Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!
Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103 Бошқарма расмий сайти navoimed.uz
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора! analitikasi
Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора! (@navoiyssb) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 21 601 obunachidan iborat bo'lib, Tibbiyot toifasida 1 062-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 3 690-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 21 601 obunachiga ega bo‘ldi.
13 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 20 086 ga, so‘nggi 24 soatda esa -182 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 27.31% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 17.89% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 5 929 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 884 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 13 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb
Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103
Бошқарма расмий сайти navoimed.uz”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 14 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Tibbiyot toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
✅ Grippdan saqlanishning oddiy, ammo samarali qoidalari mavjud. Ularga rioya qilish orqali kasallikni yuqtirish va atrofdagilarga tarqatish xavfini kamaytirish mumkin.📊 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan infografika orqali bu boradagi 7 ta muhim tavsiya bilan tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
🫀 Yurtimizda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilinganidan xabaringiz bormi?❓ Xo‘sh, u haqida nimalarni bilasiz? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolikda ushbu dastur to‘g‘risida muhim ma'lumotga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📍 Бошқарма бошлиғининг навбатдаги сайёр қабули шу йилнинг 9-октябр куни соат 11:00 да Учқудуқ тумани "Айтим" МФЙда 15:00 да Зарафшон шаҳар "Тинчлик" МФЙда ўтказилади.📑 Сайёр қабул жараёнида фуқароларнинг соғлиғи билан боғлиқ мурожаатлар, камчилик ва муаммолар юзасидан шикоятлар ҳамда соҳани ривожлантириш бўйича таклифлар тингланади. ⁉️ Билдирилган ҳар бир мурожаат соғлиқни сақлаш бошқармаси томонидан назоратга олинади.
Shifokor yozuvini tushunmaslik... Retseptni yo‘qotib qo‘yish... Dorixona oldida ikkilanish... Endi bu haqida qayg‘urish shart emas.Elektron retsept — bu zamonaviy, tezkor va qulay yechim. Tibbiyot muassasasiga murojaat qilishdan boshlab, dori vositasini qo‘lga kiritguningizga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar endi raqamli tizim nazoratida. Elektron retsept qanday rasmiylashtirilishi va undan foydalanish tartibi haqida ushbu videoda batafsil ma'lumot beriladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🍁 Kuz kelishi bilan yurtimizda surunkali kasalliklar xuruj qilishi va mavsumiy xastaliklarga chalinish holatlari ortishi kuzatiladi. Ayniqsa, bu fasl o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishi uchun qulay palla hisoblanadi.💊 Afsuski, ko‘pchilik bu paytda shifokorga murojaat qilish o‘rniga uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan antibiotiklar qabul qiladi. ❓Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Umuman, ushbu dori vositasi haqida nimalarni bilish muhim? 🔵Quyida shu kabi savollarga batafsil javob olasiz. Multichidamli bakteriya nima? 💊 Bugun dunyoda antibiotiklarni noto‘g‘ri va nazoratsiz qo‘llash nafaqat bir bemor salomatligiga, balki insoniyatga daxldor jiddiy muammoga aylanmoqda. JSSTning ogohlantirishicha, agar antibiotiklarga chidamlilikning oldi olinmasa, 2050-yilga borib, doriga chidamli infeksiyalar har yili Yer yuzida 10 millionga yaqin inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. 💊 Tibbiyotda antibakterial vositalarga chidamlilik va multichidamlilik tushunchalari mavjud. Agar bakteriya ma’lum bir antibiotik ta’siriga chidamli bo‘lib qolsa, unga qarshi mazkur dori samara bermasligi mumkin. Bakteriya bir nechta turdagi antibiotiklarga bir vaqtning o‘zida chidamli bo‘lsa, bu holat multichidamlilik deb ataladi. Antibiotik gripp yoki O‘RVIni davolamaydi 😷 O‘tkir respirator infeksiyalar yoki gripp xastaliklarida antibiotiklar foyda bermaydi, aksincha, nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki mazkur infeksiyalarning sababchisi bakteriya emas, balki viruslardir. Antibiotiklar esa faqat bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi. Shu sababli O‘RVI yoki grippga chalingan bemor ushbu preparatlarni qabul qilsa, tezroq tuzalmaydi, aksincha, ich ketishi, allergiya kabi nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi, bakteriyalarning chidamliligi esa ortishi mumkin. 🏃♂️ Bundan tashqari, har qanday antibiotik anafilaktik shok, ya’ni inson hayotiga xavf soluvchi allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Uni zaruratsiz ichish — behuda xavf. 📌Antibakterial vositalardan palapartish foydalanish tananing boshqa a’zolariga ham jiddiy zarar yetkazish ehtimoli bor. Xususan, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ularni shifokor tavsiyasisiz qabul qilish og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ularga dori va dozani faqat shifokor tayinlaydi. ✅ Zotiljam, streptokokkli angina, yiringli otit kabi bakterial infeksiyalarda esa antibiotik zarur — faqat buni ham shifokor aniqlaydi. Shuni unutmaslik kerakki, tayinlangan dorini belgilangan doza va muddatda ichish lozim. Ortib qolgan dorini keyinchalik qabul qilish yoki boshqalarga, ayniqsa, bolalarga berish aslo mumkin emas. “Menga avval shu dori yordam bergan. Endi-chi?” 🩺 Amaliyotda keng tarqalgan yana bir holat bor: inson avval shamollaganida ma’lum bir dori ichgan va sog‘aygan. Keyin xuddi shunday belgilar paydo bo‘lsa, o‘sha dorini yana qabul qiladi. Ammo bir xil belgi doim ham bir xil sababni anglatmaydi. 🤧 Yo‘tal virusli infeksiya, allergiya va yana bir qancha kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Tomoq og‘rig‘ining ham turli sabablari bor. Shuning uchun dori qabul qilishdan oldin, albatta, shifokorga murojaat qilish va kasallikning sababini aniqlash lozim. Shamollaganda nima qilish kerak? 🫗Agar shamollash yoki gripp belgilari yengil kechayotgan bo‘lsa, avvalo, organizmga tiklanish uchun sharoit yaratish kerak. Yetarli suyuqlik ichish, dam olish, xona havosini muntazam yangilab turish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. 🌡 Tana harorati, bosh va tomoq og‘rig‘i yoki boshqa belgilarni yengillashtirish uchun dori vositalari zarur bo‘lsa, ularni shifokor tavsiyasi asosida qabul qilish maqsadga muvofiq. ‼️ Agar nafas olish qiyinlashishi, ko‘krakda og‘riq, hushning buzilishi, kuchli holsizlik, uzoq davom etayotgan yoki juda yuqori harorat, bolalarda esa tez-tez nafas olish va lanjlik kabi belgilar kuzatilsa, darhol oilaviy shifokor yoki "103" xizmatiga murojaat qiling. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Poytaxtimizda oʼtkazilgan “Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalarga qadar” mavzusidagi xalqaro anjumanda sohaning eng dolzarb masalalari 10 dan ziyod davlatlar mutaxassislari ishtirokida tahlil qilindi. Shu jarayonda oʼzaro tajriba almashildi.❓“Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi xorijliklar tomonidan qanday baholandi? ❓Аnjuman doirasida boshqa tadbirlar ham oʼtkazildimi? ❓Konferensiya kutilgan natijani berdimi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda soʼz yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram ________________
На международной конференции «Современная кардиология: от профилактики до высоких технологий», проходившей в столице, были проанализированы наиболее актуальные вопросы в этой области с участием специалистов из более чем 10 стран. В ходе конференции состоялся обмен опытом.❓Как зарубежные участники оценили Национальную программу борьбы с инфарктом и инсультом? ❓Проводились ли другие мероприятия в рамках конференции? ❓Принесла ли конференция ожидаемые результаты? 📹 Ответы на эти вопросы — в нашем видеоролике. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
