Lingvist Iroda Azimova
Open in Telegram
Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar
Show more3 974
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-4530 days
Posts Archive
Reklamada "Tanlov ko‘r-ko‘rona amalga oshirildi" degan gap mijozda mahsulot haqida ijobiy tasavvur shakllantirmaydi. Hech qanaqasiga.
@psixolingvist
Tahrir va andisha
Oxirgi kunlarda bir narsaga eʼtibor berdim.
Ijtimoiy tarmoq"chi"lar, yaʼni har qanday faoliyatini, hattoki kundalik hayotini ijtimoiy tarmoq orqali yortitayotgan yoki yuritayotgan, reklama qilayotgan, aynan ijtimoiy tarmoq uchun ijod qilayotganlar bilan professionallarni tahrir ajratib turarkan. Yaʼni professionallarda u bor (yoki bor edi...).
Masalan, podkastlar, nimaga pikki-ikki yarim soat, baʼzan undan ham ko‘p? Shunchalik uzoq suhbatning ichida muxlis eshitmasa hech narsa yo‘qotmaydigan gap yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Yoki muxlis shunday ham biladigan gaplar yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Yoki boshlovchi/mezbon mehmonni unutib, o‘zini ko‘rsatishga o‘tib ketgan va bu umumiy kontekstda unchalik ham chiroyli ko‘rinmagan lavhalar yo‘q deb o‘ylaysizmi?
Bularning hammasi axborot shovqinini ko‘paytirib qabul qiluvchiga ortiqcha yuk bo‘ladi.
Tahrirning vazifasi aynan shu ortiqcha yukni yo‘qotish.
Biror ijod namunasini sanʼat darajasiga olib chiqadigan narsa bu — tahrir.
Mana shu tahrirsizlik odamlarni tobora andishasizlashtirib borayotganga o‘xshaydi...
"ha, aytsa, nima qipti?! Ha, ko‘rsatsa nima qipti?! Ha, kuni kecha bir jamoa bo‘lib ishlagan prodyuserini xalqqa yomonlab chiqsa nima qipti? Ha, o‘zi hech narsani tushunmaydigan mavzusida gapirgan bo‘lsa nima qipti? Va hokazo...
Tahrir — inson erishgan tamaddun namunasi. Bunaqa oson voz kechvormaylik...
@psixolingvist
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin. Vatanimiz hamisha erkin va ozod bo‘lsin.
Yurt mustaqilligi buyuk neʼmat. Buni esimizdan chiqarmaylik.
@psixolingvist
Tarjima mashaqqatlari (tarjimonlarga layfxak!)
O‘zbek tili feʼl faol qo‘llanadigan til. Rus tili, ingliz tilida ko‘pincha ot yo sifat predikat bo‘lib kelaveradi. Masalan, Maksim Galkin bir paytlar "А мне 26" deb nomlangan konsert bergan edi.
O‘sha yillarda qo‘shiqchi Shahzoda o‘z konsertini "Ijodimga o‘n besh yil" deb nomlagan. O‘zbekchada jumla tugallanmaganligi sezasiz, to‘g‘rimi? Savol paydo bo‘ladi: nima o‘n besh yil?
Ingliz tilidan qilingan tarjimada quyidagicha gap kelyapti:
Demak, so‘z tartibida zamonga bog‘liq o‘zgarish mavjud.
Ko‘zda tutilgan mazmun bunaqa o‘zbekcha gapda chiqmayapti. Maʼno chiqishi uchun o‘zbekchasi qanday bo‘lishi kerak:
Demak, so‘z tartibi zamonga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Aksariyat hollarda tarjimadagi g‘alizlik shundan kelib chiqadi. O‘zbekchada shunaqa yo shunga o‘xshash gap eshitganmanmi deb tarjimon o‘ziga savol berib ko‘rishi kerak.
Shuning uchun turkchadan qilingan tarjimalar ancha silliq. Ayrim so‘zlar noo‘rin qo‘llanvorishini aytmaganda.
Xullas, iloji boricha kesim feʼl bilan ifodalangani maʼqul.
@psixolingvist
Repost from Qizingiz yozdi...
Yaqinda jizzaxlik 20 yoshli blogger qizning avtohalokatda vafot qilgani haqida aytishdi. Videolari vafotidan so‘ng ommalashib ketgan emish.
E'tiborimni tortgani — qizning sahifasi unchalik aktiv bo‘lmagan paytda: "Men o‘lganimdan keyin mashhur bo‘lib ketaman, videolarim rekka chiqadi, hamma meni taniydi", mazmunida gapirgan videosi bo‘ldi.
"O‘lsam hamma meni taniydi" duosi.
Va uning ijobati.
****
Qur'onda hazrati Yusuf va Zulayxo qissasida ajoyib nuqta bor:
Zulayxo Yusuf (a.s) uni rad qilgani haqida qo‘llarini kesib o‘tirgan mehmon ayollarga aytib beradi. Va tahdid ham qiladi: aytganimni qilmasa, qamayman, xor-u zor bo‘ladi!
Shu joyda Yusuf (a.s):
{ قَالَ رَبِّ ٱلسِّجۡنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدۡعُونَنِيٓ إِلَيۡهِ}
Parvardigorim, bular chorlayotgan narsadan ko‘ra zindon menga yaxshiroq". (33)
{ فَٱسۡتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ}
"Bas, Parvardigori (Yusufning duosini) ijobat qildi ". (34)
Ustozlar: "Shu joyda vazirlikni so‘rasalar ham ijobat bo‘lib ketardi", deydilar.
Qissalarda (bunisi endi Qur'ondanmas) Yusuf (a.s) bolalik yillarida o‘zlarini ko‘zguda ko‘rib, o‘zlaricha "Meni qulbozorda sotsa qanchaga olisharkin", derkanlar.
Keyinchalik uning ijobat qilingani Qur'onda kelgan:
{ وَشَرَوۡهُ بِثَمَنِۭ بَخۡسٖ دَرَٰهِمَ مَعۡدُودَةٖ}
(Yusufni quduqdan topib olganlar) uni arzon bahoda — bir necha tangaga sotib yubordilar". (20)
****
Albatta, qadar bitilgan. Biz kelajakda nima bo‘lishini oldindan bilmaymiz.
Qadar bizdan berkitilgan.
Nima qilishimiz kerakligi esa berkitilmagan.
A'zolarimizni sababga bog‘laymiz.
Qalbimizni Allohga tavakkulga bog‘laymiz.
Bilmaganimizga bilganimizni mahkam quchib oldinga qadam tashlaymiz: chiroyli duolar qilamiz, Alloh taolodan uning ulug‘ligiga qarab so‘raymiz, gumonni chiroyli qilamiz, o‘zimiz haqimizda yaxshi narsalar kutamiz.
Postni Rumiy dahosining quyidagi hikmati bilan yakunlasak:
"Dunyoda boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa uchun, sabab olamida sanoqsiz ehtimol uxlab yotadi. Siz ogʻzingizdan chiqarayotgan soʻzlaringiz bilan u ehtimollarni uygʻotasiz.
Goʻzal kalimalar soʻzlangki, goʻzal ehtimollar uygʻonsin. Insonning taqdiriga boʻladigan ta'siri mana shu oʻrindadir".
@qizingizyozdi
#mulohaza
Baʼzan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun og‘riqdan o‘tish shart... Balki baʼzan emas. Doim.
Nega bunaqa?
Bilmadim, balki tarbiyalanarmiz...
«Og‘riqlar ulg‘aytirdi bizni,
Baxtdan erkalandik, yoshardik.»
@psixolingvist
Geminidan tavsiya:
".. ayamasdan yotib dam oling."
Qanday go‘zal va original jumla!
@psixolingvist
Repost from 1000KITOB
#havola
“Cheklangan resurslar sharoitida odamlarning cheksiz ehtiyojlarini qanday qondirish kerak?”“Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” kitobi tarjimoni Yorqinjon Haydarovning iqtisodiyotga qiziquvchilar uchun chinakam “intellektual xazina” bo‘lgan ushbu asar haqidagi fikrlarini tez kunda e’tiboringizga havola qilamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tarjima mashaqqatlari
"biz kabi barmoqlar soniga ega bo‘lgan"
Gap fantastik asardagi mahluqlar haqida ketyapti.
