ZAMON.UZ | LIVE
Kanalga Telegram’da o‘tish
Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Ko'proq ko'rsatish1 263
Obunachilar
-124 soatlar
-57 kun
-2130 kun
Postlar arxiv
1 262
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI:
30- SENTYABR TAFSILOTLARI
🔺 “O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
🔺 Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi.
🔺 B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma.
🔺 25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi.
🔺 Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi.
🔺 Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi.
🔺 Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi.
🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Telegram | Live | YouTube | Instagram
1 262
Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining navbatdagi mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bunga hujumchi va bosh murabbiy Jorje Jezus o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Voqea Jezus matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini ta’kidlaganidan keyin yuz bergan. Shundan so‘ng Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasining ikki xodimi hamrohligida terma jamoa bazasidan chiqib ketgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi
Osiyo o‘yinlari yarim finalida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 8:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
1 262
Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi
Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng undan yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish so‘ralgan.
Biroq yo‘lovchi turli vajlarni keltirib, nazoratchining talabini bajarmagan va jamoat joyida tartibsizlik keltirib chiqargan.
Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida u janjal ko‘targan va nazoratchiga kuch ishlatishga uringan. Mazkur holat nazoratchining bodi-kamerasiga yozib olingan.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaroga nisbatan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
“Bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni taʼlim jarayoniga qaytardik” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda maktab yillarini eslab, o‘sha davrda o‘quvchilar har yili 4–5 oylab paxta yig‘imiga jalb qilinganini aytdi.
“Men 11 yillik maktab attestatini olganman. Lekin 11 yil to‘liq o‘qimaganman. Maktabga borganman, ammo har yili 4–5 oy paxtada bo‘lganman”, — dedi Prezident.Davlat rahbari bolalarning o‘qishi, izlanishi, kamol topishi va katta orzular bilan yashashi uchun sharoit yaratilganini taʼkidladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
Maktablarda yangi sifat indeksi joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rta taʼlim tizimida sifat indeksi joriy etilishini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, pedagogik jamoa salohiyati va erishilgan natijalar asosida barcha maktablar toifalarga ajratiladi.
Ilg‘or maktablar o‘z tajribasini boshqa maktablarga joriy etib, ularning ham yuqori toifaga o‘tishiga erishsa, butun pedagogik jamoaga 30 foiz ustama to‘lanadi.
Davlat rahbari maktablardagi mehnatga haq to‘lash tizimida ham sifat ko‘rsatkichlari inobatga olinishini taʼkidladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkaziladi
Kelgusi yildan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi mamlakatimizning barcha 14 ta hududidagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkaziladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘qituvchilar bilan o‘tkazilayotgan muloqot tadbirida ma’lum qildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar eʼlon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni eʼlon qildi.
🔵milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi;
🔵har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot beriladi;
🔵har yili 1 000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
🔵kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofoti taʼsis etishni taklif qildi.
“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak”, — dedi Prezident.Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
Bog‘chadagi fojia: aslida nima bo‘lgandi?
Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yoshli bola hasharotlarga qarshi ishlatiladigan dori vositasini ichib vafot etdi.
Zamon.uz muxbiri mazkur bog‘chaga borib, muassasa xodimlari bilan suhbatlashdi. Xodimlar fojiaga sabab bo‘lgan holat va o‘sha kuni nimalar yuz bergani haqida so‘zlab berdi.
Batafsil 👉 https://www.youtube.com/watch?v=r6JiKCTxjmk
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
“Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda o‘zbek shaxmatchilarining kechagi g‘alabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini taʼkidladi.
“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi g‘alabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qo‘yyapsizlar desam, bu ham adolatdan bo‘ladi. O‘n marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qo‘shilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini maʼlum qildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi
Rossiyaning Amur viloyatida 29-sentabr kuni o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida Tu-95 strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
1 262
+3
Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi
FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya 29–30-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif doirasida O‘zbekistonda futbolni yanada ommalashtirish, futbol infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator loyihalar hamda obyektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
1 262
1 262
Bugun ayrim hududlarda yomg’ir yog’ishi kutilmoqda
Oʻzgidromet ma’lumotiga koʻra, bugun havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 262
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI:
29- SENTYABR TAFSILOTLARI
🔺 14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda.
🔺 4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi.
🔺 5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi.
🔺 Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi.
🔺 22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan.
🔺 Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda.
🔺 Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi.
🔺 Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi.
🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Telegram | Live | YouTube | Instagram
