Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
El canal Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (@toshkentv_xtb) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 32 013 suscriptores, ocupando la posición 5 926 en la categoría Educación y el puesto 2 455 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 32 013 suscriptores.
Según los últimos datos del 04 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -1 197, y en las últimas 24 horas de -52, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 2.46%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 2.18% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 789 visualizaciones. En el primer día suele acumular 699 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 2.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
🌐 tvuzedu.uz
✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz
👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332
@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 2...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 05 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
✨ Chinoz tumanida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” o‘zgacha bayramona kayfiyatda nishonlandi.✨ 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tuman hokimi Sherzod Salixov tumanimizda faol mehnat qilayotgan fidoyi o‘qituvchilar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim jonkuyarlarini, bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi hamda joriy yilda tumanimizda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi. ✨Tadbir davomida tuman hokimi Sherzod Salixov hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda, ko‘p yillar davomida alohida o‘rnak, fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
📍 21–22-oktabr, 2026-yil
Samarqand, O‘zbekistonBatafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
🟢 SIZNI FAQAT YUQORIGA TORTUVCHI INSONLAR BILAN BIRGA BO‘LING. CHUNKI HAYOT SIZNI PASTGA TORTUVCHILAR BILAN TO‘LIB-TOSHGAN. ✍️ Jorj Kluni🌸Kuningiz fayzli o‘tsin! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etiladi.
➡️ Yangi vazirlik maktabgacha ta’lim, maktab, kasbiy va oliy ta’limdan tortib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda qo‘shimcha va norasmiy ta’limgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi.✅ Bunday yondashuv ta’limning barcha bosqichlarini yagona maqsad va umumiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ular o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda insonning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishini yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga xizmat qiladi. 🌎 Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga ham asoslanmoqda. Rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida ta’limning asosiy bosqichlari bitta boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtiriladi. Bunday boshqaruv modeli AQSh, Angliya, Avstraliya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qo‘llanadi. Bu ta’lim siyosatini umumiy yondashuv asosida samarali amalga oshirish imkonini beradi. Ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlarini yagona boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtirish ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish uchun yaxlit yondashuvni shakllantiradi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish yangi tizimning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlatning oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, ularga kengroq mustaqillik berish hamda nodavlat sektor uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilmoqda. Dunyo tajribasida erkin raqobat va bozor talabi ta’lim sifatini oshirishga muhim turtki beradi. Bu oliy ta’lim muassasalarini ta’lim dasturlari va xizmatlarini muntazam takomillashtirishga, sifat uchun raqobat qilishga undaydi. Yangi tizimning asosiy maqsadi — ta’limning barcha bosqichlarini o‘zaro uzviy bog‘lash, ta’lim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan yagona, zamonaviy tizimni shakllantirish. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👉 RO‘YXATDAN O‘TISH ⏰ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi ➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi❌ ❗️ DIQQAT! Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi. 🌐 Batafsil videolavhada. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
➖ Xususan, bolalarni 1-sinfga qabul qilish, elektron shahodatnomalar berish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish, xorijiy taʻlim hujjatlarini tan olish, oʻquvchini xorijiy maktabdan va xorijiy maktabga koʻchirish kabi xizmatlar elektron koʻrsatilmoqda.📊 2026-2027-oʻquv yilida 135 ta tuman (shahar)da 6 minga yaqin maktablarda 1-sinfga qabul jarayonlari onlayn amalga oshirildi. Mazkur davlat xizmatidan 475 mingdan ortiq ota-onalar onlayn ariza berish orqali foydalangan. ➖ Shuningdek, 168 ming nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi, 1312 nafar xorijiy davlatda umumiy oʻrta taʼlim olgan fuqaroning hujjatlari nostrifikatsiya qilindi, 3810 nafar chet el fuqarosining farzandlari maktabga qabul qilindi. 🔹11987 nafar oʻquvchini xorijdagi maktabdan koʻchirildi, 315 714 nafar ota-ona farzandini bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalandi. Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq 9-11-sinf bitiruvchilarga elektron shahodatnomalar berildi. 🌐 Bu haqida videolavhada. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida dars soatlarini taqsimlash tartibi belgilangan. Unga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi muassasaning pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar o‘qituvchilarga quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: — oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; — dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar; — birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; — ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; — oliy ma’lumotli, toifasiz o‘qituvchilar; — qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar; — o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar; — oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari; — oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar; — oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassislikka ega rahbar xodimlari. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi ko‘rsatilgan. Nizomning 23-bandida umumta’lim muassasasining rahbar xodimlari — direktor va uning o‘rinbosarlari asosiy lavozimini o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borgan holda haftasiga 10 soatgacha hajmda o‘quv yuklamasini bajarishi hamda mazkur dars soatlari uchun soatbay haq to‘lanishi belgilangan. Bundan tashqari, joriy yilda boshqarma boshlig‘i huzurida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda dars soatlari taqsimoti yuzasidan viloyat miqyosida fuqarolar murojaatlari keskin ko‘payganiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu munosabat bilan tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari hamda mas’ul xodimlarga barcha umumta’lim maktablarida 2026–2027- o‘quv yilidan boshlab dars soatlarining shaffof va adolatli taqsimlanishini ta’minlash, oliy ma’lumotli bitiruvchilarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish hamda ularni «Ustoz-shogird» tamoyili asosida tajribali mutaxassislarga biriktirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.🔴 Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga belgilangan tartibda dars o‘tishi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmagan. Dars soatlarini taqsimlashda yuqorida qayd etilgan nizom talablari va ustuvor ketma-ketlikka rioya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
