fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

رفتن به کانال در Telegram

Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103 Бошқарма расмий сайти navoimed.uz

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

کانال Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора! (@navoiyssb) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 715 مشترک است و جایگاه 1 387 را در دسته پزشکی و رتبه 4 545 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 715 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 11 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -4 151 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -72 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 13.48% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 9.64% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 2 391 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 1 710 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 4 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103 Бошқарма расмий сайти navoimed.uz”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 12 نوامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته پزشکی تبدیل کرده‌اند.

17 715
مشترکین
-7224 ساعت
-2 0917 روز
-4 15130 روز
آرشیو پست ها
#Vazir_hududlarda 🔴 ‼️‼️‼️ ❓SSV: Tibbiy xizmatdan aholi rozimi? Vazir Navoiydagi vaziyatni joyida o‘rgandi ✅ Prezidentimiz t
+3
#Vazir_hududlarda 🔴 ‼️‼️‼️ ❓SSV: Tibbiy xizmatdan aholi rozimi? Vazir Navoiydagi vaziyatni joyida o‘rgandi
✅ Prezidentimiz tibbiyot sohasi oldiga xalqning o‘zi baho beradigan samarali tizim yaratish vazifasini qo‘ymoqda.
  🔃 Bu, eng avvalo, soha mas’ullaridan joylardagi vaziyatni pastga tushgan holda o‘rganish, aholi bilan muloqot qilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taqozo etadi.   📍Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Navoiy viloyatiga safari ayni shu maqsadlarga qaratildi. 🏥 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatda 1,1 milliondan ziyod doimiy aholi istiqomat qiladi. Ularga 14 ming 650 nafardan ortiq tibbiyot xodimi 580 ga yaqin shifo maskanida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.   🟢 Vazir hududdagi o‘rganishlarini Navoiy shahar markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli, yaratilgan sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.  
💬— Tibbiyot muassasasiga kelgan inson sifatli xizmat va e’tibordan mamnun holda uyiga qaytishi kerak, — dedi vazir. — Buning uchun tizimdagi har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyatni ustuvor bilishi, korrupsiya hamda ta’magirlik kabi illatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishi shart.
  ➖ Shundan so‘ng E. Adilov shifoxona hududida barpo etilayotgan yangi binoning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Vazir obyektni o‘z vaqtida hamda sifatli topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.   🚫 Vazir viloyatdagi turli davolash muassasalari bilan birga Xatirchi tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va soha xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.   📱 Ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizning 15 ta namunaviy hududi qatori Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yilgan edi.   🔬 Bunda asosiy e’tibor tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirishga qaratildi. Pirovardida tumanda odamlarga qulay, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.   🟡 Vazir tumandagi Korizarab mahallasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishar ekan, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, qish mavsumiga tayyorgarlik, dori-darmon vositalari ta’minoti, skrining tadbirlarining tashkil etilishi va ularning natijalari bilan qiziqdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur muassasa 3 500 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Kunlik 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada 6 o‘rinli kunduzgi statsionar ham yo‘lga qo‘yilgan.
  Vazir birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. ‼️Safar davom etmoqda. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷
🖥 Davlatimiz rahbari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asosiy mezon javob xati yozish emas, balki odamlarning muammosi haqiqatan hal bo‘lishidir.
👨‍⚕️ Sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham murojaatlar bilan samarali ishlash birinchi navbatdagi vazifa, chunki ularning har birida gap inson salomatligi haqida boradi. 📊 Navbatdagi brifingda vazirlikning Murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Xayrulla Tadjiyev kelib tushayotgan murojaatlar, ularning yechimlaridan aholining roziligi va kelgusida bu tizimni yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rilishi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

