ru
Feedback
Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

Навоий вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси | Расмий канали | вакцина -ягона чора!

Открыть в Telegram

Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/navoiyssb Соғлиқни сақлаш бошқармаси Call markazi 1103 Бошқарма расмий сайти navoimed.uz

Больше
1 627
Подписчики
+224 часа
+27 дней
+430 дней
Архив постов
+1
#Mustaqillik_35_yil 🔴📌📌📌📌📌
So‘nggi o‘n yilda Prezidentimiz boshchiligida tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilgan islohotlar tufayli soha tubdan yangilandi.
🚑 Natijada zamonaviy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, yangi avtotransport vositalari va malakali kadrlarni birlashtirgan, aholiga tezkor hamda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga qodir yagona tizim yaratildi. 🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada sohadagi ana shunday yangilanishlar haqida so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. _______________________________
За последние десять лет благодаря реформам, реализованным под руководством Президента нашей страны, система скорой медицинской помощи претерпела кардинальные изменения.
🚑 В результате создана единая современная система, объединяющая развитую инфраструктуру, цифровые технологии, новый автотранспорт и квалифицированные кадры, что позволяет обеспечивать населению оперативную и качественную медицинскую помощь. 🎥 В видеоматериале, подготовленном Пресс-службой Министерства здравоохранения, рассказывается о масштабных преобразованиях и современных изменениях, произошедших в системе скорой медицинской помощи. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarning birida, " «Oborotda pul yo‘q»: Navoiyda tibbiyot xodimlarining choraklik ustamalari n
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarning birida, " «Oborotda pul yo‘q»: Navoiyda tibbiyot xodimlarining choraklik ustamalari nega kechiktirilmoqda?" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Navoiy shahar tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijasida birinchi chorak uchun belgilangan ustama mablag‘lari tibbiyot xodimlariga to‘liq to‘langani aniqlandi. Ikkinchi chorak uchun esa moliyaviy mablag‘lar yetarli bo‘lmaganligi sababli ustama to‘lovlarida kechikish yuzaga kelgan. Tibbiyot xodimlariga ustama to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2023-yil 16-yanvarda 3416-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mehnat ta’tillari xodimlarning xohishi hamda tasdiqlangan ta’til grafigi asosida, asosan, may–avgust oylariga rejalashtirilgan. Mazkur davrda tibbiyot birlashmasidagi jami 1 418 nafar xodimdan 718 nafari, ya’ni 50,6 foizi mehnat ta’tiliga chiqqan. Natijada ushbu oylarda to‘lovlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada oshgan. Mablag‘larni yil davomida 12 oyga bir xil miqdorda rejalashtirish natijasida yoz oylarida ajratilgan mablag‘lar to‘lovlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmay qolgani aniqlandi. Shu bilan birga, ustama ballarini sun’iy ravishda kamaytirish holati ham o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mazkur holat o‘z tasdig‘ini topmadi. Ayni paytda mavjud holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ikkinchi chorak uchun hisoblangan ustama mablag‘larini tibbiyot xodimlariga 2026-yil 20-sentabrga qadar to‘liq to‘lab berish ta’minlanadi.

🔴 TIBBIYOT 360° ➡️ Yangi o‘quv yili boshlandi. O‘quvchilar maktab oshxonasida taomlanishda nimalarga e’tibor qaratishi lozim
🔴 TIBBIYOT 360° ➡️ Yangi o‘quv yili boshlandi. O‘quvchilar maktab oshxonasida taomlanishda nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Javob ➡️ Kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi nima? Javob ➡️ Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi? Javob ➡️ Faringit qanday kasallik, uning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Javob ➡️ Oshqozonosti bezi saratoni: Sezilarli alomatlarsiz paydo bo‘ladigan xastalikmi? Javob 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴TAYINLOV ✅ Tegishli buyruqqa ko‘ra, Ibrohimov Ma'murjon Isroil o‘g‘li — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ijro
🔴TAYINLOV
✅ Tegishli buyruqqa ko‘ra, Ibrohimov Ma'murjon Isroil o‘g‘li — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ijro intizomini nazorat qilish va devonxona sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
M. Ibrohimov 2024-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini yurisprudensiya yo‘nalishini tamomlagan. ➡️ U mehnat faoliyati davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudya yordamchisi hamda Navoiy viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 📌 Yangi lavozimlarda Ma'murjon Ibrohimovga mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

🔴 TAYINLOV ✅ Tegishli buyruqqa ko‘ra, Yaxshiliqov Mavlon Abdashim o‘g‘li — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Mat
🔴 TAYINLOV
✅ Tegishli buyruqqa ko‘ra, Yaxshiliqov Mavlon Abdashim o‘g‘li — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
🗓 M. Yaxshiliqov 2024-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. ➡️ U mehnat faoliyati davomida Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib, soha faoliyatini axborot jihatdan yoritish va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida tajriba orttirgan. Tayinlovga qadar M. Yaxshiliqov boshqarma tizimida faoliyat yuritib kelgan. 📌 Yangi lavozimida Mavlon Yaxshiliqovga jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda axborot siyosatini yanada takomillashtirish borasidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

🔴TAYINLOV Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan tizimda qator tayinlovlar amal
+1
🔴TAYINLOV Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan tizimda qator tayinlovlar amalga oshirildi
✅ Ruziqulov Javohir Ilhomiddin o‘g‘li — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
J. Ruziqulov 2020-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2026-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida Navoiy viloyat qon quyish stansiyasida kadrlar bo‘yicha inspektor, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi, Navoiy viloyati sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudida sudya yordamchisi hamda Navoiy shahar hokimligida yetakchi mutaxassis kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
✅ Mardonov Akmal Abduaxatovich — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Raqamli sog‘liqni saqlash sho‘basi boshlig‘i etib tayinlandi.
A. Mardonov 2022-yilda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatini «Universal Mobile Systems» MChJning Navoiy shahridagi xizmat ko‘rsatish markazida ofis sotuvlari va xizmat ko‘rsatish guruhi mutaxassisi sifatida boshlagan. Keyinchalik kompaniyaning Toshkent shahridagi xizmat ko‘rsatish markazida muhim mijozlar bilan ishlash guruhi mutaxassisi hamda Xaridlarni boshqarish va hamrohlik qilish departamenti mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar A. Mardonov «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — Uzinfocom»ning Navoiy viloyati infratuzilmasi va axborot tizimlarini qo‘llab-quvvatlash guruhi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan. 📌 Yangi lavozimlarda Javohir Ruziqulov va Akmal Mardonovga mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

⚠️ DIQQAT! SOXTA TELEGRAM PROFILDAN OGOHLANTIRAMIZ Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyev nom
⚠️ DIQQAT! SOXTA TELEGRAM PROFILDAN OGOHLANTIRAMIZ Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyev nomidan Telegram ijtimoiy tarmog‘ida soxta profil ochilib, fuqarolarga murojaat qilinayotgani aniqlandi. Mazkur profildan turli xil firibgarlik, tovlamachilik yoki pul mablag‘larini talab qilish kabi noqonuniy harakatlar amalga oshirilishi mumkin. ❕Fuqarolardan ushbu soxta profilga ishonmaslik, undan kelayotgan xabar va murojaatlarga javob bermaslik hamda pul mablag‘larini yubormaslik so‘raladi. Shuningdek, shubhali murojaatlarga duch kelgan fuqarolardan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Ogoh bo‘ling! Firibgarlarga aldanib qolmang!

🇺🇿 XATIRCHI TUMANI TIBBIYOT XODIMLARI MUSTAQILLIK BAYRAMI BILAN TABRIKLAYDI! Xatirchi tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Inson salomatligi va yurt tinchligi — eng oliy ne’mat. Xalqimiz salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillari ushbu videorolik orqali ozod va obod Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va sadoqatlarini izhor etadilar. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz salomat, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqillik bayramingiz muborak!✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI 🌐Web | ✅Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram | 📹You Tube

🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida yangi 55 o‘rinli qo‘shimcha binoning tantanali ochilish marosimidan video lavhalar. 🇺🇿 Xalq salomatligi yo‘lida yana bir muhim qadam!

