cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sarvinozdan chizgilar

• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar • Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar Psixolog Sarvinoz Omonova Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar Instagram: sarvinoz.umar

Show more
Uzbekistan19 844The language is not specifiedPsychology6 972
Advertising posts
2 354
Subscribers
-724 hours
+667 days
+31430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ba'zida ózim yoki boshqalar bilan munosabatlarda "endi bunday qilmayman" deb óylagan — unchalik ham sog'lom bo'lmagan xatti-harakatlar qilayotganimni sezib qolaman. Ótilgan, ózlashtirilgan darsni yana unutib qóygan óquvchiday. Masalan, ózimga katta talab qóyishim mumkin, kimdir shaxsiy chegaramni buzganida ósha lahzadayoq nozoriligimni bildirolmasligim mumkin. Kuchli stress paytlarida oq-qora shablon fikrlashim mumkin. Ichki perfektsionistim: "Psixolog bóla turib, bularga yól qóymasliging kerak" deydi. Bir muncha vaqt xavotir, uyat, aybdorlik his qilaman. Ichki yetuk "men"im: "Psixikani, ongostini tóla boshqarib bólmaydi. Travmalar va himoya mexanizmlarining ta'siri ancha katta. Psixologlarning eng muhim vazifasi — mijozlariga yaxshi yordam berolishi uchun ózi doimiy terapiya olishi. Sen shu ishni qilyapsan. Bundan tashqari, hech qaysi psixolog — tóla sog'lom, yetuk va ideal emas" deydi. Yengillik, kuch va ishtiyoq bilan yashashga kirishaman.
Show all...
54🔥 26🤗 19🕊 6🍾 1
Yashashning boshqacha koʻrinishlari Bir necha yil oldin turk tilidagi jurnal sotib olgandim, adabiyot va san’at haqida edi. Varaqalayotib, bir raqqos ayolning hikoyasiga koʻzim tushdi. Bu hikoyada meni jalb qilgan narsa — 35 yoshlar atrlfidagi ayolning bir necha mamlakatda amalga oshirgan yolgʻiz piyoda sayohatlari edi. Bosib oʻtishga bir necha hafta va oy kerak boʻladigan “xoch yoʻllari”dan yurarkan. Hikoya soʻngida ayolning instagram sahifasi manzili berilgandi — darrov qidirib topdim (@hareketamiri) Oʻsha paytlari adashmasam Yaponiya sayohatida yoki undan qaytgandi. Istanbuldagi men sevgan — Heybeliada orolida yasharkan, bir mushugi va iti bilan. Eko-odatlarga qiziqishim shu ayolning sahifasini kuzatishdan boshlandi. Ijtimoiy va siyosiy fikrlari Turkiya haqidagi dunyoqarashimni kengaytirdi. Yolgʻiz piyoda sayohatlaridan tashqari meni hayron qoldirgan narsa — turmush qurmaganligi va farzandi yoʻqligi edi. Ichimdagi konservativ odamcha biroz xavotir bilan nazar solsa, ichimdagi isyonchi bolakay qoliplardan tashqarida yashovchi ayolni koʻrishdan zavqlanardi. Keyinroq bir shoir bilan tantanasiz turmush qurishdi, hozir Portugaliyaga koʻchib oʻtishgan. Yaqinda u ayol yana yolgʻiz piyoda sayohatga chiqdi, Portugaliyani oʻzida. Turmush qurganidan keyin ham, oʻzining xavfli va zavqli mashgʻulotidan voz kechmayapti. Ichki sayohatni taqozo qiladigan tashqi sayohatlarda davom etyapti. Qoliplardan tashqarida yashaydigan shunday odamlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni yaxshi koʻraman. Koʻrishga oʻrganganimiz — “muvaffaqiyatli muvaffaqiyat” hikoyalari bugʻishni boshlaganida boshqacha yashaydigan insonlarning borligini eslash ancha xotirjamlik beradi. Hayot faqatgina — 30 yoshgacha erishib qolish kerak boʻlgan marralar(turmush va farzandlar, shaxsiy uy, mashina, karyerada muvaffaqiyat) yigʻindisi emasligi, u ancha keng qamrovli, murakkab, turfa koʻrinishlarga ega ekanini bilish yashashni osonlashtiradi.
Show all...
85🔥 18🕊 13🤗 5
📚Travmalaringizni aniqlash va ularni (qanchadir darajada) davolashga yordam beruvchi kitoblar: • "Adult children of emotionally immature parents" (Lindsay C.Gibson) — hissiy yetuk bólmagan ota-onalarning farzandlari uchun. Bunday ota-onalar anchagina, shu sababdan kópchilikka foydali bóladi. Emotsional yetilmaganlik belgilari, bunday ota-ona bilan bolada qanday muammolar shakllanadi — shular haqida. • "Recovering from emotionally immature parents" — yuqoridagi kitobning davomi. Bunda ózingizga yordam berish bóyicha tavsiyalar bor. • "Ребенок в тебе должен обрести дом" (Стефани Шталь) — ichki bolakayning qanday ehtiyojlari bor, bu ehtiyojlar qondirilmaganda nima bóladi, ichki bolakayingizga qanday yordam berishingiz mumkinligi haqida. • "Тайная опора" (Людмила Петрановская") — bolaning ruhiy salomatligida ota-onasi va boshqa yaqinlari bilan bog'langanlikning ahamiyati haqida. Farzand tarbiyasida katta yordam beradi.
Show all...
