fa
Feedback
ZAMON.UZ | LIVE

ZAMON.UZ | LIVE

رفتن به کانال در Telegram

Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy

نمایش بیشتر
1 270
مشترکین
-124 ساعت
-47 روز
-2130 روز
آرشیو پست ها
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi Yevropa Ittifoqi davlatlar
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi amaldagi sanksiyalarni uch yilga uzaytirishga kelishdi. Shu bilan birga, rossiyalik milliarderlar Alisher Usmonov va Mixail Fridman sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladi. Bu qarorga Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng erishilgan.   Ro‘yxatdagi qolgan qariyb 3 ming nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar uch yilga uzaytiriladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi Hududlarda tibbiyot c
Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi Hududlarda tibbiyot chiqindilarini ochiq yoki maishiy chiqindilar bilan birga yoqish, shuningdek, ularni maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangan. Shu sababli sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi. Unda tibbiyot chiqindilarining kunlik hajmini yagona elektron hisobga olish va ularni belgilangan qayta ishlash korxonalariga to‘liq yo‘naltirish bo‘yicha ma’lumot berish so‘ralgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

“Qoradori–2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlarida qariyb 2 kilogramm giyohvandlik vositalari noqonuniy tarqatilishining oldi olindi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Muhammad Alini qiynagan bokschi 93 ta professional jang, 73 ta g‘alaba, 64 ta nokaut — chempionlik kamarini taqmagan, ammo boks tarixida o‘zining chidamliligi bilan o‘chmas iz qoldirgan kanadalik bokschi Jorj Chuvalo. Батафсил 👉 https://www.youtube.com/watch?v=T_09GcsESes Telegram | Live | Youtube | Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarn
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

photo content

O‘zbekistonda dollar kursi tushdi 🇺🇸 dollar 11 802,19 so‘m (-7,63) 🇪🇺 yevro 13 569,48 so‘m (+0,13) 🇷🇺 rubl 140,68 so‘m
O‘zbekistonda dollar kursi tushdi 🇺🇸 dollar 11 802,19 so‘m (-7,63) 🇪🇺 yevro 13 569,48 so‘m (+0,13) 🇷🇺 rubl 140,68 so‘m +0,26) Telegram | Live | Youtube | Instagram

+9
Yaponiyada “Dujuan” tayfuni oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi bedarak yo‘qoldi Tokio yaqinidagi Kanagava va Chiba prefekturalarida “Dujuan” tayfuni keltirib chiqargan kuchli yomg‘irlar oqibatida ko‘chkilar yuzaga kelib, 4 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi bedarak yo‘qoldi. Ko‘chkilar uylarni vayron qilgan, ayrim hududlarni loy va suv bosgan. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda. Tayfun oqibatida 45 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Tayfun kuchli yomg‘irlar sabab Tokio hududida ham rekord darajadagi yog‘ingarchilikni keltirib chiqargan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

🇺🇸 Oq uy YouTube’da 24 soatlik “Trump TV” kanalini ishga tushirdi Oq uy “Trump TV: The Essentials Station” nomli 24 soatlik
🇺🇸 Oq uy YouTube’da 24 soatlik “Trump TV” kanalini ishga tushirdi Oq uy “Trump TV: The Essentials Station” nomli 24 soatlik onlayn efirni ishga tushirdi. Kanal AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining chiqishlari, bayonotlari va boshqa materiallarini namoyish etadi. Kanal ishga tushirilishi CNN, MS NOW va Politico jurnalistlarining Oq uyga kirishi taqiqlanganidan keyin AQSh telekanallari Oq uy tadbirlarini birgalikda yoritishni to‘xtatgan paytga to‘g‘ri keldi. Mazkur uchta media tashkiloti esa Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qilgan. CNN 21-sentabr kuni Trampning BMT Bosh Assambleyasiga borishini yorituvchi telepool tarkibida bo‘lishi kerak edi. Biroq boshqa yirik telekanallar CNN o‘rniga muxbir yuborishdan bosh tortgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

