ZAMON.UZ | LIVE
Open in Telegram
Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Show more1 283
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-3330 days
Posts Archive
1 283
O’zbekiston Prezidentining birinchi bortini qo’riqlab borayotgan Serbiya havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson O'zbekistonga tabrik yo'lladi
Gubernator Vashington shtati xalqi nomidan O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mamlakatimizni samimiy tabrikladi.
Ushbu diplomatik vakolatxona savdo va investitsiyalar, texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, madaniyat, turizm hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishini alohida ta'kidlab o'tdi.Bob Ferguson kelgusidagi hamkorlikda tashkil qilinadigan ishlarni Gubernator sifatida katta umid bilan kutishini ma'lum qildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
🇷🇺🇰🇵 🛣 Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ilk avtomobil ko‘prigi ochildi
Rossiya va KXDR chegarasidagi Tuman daryosi ustidan qurilgan, uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan ilk avtomobil ko‘prigi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va KXDR Vazirlar Mahkamasi raisi Pak Thae Son videomuloqot orqali nutq so‘zladi. Shundan so‘ng avtomobillar kolonnasi ko‘prikdan o‘tdi.
Ko‘prikka 1946-yilda Kim Ir Sen hayotini saqlab qolgan sovet zobiti Yakov Novichenko nomi berildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Repost from ZAMON.UZ | РАСМИЙ КАНАЛ
Ўзбекистонда доллар курси кўтарилди
🇺🇸 доллар 11 789,33 сўм (+4,03)
🇪🇺 евро 13 702,74 сўм (+7,04)
🇷🇺 рубль 136,48 сўм (+0,35)
1 283
Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi
Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi” degan yozuv bilan joylashtirdi. Shu tariqa u bo‘g‘ozni AQSH hududi sifatida ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, u Oy suratini “Oy bizniki” degan yozuv va Amerika bayrog‘i bilan eʼlon qilgan. Shu orqali u Oyni ham AQSHga tegishli sifatida ko‘rsatgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Nepalda suv toshqinida halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilindi
Nepalda 26-avgustdagi suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga 7-sentabr kuni motam kuni deb e’lon qilindi.
Shu kuni hukumat muassasalarida davlat bayroqlari tushirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nepal va Tibetdagi toshqinlar oqibatida 1 300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, qariyb 5 ming kishi bedarak yo‘qolgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik tufayli elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi
Mazkur holat stadion hududida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishiga ham taʼsir ko‘rsatgan. Xususan, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (O‘zPFL) ofisi vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tgan.
Liga maʼlumotiga ko‘ra, elektr taʼminotidagi uzilish serverlarning to‘liq faoliyatdan to‘xtashiga sabab bo‘lgan. Natijada Superliga va Proliga uchrashuvlarining translyatsiya jarayonida ayrim texnik qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Rossiyada qor ko‘chkisi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo‘ldi
Rossiyaning Kabardin-Balkariya Respublikasidagi Mizhirgi tog‘ida qor ko‘chkisi sodir bo‘lib, 11 nafar alpinist halok bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, guruh jami 33 kishidan iborat bo‘lgan. Shundan 10 nafar alpinist mustaqil ravishda pastga tushgan, yana 6 kishining taqdiri hozircha noma’lum.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi
Tashrif doirasida Belgrad shahrida O‘zbekiston va Serbiya davlat rahbarlarining oliy darajadagi muzokaralari o‘tkaziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
+2
Parkent–Toshkent yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Yangi elektropoyezd 586 ta o‘rindiqqa ega bo‘lib, jami 1 154 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Parkentdan Toshkentgacha bo‘lgan safar vaqti 50 daqiqani tashkil etadi.
Yo‘lkira narxi kattalar uchun 10 ming so‘m, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 6,5 ming so‘m etib belgilangan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
🇱🇧🇮🇱Livanda aviazarbalar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Isroil tomonidan Livan janubidagi Kfar-Raman shahriga uyushtirilgan aviazarbalar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi.
Zarbalar uch qavatli turar joy binosi va fuqarolik avtomashinasiga kelib tushgan. Bino butunlay vayron bo‘lgan, halok bo‘lganlar orasida ikki nafar go‘dak ham bor.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
+3
Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekistonda bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida eksport yuklarining 94 foizi, import yuklarining esa 87 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilayotgani qayd etildi. Deklaratsiyalarni rasmiylashtirish vaqti 20 daqiqagacha qisqartirilgani ta'kidlandi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Qahramon Quronboyev mahalla raislariga murojaat yo‘lladi
Qahramon Quronboyev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi sifatidagi faoliyati yakunida mahalla raislari va “mahalla yettiligi” vakillariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi.
U 2024-yildan buyon Uyushmaga rahbarlik qilgani, shu davrda 8 992 ta mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” uchun mustahkam ijtimoiy-huquqiy asos yaratilganini ta’kidladi.
Qahramon Quronboyev barcha mahalla raislari, “yettilik” a’zolari hamda hamkor vazirlik va idoralarga minnatdorlik bildirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish barchaga nasib etishini tiladi.
Shuningdek, u mahalla tizimiga yaratilayotgan imkoniyatlar va bildirilayotgan yuksak ishonch uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
+3
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda, parlamentlararo va partiyalararo aloqalarni mustahkamlash, oliy va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini O‘zbekistonda ochish muhimligi qayd etildi.
Tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldilar.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
1 283
Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish doirasida Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
Meksikada pirotexnika portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning Mexiko shtatidagi Santa-Mariya-Kanchesda qishlog‘ida Bibi Maryam bayrami arafasida pirotexnika portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 64 kishi jarohatlandi.
Portlash ibodatxona yaqinida odamlar gavjum paytda yuz bergan. Kuchli zarba oqibatida bino tomi va devorlari qulab, bir qancha odam vayronalar ostida qolgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
+2
Pokistonda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan jurnalning maxsus soni chop etildi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokistonning “INVOICE” jurnalida mamlakatimizga bag‘ishlangan maxsus son nashr etildi.
Unda O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi yutuqlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro tashabbuslar hamda boy tarixiy va madaniy merosiga oid materiallar o‘rin olgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 283
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq G‘. Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
