ZAMON.UZ | LIVE
الذهاب إلى القناة على Telegram
Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
إظهار المزيد1 243
المشتركون
-624 ساعات
-147 أيام
-2930 أيام
أرشيف المشاركات
1 243
1 243
Bugun havo iliq: harorat 25 darajagacha koʻtariladi
Oʻzgidromet ma’lumotiga koʻra, bugun kunduzi respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20–25° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-25° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarning ba’zi joylarida esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-19° iliq bo‘ladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI:
14- OKTYABR TAFSILOTLARI
🔺 Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔺 AQSH Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?
🔺 Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi.
🔺 Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi.
🔺 Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi.
🔺 Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan.
🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Telegram | Live | YouTube | Instagram
1 243
Saudi Aramco bosh qarorgohiga hujum qilindi: majmuada yong‘in chiqdi
Saudiya Arabistoni hukumati Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Zahran shahridagi bosh qarorgohiga hujum uyushtirilganini tasdiqladi.
Mamlakat Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida majmua hududida yong‘in yuzaga kelgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Reuters kompaniyadagi manbasiga tayanib xabar berishicha, majmua binolaridan biriga ballistik raketa kelib tushgan va binoning yuqori uch qavatiga zarar yetkazgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
1 243
Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi
O‘zbekiston Prezidenti bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan, beshta kodeks va oltita qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Yangi qonunga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.
Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, jumladan, ta’lim muassasalari xodimlari va yaqin qarindoshlar ham qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.
Qonunda bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun belgilangan jazoni yengillashtirishga yo‘l qo‘ymaslik ham nazarda tutilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi
Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan BMW haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, halokatga uchragan.
Haydovchi tezlikni oshirishi natijasida avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina avval ogohlantiruvchi ustunga, keyin beton ustunga va daraxtga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobil ariqqa tushib, ag‘darilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Albaniyada talabalar namoyishi: 23 kishi ushlandi, 7 kishi jarohatlandi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida Ta’lim vazirligi binosi oldida o‘tkazilgan talabalar namoyishi politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi. Hodisa oqibatida 23 kishi ushlandi.
Talabalar oliy ta’lim narxlarining yuqoriligi, o‘qish sharoitlari va bitiruvchilar uchun imkoniyatlar cheklanganiga qarshi norozilik bildirgan. Namoyishchilar vazirlik binosiga tosh va beton bo‘laklarini uloqtirgan.
Politsiya bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. To‘qnashuvlarda olti nafar politsiyachi va bir nafar jurnalist jarohatlangan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Turkiyada Halk TV efiri to‘xtatildi: 11 kishi ushlandi
Turkiyada Halk TV telekanali egasi Jafar Mahiroglu bilan bog‘liq tergov doirasida Istanbuldagi telekanal ofisida tintuv o‘tkazildi.
Hibsga olinishi belgilangan 17 kishidan 11 nafari qo‘lga olingan. Shuningdek, telekanal efiri to‘xtatilib, tashkilotga boshqaruvchi tayinlangan.
Jafar Mahiroglu korrupsiya, tender jarayonlariga aralashish va noqonuniy yo‘l bilan olingan mol-mulkni legallashtirishda gumon qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Turkiyadan tashqarida bo‘lishi mumkin.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Qashqadaryoda erkak xotinini rashk sabab do‘pposladi
Erining zo‘ravonliklaridan himoyalanish maqsadida order olgan va taʼqiblardan qochib ijarada yashayotgan ayol yana kaltaklandi.
Bu safargi janjalga erkak ayolini rashk qilishi sabab bo‘lgan. U turmush o‘rtog‘ining telefonida begona insonning raqamini ko‘rib jahli chiqqan va 2 soat davomida do‘pposlagan.
👉 BATAFSIL VIDEODA
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kuchli yomg‘ir ortidan yuzaga kelgan sel oqimi Damas avtomobilini oqizib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, 13-oktyabr kuni soat 17:30 atrofida tumanning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, Qo‘ng‘irot mahallasidagi Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel o‘tgan.
Yo‘ldan adashgan Damas haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash uchun sel o‘tadigan hududda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqur qismiga tushib qolgan.
Haydovchi mashinadan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq sel oqimi avtomobilni ichidagi yo‘lovchi bilan birga oqizib ketgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi
2030-yilgacha tomorqa issiqxonalari uchun yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish, ularni aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilish hamda energiya tejamkor tizimlar iste’mol qilgan elektr energiyasi xarajatlarining yarmini qoplash nazarda tutuvchi takliflar ko'rib chiqilmoqda.
Yangi ekologik toza issiqxonalar qurish uchun 300 million so‘mgacha, mavjud issiqxonalarni qayta jihozlash uchun esa 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit berish taklif etilmoqda.
Shuningdek, issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallada ehtiyojmand oilalar uchun ekologik xavfsiz issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi
Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan shaxslar tashkil etgan narkolaboratoriya fosh qilindi.
Aniqlanishicha, 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan.
Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida xonadondan 5 kg 863 gramm “Pregabalin” moddasi, 100 ming dona bo‘sh kapsula, ikkita elektron tarozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
1 243
Bugun havo iliq: harorat 25 darajagacha koʻtariladi
Oʻzgidromet ma’lumotiga koʻra, bugun kunduzi respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20–25° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarning ba’zi joylarida esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15–20° iliq bo‘ladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 243
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI:
13- OKTYABR TAFSILOTLARI
🔺 Robototexnika bo‘yicha jahon chempionlari: Prezident terma jamoa a’zolarini mukofotladi.
🔺 Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi.
🔺 Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi.
🔺 Andijonda YTH: Chery haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi.
🔺 Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi.
🔺 Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti.
🔺 Ar-Riyod aeroporti 17-oktabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda.
🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Telegram | Live | YouTube | Instagram
1 243
1 243
Narkojinoyatlar: voyaga yetmaganlarni jalb qilgan guruhlar faoliyatiga chek qo'yildi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashish yuzasidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida voyaga yetmagan shaxslarni narkojinoyatlarga jalb qilib kelgan uyushgan guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
