uk
Feedback
ZAMON.UZ | LIVE

ZAMON.UZ | LIVE

Відкрити в Telegram

Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy

Показати більше
1 335
Підписники
-424 години
-127 днів
-2630 день
Архів дописів
ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I xalqaro f
+3
ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev ICESCO bosh direktori Salim al-Malikni Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

🏆 Ўзбекистон илк бор Халқаро информатика олимпиадасига мезбонлик қилади Жорий йилнинг 9–16 август кунлари Ўзбекистонда мактаб ўқувчилари ўртасидаги энг нуфузли дастурлаш мусобақаларидан бири — IОI 2026 (38-Халқаро информатика олимпиадаси) бўлиб ўтади. Мазкур олимпиада тарихида илк бор 97 та давлатдан 386 нафар иштирокчи рўйхатдан ўтиб, рекорд натижа қайд этилди. Эслатиб ўтамиз, Ўзбекистон терма жамоаси 2025 йилда Боливияда ўтган ИОИ мусобақасида кумуш ва бронза медалларини қўлга киритганди. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xa
+3
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani musulmon dunyosida ilm-fan, ma’rifat va dinlararo totuvlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga direktor etib tayinlandi O‘zbekiston Prezidenti farmonlari b
Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga direktor etib tayinlandi O‘zbekiston Prezidenti farmonlari bilan Prezident Administratsiyasi va Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida qator kadrlar o‘zgarishlari amalga oshirildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

+6
🚨 Marokash muxlislari Londonda tartibsizlik uyushtirishdi Marokash terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya jamoasiga (0:2) mag'lub bo'lganidan so'ng, London shahrida tartibsizliklar boshlandi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

+1
🔥 Ispaniyada o'rmon yong'inidan 12 kishi halok bo'ldi Ispaniyaning Almeriya provinsiyasida 9 iyul kuni yuzaga kelgan o'rmon yong'inidan kamida 12 kishi halok bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, avtomobil yo'lining yonida elektr kabeli yiqilib tushgan, bu esa, yong'inga sabab bo'lgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Surxondaryo va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi Surxondaryoda muqaddam sudlangan fuqaroning hech qanday diniy ma’lumotga hamda diniy ta’lim berish uchun zarur ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan holda 2011-2019-yillarda tug‘ilgan 22 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berilgani aniqlangan. Farg'onada esa ayol o‘z yashash xonadonida 2011-2017-yillardan tug‘ilgan 5 nafar voyaga yetmagan bolalarga hech qanday ruxsatnomasiz diniy ta’lim berayotgani aniqlangan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Lukashenko o‘zbekistonlik oilalarni Belarusga ko‘chib o‘tishga taklif qildi Minsk shahrida Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Belarus rahbari mamlakatda ishchi kuchiga ehtiyoj mavjudligini ta’kidlab, o‘zbekistonlik oilalarni Belarusda istiqomat qilishga chaqirdi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Fransiya Jahon chempionatining ilk yarim finalchisiga aylandi Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining ch
Fransiya Jahon chempionatining ilk yarim finalchisiga aylandi Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining chorak finalida Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga chiqqan ilk jamoaga aylandi. Yarim finalda jamoa Ispaniya – Belgiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 14-iyul kuni Dallasda bo‘lib o‘tadi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

+2
Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlandi Marhum oliy rahbar Ali Xomanaiy mamlakat shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida joylashgan Imom Rizo maqbarasi hududiga dafn etildi. Dafn marosimiga uning to‘ng‘ich o‘g‘li oyatulloh Mustafo Xomanaiy boshchilik qilgan. Xotira marosimlarida 41–43 million kishi ishtirok etgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

“Права” учун 9 йиллик уриниш Поляк эркак 9 йиллик уринишдан сўнг ҳайдовчилик гувоҳномаси учун назарий имтиҳондан ўтди. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Бугун ҳаво ҳарорати 43 даражагача кўтарилади “Ўзгидромет” маълумотига кўра, 10 июль куни Тошкент шаҳри, Қорақалпоғистон Респу
Бугун ҳаво ҳарорати 43 даражагача кўтарилади “Ўзгидромет” маълумотига кўра, 10 июль куни Тошкент шаҳри, Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Бухоро, Навоий, Тошкент, Сирдарё, Жиззах, Самарқанд, Қашқадарё, Сурхондарё ҳамда Фарғона водийси вилоятларида ёғингарчилик кутилмайди. Шамол 7–12 м/с тезликда эсади, Бухоро ва Навоий вилоятларининг айрим ҳудудларида чанг-тўзонлар кузатилиши мумкин. Ҳаво ҳарорати республика бўйлаб 35–43° гача кўтарилади. Пойтахтда ёғингарчилик кутилмайди. Ҳарорат 38–40° бўлади. Тоғолди ва тоғли ҳудудларда айрим жойларда қисқа муддатли ёмғир ва момақалдироқ кузатилиши мумкин. Сел-сув тошқинлари юзага келиш хавфи сақланиб қолади. Ҳарорат 25–30° бўлади. Telegram | Live | YouTube | Instagram

🌐 ZAMON.UZ ДАЙЖЕСТИ: 9 ИЮЛЬ ТАФСИЛОТЛАРИ 🔺 Шавкат Мирзиёев Беларус Президентини Ўзбекистонга таклиф этди. 🔺 Ўзбекистон ва
🌐 ZAMON.UZ ДАЙЖЕСТИ: 9 ИЮЛЬ ТАФСИЛОТЛАРИ 🔺 Шавкат Мирзиёев Беларус Президентини Ўзбекистонга таклиф этди. 🔺 Ўзбекистон ва Беларус стратегик шерикликни йўлга қўйди, қатор ҳужжатлар имзоланди. 🔺 Ўзбекистонда чақалоқлар ўлимининг 47 фоизи илк 30 кун ичида содир бўлмоқда. 🔺 Тергов изоляторида вафот этган тадбиркор фирибгарлик айблови бўйича оқланди. 🔺 Болаларга зўравонлик қилган педагоглар бир йил боғчаларда ишлай олмайди. 🔺 Хитойда “Майсак” тропик бўрони оқибатида 39 киши ҳалок бўлди. 🔺 Эрдўған НАТО етакчиларига револьвер совға қилди. 🔺 Дунё ва Ўзбекистонда содир бўлаётган бошқа янгиликларни Zamon.uz’нинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида биринчилардан бўлиб кузатиб боринг! Telegram | Live | YouTube | Instagram

Saida Mirziyoyeva Orano kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari v
+3
Saida Mirziyoyeva Orano kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
“Biz energetika, ta’lim, suv ta’minoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilganmiz. Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotimizning uzviy va mantiqiy davomidir”, deya yozdi Saida Mirziyoyeva.
Telegram | Live | Youtube | Instagram

Хитой Марказий Осиёни кузатмоқчи Бунинг учун осмонга сунъий йўлдош учирилади. Telegram | Live | Youtube | Instagram

+3
Xitoydagi poyabzal fabrikasida chiqqan yong‘inda 28 kishi halok bo‘ldi — Xinhua Agentlik xabariga ko‘ra, yong‘in Futszyan provinsiyasidagi ishlab chiqarish binosining birinchi qavatida boshlanib, keyin tepa qavatlarga ham tarqalgan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum. Uni o‘chirishga 183 nafar o‘t o‘chiruvchi va 35 ta maxsus texnika jalb etilgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Toshkent metrosida poyezdlar harakatida uzilish kuzatildi 9-iyul kuni soat 20:02 atrofida Chilonzor yo‘nalishida "Xalqlar do‘stligi" va "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan eski turdagi poyezdda texnik nosozlik aniqlandi. “Toshkent metropoliteni” DUK ma'lum qilishicha, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar poyezddan tushirilgan, nosoz tarkib esa boshqa poyezd yordamida texnik ko‘rik yo‘lagiga olib ketilgan. Shu sababli Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar harakati taxminan 8 daqiqaga to‘xtab qolgan. Hozirda metropolitenning barcha yo‘nalishlarida qatnov odatdagi jadval asosida davom etmoqda. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Toshkent metrosining “Paxtakor”bekatida odam haddan tashqari koʻpayib ketganidan, havo issib bir nechta odam hushini yoʻqotdi
Toshkent metrosining “Paxtakor”bekatida odam haddan tashqari koʻpayib ketganidan, havo issib bir nechta odam hushini yoʻqotdi. Metropoliten xodimlari aholidan holatni videoga olmaslik va tarmoqlarda tarqatmaslikni soʻramoqda. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Belarusga rasmiy tashrifini yakunlagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Prezident Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Erdo‘g‘an NATO sammiti ishtirokchilariga noodatiy sovg‘a berdi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO sammiti yakunida
Erdo‘g‘an NATO sammiti ishtirokchilariga noodatiy sovg‘a berdi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO sammiti yakunida barcha ishtirokchilarga ichida bittadan patroni bo‘lgan revolver ko‘rinishidagi qurol sovg‘a qilgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram