ru
Feedback
ZAMON.UZ | LIVE

ZAMON.UZ | LIVE

Открыть в Telegram

Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy

Больше
1 268
Подписчики
-124 часа
-57 дней
-2130 дней
Архив постов
🇵🇸🇮🇱Falastinlik mahbus 3 yildan so‘ng Isroil hibsxonasidan ozod qilindi Isroil hibsxonasida uch yil davomida saqlangan falastinlik mahbus Saif ad-Din Hamad ozod qilindi. U G‘arbiy Sohilning Nablus shahri shimolidagi An-Naqura qishlog‘ida oilasi bag‘riga qaytdi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

+3
Tramp AQShga tashrif buyurgan Si Szinpinni shaxsan kutib oldi Ikki davlat rahbarining uchrashuvida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar hamda muhim masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Telegram | Live | Youtube | Instagram

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkdagi BMT Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajadagi tadbirda so‘zga chiqib, bugungi murakkab xalqaro vaziyat sharoitida kuchli va har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMTga ehtiyoj borligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, BMT nafaqat qarorlar qabul qiladigan, balki ularni amalga oshirishga qodir tashkilot bo‘lishi kerak. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik Kengashini zamonaviy realliklarga moslashtirish va uning tarkibini kengaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi. “Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni biz qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati deb bilamiz”, dedi Saida Mirziyoyeva. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Baliq ovlashda yangi tartib   O‘zbekistonda havaskor baliqchilar uchun “Baliqchi kartasi” raqamli tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Bugun ayrim hududlarda yomg’ir yog’ishi mumkin Oʻzgidromet ma’lumotiga koʻra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat
Bugun ayrim hududlarda yomg’ir yog’ishi mumkin Oʻzgidromet ma’lumotiga koʻra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30°, janubda 30-35° gacha bo‘ladi.   Poytaxtda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo‘ladi.   Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI: 23- SENTYABR TAFSILOTLARI 🔺O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin. 🔺Preziden
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI: 23- SENTYABR TAFSILOTLARI 🔺O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin. 🔺Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 🔺Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi. 🔺Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘i talon-toroj qilingan. 🔺Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan. 🔺Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi. 🔺Dunyo non narxi oshishiga tayyorlanmoqda: bug‘doy narxi 40 foizga ko‘tarildi. 🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring! Telegram | Live | YouTube | Instagram

Andijonliklar Prezident Shavkat Mirziyoyevni ochiq chehralar va ezgu tilaklar bilan kutib oldilar. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Ukraina Prezidenti xalqaro huquq haqida gapirdi
Dunyoda deyarli hech kim xalqaro huquqqa ishonmay qo‘ydi, ammo biz baribir bu so‘zlar o‘z ma’nosini butunlay yo‘qotishini istamaymiz. Biz xalqaro huquqning haqiqiy kuchga ega bo‘lishini xohlaymiz — Volodimir Zelenskiy.
Telegram | Live | Youtube | Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oltinko‘l tumanida paxta dalasini ko‘zdan kechirdi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida G‘azodagi vaziyat
Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida G‘azodagi vaziyat yuzasidan xalqaro hamjamiyatning harakatsizligini tanqid qildi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya va Kanada Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Kanada falastinliklarga 100 mln Kanada dollari (taxminan $71 mln) miqdorida yordam ajratishini ma’lum qildi. Mablag‘ning 80 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri gumanitar yordamga, 20 foizi esa tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi 🇺🇸 dollar 11 814,05 so‘m (+11,86) 🇪🇺 yevro 13 527,67 so‘m (-41,81) 🇷🇺 rubl 139,87
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi 🇺🇸 dollar 11 814,05 so‘m (+11,86) 🇪🇺 yevro 13 527,67 so‘m (-41,81) 🇷🇺 rubl 139,87 so‘m (-0,81) Telegram | Live | Youtube | Instagram

O‘zbekistonda infarkt va insultga qarshi milliy dastur qabul qilindi Joriy yilda Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekistonda ilk bor Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida ushbu xavfli kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash hamda bemorlarga shoshilinch va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona tizimi yaratilmoqda. Infarkt va insultda har bir daqiqa muhim. Yangi tizim kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bemorlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni da
“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi. Japarovning fikricha, sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq tashabbuslar BMT doirasida dastlabki ko‘rib chiqilishi kerak. Bunday mexanizm orqali sanksiyalarning ehtimoliy gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari baholanishi mumkin. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi Konstitutsiyaviy sudning 22-sen
Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi Konstitutsiyaviy sudning 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida shaxsni ma’muriy tartibda ushlab turish muddatiga oid norma ko‘rib chiqildi. Konstitutsiyaviy sud mazkur normada 48 soatdan ortiq ushlab turish zarurati tug‘ilganda sud qarorini olish mexanizmi nazarda tutilmaganiga e’tibor qaratdi. Shu asosda sud Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli normasini Konstitutsiyaning 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiq emas, deb topdi. Qarorda, shuningdek, shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish masalasida prokurorni xabardor qilish yoki prokuror sanksiyasi sud qarorining o‘rnini bosa olmasligi qayd etildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

🇵🇰 Pokistonda vazir qurollangan shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi Pokistonda Jamoat ishlari va kommunikatsiyalar vaziri Fazal Shakur Xon qurollangan shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Hodisa kunduz kuni sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan shaxslar vazirning avtomobilini to‘xtatib, uni kuch ishlatgan holda noma’lum yo‘nalishga olib ketgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Vazirning qayerdaligi va jinoyat tafsilotlari aniqlanmoqda. Telegram | Live | Youtube | Instagram

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi O‘zbekiston Qahramoni, taniqli fermer Parda Ziyatov 23-sentabr kuni
O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi O‘zbekiston Qahramoni, taniqli fermer Parda Ziyatov 23-sentabr kuni 79 yoshida vafot etdi. U 1990–1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, 2005–2015-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi, shuningdek, ko‘p yillar davomida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati sifatida faoliyat yuritgan. Parda Ziyatov hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi turmush sharoitini yaxshilash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etgan. Parda Ziyatov vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov hamda davlat va jamoat arboblari tomonidan hamdardlik bildirildi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi Yangi tartibga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpia
200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi Yangi tartibga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida g‘olib bo‘lgan shaxmatchiga 200 ming dollar, uning murabbiyiga esa 50 ming dollar beriladi. Kumush medal sohibiga 100 ming dollar, murabbiyiga 25 ming dollar, bronza medal sohibiga esa mos ravishda 50 ming va 12,5 ming dollar miqdorida mukofot beriladi. Yoshlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi g‘oliblari uchun shaxmatchiga 20 ming dollar, murabbiyiga 5 ming dollar mukofot belgilanadi. Kumush medal uchun mos ravishda 10 ming va 2,5 ming dollar, bronza medal uchun esa 5 ming va 1,25 ming dollar ajratiladi. FIDE tasnifiga ko‘ra, jahon miqyosidagi musobaqalar g‘oliblari uchun shaxmatchilarga 15 ming dollargacha, murabbiylarga esa 7 ming dollargacha mukofot beriladi. Osiyo miqyosidagi musobaqalarda ushbu miqdorlar shaxmatchilar uchun 10 ming dollargacha, murabbiylar uchun esa 5 ming dollargacha etib belgilangan. Shuningdek, xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan shaxmatchiga 5 ming dollar miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Telegram | Live | Youtube | Instagram

Shavkat Mirziyoyev kichik gidroenergetika uchun uskunalar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi Telegram | Live | Youtube | Instagram