ZAMON.UZ | LIVE
前往频道在 Telegram
Zamon.uz сайтининг расмий канали Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995 Асосий канал: @zamonuz Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/ YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
显示更多1 244
订阅者
-224 小时
-167 天
-3030 天
帖子存档
1 244
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI:
15- OKTYABR TAFSILOTLARI
🔺 Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi.
🔺 O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi.
🔺 Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi.
🔺 Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi.
🔺 Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?
🔺 Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot.
🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Telegram | Live | YouTube | Instagram
1 244
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Farruh Farxodjonovich Omonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Ohangaronda “bulut chiqaradigan zavod” bormi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududida joylashgan Issiqlik elektr stansiyasidan havoga juda ko‘p miqdorda “tutun” chiqib turgani aks etgan videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘olibjon Salimyorov mana shu holatga izoh berarkan, aslida u tutun yoki zaharli gaz emas, balki suvning issiqlik natijasida hosil bo‘lgan bug‘i ekanini aytdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi. Prezident Toshkentga joʻnab ketdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
ISTANBULNI SUV BOSDI: MURAT BOZ VA DEMET O‘ZDEMIR QUTQARILDI
14-oktyabr kuni boshlangan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Istanbulning bir qator hududlarini suv bosdi. Ko‘chalar suv ostida qoldi, avtomobillarni suv oqimi oqizib ketdi, yuzlab odamlar binolarda qamalib qoldi. Hatto mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemir ham qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘ldi. Ular qanday qutqarildi? Toshqin shahar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun qancha kuch va texnika safarbar qilindi?
👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Giyohvandlik vositalari kontrabandasi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari qo‘lga olindi
Qoʻshni Respublikadan Toshkent viloyati orqali transmilliy jinoiy uyushma aʼzolari 15 kg giyohvandlik vositalarini kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtmoqchi boʻlgan vaqtda qoʻlga olindi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Qishda uy harorati 18 darajadan past bo‘lsa, kompensatsiya to‘lanadi
Anomal sovuq kunlarda aholi markaziy isitish tizimidan tashqari qo‘shimcha ravishda konditsioner yoki boshqa elektr jihozlaridan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan fuqarolarga ikki baravar xarajat degani.
Agar qishda xona harorati belgilangan meʼyordan past bo‘lsa, fuqarolarga yetarli darajada issiqlik bilan taʼminlanmagani uchun kompensatsiya to‘lanadimi? Zamon.uz muxbirining mazkur savoliga “Toshkent issiqlik markazi” korxonasi direktori Begzod Bo‘ronboyev javob berdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi
O‘zbekistonda tilanchilik bilan shug‘ullanganlik va boshqa shaxslarni bu faoliyatga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi.
Aeroportlar, vokzallar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, bozorlar, ko‘chalar, jamoat transporti va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat yoki boshqa moddiy boyliklarni faol ravishda so‘rab tilanchilik qilganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha etib belgilandi. Shuningdek, 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar, keksalar, ruhiy holati buzilgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxslarni tilanchilikka jalb qilish, shuningdek, boshqa shaxslarni majburlash orqali bunday faoliyatga jalb etish uchun jarima BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirildi. Bu holatlarda ham 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
+2
Pokistonda maktab tomi quladi: 32 o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi
Pokistonning Peshovar shahridagi xususiy maktab tomi qulab tushishi oqibatida kamida 33 kishi, jumladan 32 nafar o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi.
Lady Reading shifoxonasi vakili Muhammad Asimning ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan o‘quvchilarning 20 nafari o‘g‘il bola, 12 nafari esa qiz bo‘lgan. Ularning yoshi 6 dan 12 yoshgacha ekani aytilmoqda.
Hodisa Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Peshovar shahrining Dir koloniyasi hududida joylashgan Al-Xayr xususiy o‘quv markazida yuz bergan. Maktabdan 20 nafar o‘quvchi evakuatsiya qilingan, ulardan uch nafari og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada qolmoqda.
Qutqaruvchilar vayronalar ostida yana bolalar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida maktabda 110 nafar o‘quvchi bo‘lgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi
Qozog‘iston chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi, u yerda bo‘lishi va chiqishini tartibga soluvchi yangi qoidalarni tasdiqladi. Yangi tartib doirasida chet elliklar Qozog‘istonga kirish uchun elektron ruxsatnoma olishlari kerak bo‘ladi.
Ariza rejalashtirilgan safardan kamida 72 soat oldin topshirilishi va arizachi shaxsini tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak. Elektron ruxsatnoma 180 kalendar kun davomida amal qiladi.
Elektron ruxsatnomani tekshirish tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
2026-yil 1-noyabrdan — Aktau xalqaro aeroporti hamda Urlyutobe, Auhatti, Atameken va Nurli Jol chegara o‘tkazish punktlarida;
2027-yil 1-yanvardan — Ostona va Olmaota xalqaro aeroportlarida;
2027-yil 1-martdan — davlat chegarasidagi boshqa barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida;
2027-yil 1-iyuldan — elektron kirish ruxsatnomasi majburiy bo‘ladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Xususan, dekabr oyida o‘tkaziladigan Doha forumida O‘zbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, forum doirasida Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Nilufar Allabergenova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar Allabergenova Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U mazkur lavozimga 2019-yilda tayinlangan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
+4
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Prezident administratsiyasi rahbarining ta’kidlashicha, bunday yutuqlar ortida ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar turibdi.
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ushbu sohadagi tajribasi O‘zbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Shuningdek, u ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va texnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?
O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi.
Mazkur huquqbuzarlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha etib belgilandi. Kodeksning 47-moddasidagi boshqa huquqbuzarliklar uchun ham jarimalar oshirildi: ota-onalar yoki vasiylar tomonidan majburiy umumiy o'rta, o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta'limini tugatishga to'sqinlik qilish 15 dan 20 BRV gacha jarima solishga sabab bo'ladi. Takrorlangan huquqbuzarlik 20 dan 30 BRV gacha jarima yoki ayrim holatlarda 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarni qarovsiz qoldirish uchun 5 dan 10 BRV gacha jarima solinadi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
1 244
Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi
Joriy yilning 13-oktabr kuni soat 14:00 atrofida Oltinko‘l tumani “Qo‘shtepa” mahallasida joylashgan 11-umumta’lim maktabida, tanaffus vaqtida sodir bo‘lgan. Uch nafar o‘quvchi qizning o‘zaro tortishuvi janjalga aylangan.
Holat nazoratga olinib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, profilaktika inspektori, maktab rahbariyati hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat yakunida ota-onalarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘llash bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, sinfni nazorat qilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sababli sinf rahbari o‘z vazifasidan ozod etilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 244
Istanbulda kuchli yomg‘ir: ko‘chalar va shifoxonaning bir qismini suv bosdi
Turkiyaning Istanbul shahrida ikki kundan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘chalar, yo‘l o‘tkazgichlar va ayrim binolarni suv bosdi. Ayrim yerosti yo‘laklari va shifoxonaning bir qismi ham suv ostida qolgan.
Kuchli yog‘ingarchilik sabab ayrim avtomobillar suv ostida qolgan, yo‘llarda harakatlanish qiyinlashgan.
Bugun shaharda kuchli yomg‘ir xavfi tufayli sariq ogohlantirish e’lon qilingan. Maktablarda darslar bekor qilingan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
