fa
Feedback
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

رفتن به کانال در Telegram

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

کانال Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (@toshkentv_xtb) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 32 013 مشترک است و جایگاه 5 926 را در دسته آموزش و رتبه 2 455 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 32 013 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 04 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 197 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -52 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 2.46% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 2.18% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 789 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 699 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 2 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 2...”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 اکتبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

32 013
مشترکین
-5224 ساعت
-2277 روز
-1 19730 روز
آرشیو پست ها
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #USTOZGA_EHTIROM 📌 Chinoz tumani
✨ Chinoz tumanida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” o‘zgacha bayramona kayfiyatda nishonlandi.
✨ 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tuman hokimi Sherzod Salixov tumanimizda faol mehnat qilayotgan fidoyi o‘qituvchilar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim jonkuyarlarini, bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi hamda joriy yilda tumanimizda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi. ✨Tadbir davomida tuman hokimi Sherzod Salixov hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda, ko‘p yillar davomida alohida o‘rnak, fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Repost from N/a
100 dan ortiq mamlakat vakillari Samarqandda bolalar kelajagini muhokama qiladi 21–22-oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Jahon sammitida 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi. Sammitning rasmiy ochilish marosimi va panel sessiyalaridan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga ham tashrif buyuradilar. Panel sessiyalarida bolalar farovonligi bilan bog‘liq eng muhim masalalar muhokama qilinadi: • bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish; • bolalarni himoya qilish va ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish; • bolalar salomatligi va sog‘liqni saqlash; • bolalar onkologiyasi; • erta bolalik rivoji; • inklyuziv ta’lim. Sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi. Turli mamlakatlarning tajribasi va yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar uchun yanada samarali tizim va yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi. Samarqand ikki kun davomida bolalar farovonligi bo‘yicha xalqaro muloqot markaziga aylanadi.
📍 21–22-oktabr, 2026-yil
Samarqand, O‘zbekiston
Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #Ehtirom 📌Qibray tumani 😊 Ustozga ehtirom - millat kelajagiga ehtirom ✍️ Qibray tumanida 1-oktabr — O‘qi
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #Ehtirom 📌Qibray tumani 😊 Ustozga ehtirom - millat kelajagiga ehtirom ✍️ Qibray tumanida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. 🔵 Tadbirda Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning bayram tabrigi hokim o‘rinbosari R.Naipova tomonidan o‘qib eshittirilib, barcha ustoz va murabbiylarga ezgu tilaklar bildirildi. 🎤 Tantanali marosimda uzoq yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va ta’lim-tarbiya rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan alohida ajralib turgan bir guruh ustozlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅ Bayram dasturi tuman Madaniyat bo‘limi xodimlarining musiqiy va badiiy chiqishlari bilan davom etib, ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

⚡️"Биз касбимизга мос бўлмаган ишлар билан шуғулланганмиз".   ‼️"Кўча тозалаш, пахта териш ўқитувчининг иши эмас!"   ❓"Охирги ўн йилда бу муаммолардан қутилдик."   ‼️Йигирма етти миллион сўм ойлик олаётган ўқитувчи ҳикояси    Тошкент вилояти, Қибрай туманидаги 14-мактабнинг бошланғич синф ўқитувчиси Шаҳнoза Боймуҳамедова дастуримиз меҳмони бўлди. Батафсил видеони кўриш 👉https://youtu.be/218palZy_Kg

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📌Оққўрғон тумани 👍 Ustoz va murabbiylarimiz — doimo e’zozda! 🔵 Oqqo‘rg‘on tumanida 1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan ustoz va murabbiylar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. 🔵 Tadbirda ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, yosh avlod tarbiyasi va ta’limiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi ustozlar e’tirof etildi. 👉 Tadbir jarayonidan lavhalar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi: ✅ maktabgacha taʼlim va tarbiya; ✅ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim; ✅ kasbiy taʼlim; ✅ oliy taʼlim; ✅ oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; ✅ kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ✅qoʻshimcha va norasmiy taʼlim. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#KUN_HIKMATI ❗️shunchaki muhim... 🟢 SIZNI FAQAT YUQORIGA TORTUVCHI INSONLAR BILAN BIRGA BO‘LING. CHUNKI HAYOT SIZNI PASTGA T
#KUN_HIKMATI ❗️shunchaki muhim...
🟢 SIZNI FAQAT YUQORIGA TORTUVCHI INSONLAR BILAN BIRGA BO‘LING. CHUNKI HAYOT SIZNI PASTGA TORTUVCHILAR BILAN TO‘LIB-TOSHGAN. ✍️ Jorj Kluni
🌸Kuningiz fayzli o‘tsin! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#IBRAT_SOATI 🟢 Hayotingda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zingga ko‘rinmaydi. Ular: ➡️ Otangning senga qilgan xaraja
#IBRAT_SOATI 🟢 Hayotingda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zingga ko‘rinmaydi. Ular: ➡️ Otangning senga qilgan xarajati; ➡️ Onangning senga qilgan xizmati. ➡️ Agar shu xarajat va xizmatni begona odamdan ko‘rganingda, butun umr undan uyalib, biror marta ham ko‘ngliga ozor berolmasding. Lekin otang va onangga g‘azab qila olasan, adovat qila olasan, minnat qila olasan, ko‘nglini og‘rita olasan. Chunki ularniki ko‘rinmaydi. Farzand tarbiyasi va salomatligiga oid foydali ma’lumotlar kanaliga obuna bo‘ling 🌺 Tafakkur qiling! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

📈 Maktabdan ilm-fangacha: ta’limning barcha bosqichlari yagona boshqaruv tizimiga o‘tadi O‘zbekistonda inson kapitalini rivo
📈 Maktabdan ilm-fangacha: ta’limning barcha bosqichlari yagona boshqaruv tizimiga o‘tadi
O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etiladi.
➡️ Yangi vazirlik maktabgacha ta’lim, maktab, kasbiy va oliy ta’limdan tortib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda qo‘shimcha va norasmiy ta’limgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi.
✅ Bunday yondashuv ta’limning barcha bosqichlarini yagona maqsad va umumiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ular o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda insonning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishini yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga xizmat qiladi. 🌎 Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga ham asoslanmoqda. Rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida ta’limning asosiy bosqichlari bitta boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtiriladi. Bunday boshqaruv modeli AQSh, Angliya, Avstraliya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qo‘llanadi. Bu ta’lim siyosatini umumiy yondashuv asosida samarali amalga oshirish imkonini beradi. Ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlarini yagona boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtirish ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish uchun yaxlit yondashuvni shakllantiradi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish yangi tizimning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlatning oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, ularga kengroq mustaqillik berish hamda nodavlat sektor uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilmoqda. Dunyo tajribasida erkin raqobat va bozor talabi ta’lim sifatini oshirishga muhim turtki beradi. Bu oliy ta’lim muassasalarini ta’lim dasturlari va xizmatlarini muntazam takomillashtirishga, sifat uchun raqobat qilishga undaydi. Yangi tizimning asosiy maqsadi — ta’limning barcha bosqichlarini o‘zaro uzviy bog‘lash, ta’lim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan yagona, zamonaviy tizimni shakllantirish. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Prezidentimiznin
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat: – Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak; – Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi; – Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi; – oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak. — «В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен. Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем: – Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование; – Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»; – Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы; – в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос. Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi t
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan. —  Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки. Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала. Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью. Facebook|Instagram|X

#Asosiy_olimpiada #Tuman_bosqichi 💬 Asosiy olimpiadaning II (ikkinchi) — tuman (shahar) bosqichi boshlanish arafasida! ❌ ✅ Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi. ❌
👉 RO‘YXATDAN O‘TISH ⏰ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi ➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi
❌ ❗️ DIQQAT! Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi. 🌐 Batafsil videolavhada. Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#Raqamlashtirish Maktab taʻlimida raqamlashtirish: qanday davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda? 🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida 25 ta interaktiv davlat xizmati raqamlashtirilgan boʻlib, shundan 10 tasi maktablar yoʻnalishiga toʻgʻri keladi.
➖ Xususan, bolalarni 1-sinfga qabul qilish, elektron shahodatnomalar berish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish, xorijiy taʻlim hujjatlarini tan olish, oʻquvchini xorijiy maktabdan va xorijiy maktabga koʻchirish kabi xizmatlar elektron koʻrsatilmoqda.
📊 2026-2027-oʻquv yilida 135 ta tuman (shahar)da 6 minga yaqin maktablarda 1-sinfga qabul jarayonlari onlayn amalga oshirildi. Mazkur davlat xizmatidan 475 mingdan ortiq ota-onalar onlayn ariza berish orqali foydalangan. ➖ Shuningdek, 168 ming nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi, 1312 nafar xorijiy davlatda umumiy oʻrta taʼlim olgan fuqaroning hujjatlari nostrifikatsiya qilindi, 3810 nafar chet el fuqarosining farzandlari maktabga qabul qilindi. 🔹11987 nafar oʻquvchini xorijdagi maktabdan koʻchirildi, 315 714 nafar ota-ona farzandini bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalandi. Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq 9-11-sinf bitiruvchilarga elektron shahodatnomalar berildi. 🌐 Bu haqida videolavhada. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

