ar
Feedback
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

الذهاب إلى القناة على Telegram

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

تُعد قناة Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (@toshkentv_xtb) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 31 960 مشتركاً، محتلاً المرتبة 5 943 في فئة التعليم والمرتبة 2 464 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 31 960 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 05 أكتوبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 204، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -48، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 2.46‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 2.22‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 786 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 711 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 2.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 2...”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 06 أكتوبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

31 960
المشتركون
-4824 ساعات
-2467 أيام
-1 20430 أيام
أرشيف المشاركات
#JadidlarIzidan #KelajakMarkazlari 👥 2026-yil 5-oktabr holatiga ko‘ra, “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uch
#JadidlarIzidan #KelajakMarkazlari 👥 2026-yil 5-oktabr holatiga ko‘ra, “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 129 283 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. 💙 Hududlar kesimida ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar soni bilan infografika orqali tanishing. 🌐 Eslatib o'tamiz, arizalar jadidlarizidan.uz platformasi orqali 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Kelajak markazlari Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 👍 17-maktab o‘quvchilari uchun yangi sport maydoni - yangi imkoniyatlar sari qadam 🔵 Toshkent viloyati O
+7
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 👍 17-maktab o‘quvchilari uchun yangi sport maydoni - yangi imkoniyatlar sari qadam
🔵 Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida quvonchli voqea - zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi.
✅ Tadbirda yangidan barpo etilgan sport zali eshiklarini ochar ekan, maktab o‘quvchilari va jamoasi uchun bugungi kun alohida ahamiyat kasb etdi. Endi o‘quvchilar yilning har qanday faslida sport bilan muntazam shug‘ullanishi, turli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy sharoitga ega.
🟠Yangi sport zalining ochilish marosimida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov, tuman hokimi o‘rinbosari Nodir Erkinov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Roxatali Tojiboyev, mahalla yettiligi, faxriy nuroniylar, ota-onalar, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tantanali tadbir davomida o‘quvchilarning sport chiqishlari, ularning jismoniy tayyorgarligi va sportga bo‘lgan qiziqishi namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, yangi sport zalida mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati yoshlar uchun katta rag‘bat ekani ta’kidlandi. 🔴 Tadbir ishtirokchilari yangi inshootni ko‘zdan kechirib, uning o‘quvchilar uchun yaratgan imkoniyatlari bilan tanishdilar. Zaldan samarali foydalanish, sport to‘garaklarini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni musobaqalarga maqsadli tayyorlash bo‘yicha fikrlar bildirildi. ➡️ Bugungi yaratilgan sharoit - ertangi natijalar uchun mustahkam poydevor, degan g‘oya tadbir davomida alohida ta’kidlandi. 🟠 Zero, ta’lim muassasasida bunyod etilgan har bir yangi sport inshooti - bu shunchaki bino emas. Bu minglab mashg‘ulotlar, yangi g‘alabalar, sog‘lom odatlar va o‘z iqtidorini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladigan yoshlar uchun yaratilgan yangi maydondir.
🗓Sog‘lom avlod - kuchli kelajak. Yoshlar sportiga yaratilgan har bir imkoniyat esa ana shu kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🟢 TILGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR!” CHELLENJIGA START BERILADI! Aziz o‘quvchi-yoshlar! Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, kitob e
🟢 TILGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR!” CHELLENJIGA START BERILADI! Aziz o‘quvchi-yoshlar! Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, kitob esa ma’naviy boyligimizdir. Tilga hurmat, so‘zga e’tibor, kitobga mehr va milliy qadriyatlarga sadoqat har bir yoshning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Shu maqsadda viloyatimizdagi o‘quvchi-yoshlarni “Tilga e’tibor”, “Kitob - bilim manbai”, “Til - millat ko‘zgusi” mavzularidagi chellenjda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🎥 Sizdan nima talab etiladi? O‘zingizga ma’qul mavzuni tanlang, qisqa va mazmunli video tayyorlang hamda chellenjni do‘stlaringizga yo‘llang. Videoda: ✅ona tilimizga hurmat; ✅ kitob mutolaasiga mehr; ✅ milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqat; ✅ so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish madaniyatini aks ettiring. Chellenjni boshlang! O‘z so‘zingiz, o‘z fikringiz va o‘z ijodingiz bilan namuna bo‘ling! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📢 Yangi o'quv yili boshlanganiga ham 1 oydan oshdi! ❓ Xo'sh, farzandingiz darsdan bo'sh vaqtini qanday o'tkazyapti? 💡 Bizda ajoyib g'oya bor! 🔍 9 ta yo'nalish va 62 nomdagi to'garakalar o'quvchilarning bo'sh vaqtini qiziqarli hamda mazmunli o'tkazish, ularning kelajagi uchun foydali sarmoya kiritishga xizmat qiladi. 📌 Sizni "Kelajak" markazlarida kutamiz! 📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

