➡️ Fotolavhalarda olimpiadaning Yangiyo‘l tuman bosqichi jarayonlari aks etgan.
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Repost from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi.
Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashdi.
—
Президент нашей страны встретился с председателем правления компании ACWA Мухаммадом Абунайяном.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Saida Mirziyoyeva
Turkiya | Anqara, Istanbul | oktabr, 2026
—
Турция | Анкара, Стамбул | октябрь, 2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел открытый диалог с инвесторами по вопросам ускорения реформ в топливно-энергетической отрасли и повышения инвестиционной привлекательности сферы.
#Mirziyoyev #muloqot #energetika #investorlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Chirchiqda davlat maktabi binosi “Temuriylar” xususiy maktabiga berib yuborildimi?» mazmunidagi xabar va ota-onalar murojaatlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Chirchiq shahri, «G‘alaba» MFY, G‘alaba ko‘chasi, 43-uyda joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1992-yilda qurilgan, 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda muassasada 625 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Bu loyiha quvvatining 52,1 foizini tashkil etadi.
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborotiga ko‘ra, maktab xonalari xatlovdan o‘tkazilib, maydoni, amaldagi foydalanilishi va o‘quv jarayoniga zarurligi o‘rganilgan. Bo‘sh deb belgilangan xonalarni ijaraga berish uchun hujjatlar vakolatli organga taqdim etilgan. Obyektning umumiy 6 770,82 kvadrat metr maydonidan 1 931,81 kvadrat metri «Temur Cadet School» MCHJga ijaraga berilgan. Bu bo‘yicha 2026-yil 2-iyulda 1100834/123-26-son shartnoma tuzilgan. Unda ijaraga beruvchi — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, ijaraga oluvchi — mazkur MCHJ, balansda saqlovchi — 26-sonli maktab ishtirok etgan. Shartnoma bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilib, ijara muddati va to‘lov shartlari belgilangan. Demak, taqdim etilgan ma’lumotlar binoning bir qismi vaqtincha ijaraga berilganini ko‘rsatadi. Maktab binosiga mulk huquqi xususiy tashkilotga o‘tkazilmagan. Davlat mulkini ijaraga berish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tartibga solinadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, ijara elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi, qonunchilikda belgilangan istisnolar bundan mustasno. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatli shartnoma asosida yuzaga kelgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Shahar bo‘limi mazkur maydon elektron auksion orqali ijaraga berilganini bildirgan. Jarayonning qonunchilikka to‘liq muvofiqligi haqidagi yakuniy xulosa xatlov hujjatlari, auksion bayonnomasi, shartnoma va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlari asosida berilishi lozim. Ijara tushumlari belgilangan tartibda taqsimlanadi. Maktabga ajratiladigan mablag‘larni moliyaviy tartiblarga muvofiq ta’mirlash, zamonaviy texnikalar xaridi va ta’lim sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirish nazarda tutilgan. Ota-onalar murojaatlari asosida shahar bo‘limi tez fursatda maktab quvvati, sinf xonalariga ehtiyoj va o‘quvchilar sharoitlarini qayta o‘rganib, zarur choralarni ko‘radi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, hozirda «Temur Cadet School» MCHJning mazkur binodagi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
