en
Feedback
Lingvist Iroda Azimova

Lingvist Iroda Azimova

Open in Telegram

Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar

Show more
3 974
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-4530 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+30
in 3 channels
August '26
+88
in 5 channels
Get PRO
July '26
+450
in 33 channels
Get PRO
June '26
+296
in 17 channels
Get PRO
May '26
+84
in 11 channels
Get PRO
April '26
+197
in 12 channels
Get PRO
March '26
+95
in 5 channels
Get PRO
February '26
+70
in 9 channels
Get PRO
January '26
+499
in 19 channels
Get PRO
December '25
+126
in 14 channels
Get PRO
November '25
+188
in 14 channels
Get PRO
October '25
+235
in 10 channels
Get PRO
September '25
+282
in 18 channels
Get PRO
August '25
+203
in 18 channels
Get PRO
July '25
+117
in 8 channels
Get PRO
June '25
+158
in 12 channels
Get PRO
May '25
+188
in 12 channels
Get PRO
April '25
+268
in 14 channels
Get PRO
March '25
+151
in 8 channels
Get PRO
February '25
+126
in 6 channels
Get PRO
January '25
+259
in 10 channels
Get PRO
December '24
+156
in 4 channels
Get PRO
November '24
+123
in 11 channels
Get PRO
October '24
+149
in 12 channels
Get PRO
September '24
+120
in 4 channels
Get PRO
August '24
+217
in 8 channels
Get PRO
July '24
+84
in 3 channels
Get PRO
June '24
+31
in 2 channels
Get PRO
May '24
+136
in 3 channels
Get PRO
April '24
+72
in 4 channels
Get PRO
March '24
+113
in 3 channels
Get PRO
February '24
+119
in 1 channels
Get PRO
January '24
+159
in 5 channels
Get PRO
December '23
+174
in 13 channels
Get PRO
November '23
+109
in 4 channels
Get PRO
October '23
+467
in 10 channels
Get PRO
September '23
+295
in 0 channels
Get PRO
August '23
+234
in 0 channels
Get PRO
July '23
+548
in 0 channels
Get PRO
June '23
+60
in 0 channels
Get PRO
May '23
+222
in 0 channels
Get PRO
April '23
+66
in 0 channels
Get PRO
March '23
+131
in 0 channels
Get PRO
February '23
+452
in 0 channels
Get PRO
January '23
+74
in 0 channels
Get PRO
December '22
+149
in 0 channels
Get PRO
November '22
+490
in 0 channels
Get PRO
October '22
+963
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September+1
09 September+2
08 September+1
07 September+8
06 September+8
05 September+5
04 September+1
03 September+1
02 September0
01 September+3
Channel Posts
Alifbo o'zgargani albatta yomon bo'ldi. Juda qimmatli xatolardan biri bo'ldi.

2
Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi. Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas. Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat nazarda tutilmaydi. Mayli, uzoqqa bormay shu yangilikning o'zida qolsam bugungi Senat majlisidagi foto va videolarda ko'pchilik nutqini qog'ozdan o'qiyapti. Qog'ozlarda lotinmi, kirillmi- ko'rinmadi, shuning uchun da'vo qilmayman. Lekin ularning o'zi kundalik hayotida qaysi yozuvdan foydalanadi? Ishonchim komil kirildan. Chunki 35 yil davomida kirildan lotinga to'liq o'ta olmadik. Hali ham kirillda o'qib-yozadigan katta qatlam bor. Bu ularning aybi emasdir, savodi shunda chiqqan. Lekin aynan shuning uchun bugun amaldagi lotinda savod chiqargan o'nlab million odamning yozuvini yana o'zgartirishga ikki karra ehtiyot bo'lish kerak edi. Gap hozirgi alifbo ideal yoki ideal emasligidamas. Gap uzluksizlik haqida. Yangi alifbo yillar o'tib yana kimgadir yoqmay qoladi, endi 2026 yilda qilingan xatoni to'g'irlashimiz kerak deb qolishadi. Hozir ham ba'zi unli harflarni takomillashtirmadik, uni keyingi safar qilamiz deb turibdi ba'zilar. Bir avlod kirill va lotin orasida qolgandi. Endi keyingi avlodni eski lotin va yangi lotin orasida qoldiradigan bo'ldik. Xullas, kim nimada yozayotgan bo'lsa shunda yozaveradi, o'qiydi, yangisiga esa asosan majburiy o'tiladi xolos. @uzbekonomics
444
3
Reklamada "Tanlov ko‘r-ko‘rona amalga oshirildi" degan gap mijozda mahsulot haqida ijobiy tasavvur shakllantirmaydi. Hech qanaqasiga. @psixolingvist
943
4
Tahrir va andisha Oxirgi kunlarda bir narsaga eʼtibor berdim. Ijtimoiy tarmoq"chi"lar, yaʼni har qanday faoliyatini, hattoki kundalik hayotini ijtimoiy tarmoq orqali yortitayotgan yoki yuritayotgan, reklama qilayotgan, aynan ijtimoiy tarmoq uchun ijod qilayotganlar bilan professionallarni tahrir ajratib turarkan. Yaʼni professionallarda u bor (yoki bor edi...). Masalan, podkastlar, nimaga pikki-ikki yarim soat, baʼzan undan ham ko‘p? Shunchalik uzoq suhbatning ichida muxlis eshitmasa hech narsa yo‘qotmaydigan gap yo‘q deb o‘ylaysizmi? Yoki muxlis shunday ham biladigan gaplar yo‘q deb o‘ylaysizmi? Yoki boshlovchi/mezbon mehmonni unutib, o‘zini ko‘rsatishga o‘tib ketgan va bu umumiy kontekstda unchalik ham chiroyli ko‘rinmagan lavhalar yo‘q deb o‘ylaysizmi? Bularning hammasi axborot shovqinini ko‘paytirib qabul qiluvchiga ortiqcha yuk bo‘ladi. Tahrirning vazifasi aynan shu ortiqcha yukni yo‘qotish. Biror ijod namunasini sanʼat darajasiga olib chiqadigan narsa bu — tahrir. Mana shu tahrirsizlik odamlarni tobora andishasizlashtirib borayotganga o‘xshaydi... "ha, aytsa, nima qipti?! Ha, ko‘rsatsa nima qipti?! Ha, kuni kecha bir jamoa bo‘lib ishlagan prodyuserini xalqqa yomonlab chiqsa nima qipti? Ha, o‘zi hech narsani tushunmaydigan mavzusida gapirgan bo‘lsa nima qipti? Va hokazo... Tahrir — inson erishgan tamaddun namunasi. Bunaqa oson voz kechvormaylik... @psixolingvist
2 325
5
https://youtu.be/7ZYl4IIPX5M?si=MvpCmRTXrd8lWYL7
1 898
6
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin. Vatanimiz hamisha erkin va ozod bo‘lsin. Yurt mustaqilligi buyuk neʼmat. Buni esimizdan chiqarmaylik. @psixolingvist
1 640
7
Tarjima mashaqqatlari (tarjimonlarga layfxak!) O‘zbek tili feʼl faol qo‘llanadigan til. Rus tili, ingliz tilida ko‘pincha ot yo sifat predikat bo‘lib kelaveradi. Masalan, Maksim Galkin bir paytlar "А мне 26" deb nomlangan konsert bergan edi. O‘sha yillarda qo‘shiqchi Shahzoda o‘z konsertini "Ijodimga o‘n besh yil" deb nomlagan. O‘zbekchada jumla tugallanmaganligi sezasiz, to‘g‘rimi? Savol paydo bo‘ladi: nima o‘n besh yil? Ingliz tilidan qilingan tarjimada quyidagicha gap kelyapti: Demak, so‘z tartibida zamonga bog‘liq o‘zgarish mavjud. Ko‘zda tutilgan mazmun bunaqa o‘zbekcha gapda chiqmayapti. Maʼno chiqishi uchun o‘zbekchasi qanday bo‘lishi kerak: Demak, so‘z tartibi zamonga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Aksariyat hollarda tarjimadagi g‘alizlik shundan kelib chiqadi. O‘zbekchada shunaqa yo shunga o‘xshash gap eshitganmanmi deb tarjimon o‘ziga savol berib ko‘rishi kerak. Shuning uchun turkchadan qilingan tarjimalar ancha silliq. Ayrim so‘zlar noo‘rin qo‘llanvorishini aytmaganda. Xullas, iloji boricha kesim feʼl bilan ifodalangani maʼqul. @psixolingvist
2 479
8
Yaqinda jizzaxlik 20 yoshli blogger qizning avtohalokatda vafot qilgani haqida aytishdi. Videolari vafotidan so‘ng ommalashib ketgan emish. E'tiborimni tortgani — qizning sahifasi unchalik aktiv bo‘lmagan paytda: "Men o‘lganimdan keyin mashhur bo‘lib ketaman, videolarim rekka chiqadi, hamma meni taniydi", mazmunida gapirgan videosi bo‘ldi. "O‘lsam hamma meni taniydi" duosi. Va uning ijobati. **** Qur'onda hazrati Yusuf va Zulayxo qissasida ajoyib nuqta bor: Zulayxo Yusuf (a.s) uni rad qilgani haqida qo‘llarini kesib o‘tirgan mehmon ayollarga aytib beradi. Va tahdid ham qiladi: aytganimni qilmasa, qamayman, xor-u zor bo‘ladi! Shu joyda Yusuf (a.s): { قَالَ رَبِّ ٱلسِّجۡنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدۡعُونَنِيٓ إِلَيۡهِ} Parvardigorim, bular chorlayotgan narsadan ko‘ra zindon menga yaxshiroq". (33) { فَٱسۡتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ} "Bas, Parvardigori (Yusufning duosini) ijobat qildi ". (34) Ustozlar: "Shu joyda vazirlikni so‘rasalar ham ijobat bo‘lib ketardi", deydilar. Qissalarda (bunisi endi Qur'ondanmas) Yusuf (a.s) bolalik yillarida o‘zlarini ko‘zguda ko‘rib, o‘zlaricha "Meni qulbozorda sotsa qanchaga olisharkin", derkanlar. Keyinchalik uning ijobat qilingani Qur'onda kelgan: { وَشَرَوۡهُ بِثَمَنِۭ بَخۡسٖ دَرَٰهِمَ مَعۡدُودَةٖ} (Yusufni quduqdan topib olganlar) uni arzon bahoda — bir necha tangaga sotib yubordilar". (20) **** Albatta, qadar bitilgan. Biz kelajakda nima bo‘lishini oldindan bilmaymiz. Qadar bizdan berkitilgan. Nima qilishimiz kerakligi esa berkitilmagan. A'zolarimizni sababga bog‘laymiz. Qalbimizni Allohga tavakkulga bog‘laymiz. Bilmaganimizga bilganimizni mahkam quchib oldinga qadam tashlaymiz: chiroyli duolar qilamiz, Alloh taolodan uning ulug‘ligiga qarab so‘raymiz, gumonni chiroyli qilamiz, o‘zimiz haqimizda yaxshi narsalar kutamiz. Postni Rumiy dahosining quyidagi hikmati bilan yakunlasak: "Dunyoda boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa uchun, sabab olamida sanoqsiz ehtimol uxlab yotadi. Siz ogʻzingizdan chiqarayotgan soʻzlaringiz bilan u ehtimollarni uygʻotasiz. Goʻzal kalimalar soʻzlangki, goʻzal ehtimollar uygʻonsin. Insonning taqdiriga boʻladigan ta'siri mana shu oʻrindadir". @qizingizyozdi
2 149
9
#mulohaza Baʼzan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun og‘riqdan o‘tish shart... Balki baʼzan emas. Doim. Nega bunaqa? Bilmadim, balki tarbiyalanarmiz... «Og‘riqlar ulg‘aytirdi bizni, Baxtdan erkalandik, yoshardik.» @psixolingvist
2 579
10
Geminidan tavsiya: ".. ayamasdan yotib dam oling." Qanday go‘zal va original jumla! @psixolingvist
2 505
11
#havola Iqtisodiyotni hikoyalar bilan o‘rgansa bo‘ladi(mi?) “Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” kitobi tarjimoni Yorqinjon Haydarov bu borada nima deydi? Batafsil 👉 https://youtu.be/oF5G4AHy9Rc?si=tmNjw4HNF1oe2i5S Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2 818
12
#havola “Cheklangan resurslar sharoitida odamlarning cheksiz ehtiyojlarini qanday qondirish kerak?” “Iqtisodiyotning muxtasar
#havola “Cheklangan resurslar sharoitida odamlarning cheksiz ehtiyojlarini qanday qondirish kerak?” “Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” kitobi tarjimoni Yorqinjon Haydarovning iqtisodiyotga qiziquvchilar uchun chinakam “intellektual xazina” bo‘lgan ushbu asar haqidagi fikrlarini tez kunda e’tiboringizga havola qilamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1
13
Tarjima mashaqqatlari "biz kabi barmoqlar soniga ega bo‘lgan" Gap fantastik asardagi mahluqlar haqida ketyapti. Tarjima gap. Ingliz tilining qolipi saqlangan va o‘zbekcha so‘zlar qo‘yilgan. TARJIMA BUNDAY QILINMAYDI! O‘zbekchada nima deyiladi? "Barmoqlarining soni bizniki bilan bir xil bo‘lgan" deyiladi. Tarjimaga masʼuliyat olgan odam original matn tilidan ko‘ra qaysi tilga o‘girayotgan bo‘lsa o‘sha tilni yaxshi bilishi kerak. U til uning ona tilisi ekanligi yaxshi bilishini kafolatlamaydi. Afsuski, bizda o‘zbek tilining pragmatikasi na maktab, na universitetda qoyillatib o‘qitilmagani uchun tarjimon yo muharrirning saviyasini faqat va faqat uning lisoniy tajribasi belgilab beradi, u qanchalik ko‘p va xilma-xil matnlar bilan ishlagan. @psixolingvist
3 319
14
Jamoat joyida naushniksiz telefonida video ko'radiganlarga yoki speakerda suhbatlashadiganlarga alohida qozon bor. Naushnigi yo'qligini tushunish mumkin, lekin farosatdan qisib qolgan bo'lsa qiyin ekan.
2 884
15
Dilshoda kabi yosh jurnalistlarimiz menga umid beradi. Dilshodadan ulashganim va Habiba Hamdamdan ulashganim oxirgi ikki post bir-biriga uyg‘un va mening yondashuvimga hamohang. Siz haqiqatni gapiradigan yagona odam bo‘lishingiz mumkin jamoada. Sizga aytgan haqiqatingiz ortidan nafrat ko‘zi bilan qarashar, sizni juda ko‘p odam tushunmas, lekin siz o‘zingiz uchun eng katta yaxshilik qilgan bo‘lasiz. To‘rt yil avval "Subyektiv" ko‘rsatuvining "Oliy taʼlim illyuziyasi" soniga intervyu berganimda intervyudan qaytarkanman ichimda shunaqa yengillik his qilganman. O‘shanda o‘ylagandim har bir inson fitratida rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik bo‘ladi. Inson jamiyat taʼsirida uni bo‘g‘arkan, ichi ham siqilib boraveradi. Nima manfaat bilan bo‘lmasin amalga oshirgan yolg‘oningiz sizni bir kun uyaltirib qo‘yadi. Haqiqat tomonda bo‘lsangiz, vaqt o‘zi hammasini joy-joyiga qo‘yib qo‘yadiki, siz to‘g‘ri qilganingizga ming karra qayta-qayta ishonch hosil qilasiz. Bitta men gapirganim bilan hech narsa o‘zgarmayapti-ku demang. Sizni eshitgan kimsa borki, unga taʼsiringiz bo‘ladi. Ha, natijani ertagayoq ko‘rmasmiz balki. Lekin, ishonchingiz komil bo‘lsin, haq so‘zingiz behuda ketmaydi. @psixolingvist
3 145
16
Haqiqatga sodiq qoling! Yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgan vaziyatda, shunchaki rostini aytib, oqibatini Allohga topshiring. R
Haqiqatga sodiq qoling! Yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgan vaziyatda, shunchaki rostini aytib, oqibatini Allohga topshiring. Rostgo‘ylik qiyin bo‘lishi mumkin, lekin u beradigan xotirjamlik dunyodagi hech qaysi yolg‘on bera olmaydigan ne’matdir. @Habiba_Hamdam
2 444
17
Yana eng chirkin fikr nima, bilasizlarmi? "Bu kimgadir ishlaydi, bu – buyurtma post", – deyishlari bo‘lsa kerak, albatta, bunga asoslar ham bor. Kimlardir shunday "PR" bilan shug‘ullanishini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo shunchaki og‘rinib, ichki mas'uliyat sabab yozish mumkinligi hech kimni o‘ylantirmay qo‘ygan. Bu narsa ularga begonadek. Shunchalik tubga tushib ketganmizki, ezgulik va yaxshilik haqida o‘ylamay qo‘yganmiz. To‘g‘ri aytasiz, juda yosh va soddaligim uchun ham shular haqida yozayotgandirman, balki. To‘g‘ri aytasiz, nega kerak bunday boshog‘riq. Hayotim oldinda bo‘lsa 🙂 Gap shundaki, vijdon masalasi bor. O‘zimizga savol berib, taftish qilishni boshlagan kunimiz harakatlarimiz, ishlarimiz haqida ham o‘ylay boshlaymiz, menimcha. Siz va mendan nima qoladi? Faqat xotira. U istalgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Yaxshi yoki yomon ekani o‘zingizga havola. Hammamiz O‘zbekiston bolalari, yomon bo‘lsin demaymiz.
2 048
18
#yo‘l-yo‘lakay #mulohaza #1 Sahar soat uch-to‘rtda xamir qorishga turgan, ishlarini bitirib shundoqqina novvoyxona oldida, daraxt soyasidagi eski divanda un yuqi kiyimlari bilan uxlab yotgan novvoy bolaning uyqusi eng go‘zal uyqu emasmi... #2 Yasharkanmiz, o‘zimizni o‘zimizga ko‘rsatgimiz keladi, nimagadir erishib, eʼtirof eshitgimiz keladi, toki... toki boshqa elementar ehtiyojlarimiz o‘z-o‘zidan ravo bo‘lib turgan ekan... Toki jonimiz og‘rimayotgan ekan, toki oilamiz xotirjam ekan va hkz. Ammo dard bilan yuzma-yuz qolib, yagona ehtiyojimiz organizmimizning beog‘riq ishlab ketishi bo‘lar ekan, anglab yetamizki, bizga titullar kerakmas... eʼtiroflar kerakmas... vaay shuncha qiynchilikka/dardga sabr qipti deb, bizga qoyil qolishlari kerakmas... Bizga shunchaki marhamat kerak... Men mayli loyiq emasdim, ojiz edim, xatolarim ko‘p edi, lekin Alloh menga marhamat qildi, meni u mushkul vaziyatdan o‘zi qutqardi — shu... shu asl ehtiyojimiz... Qiyinchilik, dardning shunisi muhimki, ularning oloviga yolg‘onlar dosh berolmaydi... Alloh hammamizga marhamat qilsin... @psixolingvist
2 159
19
#kitob #mulohaza Instagramda rasmlar to‘plamingdan kitob rasmini qo‘y degan chaqiriqqa labbay deb javob berib, galereyamga kirdim. A-ha... Menda kitobning usti emas, asosan ichi rasmga olingan ekan. Agar qasddan, kimgadir ko‘rsatish, hikoyaga qo‘yish uchun olmagan bo‘lsam, kitobning ustini rasmga olmas ekanman demak. O‘zi shu ko‘p kitob o‘qish masalasida oxirgi vaqtda maqtana olmayman. Sabablari ko‘p. Birinchisi, ilmiy maqola o‘qiyman ko‘proq. Bu ishim, faoliyatim bilan bog‘liq. Dam olish uchun ilmiy maqola o‘qimayman, albatta. Ikkinchisi, badiiy yo avtobiografik asar o‘qisam, tugatmasdan boshqa ish qila olmayman. Miyamning bir chekkasida o‘chmagan chiroq bo‘lib turaveradi. Bu esa boshqa asosiy ishlarimdan chalg‘itadi. Ko‘pincha, kitobni ikki urinishda uzluksiz o‘qib tugataman. Uchinchisi, bu kam kitob o‘qishimning eng asosiy sababi bo‘lsa kerak - o‘sha kitobdagi tafakkur tarzi miyamda maʼlum vaqt hukmronlik qiladi. Va bu menga yoqmaydi. Bu xuddi uyingga birov kirib xo‘jayinchilik qilganday... @psixolingvist
2 777
20
#mulohaza Ijtimoiy tarmoqda bir videoga ko‘zim tushdi: tasavvur qiling, Allohning huzurida turibsiz, degan gap bilan boshlangan. Va bu gap hayotimiz, umrimizning masʼuliyati qanchalik katta ekanligini yana bir marta eslatdi... O‘tkir Muhammadsobirning "Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q, shunchaki yashashni men odat qildim" degan satrlari yodimga tushdi. Baʼzan dunyoning kengligi, 8 milliarddan biri ekanimiz, umrimiz o‘tkinchiligi tasavvurida balki biz o‘z umrimizni ahamiyatsiz ko‘ramiz. Yo‘q, umrimiz ahamiyatli. Har birimizning hayotimiz qadrli. Bir g‘arblik olim aytgan edi, odamzot yer yuzida paydo bo‘lganidan beri genlarning chatishuvida necha millionlab ehtimollik bor, shuncha ehtimollik ichida sizning tug‘ilganingiz sizning tanlangan ekaningizni bildiradi deb. O‘zimga eslatma bo‘ldi. Sizga ham ilindim. @psixolingvist
3 097