#USTOZ_QADRI #Йил_ўқитувчиси
"O‘qib o‘qituvchi bo‘lasanmi?! Oilangni tebratadigan kasb tanla" degan fikrlarni noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun ham o‘qituvchi bo‘lganman".
✅"Yil o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining g‘olibi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabdning matemalika o‘qituvchisi Abdurahim Hamroqulov. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#Asosiy_olimpiada #Tuman_bosqichi ARIZA YUBORISH VIDEO-YO‘RIQNOMASI — ASOSIY OLIMPIADA ➡️ Maktab direktori uchun 📢Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi Respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari o‘rtasida BOSHLANISH ARAFASIDA! 📌 Ma'lumot uchun: Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi. ‼️‼️‼️ ❗️Ro‘yxatdan o'tkazilmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi! RO‘YXATDAN O‘TISH ⬅️ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi ➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi Olimpiadada faol ishtirok eting! Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin

🟦🟦🟦🟦 ❗️shunchaki muhim... ✅Agar baxtli bo‘lish uchun kimgadir muhtojman deb o‘ylasangiz, adashasiz. Baxt uchun o‘zingiz y
🟦🟦🟦🟦 ❗️shunchaki muhim...
✅Agar baxtli bo‘lish uchun kimgadir muhtojman deb o‘ylasangiz, adashasiz. Baxt uchun o‘zingiz yetarlisiz. Ikkinchi odam, shunchaki, baxtingizni u bilan bo‘lishish uchun kerak. ✍️ Ole Nidal
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#KUN_TAVSIYASI 🩷Kimnidir tanqid qilayotganingizda ehtiyot bo‘ling. Uning alohida bir nuqsonini ko‘rsatib gapirayotgandirsiz.
#KUN_TAVSIYASI 🩷Kimnidir tanqid qilayotganingizda ehtiyot bo‘ling. Uning alohida bir nuqsonini ko‘rsatib gapirayotgandirsiz. O‘shani siz yaxshi bilarsiz, ammo u biladigan o‘nta narsani siz bilmasligingiz aniq! 🩷Kimnidir yomon ko‘rib, bir nimalarda ayblayotgandirsiz. Ammo uning yo boshqa birovning ham sizni ayblash va yomon ko‘rishga o‘nta sababi bo‘lishi mumkinligini hisobga olib qo‘ying! 🩷Siz bugun ikkita vazir bilan juda yaqinligingiz uchun birovni mensimayotgandirsiz. Ammo o‘sha odam Bosh vazir bilan og‘ayni bo‘lishi mumkin ekanini ham o‘ylab ko‘ring. 🩷Azizim, shoshilmang! Qadrdonim, yutoqmang! Hammasi qoladi, hammasi o‘tadi. Bu kunlaringiz ham… ☀️Kuningiz xayrli o‘tsin! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo
+3
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda. Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim. — Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета. На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений. Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.

#e'tirof Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘
#e'tirof Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida Toshkent viloyati sportchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, viloyat vakillari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza – jami 17 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ta'kidlash lozimki, viloyat sportchilari medallar soni bo'yicha tarixdagi eng yaxshi natijalarini qayd etishdi. Bundan oldingi eng yaxshi natija XIX Osiyo o'yinlarida qayd etilgan. O'shanda atletlarimiz jami 14 ta medalga (4 ta oltin 5 tadan kumush va bronza) ega chiqishgan edi. Mazkur natija bilan viloyatimiz sportchilarini tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli obyektlarning xususiyl
#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli obyektlarning xususiylashtirilishi yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 28 avgustdagi PF-177-son Farmoniga muvofiq, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim ko‘chmas mulk obyektlari ham xususiylashtirish dasturiga kiritilgan. Mazkur hujjat loyihasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilib, belgilangan tartibda vazirlikka kiritilgan. Vazirlik o‘z navbatida ta’lim muassasalari uchun zarur bo‘lgan obyektlarni saqlab qolish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda ta’lim oluvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarida o‘z pozitsiyasini bildirgan. Shu sababli mazkur masalaga baho berishda umumiy xulosalardan ko‘ra, PF-177-son Farmonda har bir obyekt bo‘yicha belgilangan aniq shartlar va uning keyingi foydalanish maqsadiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI — TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI O‘TKAZILADIGAN SANALAR E'LON QILINDI Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning Respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi. Olimpiada reja-grafigi bilan quyida tanishing: 🌐 Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil videolavhada tanishing: Видео Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi. Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o'tmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi 🔹RO‘YXATDAN O‘TISH 🔹Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi 🔹Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi Bizni kuzating: Telegram Facebook Youtube Instagram Veb-sayt Linkedin

#Infografika #Нодавлат_таълим_муассасалари ✅ Nodavlat ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi?
#Infografika #Нодавлат_таълим_муассасалари
✅ Nodavlat ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi? ➖ Bu haqida batafsil INFOGRAFIKAda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#imkoniyat Zangiotada 50 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi Zangiota tumanining O‘rtaovul mahallasida 50 o‘rinli
+8
#imkoniyat Zangiotada 50 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi Zangiota tumanining O‘rtaovul mahallasida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi bog‘cha tadbirkor GulnozaNabiyeva tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilib, bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Bu yerda tarbiyalanuvchilarga “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya beriladi. Shuningdek, bolalarni erta yoshdan kasbga qiziqtirish va xorijiy tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida mahalladagi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarini imtiyozli to‘lov asosida qabul qilish ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, bog‘chaning faoliyat boshlashi natijasida 10 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Ma’lumot uchun, ayni paytda Zangiota tumanida 3-7 yoshdagi 16 ming 96 nafar boladan 11 ming 326 nafari davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Tumandagi 95 ta nodavlat bog‘chaning 74 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA 🔵 "Ustozga ehtirom" ▶️ Toshkent viloyati ustozlari e’tirofi 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA ✍️ Ohangaron tumanining olis hududlarida Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ochib, ta’limga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Alisher Umrzoqov "Sog‘lom turmush" medali bilan taqdirlandi. ▶️ Batafsil "Nurafshon" telekanali dasturlarida 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздра
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🟢 TILGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR!” CHELLENJIGA START BERILADI! Aziz o‘quvchi-yoshlar! Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, kitob e
🟢 TILGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR!” CHELLENJIGA START BERILADI! Aziz o‘quvchi-yoshlar! Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, kitob esa ma’naviy boyligimizdir. Tilga hurmat, so‘zga e’tibor, kitobga mehr va milliy qadriyatlarga sadoqat har bir yoshning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Shu maqsadda viloyatimizdagi o‘quvchi-yoshlarni “Tilga e’tibor”, “Kitob - bilim manbai”, “Til - millat ko‘zgusi” mavzularidagi chellenjda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🎥 Sizdan nima talab etiladi? O‘zingizga ma’qul mavzuni tanlang, qisqa va mazmunli video tayyorlang hamda chellenjni do‘stlaringizga yo‘llang. Videoda: ✅ona tilimizga hurmat; ✅ kitob mutolaasiga mehr; ✅ milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqat; ✅ so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish madaniyatini aks ettiring. Chellenjni boshlang! O‘z so‘zingiz, o‘z fikringiz va o‘z ijodingiz bilan namuna bo‘ling! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

СЎНГГИ ДАЙЖЕСТ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida. ⏳ 27-SENTABR — 4-OKTABR, 2026-yil 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram X