ch
Feedback
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

前往频道在 Telegram

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy

显示更多

📈 Telegram 频道 Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi 的分析概览

频道 Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (@toshkentv_xtb) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 31 979 名订阅者,在 教育 类别中位列第 5 926,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 455 位。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 31 979 名订阅者。

根据 04 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 197,过去 24 小时变化为 -52,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 2.46%。内容发布后 24 小时内通常能获得 2.18% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 789 次浏览,首日通常累积 699 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 2。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 2...”

凭借高频更新(最新数据采集于 05 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

31 979
订阅者
-5224 小时
-2277 天
-1 19730 天
帖子存档
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo
+3
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda. Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim. — Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета. На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений. Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.

#e'tirof Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘
#e'tirof Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida Toshkent viloyati sportchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, viloyat vakillari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza – jami 17 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ta'kidlash lozimki, viloyat sportchilari medallar soni bo'yicha tarixdagi eng yaxshi natijalarini qayd etishdi. Bundan oldingi eng yaxshi natija XIX Osiyo o'yinlarida qayd etilgan. O'shanda atletlarimiz jami 14 ta medalga (4 ta oltin 5 tadan kumush va bronza) ega chiqishgan edi. Mazkur natija bilan viloyatimiz sportchilarini tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli obyektlarning xususiyl
#RASMIY_MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli obyektlarning xususiylashtirilishi yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 28 avgustdagi PF-177-son Farmoniga muvofiq, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim ko‘chmas mulk obyektlari ham xususiylashtirish dasturiga kiritilgan. Mazkur hujjat loyihasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilib, belgilangan tartibda vazirlikka kiritilgan. Vazirlik o‘z navbatida ta’lim muassasalari uchun zarur bo‘lgan obyektlarni saqlab qolish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda ta’lim oluvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarida o‘z pozitsiyasini bildirgan. Shu sababli mazkur masalaga baho berishda umumiy xulosalardan ko‘ra, PF-177-son Farmonda har bir obyekt bo‘yicha belgilangan aniq shartlar va uning keyingi foydalanish maqsadiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI — TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI O‘TKAZILADIGAN SANALAR E'LON QILINDI Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning Respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi. Olimpiada reja-grafigi bilan quyida tanishing: 🌐 Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil videolavhada tanishing: Видео Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi. Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o'tmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi 🔹RO‘YXATDAN O‘TISH 🔹Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi 🔹Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi Bizni kuzating: Telegram Facebook Youtube Instagram Veb-sayt Linkedin

#Infografika #Нодавлат_таълим_муассасалари ✅ Nodavlat ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi?
#Infografika #Нодавлат_таълим_муассасалари
✅ Nodavlat ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi? ➖ Bu haqida batafsil INFOGRAFIKAda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#imkoniyat Zangiotada 50 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi Zangiota tumanining O‘rtaovul mahallasida 50 o‘rinli
+8
#imkoniyat Zangiotada 50 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi Zangiota tumanining O‘rtaovul mahallasida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi bog‘cha tadbirkor GulnozaNabiyeva tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilib, bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Bu yerda tarbiyalanuvchilarga “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya beriladi. Shuningdek, bolalarni erta yoshdan kasbga qiziqtirish va xorijiy tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida mahalladagi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarini imtiyozli to‘lov asosida qabul qilish ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, bog‘chaning faoliyat boshlashi natijasida 10 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Ma’lumot uchun, ayni paytda Zangiota tumanida 3-7 yoshdagi 16 ming 96 nafar boladan 11 ming 326 nafari davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Tumandagi 95 ta nodavlat bog‘chaning 74 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA 🔵 "Ustozga ehtirom" ▶️ Toshkent viloyati ustozlari e’tirofi 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA ✍️ Ohangaron tumanining olis hududlarida Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ochib, ta’limga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Alisher Umrzoqov "Sog‘lom turmush" medali bilan taqdirlandi. ▶️ Batafsil "Nurafshon" telekanali dasturlarida 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздра
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🟢 TILGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR!” CHELLENJIGA START BERILADI! Aziz o‘quvchi-yoshlar! Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, kitob e
🟢 TILGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR!” CHELLENJIGA START BERILADI! Aziz o‘quvchi-yoshlar! Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, kitob esa ma’naviy boyligimizdir. Tilga hurmat, so‘zga e’tibor, kitobga mehr va milliy qadriyatlarga sadoqat har bir yoshning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Shu maqsadda viloyatimizdagi o‘quvchi-yoshlarni “Tilga e’tibor”, “Kitob - bilim manbai”, “Til - millat ko‘zgusi” mavzularidagi chellenjda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🎥 Sizdan nima talab etiladi? O‘zingizga ma’qul mavzuni tanlang, qisqa va mazmunli video tayyorlang hamda chellenjni do‘stlaringizga yo‘llang. Videoda: ✅ona tilimizga hurmat; ✅ kitob mutolaasiga mehr; ✅ milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqat; ✅ so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish madaniyatini aks ettiring. Chellenjni boshlang! O‘z so‘zingiz, o‘z fikringiz va o‘z ijodingiz bilan namuna bo‘ling! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

СЎНГГИ ДАЙЖЕСТ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida. ⏳ 27-SENTABR — 4-OKTABR, 2026-yil 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram X

+2
🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA
✍️ 1-OKTABR - O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN HUDUDLARDA BAYRAM TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI.
▶️ Tadbirlar OAVlarida 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

+9
🌍🌍 BIZ HAQIMIZDA
✍️ 1-OKTABR - O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN HUDUDLARDA BAYRAM TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI.
▶️ Tadbirlar OAVlarida 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🟦🟦🟦 😊 PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI 📍 O‘rtachirchiq tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. ➡️ Toshkent vi
+4
🟦🟦🟦 😊 PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
📍 O‘rtachirchiq tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
➡️ Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari X. Bo‘riyev hamda O‘rtachirchiq tuman prokurori U. Kamilov ishtirokida «Rovatak» mahallasi hududida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Prokuror va yoshlar uchrashuvi» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. ➡️ Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari batafsil o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlarning aksar qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa mas’ullar nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. ✍️ Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquq va majburiyatlar, qonunchilik talablari hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi. ✅ Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#мактабгача_таълим 👍 “Ziyo-Nur Kids” — bolajonlar uchun yangi maskan 📍 Ohangaron shahrining “Birlik” mahallasida bolajonlar
+8
#мактабгача_таълим 👍 “Ziyo-Nur Kids” — bolajonlar uchun yangi maskan
📍 Ohangaron shahrining “Birlik” mahallasida bolajonlar uchun yana bir zamonaviy va qulay ta’lim maskani o‘z faoliyatini boshladi.
➡️ Joriy yil 2-oktabr kuni “Ziyo-Nur Kids” nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🤔 Muassasaning ishga tushirilishi hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ota-onalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda kichik yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. ✅ Tadbir davomida mehmonlar muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, bolalarning qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. 🟠 Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti Ohangaron shahrida bolajonlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yana bir yangi imkoniyat bo‘ldi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🔥🔥🔥 😊 KASBIY RIVOJLANISH — TA’LIM SIFATINING MUHIM OMILI ✍️ Ayni paytda Toshkent viloyatida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilar
+8
🔥🔥🔥 😊 KASBIY RIVOJLANISH — TA’LIM SIFATINING MUHIM OMILI ✍️ Ayni paytda Toshkent viloyatida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ularning ilg‘or pedagogik yondashuv va zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida navbatdagi “Kasbiy rivojlanish kuni” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
🟠Mazkur mashg‘ulotlar hududlardagi ijtimoiy fanlarning tayanch maktablarida o‘tkazilib, unda fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, dars jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔴 O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, samarali pedagogik usullar, ta’lim jarayonidagi yangicha yondashuvlar hamda fanni o‘qitishda qo‘llanilayotgan ilg‘or metodikalar bilan tanishmoqdalar. ✅Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufida 159 ta tayanch maktab faoliyat yuritmoqda. ✅ Tayanch maktablarda tashkil etilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” mashg‘ulotlari pedagoglarning o‘z ustida muntazam ishlashi, kasbiy salohiyatini yuksaltirishi va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishi uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
📎 Zero, zamonaviy ta’limning asosiy talabi - doimiy izlanish va rivojlanish. Kasbiy jihatdan salohiyatli, yangilikka intiluvchan o‘qituvchi esa sifatli ta’lim va yuksak natijalarning muhim omilidir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

🟦🟦🟦 👍 “USTOZ, SIZGA RAHMAT!” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI ✍️ Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislar
+2
🟦🟦🟦 👍 “USTOZ, SIZGA RAHMAT!” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI ✍️ Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan “Ustoz, sizga rahmat!” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ➡️ Tanlovning 5 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ➡️ G‘oliblar qatorida Qibray tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Maftuna Jalilova ham borligi bizni quvontirdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #USTOZGA_EHTIROM 📌 Chinoz tumani
✨ Chinoz tumanida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” o‘zgacha bayramona kayfiyatda nishonlandi.
✨ 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tuman hokimi Sherzod Salixov tumanimizda faol mehnat qilayotgan fidoyi o‘qituvchilar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim jonkuyarlarini, bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi hamda joriy yilda tumanimizda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi. ✨Tadbir davomida tuman hokimi Sherzod Salixov hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda, ko‘p yillar davomida alohida o‘rnak, fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Repost from N/a
100 dan ortiq mamlakat vakillari Samarqandda bolalar kelajagini muhokama qiladi 21–22-oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Jahon sammitida 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi. Sammitning rasmiy ochilish marosimi va panel sessiyalaridan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga ham tashrif buyuradilar. Panel sessiyalarida bolalar farovonligi bilan bog‘liq eng muhim masalalar muhokama qilinadi: • bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish; • bolalarni himoya qilish va ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish; • bolalar salomatligi va sog‘liqni saqlash; • bolalar onkologiyasi; • erta bolalik rivoji; • inklyuziv ta’lim. Sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi. Turli mamlakatlarning tajribasi va yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar uchun yanada samarali tizim va yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi. Samarqand ikki kun davomida bolalar farovonligi bo‘yicha xalqaro muloqot markaziga aylanadi.
📍 21–22-oktabr, 2026-yil
Samarqand, O‘zbekiston
Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #Ehtirom 📌Qibray tumani 😊 Ustozga ehtirom - millat kelajagiga ehtirom ✍️ Qibray tumanida 1-oktabr — O‘qi
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #Ehtirom 📌Qibray tumani 😊 Ustozga ehtirom - millat kelajagiga ehtirom ✍️ Qibray tumanida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. 🔵 Tadbirda Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning bayram tabrigi hokim o‘rinbosari R.Naipova tomonidan o‘qib eshittirilib, barcha ustoz va murabbiylarga ezgu tilaklar bildirildi. 🎤 Tantanali marosimda uzoq yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va ta’lim-tarbiya rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan alohida ajralib turgan bir guruh ustozlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅ Bayram dasturi tuman Madaniyat bo‘limi xodimlarining musiqiy va badiiy chiqishlari bilan davom etib, ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt |  🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot