uk
Feedback
Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

Відкрити в Telegram

Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103 Бошқарма расмий сайти navoimed.uz

Показати більше
1 633
Підписники
-124 години
-107 днів
-1430 день
Архів дописів
🔴 🟦🟦🟦 ❗️Xorijda o‘qish va malaka oshirish uchun tanlov e'lon qilindi 🖥 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarin
🔴 🟦🟦🟦 ❗️Xorijda o‘qish va malaka oshirish uchun tanlov e'lon qilindi
🖥 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini magistratura, klinik ordinatura dasturlari bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlarida o‘qishga, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini xorijda malaka oshirish (stajirovka) va qayta tayyorlashga yuborish uchun barcha tibbiy yo‘nalishlar kesimida tanlov e'lon qilindi.
📆 Nomzodlarning hujjatlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining https://mas.ssv.uz axborot tizimi orqali 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi. 🗂 Nomzodlar tomonidan sohalar kesimida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha toʻldiriladigan elektron soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 📎 malaka oshirish (stajirovka o‘tash), qayta tayyorlashga o‘qishga qabul qilishga tayyor xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasi yoki tibbiyot markazi taqdim etgan hujjat (rasmiy xat yoki boshqa hujjat). Bunda o‘qishning boshlanish muddati 2026-yil sentabr oyidan keyinga rejalashtirilishi lozim; 📎 xorijda malaka oshirish, qayta tayyorlashga o‘qishga borishdan maqsad, o‘qish rejasi, vatanga qaytib kelgach, olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish rejalari aks etgan insho (essey); 📎 oxirgi 2 yil ichida Davlat budjeti hisobidan xorijda malaka oshirmaganligi haqida nomzodning tilxati; 📎 til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa). 📌 Taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligiga nomzodlar shaxsan javobgar hisoblanadi. 🗣Tanlov jarayoni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi huzuridagi ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan nomzodlar topshirgan insho (essey) asosida onlayn suhbat shaklida oʻtkaziladi. 🔎 Tanlov natijalari Markazning axborot tizimida va veb-saytida eʼlon qilib boriladi hamda tanlov gʻoliblari 2026-yil oktabr oyidan boshlab oʻqishga yuboriladi. 🟡 Bunda tanlov gʻoliblarini magistratura va klinik ordinaturada yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish xarajatlari (kontrakt puli), shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining xorijda malakasini oshirish (stajirovka) va qayta tayyorlash bilan bogʻliq (kundalik xarajatlar, yashash (turar joy ijarasi), transporti, oʻqish xarajatlari) Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan qoplab beriladi.
📝 Eslatma: Sog‘liqni saqlash vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti tanlov g‘oliblari bilan vazirlik tomonidan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
🔆 Ushbu shartnomalarda malaka oshirish (stajirovka o‘tash) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qib kelgandan so‘ng 3 yil muddat mobaynida, qayta tayyorlash, magistratura va klinik ordinatura ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qib kelgandan so‘ng 5 yil davomida davlat tibbiyot muassasalarida uzluksiz ishlab berish majburiyati ko‘rsatiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+1
🔴 📝📝📝📝📝📝
📄 Prezidentimizning shu yil 24-iyundagi “Saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida onkologik xastaliklarga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari belgilandi.
🗓 Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 🎥 Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosarlari — Xurshid Islamov hamda Dilshod Egamberdiyev shu haqda batafsil ma’lumot berdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

#Axborot24 | 06.07.2026 Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasidagi tegishli qarori ijrosi doirasida Navoiyda bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkazildi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

🟢Конимех туманида “Саломатлик марафони” доирасида аёллар саломатлигини муҳофаза қилишга қаратилган скрининг тадбирлари ўтказ
+4
🟢Конимех туманида “Саломатлик марафони” доирасида аёллар саломатлигини муҳофаза қилишга қаратилган скрининг тадбирлари ўтказилди ➡️ 2026 йил 6 июль куни Конимех туман тиббиёт бирлашмасида “Саломатлик марафони” доирасида 45–65 ёшли хотин-қизлар учун чуқурлаштирилган профилактик тиббий кўрик ва скрининг текширувлари ташкил этилди. 📌 Тадбирдан кўзланган асосий мақсад сут бези саратонини эрта босқичда аниқлаш, онкологик касалликларнинг олдини олиш ҳамда аёллар саломатлигини муҳофаза қилиш бўлди. 📌 Скрининг жараёнида иштирокчилар малакали мутахассислар томонидан тиббий кўрикдан ўтказилиб, махсус жиҳозланган мобил маммография мажмуаси орқали сут безларининг маммографик текширувлари амалга оширилди. Бу эса чекка ҳудудларда истиқомат қилувчи хотин-қизларга замонавий диагностика хизматларидан фойдаланиш имконини яратди. 📈 Текширувлар натижасида сут бези саратонига гумон қилинган фуқаролар аниқланиб, уларга ташхисни аниқлаш ҳамда қўшимча ихтисослаштирилган текширувлардан ўтиш учун Республика ихтисослаштирилган онкология ва радиология илмий-амалий тиббиёт маркази Навоий вилояти филиалига йўлланмалар берилди. ➡️ Мазкур скрининг тадбирлари онкологик касалликларни эрта аниқлаш, даволаш самарадорлигини ошириш ва аҳоли ўртасида соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб этишда муҳим аҳамият касб этади. ✅ Конимех туман тиббиёт бирлашмасида аҳоли, айниқса хотин-қизлар саломатлигини муҳофаза қилишга қаратилган профилактик ва скрининг тадбирлари изчил давом эттирилмоқда.

💜💜💜💜💜💜💜💜 #ТиббиётМўъжизаси ГУЛСЕЗИМ СОҒЛОМ ҲАЁТГА ҚАЙТДИ 🔺Илгари хабар қилинганидек, Учқудуқ тумани тиббиёт бирлашма
+5
💜💜💜💜💜💜💜💜 #ТиббиётМўъжизаси ГУЛСЕЗИМ СОҒЛОМ ҲАЁТГА ҚАЙТДИ 🔺Илгари хабар қилинганидек, Учқудуқ тумани тиббиёт бирлашмаси тарихида илк бор юқори технологик мураккаб юрак жарроҳлик амалиётини бошдан кечирган 8 ёшли Гулсезим Бердалиева бугун шифохонадан соғайган ҳолда уйига қайтмоқда. 🔸Шу муносабат билан Учқудуқ тумани тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Мақсуд Норқулов Гулсезим ҳолидан шахсан хабар олиб, унга мустаҳкам соғлиқ ва бахтли болалик тилади. 🔻Гулсезимнинг саломатлиги шифокорлар назоратида бўлиб, кейинги реабилитация жараёнлари ҳам белгиланган тартибда давом эттирилади. 🔺Гулсезимнинг соғлом ҳаётга қайтиши нафақат унинг оиласи, балки Учқудуқ тиббиёти жамоаси учун ҳам катта қувонч ва муҳим ютуқ бўлди. 💠Telegram 🌐 Web sayt Facebook 🌐 Instagram

+1
🟡 🟦🟦🟦
Oxirgi yillarda yurtimizda onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
  📝 Prezidentimizning joriy yil 24-iyundagi tegishli qarori bu boradagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.   ❓Xo‘sh, unda qanday dolzarb vazifalar belgilab berilgan? Yangiliklar ham ko‘zda tutilganmi?   📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.   🚑  SSV Matbuot xizmati. ________________ 🟡 ‼️‼️
В последние годы в нашей стране особое внимание уделяется вопросу ранней диагностики и лечения онкологических заболеваний.
📝 Соответствующее постановление Президента Республики Узбекистан от 24 июня этого года стало логичным продолжением усилий в этом направлении. ❓Какие важные задачи в нем поставлены? Что нового произойдет в этом направлении? 📹 Ответы на эти и другие вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴📃📃📃📃📃📃 ❗️ Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi belgilandi 💫 Hukumat qarori (310-
🔴📃📃📃📃📃📃 ❗️ Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi belgilandi
💫 Hukumat qarori (310-son, 12.06.2026-y.) bilan "Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga ko‘ra, fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududidan qat’i nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin. ✍️ Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin. ‼️ Ariza beruvchini baholashda quyidagilar tasdiqlanishi shart: ➡️ amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani; ➡️ davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega ekanligi. 📌 Subsidiya 1 oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 marta beriladi. ➡️ Tanlov onlayn tarzda o‘tkaziladi. 📚 Bunda mezonlarga to‘liq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi. 🗒 Subsidiya ajratish xabarnomasini olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Ҳурматли Навоий вилояти аҳолиси ва меҳмонлари! Навоий вилояти ҳокими ва унинг ўринбосарлари томонидан жисмоний
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Ҳурматли Навоий вилояти аҳолиси ва меҳмонлари! Навоий вилояти ҳокими ва унинг ўринбосарлари томонидан жисмоний ва юридик шахслар ҳамда уларнинг вакилларини шахсий қабул қилиш графиги билан танишинг: 💎Турсунов Нормат Тулкунович — Вилоят ҳокими. Қабул куни ва вақти: Ҳар ойнинг иккинчи, учинчи ва тўртинчи сешанба кунлари соат 10:00 – 12:00. 💎Сулаймонов Рустам Давутович — Молия, иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг душанба куни соат 15:00 – 17:00. 💎Ниёзов Акбар Ишпўлатович — Қурилиш, тўсиқларсиз муҳит яратиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология ва кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг сешанба куни соат 9:00–11:00. 💎Ғаффаров Элбек Истамович — Инвестиция ва ташқи савдо масалалари бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг чоршанба куни соат 9:00 –11:00. 💎Хикматов Санатилло Нусратович — Қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг пайшанба куни соат 9:00 –11:00. 💎Ходжаев Жамшид Бахтиёрович — Ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг чоршанба куни соат 15:00 –17:00. 💎Мирзаев Садулла Мирзаевич — Туризм, маданият, маданий мерос ва оммавий коммуникациялар масалалари бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг пайшанба куни соат 15:00 –17:00. 💎Мардонов Элёр Ирдонович — Жамоат ва диний ташкилотлар билан алоқалар бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг жума куни соат 14:00 –17:00. 💎Мамадиярова Малика Таджиевна — Оила ва хотин-қизлар масалалари бўйича ўринбосар. Қабул куни ва вақти: Ҳар ҳафтанинг шанба куни соат 9:00 –11:00. 📍 Қабул манзили: Навоий вилоятидаги Халқ қабулхонаси. Мурожаат учун: (79)223 10 00 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyevning aholi va soha xodimlariga MUROJAATI: ❕Hurmatli ham
Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyevning aholi va soha xodimlariga MUROJAATI: ❕Hurmatli hamkasblar!Aziz Navoiyliklar! 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning 2026-yil 1-iyuldagi soha xodimlari va aholiga murojaatida belgilangan vzaifalarni Navoiy viloyat Sog‘liqni saqlash tizimida ijrosini ta'minlashga mening rahbarligimda barcha tibbiyot xodimlari mas'uldir. ➡️ Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq qo‘yuvchi jiddiy ijtimoiy xavf. Shu bois, Navoiy viloyatida ham sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan holi, ochiq va shaffof, xalqchil tizimga aylantirish maqsadida bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 📈 Jumladan, qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni o‘zida jamlagan Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) yaratilib,  viloyatdagi tibbiyot muassasalarida ishga tushirilgani korrupsiya risklarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. 💿 Shu bilan birgalikda, tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda raqamlashtirilgan yangi mexanizm ishga tushirilgani muhim yangiliklar sirasidan. ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi doirasida har bir muassasa kirish qismida “Ishonch telefonlari” (1103, 1203  ) va boshqa profilaktik materiallar joylashtirildi. 1103 raqamli viloyat ishonch telefoni orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Yozma va og‘zaki murojaatlar mas’ullar tomonidan tezkor o‘rganilib, qat’iy choralar ko‘rilmoqda. 🖥Shu bilan birga, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, tanlovlar, profilaktik tadbirlar va ochiq muloqotlar OAV va boshqarmaning internet hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muntazam yoritib borilmoqda. 🌐 Ochiqlik va shaffoflik ta’minlash maqsadida: Facebook'dagi rasmiy sahifamiz: https://www.facebook.com/nv.nvssb.9 Telegram kanali: t.me/navoiyssb veb-saytimiz: navoiyvssb.uz Aholi mazkur platforma va kanallar orqali rasmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, onlayn murojaatlar yuborishi hamda ta’magirlik yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini zudlik bilan xabar qilishi mumkin. ❕Hurmatli fuqarolar! Aziz hamkasblar! 📌 Korrupsiyaga qarshi kurash – bu faqat Sog'liqni saqlash boshqarmasi tizimi yoki mas’ul idoralar emas, balki har bir yurtdoshimizning vijdon ishidir. Barchangizni tizimda shaffoflik, tozalik va adolat muhitini ta’minlashda hamkorlikka chaqiraman. Har bir murojaat qisqa muddatlarda muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rilishini kafolatlayman. 🤝 Keling, tibbiyotimiz nufuzi, kasbimiz obro‘si hamda yurtdoshlarimiz ishonchini birgalikda asrab-avaylaylik! Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishonch telefonlari ☎️Sog‘liqni saqlash boshqarmasi: 1103 ☎️ Sog‘liqni saqlash vazirligi: 1203 Nurali Safoyev, Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

📍 “Tibbiy dirijor” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi ❕Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarma
+3
📍 “Tibbiy dirijor” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi ❕Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 23-iyundagi 97-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2–3-iyul kunlari Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazining Navoiy filialida “Tibbiy dirijor” faoliyatini tashkil etish mavzusida 18 soatlik malaka oshirish dasturi asosida o‘quv seminari tashkil etildi. 📌 Seminar davomida ishtirokchilarga bemorlarni kutib olish va samarali muloqot standartlari, triaj tizimi asosida bemorlarni toifalarga ajratish tartibi hamda favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan xalqaro xavfsizlik kodlari — Qizil, Ko‘k, Pushti, Yashil, Oq, Qora va Sariq kodlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. ✅ Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, bemorlarga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish, shuningdek, tibbiyot muassasalarida xavfsizlik va xizmat sifati standartlariga rioya etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi. ⚡️ Seminar yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur o‘quvlar tibbiyot muassasalarida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🟢Bugun Navoiy shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Navoiy viloyati sog‘liqni
+7
🟢Bugun Navoiy shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyev rahbarligida sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ➡️Yig‘ilishda sogʻliqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari, viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari hamda tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. 📌 Muhokamalar davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ijro intizomini mustahkamlash, korrupsion holatlarning oldini olish, tibbiyot muassasalarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. ✏️ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🗓 Жорий йилнинг 30 июнь куни Навоий вилоят болалар кўп тармоқли тиббиёт маркази мажлислар залида "Кибержиноятчиликнинг олдин
+6
🗓 Жорий йилнинг 30 июнь куни Навоий вилоят болалар кўп тармоқли тиббиёт маркази мажлислар залида "Кибержиноятчиликнинг олдини олиш" мавзусида профилактик йиғилиш бўлиб ўтди. 👮‍♂️ Тадбирда Навоий вилояти ИИБ Кибержиноятчиликка қарши курашиш бошқармаси катта инспекторлари Б.Хожимуродов ва Ж.Усмановлар иштирок этиб, йиғилиш қатнашчиларига киберхавфсизликнинг аҳамияти, интернет тармоғида учрайдиган фирибгарлик ҳолатлари, уларнинг кенг тарқалган усуллари ҳамда бундай таҳдидлардан ҳимояланиш чоралари ҳақида атрофлича маълумот бердилар. 💻 Йиғилиш давомида: • киберхавфсизлик соҳасидаги долзарб тавсиялар берилди; • интернет орқали содир этиладиган фирибгарлик ҳолатларини аниқлаш ва уларнинг олдини олиш бўйича амалий тушунчалар берилди; • интернет ва ижтимоий тармоқлардан хавфсиз фойдаланиш қоидалари тушунтирилди; • иштирокчиларга кибержиноятчиликнинг олдини олиш ҳамда шахсий маълумотларни муҳофаза қилишга оид тарғибот-ташвиқот буклетлари тарқатилди. ✅ Тадбир якунида иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволлар

🟡 O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining soha xodimlari va aholiga MUROJAATI ❗️Hurmatli tibbiyot xodimlari! Aziz yurtdoshl
🟡 O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining soha xodimlari va aholiga MUROJAATI ❗️Hurmatli tibbiyot xodimlari! Aziz yurtdoshlar!
Korrupsiya — mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi jiddiy tahdid. Shu bois Prezidentimiz bu global muammoning naqadar xavfli ekanini ta’kidlab, uni jamiyat tanasidagi saraton deya ta’riflagan edi.
🖥 Bu illatning oldini olish, uning har qanday ko‘rinishiga qarshi keskin va murosasiz kurashish maqsadida Yangi O‘zbekistonda turli byurokratik to‘siqlarga barham berilib, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. 🟢 Tabiiyki, bu inson hayoti va salomatligiga bevosita mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari zimmasiga ham katta vazifalar yuklaydi. 🌐 Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan tanqidiy fikrlar va murojaatlar sohada yechimini kutayotgan kamchilik hamda byurokratik to‘siqlar talaygina ekanini ko‘rsatmoqda. 📋 Shu sababli oldimizdagi muammolarni chuqur anglagan holda, korrupsiyaga qarshi kurashni qat’iy yo‘lga qo‘yish maqsadida Sizlarga murojaat qilmoqdaman. 👉 БАТАФСИЛ ________________ 🟡 ОБРАЩЕНИЕ министра здравоохранения Республики Узбекистан к работникам сферы и населению ❗️Уважаемые медицинские работники! Дорогие соотечественники!
Коррупция — это серьёзная угроза, препятствующая устойчивому развитию страны. Именно поэтому Президент, подчеркивая опасность этой глобальной проблемы, сравнил ее с «язвой на теле общества».
🖥 В целях предупреждения этого опасного явления и бескомпромиссной борьбы с любыми его проявлениями в Новом Узбекистане устраняются бюрократические барьеры, реализуются масштабные реформы, направленные на обеспечение открытости и прозрачности системы государственного управления. 🟢 Разумеется, это возлагает большую ответственность и на работников сферы здравоохранения, которые непосредственно отвечают за жизнь и здоровье людей. 🌐 Многочисленные критические мнения и обращения, публикуемые сегодня в социальных сетях, свидетельствуют о том, что в сфере по-прежнему имеется немало нерешенных проблем и бюрократических препятствий. 📋 Поэтому, глубоко осознавая существующие вызовы и ставя перед собой задачу выстроить жесткую систему противодействия коррупции, я обращаюсь к вам. 👉 ПОДРОБНО 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov soha xodimlari va keng jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda yanada
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov soha xodimlari va keng jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda yanada faol bo‘lishga hamda hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Murojaatda ta‘kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda "favqulodda holat" e‘lon qilinishi munosabati bilan: - ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi; - korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi kengaytirilib, Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasiga aylantirildi; - joriy yilning dastlabki besh oyida vazirlik tizimidagi tashkilotlarda masofaviyaudit.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali 979 ta holatda jami 514,9 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar erta aniqlanib, bartaraf etildi; - “suyunchi” puli yoki kesarcha kesish amaliyoti uchun noqonuniy haq talab qilish holatlarining oldini olish maqsadida tibbiyot tashkilotlari, jumladan, tug‘uruq komplekslarida “Sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Joriy oydan boshlab "Raqamli komplayens" axborot dasturiy kompleksi sinov tariqasida ishga tushiriladi. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati esa “E-Komplayens” elektron moduli orqali to‘liq raqamlashtiriladi. Bundan tashqari, sun‘iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan samarali yechimlar ishlab chiqiladi. Murojaatda vazirlik faoliyatiga oid korrupsiyaviy xatti-harakatlar yoki qonunbuzarliklar haqida 1203 qiqa raqami hamda info@ssv.uz elektron manzili orqali xabar berish mumkinligi eslatib o‘tildi.
Ma‘lumot uchun: Huquqiy eksperiment doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan.
——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

📅 Жорий йилнинг 30 июнь куни Навоий вилоят болалар кўп тармоқли тиббиёт марказида 30 июнь – “Ёшлар куни” муносабати билан “Я
+7
📅 Жорий йилнинг 30 июнь куни Навоий вилоят болалар кўп тармоқли тиббиёт марказида 30 июнь – “Ёшлар куни” муносабати билан “Янги Ўзбекистонни ёшлар қуради!” шиори остида ўтказилаётган “Ёшлар ойлиги” доирасида “Соғлом турмуш тарзи” мавзусида маънавий-маърифий ва спорт тадбири ташкил этилди. 👥 Тадбир аввалида марказ раҳбарияти ҳамда ёш ходимлар ўртасида очиқ мулоқот ўтказилиб, ёшларнинг таклиф ва ташаббуслари тингланди, уларни қўллаб-қувватлаш ҳамда касбий ривожланишлари учун яратилаётган имкониятлар ҳақида фикр алмашилди. 🏃‍♀️ Шундан сўнг соғлом турмуш тарзини тарғиб этиш, жамоавий ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш ва ёшларни спортга кенг жалб этиш мақсадида турли спорт мусобақалари ҳамда жамоавий спорт ўйинлари ташкил этилди. 🏆 Тадбир якунида спорт мусобақаларида ғолиб бўлган, шунингдек, фаол ва ташаббускор ёшлар тантанали равишда тақдирланиб, фахрий ёрлиқлар билан рағбатлантирилди. ✨ Бундай тадбирлар ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини қарор топтириш, жамоавий ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш

🟢 Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining tegishli ko‘rsatma xatiga asosan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan
+9
🟢 Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining tegishli ko‘rsatma xatiga asosan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida o‘rganish ishlari boshlandi. 🏥 Bugun ishchi guruh tomonidan Navoiy shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda Navoiy shahar markaziy shifoxonasi faoliyati o‘rganildi. ❕O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF–88 va PQ–185-sonli hujjatlari, “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari ijrosi, tibbiy xizmat sifati, sanitariya-gigiyena holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar va 90 kunlik o‘zgarishlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. ✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Repost from Saida Mirziyoyeva
Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman. Fransiya O‘zbekis
+5
Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman. Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatidamiz. — Была рада содержательной беседе с министром Европы и иностранных дел Франции Жаном-Ноэлем Барро. Франция является одним из ключевых стратегических партнёров Узбекистана в Европе. Наше сотрудничество охватывает такие направления, как энергетика, транспорт, инфраструктура, образование и здравоохранение. Мы намерены и впредь укреплять партнёрство с Францией и Европой, оставаясь надёжным и предсказуемым партнёром в Центральной Азии.