+1
🇹🇷 Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi Turkiyaning Manisa viloyatidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 10 nafar o‘quvchi yaralangan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekani xabar qilingan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, u bir kun avval maktabda janjallashgan o‘quvchilarni nishonga olgan. Mahalliy nashrlar gumondor 2011-yilda tug‘ilgan, 9-sinfda o‘qiydigan 15 yoshli o‘quvchi ekanini yozmoqda. U otishmadan so‘ng voqea joyidan qochgan, biroq huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlangan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi 22-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi 22-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqin kunlarda nishonlanadigan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 5-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli Tracker avtomobilini boshqargani aniqlandi.   Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxsning transport vositasini boshqarayotgani aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda, avtomobilni So‘x tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi boshqargani va transport vositasi uning otasiga tegishli ekani aniqlangan.   Mazkur holat yuzasidan bolaning otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi hamda 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi Farg‘onalik 21 yoshli ayolning bir necha
Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi   Farg‘onalik 21 yoshli ayolning bir necha oy davom etgan bosh og‘rig‘i va peshonasida paydo bo‘lgan shish ortida suyakni yemirib borgan o‘simta aniqlandi. Shifokorlar o‘simtani olib tashlab, zararlangan peshona suyagining o‘rnini bemorning anatomik tuzilishiga mos maxsus 3D titan implant bilan to‘ldirishdi. 👉 VIDEODA KO‘RISH 👉 MAQOLADA O‘QISH Telegram | Live | Youtube | Instagram

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish
Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. Portal orqali ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlarni onlayn yuborish, ularni ko‘rib chiqish, dalillarni to‘plash, xulosalar tayyorlash va axborot almashish imkoniyati yaratiladi. Mas’ul xodimlar yoki rahbarlar tomonidan sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqidagi murojaatlar esa avtomatik ravishda tegishli tashkilotning yuqori turuvchi instansiyasiga yuboriladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Dneprda tun portlashlar bilan boshlandi: yirik yong‘in yuz berdi 22-sentabr kuni tunda Ukrainaning Dnepr shahrida bir qator portlashlar sodir bo‘lib, shundan so‘ng kuchli yong‘in yuzaga keldi. Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, Dnepr, Krivoy Rog va Pavlograd shaharlarida sanoat obyektlariga zarbalar berilgan. Hujumlar oqibatida bir qator obyektlarda yong‘in chiqqan. Dneprda zarar ko‘rgan korxona hududida qutqaruv ishlari olib borilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan. Keyinroq vayronalar ostida yana bir necha kishining jasadi topilgani xabar qilindi. Qutqaruvchilar zarar ko‘rgan obyektlarda qidiruv ishlarini davom ettirgan. Ukraina rasmiylari hujumlarni Rossiya tomoni amalga oshirganini bildirgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi o‘quvchilar eshakda maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlum qilishicha, videodagi holat Mavlonsoy qishlog‘ida emas, balki tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Burgansoy MFYning Olmosuvon qishlog‘idagi 84-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Ayni paytda maktabning asosiy binosida 92 nafar, filialida esa 21 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Filial va asosiy bino o‘rtasidagi masofa 3 kilometrni, asosiy binoga qatnaydigan eng uzoq masofa esa 4 kilometrni tashkil etadi. Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda. Telegram | Live | Youtube | Instagram

1 181 581 nafar yo‘lovchi: Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi 21-sentabr kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1 181 581 nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu avvalgi rekord — 14-sentabr kuni qayd etilgan 1 165 550 nafar ko‘rsatkichdan 16 031 nafarga ko‘p. Yo‘lovchilar oqimi o‘sishda davom etayotgani sababli, oktabr oyida bir kunda 1,2 million nafargacha yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan 1,2 millioninchi yo‘lovchini aniqlash va unga maxsus sovg‘a yoki imtiyoz taqdim etish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2026-yilda Toshkent metropoliteni uchun xarid qilinishi rejalashtirilgan 14 ta zamonaviy poyezdning barchasi vagonlar parkiga yetkazib berildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Terma jamoa tarkibi e’lon qilindi   Fabio Kannavaro sentabr va oktabr oylaridagi o‘yinlar uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Qaydnomada O‘tkir Yusupov va Jaloliddin Masharipovning yo‘qligi e’tiborli jihat bo‘ldi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida
+3
BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Bugun havo harorati 37 darajagacha koʻtariladi Oʻzgidromet ma’lumotiga kora, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol
Bugun havo harorati 37 darajagacha koʻtariladi Oʻzgidromet ma’lumotiga kora, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33°, janubda va cho‘l hududlarda 35-37° gacha bo‘ladi.   Poytaxtsa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo‘ladi.   Tog’li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26° bo‘ladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram