ZAMON.UZ | LIVE
Ir al canal en Telegram
Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Mostrar más1 322
Suscriptores
+324 horas
-87 días
-2630 días
Archivo de publicaciones
1 320
Repost from ZAMON.UZ | РАСМИЙ КАНАЛ
🌐 ZAMON.UZ ДАЙЖЕСТИ: 1 АВГУСТЬ ТАФСИЛОТЛАРИ
🔺 Ўзбекистон Президентининг Қирғизистонга давлат ташрифи якунланди.
🔺 Молиявий инқироздаги “Бунёдкор”га бюджетдан 5 млрд сўм ажратилди.
🔺 Тошкентда болалар майдончаси ўрнидаги қурилиш юзасидан жиноят иши қўзғатилди.
🔺 Фермерларга дизель ёқилғиси учун 2 млн сўмгача субсидия берилади.
🔺 Фарғонада “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази ходими бахтсиз ҳодиса оқибатида ҳалок бўлди.
🔺 Андижонда 21 нафар болани боғчага олиб кетаётган Tracker ЙТҲга учради, бир бола ҳалок бўлди.
🔺 UEFA Жанни Инфантинони FIFA президенти лавозимидан четлатмоқчи.
🔺 АҚШ Қешм оролидаги уйга 900 килограммлик авиабомба ташлаган.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
1 320
UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi
The Telegraph nashrining yozishicha, agar Janni Infantino lavozimini ixtiyoriy ravishda tark etmasa, UEFA unga nisbatan ishonchsizlik votumi o‘tkazish tashabbusini ilgari surishga tayyor. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, UEFAga a’zo barcha 55 milliy assotsiatsiya bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bunday ovoz berish jarayonini boshlash uchun esa UEFA nizomiga ko‘ra, kamida 43 a’zo assotsiatsiyaning roziligi kifoya qiladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
Fermerlarga dizel yoqilg‘isi uchun 2 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
Nizomga ko‘ra, paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali sotib olgan dizel yoqilg‘isining bir tonnasi narxi 13 mln so‘mdan oshgan taqdirda, oshgan summaning 2 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiyalar proaktiv, ya’ni avtomatik tartibda ajratiladi. Buning uchun fermerlardan alohida ariza topshirish talab etilmaydi.
Subsidiyadan foydalanish uchun dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali xarid qilingan bo‘lishi, fermerning ekin maydonlari va ekin turlari Agroportal tizimiga kiritilgan bo‘lishi hamda xarid qilingan yoqilg‘i aprel—iyun oylaridagi agrotexnik ishlarda foydalanilgan bo‘lishi lozim.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
+3
Yunusoboddagi 271-maktab hududida o‘rganish o‘tkazildi: yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi
Joriy yilning 31-iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari o‘rganildi.
Xususan, Amir Temur Shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan 271-sonli maktab hududidagi obyekt ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida maktab hududidagi yer uchastkasi hamda bino-inshootlar amaldagi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, hududda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni yoki noqonuniy qurilmalar mavjud emasligi aniqlandi.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bitimi va ijara shartnomasi asosida "ASIAN SCHOOL" MCHJga 4 ming kvadrat metr yer maydoni ijaraga berilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, tunuka bilan o‘ralgan hudud demontaj qilinib, yer uchastkasi avvalgi holatiga qaytarildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
1 320
FIFA 4,2 milliard dollarlik xususiylashtirish rejasidan voz kechdi
FIFA Jahon chempionatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi yangi kompaniya ulushining bir qismini xususiy investorlarga sotish orqali 4,2 milliard dollar jalb etish rejasidan voz kechdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotning tijorat faoliyatini yurituvchi yangi kompaniyasining 20 foizlik ulushini xususiy investorlarga sotishni taklif qilgan. Ushbu loyiha orqali FIFA biznesi 20 milliard dollarga baholanib, 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan edi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
Farg‘onada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari hududni obodonlashtirish va tozalash ishlariga jalb qilingan. Ish jarayonida 34 yoshli markaz xodim o‘t o‘rish qurilmasidan foydalanayotgan vaqtda qurilmaning o‘tkir metall tig‘i uzilib chiqib, uning ko‘krak qismiga sanchilgan.
Olingan og‘ir tan jarohati oqibatida xodim voqea joyida vafot etgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
Seutadan Marokashga 70 mingga yaqin noqonuniy migrant qaytarildi
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 30 soat ichida taxminan 69,5 ming nafar migrant Seutadan Marokashga qaytgan.
Chegarani dengiz orqali kesib o‘tishga urinishlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
Xorazmda 1,6 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto-aktiv savdosi fosh etildi
2002-yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro mobil telefoniga Mexc va Bitget platformalarini o‘rnatib, ular orqali jami 1 milliard 677 million so‘m miqdoridagi noqonuniy kripto-aktivlar savdosi operatsiyalarini amalga oshirib kelgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
AQSh va Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyni qidirmoqda
Britaniyaning The Times nashri xabariga ko‘ra, AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) hamda Isroilning Mossad razvedka xizmati Mujtabo Xomanaiyning qayerdaligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Xomanaiy uzoq vaqt davomida omma oldida ko‘rinmagan hamda 150 kundan ortiq vaqt mobaynida telefon va boshqa elektron aloqa vositalaridan foydalanmagan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
+3
Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Musobaqa Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi (UIM) shafeligida o‘tkazilayotgan va “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
Energetika vazirligi suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlarni nazoratga oldi
Qayd etilishicha, internetda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida aholiga suyultirilgan gaz ballonlari qariyb 100 kundan buyon yetkazib berilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar, ularni o‘z vaqtida to‘ldirish jarayoni hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati tahlil qilinadi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
🇷🇺🇺🇦Rossiya Kiyevga yirik raketa hujumi uyushtirdi, natijada to'qqiz kishi halok bo'ldi
Rossiya Qurolli Kuchlarining tungi raketa hujumi oqibatida Kiyevda 9 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohat oldi. Jarohatlanganlar orasida 4 nafar bola ham bor. Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, jabrlanganlarning 17 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga ko‘ra, hujum ortidan poytaxtning besh tumanida yong‘inlar yuzaga kelgan, turli obyektlar va turar joylarga zarar yetgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
1 320
Andijonda 21 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Tracker YTHga uchradi, bir bola halok bo‘ldi
40 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker avtomobilida 21 nafar bola xususiy bog‘chaga olib ketilayotgan vaqtda haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan. Hodisada 8 nafar bola jarohatlangan, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 6 yoshli qizaloq to‘rt kun o‘tib vafot etgan.
Sud jarayonida haydovchi avtomobilga 21 nafar bolani, jumladan, yukxona (bagaj) qismiga ham joylashtirganini tan olgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
1-avgustdan talabalar yotoqxonasi uchun arizalar qabuli boshlandi
Talabalar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari mumkin.
Avvalo imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar yotoqxonalarga joylashtiriladi. Qolgan o‘rinlar esa navbat asosida taqsimlanadi. Bunda 1-bosqich talabalari uchun 55–65 foiz, 2-bosqich talabalari uchun 15–20 foiz, 3-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun esa 20–25 foizgacha kvota ajratiladi.
Arizalar 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi. 2026/2027-o‘quv yiliga tavsiya etilgan abituriyentlar esa yakuniy natijalar e'lon qilingach murojaat yuborishlari mumkin.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 320
Namangan va Toshkent viloyatlarida qariyb 12 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Namangan shahrida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda yo‘lovchilardan biriga tegishli sellofan paket ichidan 944 gramm gashish moddasi aniqlangan.
Tezkor tadbirlarning navbatdagi bosqichida mazkur narkosavdogar qo‘lga olinib, undan 9 200 AQSH dollari hamda 18,4 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida narkokuryerlar tomonidan “zakladka” usulida yashirib ketilgan 977 gramm gashish moddasini olayotgan mahalliy fuqaro qo‘lga olingan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
