Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
کانال Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (@toshkentv_xtb) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 32 013 مشترک است و جایگاه 5 926 را در دسته آموزش و رتبه 2 455 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 32 013 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 04 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 197 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -52 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 2.46% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 2.18% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 789 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 699 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 2 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
🌐 tvuzedu.uz
✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz
👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332
@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 2...”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 اکتبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 05 اکتبر | 0 | |||
| 04 اکتبر | 0 | |||
| 03 اکتبر | 0 | |||
| 02 اکتبر | 0 | |||
| 01 اکتبر | 0 |
O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etiladi.
➡️ Yangi vazirlik maktabgacha ta’lim, maktab, kasbiy va oliy ta’limdan tortib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda qo‘shimcha va norasmiy ta’limgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi.✅ Bunday yondashuv ta’limning barcha bosqichlarini yagona maqsad va umumiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ular o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda insonning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishini yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga xizmat qiladi. 🌎 Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga ham asoslanmoqda. Rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida ta’limning asosiy bosqichlari bitta boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtiriladi. Bunday boshqaruv modeli AQSh, Angliya, Avstraliya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qo‘llanadi. Bu ta’lim siyosatini umumiy yondashuv asosida samarali amalga oshirish imkonini beradi. Ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlarini yagona boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtirish ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish uchun yaxlit yondashuvni shakllantiradi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish yangi tizimning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlatning oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, ularga kengroq mustaqillik berish hamda nodavlat sektor uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilmoqda. Dunyo tajribasida erkin raqobat va bozor talabi ta’lim sifatini oshirishga muhim turtki beradi. Bu oliy ta’lim muassasalarini ta’lim dasturlari va xizmatlarini muntazam takomillashtirishga, sifat uchun raqobat qilishga undaydi. Yangi tizimning asosiy maqsadi — ta’limning barcha bosqichlarini o‘zaro uzviy bog‘lash, ta’lim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan yagona, zamonaviy tizimni shakllantirish. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
| 2 | "Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
—
«В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен.
Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем:
– Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование;
– Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»;
– Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы;
– в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос.
Facebook|Instagram|X | 1 337 |
| 3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 961 |
| 4 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X | 619 |
| 5 | #Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi
💬 Asosiy olimpiadaning II (ikkinchi) — tuman (shahar) bosqichi boshlanish arafasida!
❌
✅ Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi.
❌
👉 RO‘YXATDAN O‘TISH
⏰ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi
➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi
❌
❗️ DIQQAT!
Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi.
🌐 Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 659 |
| 6 | #Raqamlashtirish
Maktab taʻlimida raqamlashtirish: qanday davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda?
🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida 25 ta interaktiv davlat xizmati raqamlashtirilgan boʻlib, shundan 10 tasi maktablar yoʻnalishiga toʻgʻri keladi.
➖ Xususan, bolalarni 1-sinfga qabul qilish, elektron shahodatnomalar berish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish, xorijiy taʻlim hujjatlarini tan olish, oʻquvchini xorijiy maktabdan va xorijiy maktabga koʻchirish kabi xizmatlar elektron koʻrsatilmoqda.
📊 2026-2027-oʻquv yilida 135 ta tuman (shahar)da 6 minga yaqin maktablarda 1-sinfga qabul jarayonlari onlayn amalga oshirildi. Mazkur davlat xizmatidan 475 mingdan ortiq ota-onalar onlayn ariza berish orqali foydalangan.
➖ Shuningdek, 168 ming nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi, 1312 nafar xorijiy davlatda umumiy oʻrta taʼlim olgan fuqaroning hujjatlari nostrifikatsiya qilindi, 3810 nafar chet el fuqarosining farzandlari maktabga qabul qilindi.
🔹11987 nafar oʻquvchini xorijdagi maktabdan koʻchirildi, 315 714 nafar ota-ona farzandini bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalandi. Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq 9-11-sinf bitiruvchilarga elektron shahodatnomalar berildi.
🌐 Bu haqida videolavhada.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 559 |
| 7 | ‼️‼️‼️
Yangi demo testlar e’lon qilindi!
✅ 2026-yil kuzgi malaka toifasi attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining demotest.uzedu.uz platformasiga yangi demo testlar joylashtirildi.
Demo testlar pedagoglarga:
🔹 test topshiriqlarining formati bilan tanishish;
🔹 o‘z bilimlarini sinab ko‘rish;
🔹 attestatsiya jarayoniga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
👉 Platforma: demotest.uzedu.uz
🔔 Malaka sinoviga tayyorgarlik jarayonida ushbu demo testlardan foydalanishingiz mumkin.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 715 |
| 8 | #Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
✅ Har bir ijod ortida inson, uning mehnati va qalbi bor! Mualliflik huquqini himoya qilish — ijodkor mehnatini qadrlash va uning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish demakdir.
Mazkur oy davomida:
➖ ijtimoiy tarmoqlar va OAVda huquqiy-ma’rifiy videolar va media materiallar e’lon qilinadi;
➖ “Huquqiy radioviktorina” va onlayn testlar tashkil etiladi;
➖ ijodkorlar bilan ochiq muloqotlar, podkastlar, davra suhbatlari va master-klasslar o‘tkaziladi;
➖ yoshlar va ta’lim muassasalarida mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi;
➖ san’atkorlar, yozuvchilar va shoirlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari va fleshmoblar o‘tkaziladi;
➖ kitobxonlik, nashriyot, teatr, kino, IT va boshqa sohalarda mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.
👉 Mualliflik huquqi aslida qayerda paydo bo‘lgan?
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 023 |
| 9 | 😀😀 😀😀😀😀😀
📣 Pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
✅ Xabaringiz bor, 2026-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi.
➖ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan.
❕Pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 2 669 |
| 10 | #Ehtirom
Ustozlar — ma’rifat va taraqqiyot bunyodkorlari
Ustozlik — inson qalbiga yo‘l topish, tafakkurini boyitish va kelajak avlodga hayot davomida asqotadigan bilim hamda qadriyatlarni singdirishdek sharafli burchdir.
Har bir ustozning o‘ziga xos hayot yo‘li, unutilmas xotiralari, kasbiy tajribasi va o‘zgacha qarashlari bor. Ana shu jihatlar pedagoglik kasbining naqadar sermazmun va sharafli ekanini namoyon etadi.
Qibray tumanidagi 16-umumta’lim maktabi ustozlari timsolida ustozlik kasbining samimiyligi, insoniy fazilatlar va ta’limga bo‘lgan sadoqatni aks ettiruvchi videolavha.
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
✅telegram📱facebook📱Instagram🌐Website📹Youtube | 816 |
| 11 | #RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumanidagi maktablarning bir guruh direktorlari va ularning o‘rinbosarlari nomidan yo‘llangan murojaat tarqaldi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlariga dars soatlari ajratilmayotgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida dars soatlarini taqsimlash tartibi belgilangan.
Unga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi muassasaning pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar o‘qituvchilarga quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
— oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
— dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar;
— birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
— ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
— oliy ma’lumotli, toifasiz o‘qituvchilar;
— qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
— o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar;
— oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
— oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
— oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassislikka ega rahbar xodimlari.
Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi ko‘rsatilgan.
Nizomning 23-bandida umumta’lim muassasasining rahbar xodimlari — direktor va uning o‘rinbosarlari asosiy lavozimini o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borgan holda haftasiga 10 soatgacha hajmda o‘quv yuklamasini bajarishi hamda mazkur dars soatlari uchun soatbay haq to‘lanishi belgilangan.
Bundan tashqari, joriy yilda boshqarma boshlig‘i huzurida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda dars soatlari taqsimoti yuzasidan viloyat miqyosida fuqarolar murojaatlari keskin ko‘payganiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari hamda mas’ul xodimlarga barcha umumta’lim maktablarida 2026–2027- o‘quv yilidan boshlab dars soatlarining shaffof va adolatli taqsimlanishini ta’minlash, oliy ma’lumotli bitiruvchilarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish hamda ularni «Ustoz-shogird» tamoyili asosida tajribali mutaxassislarga biriktirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
🔴 Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga belgilangan tartibda dars o‘tishi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmagan. Dars soatlarini taqsimlashda yuqorida qayd etilgan nizom talablari va ustuvor ketma-ketlikka rioya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 886 |
| 12 | #Ehtirom
✔️Toshkent tumanidagi 26-umumta'lim maktabi o'quvchilarining ustozlariga ehtiromi.
📹Tabrik videoda.
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Website | 542 |
| 13 | #RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi-xodimlariga sentyabr oyi ish haqining bo‘nak qismi 18 sentyabrga qadar to‘lab berilmagani yuzasidan murojaatlar bildirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Respublika miqyosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi-xodimlarining davomatini elektron tarzda qayd etish tizimiga o‘tilishi munosabati bilan uni joriy etishning dastlabki bosqichida ayrim kamchiliklar kuzatilgan. Bu esa sentabr oyi ish haqining bo‘nak qismini hisoblash va to‘lash jarayonlarida kechikishlarga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Xodimlarga tegishli to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqarma nazoratida.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 657 |
| 14 | Prezident tashabbuslari pedagoglar uchun katta imkoniyat va imtiyozlar bermoqda
✅ Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-sentabr kuni soha xodimlari bilan qilgan muloqoti davomida pedagoglar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslar ijrosini taʼminlash boʻyicha "bakiroo" telegram kanali orqali turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda.
➖ Taʼkidlash lozimki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtgan vaqt davomida mazkur vazifalarni bajarish boʻyicha manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan zarur ishlar amalga oshirildi hamda tegishli qonunchilik hujjatlari asosida pedagoglar uchun koʻplab imtiyoz va qulayliklar yaratildi.
📍 Shu oʻrinda mazkur tashabbuslar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga birma-bir toʻxtalib oʻtamiz:
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga asosan:
➖ 2026-yildan boshlab — kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga ega boʻlgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlangʻich badalining 25 foizini qoplab berish uchun davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etildi;
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga asosan:
➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etildi;
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan:
➖ taʼlim tashkilotida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun davlat xizmatlari uchun xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida chegirma joriy etildi;
Shuningdek, Adliya vazirligi bilan hamkorlikka ishlab chiqilgan davlat xizmatlari uchun uchun undiriladigan davlat bojlarida chegirma berishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga asosan:
➖2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etildi;
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab:
➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;
➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi berish tizimi joriy etildi;
👉 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-son qaroriga asosan:
➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda taʼlim krediti ajratish tizimi joriy etildi.
➖ Shuningdek, yuqorida keltirib oʻtilgan muloqot tadbirida reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma berish tashabbusi ilgari surilgan.
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hozirda mazkur topshiriqqa asosiy ijrochi etib belgilangan Transport vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
👉 Yana bir tashabbus sifatida tilga olib oʻtilgan oʻqituvchilarga yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompyuter xaridi uchun 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratish vazifasi ijrochilari sifatida Markaziy bank va Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan.
➖ Ayni vaqtda ushbu vazifa ijrosi boʻyicha ham Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
🔹 Ta’kidlash lozimki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga doir ilgari surilgan har bir tashabbus va berilgan vazifalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha doimiy ravishda zarur ishlar amalga oshirib borilmoqda.
👉 Mazkur vazifalar ijrosi hamda pedagoglar kasbiy faoliyati va ular uchun yaratilayotgan imtiyoz va qulayliklar xususida vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali batafsil maʼlumot berib boriladi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 643 |
| 15 | AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir.
—
Большая честь встретиться с Президентом США Дональдом Трампом и передать ему наилучшие пожелания от Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева. | 789 |
| 16 | 🚫 Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi
Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
✅ 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.
Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi.
Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.
✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish
Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda.
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda.
Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda.
✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi.
Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.
“Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 655 |
| 17 | Расмий муносабат
Инстаграм ижтимоий тармоғида Оҳангарон шаҳридаги 16-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотида кузатилган нохуш ҳолатларга оид видеохабар тарқалди.
Ушбу видеоматериалда акс этган ҳолат июль ойида содир этилганини маълум қиламиз.
Болаларнинг хавфсизлиги, шаъни ва қадр-қимматига дахл қилувчи ҳар қандай хатти-ҳаракатга мутлақо йўл қўйилмайди.
Ҳолатга алоқадор хўжалик мудири ишдан бўшатилган, ташкилот раҳбарияти фаолияти эса назоратга олинган.
Шу ўринда блогер ва ижтимоий тармоқ фаолларидан эски маълумотларни тарқатмасликни сўраймиз.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги мурожаатлар учун очиқ.
Хусусан, вазирликнинг (71) 202-09-09 — Ишонч телефони фаолият юритмоқда.
Бундан ташқари ҳудудий бошқармаларнинг мурожаатлар учун телефон рақамлари мавжуд бўлиб, тизимга оид мурожаат ва таклифларни қуйидаги ишонч телефонлари ва мурожаат ботлари орқали йўллашингиз мумкин.
🔰 QORAQALPOGʻISTON Respublikasi MMTV
📞 Ishonch telefoni: 61 222-94-45
🔹Telegram-bot:@QRMSHMBMbot
🔰 SIRDARYO viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 67 225 11 74
🔹Telegram-bot: @Sirdaryo_MMTB_bot
🔰TOSHKENT viloyati MMTB
📞Ishonch telefoni: 55 903 13 32
🔹Telegram-bot: @ToshvilmmtbgamurojaatBot
🔰JIZZAX viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 72 222-86-87
🔹Telegram-bot: @jizzakh_mmtb_anticorbot
🔰XORAZM viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 62 228-11-51; 228-11-70
🔹Telegram-bot: @Xorazm_MMTBbot
🔰NAVOIY viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 79 220 12 81
🔹Telegram-bot: @nav_mmtb_anticorbot
🔰ANDIJON viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 74 228 25 59
🔹Telegram-bot: @AndMMTB_AntiKorbot
🔰SAMARQAND viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 55-704-73-00; 55-703-73-00
🔹Telegram-bot: @sammmtb_bot
🔰NAMANGAN viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 69 234 01 20
🔹 Telegram bot: @Nam_VMMTB_murojat_bot
🔰QASHQADARYO viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 75 221 33 14
🔹 Telegram-bot: @Kashkadaryakorrupsiya_bot
🔰BUXORO viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 55 312 99 83
🔹 Telegram-bot: @bvxtb_bot
🔰FARGʻONA viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 73 244 31 18; 73 244 30 93
🔹 Telegram-bot: @MMTBga_Murojaat88_bot
🔰SURXONDARYO viloyati MMTB
📞 Ishonch telefoni: 76 227 35 45
🔰 TOSHKENT shahar MMTB
📞 Ishonch telefoni: 55 516 05 55
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❤ Telegram
X | 749 |
| 18 | 🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi
Bugun Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqilmoqda.
Senator Malika Qodirxonova qonun bilan kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlarga to‘xtalib, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlar uchun jazo 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha kuchaytirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik aktlari, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa yengillashtiruvchi choralarni qo‘llash imkoniyatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.
"Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman", - dedi senator Malika Qodirxonova.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 621 |
| 19 | #Infografika
#Yangi_baholash_tizimi
✅ Umumta’lim maktablarida joriy etilgan yangi baholash tizimini RAQAMLARda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 586 |
| 20 | #BUGUNNING_GAPI
🇺🇿 Bog‘cha va maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan har bir bola uchun bilimlar eshigi, mo‘jizalar olamini ochadigan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylar timsolida biz yangi shaxs, yangi avlod tarbiyachilarini ko‘ramiz. Shu yo‘lda shogirdlariga ko‘z nuri, yurak qo‘rini berib mehnat qiladigan, o‘z kasbiga sodiq va jonkuyar bunday insonlar, hech shubhasiz, milliy pedagogikamizning oltin fondini tashkil etadi. Men Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini aynan mana shunday fidoyi ustozlar faoliyatida, ularning kasb mahorati, qalb saxovatida ko‘raman.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 699 |