Tarjima gap. Ingliz tilining qolipi saqlangan va o‘zbekcha so‘zlar qo‘yilgan.
TARJIMA BUNDAY QILINMAYDI!
O‘zbekchada nima deyiladi?
"Barmoqlarining soni bizniki bilan bir xil bo‘lgan" deyiladi.
Tarjimaga masʼuliyat olgan odam original matn tilidan ko‘ra qaysi tilga o‘girayotgan bo‘lsa o‘sha tilni yaxshi bilishi kerak.
U til uning ona tilisi ekanligi yaxshi bilishini kafolatlamaydi.
Afsuski, bizda o‘zbek tilining pragmatikasi na maktab, na universitetda qoyillatib o‘qitilmagani uchun tarjimon yo muharrirning saviyasini faqat va faqat uning lisoniy tajribasi belgilab beradi, u qanchalik ko‘p va xilma-xil matnlar bilan ishlagan.
@psixolingvist
Repost from Le Professeur
Jamoat joyida naushniksiz telefonida video ko'radiganlarga yoki speakerda suhbatlashadiganlarga alohida qozon bor.
Naushnigi yo'qligini tushunish mumkin, lekin farosatdan qisib qolgan bo'lsa qiyin ekan.
Dilshoda kabi yosh jurnalistlarimiz menga umid beradi. Dilshodadan ulashganim va Habiba Hamdamdan ulashganim oxirgi ikki post bir-biriga uyg‘un va mening yondashuvimga hamohang.
Siz haqiqatni gapiradigan yagona odam bo‘lishingiz mumkin jamoada.
Sizga aytgan haqiqatingiz ortidan nafrat ko‘zi bilan qarashar, sizni juda ko‘p odam tushunmas, lekin siz o‘zingiz uchun eng katta yaxshilik qilgan bo‘lasiz.
To‘rt yil avval "Subyektiv" ko‘rsatuvining "Oliy taʼlim illyuziyasi" soniga intervyu berganimda intervyudan qaytarkanman ichimda shunaqa yengillik his qilganman. O‘shanda o‘ylagandim har bir inson fitratida rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik bo‘ladi. Inson jamiyat taʼsirida uni bo‘g‘arkan, ichi ham siqilib boraveradi.
Nima manfaat bilan bo‘lmasin amalga oshirgan yolg‘oningiz sizni bir kun uyaltirib qo‘yadi. Haqiqat tomonda bo‘lsangiz, vaqt o‘zi hammasini joy-joyiga qo‘yib qo‘yadiki, siz to‘g‘ri qilganingizga ming karra qayta-qayta ishonch hosil qilasiz.
Bitta men gapirganim bilan hech narsa o‘zgarmayapti-ku demang. Sizni eshitgan kimsa borki, unga taʼsiringiz bo‘ladi.
Ha, natijani ertagayoq ko‘rmasmiz balki. Lekin, ishonchingiz komil bo‘lsin, haq so‘zingiz behuda ketmaydi.
@psixolingvist
Repost from Habiba Hamdam | Podkastlar
Haqiqatga sodiq qoling!
Yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgan vaziyatda, shunchaki rostini aytib, oqibatini Allohga topshiring.Rostgo‘ylik qiyin bo‘lishi mumkin, lekin u beradigan xotirjamlik dunyodagi hech qaysi yolg‘on bera olmaydigan ne’matdir. @Habiba_Hamdam
Repost from Dilshooda
Yana eng chirkin fikr nima, bilasizlarmi? "Bu kimgadir ishlaydi, bu – buyurtma post", – deyishlari bo‘lsa kerak, albatta, bunga asoslar ham bor. Kimlardir shunday "PR" bilan shug‘ullanishini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo shunchaki og‘rinib, ichki mas'uliyat sabab yozish mumkinligi hech kimni o‘ylantirmay qo‘ygan. Bu narsa ularga begonadek. Shunchalik tubga tushib ketganmizki, ezgulik va yaxshilik haqida o‘ylamay qo‘yganmiz.
To‘g‘ri aytasiz, juda yosh va soddaligim uchun ham shular haqida yozayotgandirman, balki. To‘g‘ri aytasiz, nega kerak bunday boshog‘riq. Hayotim oldinda bo‘lsa 🙂
Gap shundaki, vijdon masalasi bor. O‘zimizga savol berib, taftish qilishni boshlagan kunimiz harakatlarimiz, ishlarimiz haqida ham o‘ylay boshlaymiz, menimcha. Siz va mendan nima qoladi? Faqat xotira. U istalgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Yaxshi yoki yomon ekani o‘zingizga havola.
Hammamiz O‘zbekiston bolalari, yomon bo‘lsin demaymiz.
#yo‘l-yo‘lakay
#mulohaza
#1
Sahar soat uch-to‘rtda xamir qorishga turgan, ishlarini bitirib shundoqqina novvoyxona oldida, daraxt soyasidagi eski divanda un yuqi kiyimlari bilan uxlab yotgan novvoy bolaning uyqusi eng go‘zal uyqu emasmi...
#2
Yasharkanmiz, o‘zimizni o‘zimizga ko‘rsatgimiz keladi, nimagadir erishib, eʼtirof eshitgimiz keladi, toki... toki boshqa elementar ehtiyojlarimiz o‘z-o‘zidan ravo bo‘lib turgan ekan... Toki jonimiz og‘rimayotgan ekan, toki oilamiz xotirjam ekan va hkz.
Ammo dard bilan yuzma-yuz qolib, yagona ehtiyojimiz organizmimizning beog‘riq ishlab ketishi bo‘lar ekan, anglab yetamizki, bizga titullar kerakmas... eʼtiroflar kerakmas... vaay shuncha qiynchilikka/dardga sabr qipti deb, bizga qoyil qolishlari kerakmas...
Bizga shunchaki marhamat kerak...
Men mayli loyiq emasdim, ojiz edim, xatolarim ko‘p edi, lekin Alloh menga marhamat qildi, meni u mushkul vaziyatdan o‘zi qutqardi — shu... shu asl ehtiyojimiz...
Qiyinchilik, dardning shunisi muhimki, ularning oloviga yolg‘onlar dosh berolmaydi...
Alloh hammamizga marhamat qilsin...
@psixolingvist
#kitob
#mulohaza
Instagramda rasmlar to‘plamingdan kitob rasmini qo‘y degan chaqiriqqa labbay deb javob berib, galereyamga kirdim.
A-ha... Menda kitobning usti emas, asosan ichi rasmga olingan ekan.
Agar qasddan, kimgadir ko‘rsatish, hikoyaga qo‘yish uchun olmagan bo‘lsam, kitobning ustini rasmga olmas ekanman demak.
O‘zi shu ko‘p kitob o‘qish masalasida oxirgi vaqtda maqtana olmayman.
Sabablari ko‘p. Birinchisi, ilmiy maqola o‘qiyman ko‘proq. Bu ishim, faoliyatim bilan bog‘liq. Dam olish uchun ilmiy maqola o‘qimayman, albatta.
Ikkinchisi, badiiy yo avtobiografik asar o‘qisam, tugatmasdan boshqa ish qila olmayman. Miyamning bir chekkasida o‘chmagan chiroq bo‘lib turaveradi. Bu esa boshqa asosiy ishlarimdan chalg‘itadi. Ko‘pincha, kitobni ikki urinishda uzluksiz o‘qib tugataman.
Uchinchisi, bu kam kitob o‘qishimning eng asosiy sababi bo‘lsa kerak - o‘sha kitobdagi tafakkur tarzi miyamda maʼlum vaqt hukmronlik qiladi. Va bu menga yoqmaydi. Bu xuddi uyingga birov kirib xo‘jayinchilik qilganday...
@psixolingvist
#mulohaza
Ijtimoiy tarmoqda bir videoga ko‘zim tushdi: tasavvur qiling, Allohning huzurida turibsiz, degan gap bilan boshlangan.
Va bu gap hayotimiz, umrimizning masʼuliyati qanchalik katta ekanligini yana bir marta eslatdi...
O‘tkir Muhammadsobirning "Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q, shunchaki yashashni men odat qildim" degan satrlari yodimga tushdi.
