Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!
Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103 Бошқарма расмий сайти navoimed.uz
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!
تُعد قناة Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора! (@navoiyssb) في القطاع اللغوي الأوزبكية لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 17 708 مشتركاً، محتلاً المرتبة 1 390 في فئة الطب والمرتبة 4 558 في منطقة أوزبكستان.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 17 708 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 12 نوفمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -3 996، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -27، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 13.48%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 10.72% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 2 388 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 1 899 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 5.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb
Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103
Бошқарма расмий сайти navoimed.uz”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 13 نوفمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الطب.
✅ Prezidentimiz tibbiyot sohasi oldiga xalqning o‘zi baho beradigan samarali tizim yaratish vazifasini qo‘ymoqda.🔃 Bu, eng avvalo, soha mas’ullaridan joylardagi vaziyatni pastga tushgan holda o‘rganish, aholi bilan muloqot qilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taqozo etadi. 📍Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Navoiy viloyatiga safari ayni shu maqsadlarga qaratildi. 🏥 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatda 1,1 milliondan ziyod doimiy aholi istiqomat qiladi. Ularga 14 ming 650 nafardan ortiq tibbiyot xodimi 580 ga yaqin shifo maskanida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 🟢 Vazir hududdagi o‘rganishlarini Navoiy shahar markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli, yaratilgan sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
💬— Tibbiyot muassasasiga kelgan inson sifatli xizmat va e’tibordan mamnun holda uyiga qaytishi kerak, — dedi vazir. — Buning uchun tizimdagi har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyatni ustuvor bilishi, korrupsiya hamda ta’magirlik kabi illatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishi shart.➖ Shundan so‘ng E. Adilov shifoxona hududida barpo etilayotgan yangi binoning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Vazir obyektni o‘z vaqtida hamda sifatli topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi. 🚫 Vazir viloyatdagi turli davolash muassasalari bilan birga Xatirchi tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va soha xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 📱 Ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizning 15 ta namunaviy hududi qatori Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yilgan edi. 🔬 Bunda asosiy e’tibor tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirishga qaratildi. Pirovardida tumanda odamlarga qulay, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi. 🟡 Vazir tumandagi Korizarab mahallasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishar ekan, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, qish mavsumiga tayyorgarlik, dori-darmon vositalari ta’minoti, skrining tadbirlarining tashkil etilishi va ularning natijalari bilan qiziqdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur muassasa 3 500 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Kunlik 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada 6 o‘rinli kunduzgi statsionar ham yo‘lga qo‘yilgan.Vazir birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. ‼️Safar davom etmoqda. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
🖥 Davlatimiz rahbari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asosiy mezon javob xati yozish emas, balki odamlarning muammosi haqiqatan hal bo‘lishidir.👨⚕️ Sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham murojaatlar bilan samarali ishlash birinchi navbatdagi vazifa, chunki ularning har birida gap inson salomatligi haqida boradi. 📊 Navbatdagi brifingda vazirlikning Murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Xayrulla Tadjiyev kelib tushayotgan murojaatlar, ularning yechimlaridan aholining roziligi va kelgusida bu tizimni yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rilishi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
🩺 Mehnat terapiyasi — davolash va reabilitatsiyaning muhim yo‘nalishi.Bemorlarni mehnat faoliyatiga jalb etish orqali: ▪️ Mehnat ko‘nikmalari va mas’uliyat hissi shakllantiriladi; ▪️ O‘ziga bo‘lgan ishonch va mustaqil hayotga intilish kuchaytiriladi; ▪️ Kundalik hayotga moslashish va ijtimoiy faollikni tiklashga yordam beriladi; ▪️ Kelgusida jamiyatga qaytish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun zarur ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. © Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
🚑 Og‘ir xastalik sababli to‘shakka mixlanib qolgan insonning hayot sifatini yaxshilashda malakali tibbiy yordam bilan birga, yaqinlarining g‘amxo‘rligi, e’tibori va parvarishi muhim ahamiyatga ega.✅ Prezidentimizning shu yil 24-iyundagi tegishli qarori asosida mamlakatimizda ana shunday bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan animatsion rolikda uy sharoitida palliativ yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va OVI platformasi tomonidan e’lon qilingan “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi bo‘yicha ovoz berish va baholash jarayonlari 31-oktabr kuni yakunlandi.Tanlovda 37 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. G‘oliblar 60% jamoatchilik fikri, 30% professional tibbiy assotsiatsiyalar, 10% esa vazirlik bahosi orqali aniqlandi. Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish hamda soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llanildi. To‘rt oy davom etgan ushbu jarayondan so‘ng 10 ta nominatsiya bo‘yicha 101 ta g‘olib e’lon qilindi. Ular bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://tanlov.ovi.uz/rating. G‘olib bo‘lgan tibbiyot muassasalari Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘mdan, tibbiyot xodimlari esa — 30 million so‘mdan pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimi joriy yil Tibbiyot xodimlari kuni bayrami oldidan o‘tkaziladi. 💐 Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz! 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