‼️‼️‼️ Yangi demo testlar e’lon qilindi! ✅ 2026-yil kuzgi malaka toifasi attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar
‼️‼️‼️ Yangi demo testlar e’lon qilindi! ✅ 2026-yil kuzgi malaka toifasi attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining demotest.uzedu.uz platformasiga yangi demo testlar joylashtirildi. Demo testlar pedagoglarga: 🔹 test topshiriqlarining formati bilan tanishish; 🔹 o‘z bilimlarini sinab ko‘rish; 🔹 attestatsiya jarayoniga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. 👉 Platforma: demotest.uzedu.uz 🔔 Malaka sinoviga tayyorgarlik jarayonida ushbu demo testlardan foydalanishingiz mumkin.
Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi ✅ Har bir ijod ortida inson, uning mehnati va qalbi bor! Mualliflik huquqini himoya qilish — ijodkor mehnatini qadrlash va uning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish demakdir. Mazkur oy davomida: ➖ ijtimoiy tarmoqlar va OAVda huquqiy-ma’rifiy videolar va media materiallar e’lon qilinadi; ➖ “Huquqiy radioviktorina” va onlayn testlar tashkil etiladi; ➖ ijodkorlar bilan ochiq muloqotlar, podkastlar, davra suhbatlari va master-klasslar o‘tkaziladi; ➖ yoshlar va ta’lim muassasalarida mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi; ➖ san’atkorlar, yozuvchilar va shoirlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari va fleshmoblar o‘tkaziladi; ➖ kitobxonlik, nashriyot, teatr, kino, IT va boshqa sohalarda mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi. 👉 Mualliflik huquqi aslida qayerda paydo bo‘lgan?
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

😀😀 😀😀😀😀😀 📣 Pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga! ✅ Xabaringiz b
😀😀 😀😀😀😀😀 📣 Pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga! ✅ Xabaringiz bor, 2026-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi. ➖ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan. ❕Pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Bizni kuzating:
❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#Ehtirom Ustozlar — ma’rifat va taraqqiyot bunyodkorlari Ustozlik — inson qalbiga yo‘l topish, tafakkurini boyitish va kelajak avlodga hayot davomida asqotadigan bilim hamda qadriyatlarni singdirishdek sharafli burchdir. Har bir ustozning o‘ziga xos hayot yo‘li, unutilmas xotiralari, kasbiy tajribasi va o‘zgacha qarashlari bor. Ana shu jihatlar pedagoglik kasbining naqadar sermazmun va sharafli ekanini namoyon etadi. Qibray tumanidagi 16-umumta’lim maktabi ustozlari timsolida ustozlik kasbining samimiyligi, insoniy fazilatlar va ta’limga bo‘lgan sadoqatni aks ettiruvchi videolavha. ✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati ✅telegram📱facebook📱Instagram🌐Website📹Youtube

#RASMIY_MUNOSABAT 🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumanidagi maktablarning bir guruh direktorlari va ularning o‘rinbos
#RASMIY_MUNOSABAT 🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumanidagi maktablarning bir guruh direktorlari va ularning o‘rinbosarlari nomidan yo‘llangan murojaat tarqaldi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlariga dars soatlari ajratilmayotgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida dars soatlarini taqsimlash tartibi belgilangan. Unga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi muassasaning pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar o‘qituvchilarga quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: — oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; — dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar; — birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; — ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; — oliy ma’lumotli, toifasiz o‘qituvchilar; — qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar; — o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar; — oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari; — oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar; — oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassislikka ega rahbar xodimlari. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi ko‘rsatilgan. Nizomning 23-bandida umumta’lim muassasasining rahbar xodimlari — direktor va uning o‘rinbosarlari asosiy lavozimini o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borgan holda haftasiga 10 soatgacha hajmda o‘quv yuklamasini bajarishi hamda mazkur dars soatlari uchun soatbay haq to‘lanishi belgilangan. Bundan tashqari, joriy yilda boshqarma boshlig‘i huzurida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda dars soatlari taqsimoti yuzasidan viloyat miqyosida fuqarolar murojaatlari keskin ko‘payganiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu munosabat bilan tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari hamda mas’ul xodimlarga barcha umumta’lim maktablarida 2026–2027- o‘quv yilidan boshlab dars soatlarining shaffof va adolatli taqsimlanishini ta’minlash, oliy ma’lumotli bitiruvchilarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish hamda ularni «Ustoz-shogird» tamoyili asosida tajribali mutaxassislarga biriktirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
🔴 Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga belgilangan tartibda dars o‘tishi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmagan. Dars soatlarini taqsimlashda yuqorida qayd etilgan nizom talablari va ustuvor ketma-ketlikka rioya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#Ehtirom ✔️Toshkent tumanidagi 26-umumta'lim maktabi o'quvchilarining ustozlariga ehtiromi. 📹Tabrik videoda. ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Website