Baʼzan dunyoning kengligi, 8 milliarddan biri ekanimiz, umrimiz o‘tkinchiligi tasavvurida balki biz o‘z umrimizni ahamiyatsiz ko‘ramiz.
Yo‘q, umrimiz ahamiyatli. Har birimizning hayotimiz qadrli.
Bir g‘arblik olim aytgan edi, odamzot yer yuzida paydo bo‘lganidan beri genlarning chatishuvida necha millionlab ehtimollik bor, shuncha ehtimollik ichida sizning tug‘ilganingiz sizning tanlangan ekaningizni bildiradi deb.
O‘zimga eslatma bo‘ldi. Sizga ham ilindim.
@psixolingvist
Hamid Sodiq men nihoyatda hurmat qiladigan mutaxassis va vatan farzandi.
Ertalabdan ushbu fikrini o‘qib, o‘ylanib qoldim.
Xususan, "Zamonaviy inson uchun turizm muvaffaqiyat belgisi".
Rostdan ham shunday, ammo bunga olib kelgan sabablar talaygina nazarimda.
Birinchisi, biz "har qanday chet el men yashayotgan joydan yaxshiroq" degan qarash singdirilgan xalqmiz. Ha, mustamlaka bo‘lganimiz buning asosiy sababi.
Ikkinchidan, bizda sayohat faqatgina boylar o‘ziga ravo ko‘ra oladigan dabdaba edi yaqin-yaqingacha. O‘rtahol oilalar bu haqida hatto orzu qilishga jurʼat qilmasdi.
Uchinchidan, mentalitetimizda dam olish, bayram qilish bekorchilik bilan tenglashtirilgan. Masalan, bolaligimda Navro‘z bayrami kuni nuqul o‘n uch sotixlik shudgorimizga pomidor ko‘chati ekish bilan o‘tkazganmiz. Uyda mehnat, ish qilinmagan vaqt bu ovqatlanish, kechki ovqat paytida televizor ko‘rishdan boshqa narsa bo‘lmagan. Shu kontekstda dam olishga pul sarflab sayohatga chiqish bu salkam jinoyatday qaralgan.
Eslayman, mustaqil o‘z oilam bilan birinchi sayohatga ketayotganimizni aytganimda atrofimdagilar bir oz hayron bo‘lishgan, shuncha pul sarflab zarilmi, deyishgan.
O‘sha sayohatgacha mening barcha chet el safarlarim o‘qish uchun bo‘lgan edi. Lekin shunday bo‘lsa-da, birinchi marta chet elga borganimda bu psixik holatimga shunaqa ijobiy taʼsir qilganki, odamlar bekorga dam olish uchun chetga sayohat qilishmas ekan, deb o‘ylaganman.
Men esa sayohatni yoqlayman. Mayli, birovlarga ko‘z-ko‘z qilish uchun bo‘lsa ham. Chunki insonning ko‘rgan muhiti faqat o‘z mamlakati bilan cheklansa, butun dunyo shunaqa degan tasavvurni shakllantiradi. Bu esa tafakkurni biryoqlama qilib qo‘yadi. Chet mamlakatlarni ko‘rgan odamda shu tafakkur ochiladi. Tafakkur erkinlashadi.
Chetga o‘qishga borayotganimda deyarli doim Moskva orqali uchganman. U yerda baʼzan uch-to‘rt kun qolishimga to‘g‘ri kelgan. Moskvada juda ko‘p narsa o‘zimiz bilan bir xil edi. Undan Barselonaga yoki Berlinga yetib borganimdagi taassurotim mutlaqo farqli bo‘lgan. Boshqa tabiat, boshqa tizim. Shu sabab post-sovet hududi menga sayohat uchun jozibador tuyulmaydi. Yaʼni farq bo‘lishi muhim.
Sayohatlarni qanchalik sevmay, eng yoqimli joyi doim "Biz Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndik. Mahalliy vaqt bilan soat falon, tashqarida havo harorati piston daraja" degan gapni eshitish bo‘lgan. O‘sha hissiyotni boshdan kechirish uchun ham albatta sayohat qilish kerak.
@psixolingvist