🏥 Onkologik xizmatda yana bir muhim qadam 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respubl
+8
🏥 Onkologik xizmatda yana bir muhim qadam 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida 55 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. 🎉 Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyev, jamoatchilik vakillari hamda tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etdi. 📌 Zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan yangi binoda bemorlar uchun barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratilgan. ✨ Mazkur yangi inshoot aholiga ko‘rsatilayotgan onkologik tibbiy xizmat sifatini oshirish, davolash imkoniyatlarini kengaytirish va bemorlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

🟢 BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH: MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI 🏥 Navoiy viloyatida bolalarga ko‘rsatilayotgan ti
+4
🟢 BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH: MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI 🏥 Navoiy viloyatida bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va og‘ir holatlarning oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi. 📌 Seminarda shahar va tumanlarning bosh pediatrlari ishtirok etib, bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning amaliy yechimlari atroflicha muhokama qilindi. 🔹 Shuningdek, hududlardan bemorlarni elektron yo‘llanma asosida asosli ravishda yuqori bosqichga yuborish tartibi, tibbiy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri belgilash hamda bemorlarni saralash jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tushuntirishlar berildi. 🔹 Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joriy yilning 6 oyida hududlardan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvolda murojaat qilgan bolalar holati ham tahlil qilinib, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni o‘z vaqtida tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. 🫁 Seminar doirasida allergik bronxit va bronxial astma kasalliklarini zamonaviy tashxislash hamda davolash usullari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, pediatrlar uchun amaliy tavsiyalar berildi. 🤝 Tadbir yakunida bolalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, og‘ir holatlarning oldini olish va tibbiy xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Zero, har bir bolaning sog‘lom ulg‘ayishi — sog‘lom kelajak garovidir!

Фидокорона меҳнат — юксак эътироф. Инсон ҳаёти ва саломатлигини асраш, ҳар бир чақирувга ўз вақтида етиб бориш ва беморларга
+3
Фидокорона меҳнат — юксак эътироф. Инсон ҳаёти ва саломатлигини асраш, ҳар бир чақирувга ўз вақтида етиб бориш ва беморларга тезкор тиббий ёрдам кўрсатишдек масъулиятли вазифани сидқидилдан бажараётган тез тиббий ёрдам ходимлари меҳнати юксак эътибор ва эътирофга муносиб. Республика тез тиббий ёрдам маркази Навоий вилояти филиалида мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан соҳада кўп йиллик самарали меҳнати, касбий маҳорати ва масъулияти билан алоҳида ўрнак кўрсатиб келаётган бир гуруҳ ходимларни медаль ва кўкрак нишонлари билан тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. Тадбирда Навоий вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Нурали Сафоев иштирок этиб, тез тиббий ёрдам хизмати ходимларини Мустақиллик байрами билан самимий муборакбод этди. Тадбир давомида фидойи ходимларнинг меҳнати муносиб баҳоланиб, уларга медаль ва кўкрак нишонлари тантанали равишда топширилди. Бундай юксак эътироф соҳа ходимларини халқ саломатлиги йўлида янада масъулият, ғайрат ва фидойилик билан хизмат қилишга руҳлантиради.

«Дунёда касблар кўп, аммо инсон ҳаётига нажот бўлиш, дардман қалбларга малҳам қўйиш шарафи фақат тиббиёт ходимларига берилган.
Биз — тиббиёт ходимлари! Бизнинг олий мукофотимиз — сиҳат-саломатликка эришган беморнинг самимий табассуми ва дуога очилган қўлларидир. Юртимиз тинч, халқимиз соғлом бўлсин! Биз ўз қасамёдимизга содиқ қолган ҳолда, ҳар лаҳзада, ҳар сонияда сиз билан биргамиз. Саломатлик — бизнинг бош шиоримиз!»

🏥 Олис ва чегара ҳудудларида аҳоли саломатлиги — эътибор марказида 📍18–24 август кунлари режа-график асосида вилоятнинг чег
+7
🏥 Олис ва чегара ҳудудларида аҳоли саломатлиги — эътибор марказида 📍18–24 август кунлари режа-график асосида вилоятнинг чегара ва олис ҳудудларидаги 31 та маҳаллада аҳолининг чуқурлаштирилган тиббий кўриклари ташкил этилди. 👨‍⚕️ Кўрикларда жами 8 807 нафар аҳоли, жумладан 312 нафар камбағал оила аъзолари қамраб олинди. 🔎Тиббий кўриклар натижасида 784 нафар фуқарода турли касалликлар аниқланиб, уларнинг 714 нафарига амбулатор даволаниш, 54 нафарига стационар даволаниш, 9 нафарига жарроҳлик амалиёти тавсия этилди. 💊 Шунингдек, 115 нафар фуқарога дори-дармон воситалари берилди. Аниқланган ҳолатлар бўйича 54 нафар бемор стационарга ётқизилиб, 9 нафарида жарроҳлик амалиётлари ўтказилди. 🤝 Асосий мақсад — олис ва чегара ҳудудларида яшовчи аҳоли учун тиббий хизматни янада яқинлаштириш, касалликларни эрта аниқлаш ва ҳар бир фуқарога ўз вақтида зарур тиббий ёрдам кўрсати

🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆 📍Навоий тиббиётида халқаро ҳамкорлик истиқболлари АҚШда фаолият юритаётган ортопед-травматолог, Saint Louis
+3
🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆 📍Навоий тиббиётида халқаро ҳамкорлик истиқболлари АҚШда фаолият юритаётган ортопед-травматолог, Saint Louis University School of Medicine профессори Жўлдош Кулжанов Навоий вилоятига ташриф буюрди. Профессор вилоят ҳокими Нормат Турсунов билан учрашиб, тиббиётни ривожлантириш, халқаро ҳамкорликни кенгайтириш ва инвестициявий лойиҳаларни амалга ошириш масалаларини муҳокама қилди. Учрашувда Навоий тиббиёт кластерини ташкил этиш, юқори технологияли тиббий хизматларни жорий этиш ва хорижий тиббиёт муассасалари билан ҳамкорликни йўлга қўйиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Шунингдек, хусусий инвесторлар билан ҳамкорликда замонавий соғломлаштириш ва реабилитация маркази ташкил этиш, Зарафшон шаҳрида тиббиёт соҳасини ривожлантириш имкониятлари муҳокама қилинди. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Uzbekiston Sening gul bag‘ringda o‘sdim, ulg‘aydim, cheksiz orzularim chiqardi qanot. Tongning nurlariga cho‘mdim, chulg‘andi
Uzbekiston Sening gul bag‘ringda o‘sdim, ulg‘aydim, cheksiz orzularim chiqardi qanot. Tongning nurlariga cho‘mdim, chulg‘andim, Bunchalar shirinsan, azizim hayot! Sen borsan — qaddim tik, g‘ururim baland, Fido bo‘lsin senga, mayli, jon-tanim. G‘animlar kurquvini qilmasman pisand, Gard qo‘ymas sha’ningga, aziz Vatanim. Yo‘limni yoritar mangu istiqlol, Bag‘riga chorlaydi nurli kelajak. Xalqimning shodligiga dunyo qolur lol, Farzandim tole’i shaksiz kelajak. Kurrayu zaminda kuрdir xalq, millat, Tilagim barchasi bo‘lishsin omon. Ko‘z tegmasin aslo yurtimga faqat, Jannatday yashnayver, hur O‘zbekiston! Men sening baxtingdan sarxush qizingman, Har ne yumushingga tayyor bo‘lurman. Qayda bo‘lmay mudom shonli izingman, Noming, shoning bilan shavqqa to‘lurman. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filiali patanatomiya labaranti Bobomirzaeva Umida

🟢 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida “Yagona Vatan — yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. ➡️ Tadbirda yurtimiz mustaqilligi, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, shuningdek, xalqimiz salomatligini asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining sharafli faoliyati e’tirof etildi. Bayram tadbiri samimiy tilaklar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etdi. Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Мустақилли_шукуҳи 🎉 Жорий йилнинг 26 август куни Навоий вилоят Болалар кўп тармоқли тиббиёт марказининг фаоллар залида Ўзбе
+6
#Мустақилли_шукуҳи 🎉 Жорий йилнинг 26 август куни Навоий вилоят Болалар кўп тармоқли тиббиёт марказининг фаоллар залида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан «Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!» шиори остида байрам тадбири бўлиб ўтди. 🇺🇿 Тадбирда марказ раҳбарияти ва тиббиёт ходимлари иштирок этиб, юртимизнинг энг улуғ ва азиз байрами — Мустақиллик куни муносабати билан самимий тилаклар билдирилди. ✨ Байрам дастуридан ўрин олган турли маданий-бадиий чиқишлар, дилрабо рақслар, Ватан ва истиқлолни мадҳ этувчи шеърлар тадбирга кўтаринки кайфият ва ўзига хос файз бағишлади. 🎶 Иштирокчиларнинг чиқишлари орқали юртимизга бўлган меҳр, Ватанга садоқат, тинчлик ва осойишталикнинг қадри яна бир бор тараннум этилди.