Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Channel Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (@toshkentv_xtb) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 33 123 subscribers, ranking 5 705 in the Education category and 2 374 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 33 123 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 607 over the last 30 days and by -60 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 3.37%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.28% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 115 views. Within the first day, a publication typically gains 754 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 1.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
🌐 tvuzedu.uz
✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz
👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332
@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 2...”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
➖ Bu galgi mashg‘ulot oddiy savol-javoblar bilan cheklanib qolmadi. O‘quvchilar “Vatan” deganda nimani tushunishlari, uning inson hayotidagi o‘rni, oila, mahalla, maktab va ona yurtga daxldorlik hissi haqida o‘z fikrlarini erkin bayon etdilar. 📚 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan qiziqarli muloqotlar, interfaol topshiriqlar va fikr almashuvlar o‘tkazildi. Ular Vatanga muhabbat avvalo oilaga hurmat, maktabga mas’uliyat, bilim olishga intilish va jamiyatga foyda keltirishdan boshlanishi haqida mulohaza yuritdilar. 🎯 Dars jarayonida yoshlarga kelajak tasodifan qurilmasligi, uning poydevori bugungi bilim, intizom, mehnat va harakat bilan yaratilishi tushuntirildi. Har bir katta natija kichik maqsaddan, har bir yuksak marra esa dadil qadamdan boshlanishi alohida ta’kidlandi. ✨ “Kelajak soati” o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, mas’uliyat, Vatanga daxldorlik hissi hamda o‘z kelajagiga ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi.➖ Zero, Vatan faqat tug‘ilgan makon emas. U bizning oilamiz, maktabimiz, orzu-maqsadlarimiz va ertangi kun uchun qilayotgan har bir ezgu harakatimizdan boshlanadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🏫 Bugun Bekobod shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashish, jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.▶️ Batafsil videorolikda 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🟠 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘quvchilarni giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning og‘ir oqibatlaridan ogoh etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. ✅ Uchrashuvda Bekobod shahar Ichki ishlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Bekobod shahar bo‘linmasi, Bekobod shahar KTMSHP Narkologiya bo‘limi hamda “Turkiston” MFY mas’ullari ishtirok etdi. 🔴 Muloqot davomida mutaxassislar giyohvandlikning inson organizmiga yetkazadigan zarari, uning oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, yoshlarni turli tahdid va yot g‘oyalardan himoya qilishda bilim, kitobxonlik va ma’rifatning o‘rni haqida hayotiy misollar asosida tushunchalar berdilar. 🎥 Mavzuga oid ta’sirchan videorolik namoyishi esa o‘quvchilarda alohida taassurot qoldirdi. U orqali birgina noto‘g‘ri qadam insonning salomatligi, orzu-maqsadlari va kelajagiga qanday jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi yana bir bor ko‘rsatib berildi. 📚 Tadbir yakunida faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan o‘quvchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi tomonidan badiiy va ma’rifiy kitoblar bilan taqdirlandilar. 🔵 Yoshlarning sog‘lom, bilimli va qat’iy irodali bo‘lib ulg‘ayishi, nafaqat ta’lim muassasasi, balki oila va butun jamiyatning umumiy mas’uliyatidir.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
✍️ Bu savolga har kimning javobi har xil bo‘lishi mumkin. Kim uchundir — oiladan, kim uchundir — ona mahalladan, yana kim uchundir esa maktab ostonasidan...🔵 Bugun Toshkent tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabi qoshidagi “Jasorat maktabi” o‘quvchilari ana shu savol atrofida fikr yuritdilar. ➡️ “Kelajak soati” mashg‘ulotlari doirasida o‘tkazilganмmashg‘ulotlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati, birlik va hamjihatlik kabi tushunchalar oddiy nazariya emas, balki hayotiy misollar va interaktiv muloqotlar orqali yoritildi. 🇺🇿 Harbiy rahbar Saidmuradov Shuhrat Alisherovich tomonidan olib borilgan mashg‘ulot o‘quvchilarni faol fikrlashga, o‘z munosabatini bildirishga va Vatan oldidagi burch haqida mushohada qilishga undadi. ⭐ Zero, Vatanga muhabbat faqat baland so‘zlarda emas uni his qilish, qadrlash va unga munosib bo‘lishdan boshlanadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🔴 Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini muntazam rivojlantirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun munosib sharoit yaratish hamda davlat ta’lim dasturlarini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 📎 Shuningdek, joriy o‘quv yilidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturining uchinchi nashri asosida ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. 🔴 Ta’lim jarayonida har bir bolaning individual xususiyatlari va qobiliyatlarini inobatga olish, o‘yin orqali ta’lim berish, tarbiyalanuvchilarning faol ishtirokini ta’minlash muhim vazifalar sifatida belgilandi.🔴 Yig‘ilish yakunida bolalarning maktab ta’limiga kompleks tayyorgarligini ta’minlash, rivojlantiruvchi ta’lim muhitini zamonaviy didaktik vositalar bilan boyitish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida oila ishtirokini yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🔵 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan Vatan tushunchasi, ona yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik fazilatlari haqida samimiy muloqot olib borildi. — Vatan oiladan boshlanadimi? — Mahalladanmi? — Maktabdanmi? — Yoki insonning ona zaminga bo‘lgan mehridanmi? O‘quvchilar ana shu savollar atrofida erkin fikr bildirib, “Vatan men uchun nima?”, “Vatan qayerdan boshlanadi?” kabi savollarga o‘z qarashlari bilan javob berdilar. Mashg‘ulot yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.🇺🇿 Zero, Vatan — inson ilk bor mehrni his qilgan oiladan, ilk qadam tashlagan mahalladan va ilk bilim olgan maktabdan boshlanadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