DIQQAT! RESPUBLIKADA ILK BOR: NAVOIY NARKOLOGIYA FILIALIDA BEMORLAR UCHUN ALOHIDA ISH O‘RINLARI YARATILDI ✅Respublika ixtisos
+4
DIQQAT! RESPUBLIKADA ILK BOR: NAVOIY NARKOLOGIYA FILIALIDA BEMORLAR UCHUN ALOHIDA ISH O‘RINLARI YARATILDI ✅Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filialida narkologik davolanishda bo‘lgan bemorlarni mehnat terapiyasiga jalb etish maqsadida alohida ish o‘rinlari tashkil etildi. Mazkur tashabbus respublikada ilk bor amalga oshirilayotgan bo‘lib, bemorlarning davolanish jarayonida mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashishga qaratilgan.
🩺 Mehnat terapiyasi — davolash va reabilitatsiyaning muhim yo‘nalishi.
Bemorlarni mehnat faoliyatiga jalb etish orqali: ▪️ Mehnat ko‘nikmalari va mas’uliyat hissi shakllantiriladi; ▪️ O‘ziga bo‘lgan ishonch va mustaqil hayotga intilish kuchaytiriladi; ▪️ Kundalik hayotga moslashish va ijtimoiy faollikni tiklashga yordam beriladi; ▪️ Kelgusida jamiyatga qaytish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun zarur ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. © Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube

#Tibbiyot_xodimlari_kuni 🎉 NAVOIYDA KASB BAYRAMI KENG NISHONLANDI! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan Karmana tumanidagi «Oqsaroy» bazmlar maskanida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. ✨ Bayram davomida kuy-qo‘shiqlar, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy tabriklar davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Shuningdek, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari munosib taqdirlandi. 💐 Barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🟡 🟦🟦🟦 ❗️Hurmatli tibbiyot xodimlari! ❗️Qadrli soha fidoyilari! 🟢 Avvalo, inson salomatligini asrash, xalqimizga sifatli
🟡 🟦🟦🟦 ❗️Hurmatli tibbiyot xodimlari! ❗️Qadrli soha fidoyilari! 🟢 Avvalo, inson salomatligini asrash, xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va hayotiga umid bag‘ishlashdek ezgu va sharafli vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan Siz, azizlarni kasb bayramingiz — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! ➡️Inson salomatligi va hayoti yo‘lida xizmat qilish, bemorlarga umid va shifo ulashish, xalqimizning sog‘lom va farovon hayot kechirishi uchun fidokorona mehnat qilish — sharafli va mas’uliyatli kasbdir. Bu kasb vakillaridan yuksak bilim, mustahkam iroda, sabr-toqat va, eng muhimi, insonparvarlik talab etiladi. ❕Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarda Navoiy viloyati tibbiyot tizimi jamoalarining ham munosib hissasi bor. 📌 Xususan, viloyatimizda 293 ta davlat va 286 ta xususiy tibbiyot muassasasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Tibbiyot tariximizda ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyotining muvaffaqiyatli bajarilishi, shuningdek, Uchquduq va Qiziltepa tumanlarida bolalarda ochiq yurak jarrohligi amaliyotlarining o‘tkazilishi hududimiz tibbiyoti imkoniyatlari tobora kengayib borayotganining yorqin ifodasidir. ➕ Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi doirasida aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlar uchun yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bepul tashkil etish, 29 turdagi dori vositalarini imtiyozli asosda yetkazib berish borasida ham muhim natijalarga erishilmoqda. ⚡️Albatta, bu yutuqlarning zamirida, avvalo, o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan, tun-u kun xalqimiz salomatligi yo‘lida xizmat qilayotgan minglab tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mashaqqatli mehnati, bilim va tajribasi mujassam. 🕯 Fursatdan foydalanib, ana shunday fidoyi insonlarning barchasiga, soha faxriylariga va yosh mutaxassislarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Aziz hamkasblar! ⭐️ Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shifo istab kelgan har bir bemorning dardiga malham bo‘lish, xalqimizning ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lish baxti doimo hamrohingiz bo‘lsin! ✔️ Yurtimizda inson qadri, aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Nurali SAFOYEV, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

🏆 Bayram tantanalari doirasida respublika miqyosida o‘tkazilgan «Tibbiyot fidoyisi – 2026» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash m
+6
🏆 Bayram tantanalari doirasida respublika miqyosida o‘tkazilgan «Tibbiyot fidoyisi – 2026» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Quvonarlisi, Navoiy viloyati tibbiyot xodimlari va muassasalari 7 ta nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 👏Tanlov natijalariga ko‘ra: 🩺 Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori — Xalilov Xamza (Xatirchi tumani). 💉 Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi — Qo‘chqorova Xurshida (Karmana tumani). 👨‍💼Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari — Xatirchi tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi. 🏥 Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi — Xatirchi tumani markaziy shifoxonasi. 👩‍⚕️Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari — Navbahor tumani 9-son oilaviy poliklinikasi. 🏡 Eng yaxshi oilaviy poliklinika — Qiziltepa tumani 24-son oilaviy poliklinikasi. 🎗 Eng yaxshi hududiy shifoxona — Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filiali. 🎁 G‘oliblarga tantanali ravishda diplomlar hamda pul mukofotlari topshirilib, ularning kasbiy mahorati va fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi. 🌟 7 ta nominatsiya — 7 karra e’tirof! Bu natijalar Navoiy viloyati tibbiyot jamoasining salohiyati, fidoyiligi va mashaqqatli mehnatining munosib samarasidir.

TIBBIYOT XODIMLARI KUNI — BAYRAM SHUKUHI! ✨ Karmana tumanidagi «Oqsaroy» bazmlar maskanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati
+8
TIBBIYOT XODIMLARI KUNI — BAYRAM SHUKUHI! ✨ Karmana tumanidagi «Oqsaroy» bazmlar maskanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirokida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎉 Bayram tadbiri davomida soha fidoyilariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirilib, ularning aholi salomatligini asrash, tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘z kasbiga sadoqati va mehnatsevarligi bilan namuna bo‘layotgan bir guruh tibbiyot xodimlari munosib taqdirlandi. 🎶 Bayram dasturidan joy olgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar, samimiy qutlovlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy lahzalar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

#live Tuman hokimi Şohruh Boltayev tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, sohada uzoq yillardan buyon samarali me
+7
#live Tuman hokimi Şohruh Boltayev tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, sohada uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilgan faxriylarga tön kiydirdi. Şuningdek, bir guruh soha vakillariga esdalik sovğalari topşirildi. Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇🌐 Veb sayt  | ✅Telegram | 📹 Youtube | ✅Facebook

KARMANADA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NIŞONLANMOQDA Ayni paytda Karmana tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram
+5
KARMANADA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NIŞONLANMOQDA Ayni paytda Karmana tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötmoqda. Tadbir bayram dasturxoni atrofida davom etmoqda. Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇🌐 Veb sayt  | ✅Telegram | 📹 Youtube | ✅Facebook

SOHA XODIMLARI E’ZOZLANDI "Istiqlol" majmuasida Özbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni munosabati bi
+9
SOHA XODIMLARI E’ZOZLANDI "Istiqlol" majmuasida Özbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi. Tadbir avvalida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov sözga çiqib, barça soha fidoyilarini kasb bayrami bilan tabriklab, tumanda soğliqni saqlaş tizimi rivoji yölida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtalib ötdi. Hokim öz tabrigida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 27-oktyabr kunida tibbiyot va farmasevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda – Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz, – deya alohida ta’kidlaganlarini bildirib, soha xodimlarining inson hayotidagi naqadar muhim örni borligini şu sözlar yana bir bor tasdiqlaşini bildirdi. Şundan söng, bir guruh soha xodimlari hokimlikning faxriy yorliği va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlanişdi. Tadbirning maxsus mehmoni elimiz suygan xonanda Sevinç Ismoilova böldi va u özining eng sara qöşiqlari bilan bayram iştirokçilariga yanada bayram kayfiyatini ulaşdi. ———————————— СОҲА ХОДИМЛАРИ ЭЪЗОЗЛАНДИ "Истиқлол" мажмуасида Ўзбекистон Республикаси Тиббиёт ва фармацевтика ходимлари куни муносабати билан байрам тадбири ўтказилди. Тадбир аввалида туман ҳокими Бекзод Бобомуродов сўзга чиқиб, барча соҳа фидойиларини касб байрами билан табриклаб, туманда соғлиқни сақлаш тизими ривожи йўлида амалга оширилаётган ишлар ҳақида тўхталиб ўтди. Ҳоким ўз табригида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 27 октябр кунида тиббиёт ва фармацевтика соҳаси ходимлари билан учрашувда – Оиласининг бахтини кўриш, ҳалол меҳнат қилиб, орзуларига етиш, умрини мазмунли ўтказиш учун одамга, аввало, соғлиқ керак. Шу боис, инсон саломатлигини асрашни ислоҳотларимизнинг энг муҳим йўналишларидан бири этиб белгилаганмиз, – дея алоҳида таъкидлаганларини билдириб, соҳа ходимларининг инсон ҳаётидаги нақадар муҳим ўрни борлигини шу сўзлар яна бир бор тасдиқлашини билдирди. Шундан сўнг, бир гуруҳ соҳа ходимлари ҳокимликнинг фахрий ёрлиғи ва қимматбаҳо совғалари билан тақдирланишди. Тадбирнинг махсус меҳмони элимиз суйган хонанда Севинч Исмоилова бўлди ва у ўзининг энг сара қўшиқлари билан байрам иштирокчиларига янада байрам кайфиятини улашди.

#30_YILLIK_YUBILEY NAVOIY VILOYAT BOLALAR KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZI — 30 YOSHDA! ✨ Joriy yilning 5-noyabr kuni «Oqshom»
+8
#30_YILLIK_YUBILEY NAVOIY VILOYAT BOLALAR KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZI — 30 YOSHDA! ✨ Joriy yilning 5-noyabr kuni «Oqshom» tantanalar maskanida Tibbiyot xodimlari kuni hamda Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✨ Unda markazning tashkil topishi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan faxriylar, ko‘p yillik tajribaga ega tibbiyot xodimlari hamda muassasaning bugungi jamoasi ishtirok etdi. 🎬 Tadbir davomida markazning 30 yillik faoliyati, bosib o‘tgan shonli yo‘li va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi. Unda muassasa taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilgan xodimlarning xizmatlari alohida e’tirof etilib, hayotdan ko‘z yumgan ustoz va hamkasblar xotirasi chuqur hurmat bilan yodga olindi. 🎁 Markaz bosh shifokori Farhod Qurbonov tomonidan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, bolalar salomatligini asrash va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘zining fidoyiligi va faolligi bilan jamoaga namuna bo‘layotgan xodimlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🎶 Samimiy tabriklar, dil izhorlari, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy o‘tgan tantanali kecha markazning 30 yillik tarixiga munosib bayramona tuhfa bo‘ldi. 30 yillik tarix — fidoyilik, mas’uliyat va ezgu xizmatlar timsoli! Markaz jamoasiga bolalar salomatligi yo‘lidagi sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va bardavom rivoj tilaymiz!

🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 ZARAFSHON SHAHRIDA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NISHONLANDI Zarafshon shahridagi Oltin vodiy madaniyat saroyida O
+9
🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 ZARAFSHON SHAHRIDA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NISHONLANDI Zarafshon shahridagi Oltin vodiy madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar mutasaddilari, tibbiyot sohasi vakillari va faxriylar ishtirok etdilar. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib, tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida shaharda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, inson salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan shifokor va hamshiralarga minnatdorlik bildirib, ularning mashaqqatli mehnati doimo e’tibor va ehtiromga munosib ekanini ta’kidladi. Ta’kidlash joizki, shahar hokimligi tomonidan tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor, mavjud muammolarni hal etish va tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar soha xodimlari uchun muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda. Bayram davomida bir guruh tibbiyot xodimlari samarali mehnatlari va soha rivojiga qo‘shgan hissalari uchun shahar hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirning badiiy qismida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Barchamiz uchun eng katta mukofot — xalqimiz salomatligi, insonlar duosi va mehnatimizga berilgan munosib bahodir!

📌 XODIMLAR ÖRTASIDA ÖZARO HURMAT VA SOĞLOM MUHITNI TA’MINLAŞ BÖYIÇA TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI Özbekiston Respublikasi Soğli
+3
📌 XODIMLAR ÖRTASIDA ÖZARO HURMAT VA SOĞLOM MUHITNI TA’MINLAŞ BÖYIÇA TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining 2026-yil 12-sentyabrdagi 294-sonli buyruğining 3 va 11-bandlari ijrosini ta’minlaş maqsadida Konimex tumani tibbiyot birlaşmasida xodimlar örtasida tarğibot tadbiri taşkil etildi. Tadbir davomida jamoada özaro hurmat va işonç muhitini şakllantiriş, xizmat munosabatlari madaniyatiga rioya qiliş, hamkasblar örtasida xuşmuomalalik, odob-axloq qoidalari va kasbiy etika meyorlariga amal qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, tibbiyot xodimlari örtasida soğlom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlaş, mehnat intizomiga rioya etiş, bir-biriga nisbatan hurmat va mas’uliyat bilan munosabatda böliş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📌RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅Telegram  |  🕊Facebook  |  🌐Instagram ━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🏃‍♂️ NUROTA TUMANIDA “SALOMATLIK MARAFONI” O‘TKAZILDI Nurota tumani istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saq
+5
🏃‍♂️ NUROTA TUMANIDA “SALOMATLIK MARAFONI” O‘TKAZILDI Nurota tumani istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 31-oktabrdagi 335-son buyrug‘i asosida tashkil etilayotgan “Salomatlik marafoni” umummilliy harakati doirasida ommaviy sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqishni kuchaytirish hamda aholi salomatligini mustahkamlashdan iborat. Marafon davomida ishtirokchilar faol jismoniy harakat va sport mashg‘ulotlarida qatnashib, sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatladilar. 🌿 Sog‘lom hayot — faol harakatdan boshlanadi!

#Palliativ_yordam 🟢 💚💚💚
🚑 Og‘ir xastalik sababli to‘shakka mixlanib qolgan insonning hayot sifatini yaxshilashda malakali tibbiy yordam bilan birga, yaqinlarining g‘amxo‘rligi, e’tibori va parvarishi muhim ahamiyatga ega.
✅ Prezidentimizning shu yil 24-iyundagi tegishli qarori asosida mamlakatimizda ana shunday bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan animatsion rolikda uy sharoitida palliativ yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#TibbiyotFidoyisi 🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!
🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#TibbiyotFidoyisi 🔴 👍👍👍 ❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi 🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va OVI plat
#TibbiyotFidoyisi 🔴 👍👍👍 ❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi
🟡 Sog‘liqni saqlash vazirligi va OVI platformasi tomonidan e’lon qilingan “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi bo‘yicha ovoz berish va baholash jarayonlari 31-oktabr kuni yakunlandi.
Tanlovda 37 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. G‘oliblar 60% jamoatchilik fikri, 30% professional tibbiy assotsiatsiyalar, 10% esa vazirlik bahosi orqali aniqlandi. Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish hamda soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llanildi. To‘rt oy davom etgan ushbu jarayondan so‘ng 10 ta nominatsiya bo‘yicha 101 ta g‘olib e’lon qilindi. Ular bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://tanlov.ovi.uz/rating. G‘olib bo‘lgan tibbiyot muassasalari Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘mdan, tibbiyot xodimlari esa — 30 million so‘mdan pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimi joriy yil Tibbiyot xodimlari kuni bayrami oldidan o‘tkaziladi. 💐 Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz! 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴 TIBBIYOT 360° ➡️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari qay tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi? Javob ➡️ "Elektron retse
🔴 TIBBIYOT 360° ➡️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari qay tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi? Javob ➡️ "Elektron retsept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad va aholi uchun yaratiladigan qulayliklar nimalardan iborat? Javob ➡️ Grippni nima sababdan “oyoqda o‘tkazish” mumkin emas? Javob ➡️ Nima sababdan bola kam vaznli bo‘lib dunyoga keladi? Bunday chaqaloqni qay tartibda parvarish qilish lozim? Javob ➡️ Kuniga qancha suv ichish kerak? Javob 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin