cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi. ____ Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления. 📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8. 📞 +998712035522 🌐 toshkenttumani.uz 📩 @toshkenttumanihokimligibot.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
4 280
مشترکین
+124 ساعت
+157 روز
+3730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Shanba — qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. 🔘 Bekobod tumani. Tuman hokimi yig’im terim oldidan texnikalar shayligi holati bilan tanishdi. 🔘 Yangiyo‘l shahri. Shahar hokimi "Yangihayot" va "Nov" mahallalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 🔘 Bo'ka tumani. Tumanda urug'lik g'alla maydonlarini aprobatsiya qilish jarayonlari bo'yicha viloyat seminari o'tkazildi. 🔘 Toshkent tumani. "Hasanboy guzari" mahallasida yashovchi fuqaroga imtiyozli kredit asosida motokultuvator olib berildi. 🔘 Chinoz tumani. Mutasaddilar "Abdurazzoq fayz baraka" fermer xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. 🔘 Zangiota tumani. Tumanda 2 gektar yer maydonida Gollandiyaning “Abako” nomli sabzi mahsuloti yetishtiriladi. 🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Qishloq xo‘jaligi vaziri “Do‘stlik” mahallasida aholi tomonidan qulupnay yetishtirilayotgan maydonda bo'ldi. 🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Pilla yetishtirish jarayonini nazorat qilish, “Gʻalla-2024” mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari muhokama qilindi. 📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
نمایش همه...
#Sayohat Ijtimoiy himoyaga muhtoj kitobxonlar uchun muzeyga sayohat Toshkent tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Xalq deputatlari, Toshkent tumani kengashi deputati, tumanda "Tuman tarixi muzeyi" barpo qilinishiga sababchi va tashabbuskor boʻlgan shaxs Mirislom Usmonov muzeyning yaratilishi tarixi, u yerdagi eksponatlar haqida imkoniyati cheklangan kitobxonlarga maʼlumot berdi. 1977-yildan buyon dunyoda anʼanaviy tarzda 18-may-“Xalqaro muzeylar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Muzeylar faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina boʻlib qolmasdan, ular bizni oʻtmish sayohatiga chorlovchi yoʻlchi yulduz hamdir. Toshkent tumani axborot kutubxona markazi tashabbusi bilan tashkil qilingan sayohat Xalqaro muzeylar kuniga bagʻishlandi. 📷Jarayon fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...
02:31
Video unavailableShow in Telegram
#Kibersport Kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi Kuni kecha, Toshkent tumanidagi 20-umumtaʼlim maktabida Kibersportning ikki yo‘nalishi (Counter Strike:1.6 va PUBG Mobile) bo‘yicha 54 nafar o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada "Counter strike" yo‘nalishda 1-o‘rin 14-maktab, 2-o‘rin 22-maktab va 3-o‘rin 6-maktab o‘quvchilariga nasib etdi. "Pubg Mobile " yo‘nalishida esa 1-o‘rinni 19-maktab, 2-o‘rinni 6-maktab,3-o‘rinni 30-maktab egalladi. 📹Musobaqa tafsilotlari videolavhada.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...
👍 1
02:34
Video unavailableShow in Telegram
#Yer_nazorati ⚡️O'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida qurilgan inshoot buzildi Toshkent tumani hokimining o'rinbosari va tuman Kadastr Agentligi bo'limi boshlig'i boshchiligida yana bir noqonuniy qurilgan imorat buzilib, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydoni o'z holiga qaytarildi. ❗️Eslatib o'tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. 📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi. 🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. 📹Batafsil videolavhada.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...
👍 1
#Qaror_va_ijro Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent tumanidagi Hasanboy Guzari mahallasida yashovchi Ilyosxo‘ja va Maftuna O'tkirovaga Kengash huzuridagi jamg‘arma mablag‘i hisobidan mahalladagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida motokultivator yetkazib berildi. Ushbu motokultivatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi "Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-115-son qaroriga asosan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘ hisobidan olib berildi. Eslatib o‘tamiz, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan jismoniy shaxslarga mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 18 foiz miqdorda har bir fuqaroga 33 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlang‘ich to‘lovsiz kreditlar ajratiladi. Talabgor mahallalardagi hokim yordamchilariga yoki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 ishonch telefoni raqami orqali murojaat etishlari mumkin. 📷Jarayon fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!! E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 400 dan ortiq bo'lgan Davlat mulkini ijaraga sotib oling! 🔹Angren shaharida 294 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish) 🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumanida 20 ta (Ko'rish) 🔹Quyi Chirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 7 ta (Ko'rish) 🔹Oqqo'rg'on tumanida 8 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 10 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 9 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l tumanda 10 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish) 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Eʼlon Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga qabul boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2024/2025-o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilindi. Ma’lumot uchun tel: (+998) 55-501-02-40 - qabul komissiyasi Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy. 👉 BatafsilTelegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
نمایش همه...
👍 3
03:26
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_nigohida Toshkent tumanida yoshlar bo'sh yerlardan unumli foydalanmoqda 📹Batafsil "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...
👍 1
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatchilari jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarda rioya etishi lozim bo‘lgan qoidalar ▫️Rolik "Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari" asosida tayyorlandi. ✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...
#Keksalar_haftaligi 💫Nuroniy onaxonlar uchun sayohat tashkil etildi 🔰Nuroniylarimizga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatishga qaratilgan yangicha mazmun-mohiyatga boy qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Jumladan, mamlakatimizning kelgusi bosh istiqbol rejasida keksalarning ruhi va kayfiyatini ko'taradigan “Keksalar haftaligi”, “Ehtirom, e'zoz, e'tibor” singari ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 📌Bugun, Mustaqillik mahallasi xotin-qizlar faoli M.Ikromova tashabbusi bilan mahalladagi 15 nafar ayollarni Zangiota ziyoratgohi, hamda Yangi O‘zbekiston bog‘iga sayohat uyushtirildi. ♻️Zero, Keksalarni e’zozlash,ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatdir. 📷Jarayon fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
نمایش همه...