50🔥 10
Atmosferasi senga mos serial topish biram yoqimliki... Tuzalish chog'ida "Maestro in blue" serialini tomosha qildim (Netflixda). Voqealar gózal manzarali grek orolida bóladi. Órtayer dengizi va yoz estetikasini yaxshi kórsangiz, maza qilishingiz aniq. Klassik musiqa va psixologiya shaydosi bólsangiz-ku, ekstazning yana-da yuqoriroq darajasiga chiqasiz. Serialda insoniy munosabatlarning (taqiqlangan, realistik, azobli, nosog'lom, samimiy va h.k.) turli-tuman kórinishlari aks etgan, ózingizga yaqini va tanishini topishingiz ehtimoli katta. Hech qaysi qahramon ideal emas, har birining og'riqlari va zaif jihatlari bor. Yevropalik odamlar ham, jamiyatlar ham muhofazakor bólishi mumkinligi aks etgan serialda. Ha, orol juda chiroyli. Lekin unda yashash unchalik ham komfort emas. 16-mayda serialning 2-mavsumi chiqar ekan. 1-mavsumga tóymasangiz, yana bir porsiya gózallik bor😌👌🏻
Show all...
30🔥 6😁 5🍾 3🤗 1
Tanaffusdan keyin kanalga qaytish biram qiyineeey🥲Hozircha mendan photo dump✨ Ótgan hafta oxirlarida qattiq shamollab, 3-4 kun yotib qoldim. Nega bunday bólganini psixologik sabablarini qidirdim, sabablar kópligidan bir tóxtamga kelolmadim. Aprel ham emotsional jihatdan og'ir, ham kótarinki ruhiyatda ótgandi, charchaganman shekilli. Juda qiyin yoga seriyasini boshlagandim, balki shu ham ta'sir qildi. Kasal bólishni yomon kóraman, lekin bu perezagruzkaga óxshaydi. Olamga, ózimga yangi kóz bilan qarashni boshlayman. Yangi self-care odatlar shakllantiraman. Hozir biz tomonlarda yomg'irli, salqin kunlar mavsumi. Har kuni yurishga chiqyapman, baland-pastliklardan nolimasdan. Ishga ham sekin-asta qaytyapman. Yangi postlar yólda🌿
Show all...
63🤗 14🔥 6🕊 6💅 3
Ba'zi mijozlarim bilan konsultatsiyada kun tartibini sórayman. Ertalabdan kechgacha vazifalar bilan tóla bóladi. Dam olish, zavqlanish, hech narsa qilmaslikka esa vaqt ajratilmagan. Qanday qilib charchoq, hafsalasizlik, prokrastinatsiya bólmasin bunday sharoitlarda? Bu post va foto — dam olib turishingiz uchun eslatma🍀
Show all...
81🤗 16💅 6🍾 4🔥 2🕊 2💔 1
Hamma narsani eplaydigan “yaxshi” qizlar nega baxtsiz? Oʻqimishli, koʻp narsaga erishgan, bir necha chet tilini biladigan, odamlar bilan yaxshi chiqisha oladigan — lekin ruhiy muammolar buketiga ega qizlarga koʻzingiz tushgandir. Ular hozir juda koʻp. Nega? Katta avlod ichida mazoxist onalar anchagina. Yo eri, yoki qaynonasining zoʻravonliklaridan ezilib yashash — ular uchun normal holat. Mazoxist onalar — koʻpincha qizlarini oʻziga ona qilib olishadi. Hali ulgʻaymagan qizlar xoʻrlangan onasini yupatadi, qanday boʻlish kerakligi borasida maslahatlar beradi, otasidan himoya qilish yoʻllarini qidiradi. Bundan tashqari, yaxshi oʻqiydi, shoʻxliklar qilmaydi, yigitlar bilan gaplashmaydi — axir shundogʻam ogʻir ahvoldagi onasiga ortiqcha xavotir keltirmasligi kerak. Mazoxist onaning odatda sadist farzandi ham boʻladi — koʻpincha oʻgʻil farzand. Mas’ilyatsiz/alkogol yoki narkotikka qaram/katta qarzdorlikka ega/jinoyat sodir etgan bu oʻgʻil mazoxist onaning navbatdagi azob manbasiga aylanadi. Yupatuvchi qiz farzand onasini butun umri davomida endi akasi yo ukasidan ham himoya qilishga urinadi. “Yaxshi” qizlar — oilasida emotsional ehtiyojlari(yaqinlik, qoʻllab-quvvatlash, hurmat, qiziqish, erkinlik)ning yetarlicha qondirilmasligiga oʻrgangan boʻladi. Shuning uchun ham sadist yigit/er bilan munosabat oʻrnatadi va bu munosabatdan ketishi qiyin. Munosabat, oila uchun mas’uliyatni faqat oʻziga olish esa — koʻtarishga oʻrgangan yuki. Bundan tashqari, “yaxshi” qizlar — yotoqda eriga shou koʻrsatish, uni pul ishlab topishga ruhlantirish, koʻnglining boshqalarga chopmasligi uchun xiylalarni oʻzlashtirishga yordam beradigan treninglarga ham qatnashadi. Nartsiss/ sadist/infantil er bilan toʻgʻri gaplashishdan naf koʻrmagan chunki. Bu postda oʻzingizni koʻrgan boʻlsangiz, ertangi “Mazoxizm. Azobsiz hayotga kirish” leksiyamga taklif qilib qolaman: t.me/mazoxizm_leksiya
Show all...
🕊 33💔 25🔥 17😁 6 5🤗 5💅 1
I can buy myself flowers... But Kimdir bergan gul boshqacha. Shundaymasmi?
Show all...
135🔥 15🍾 11🤗 10🕊 5💅 2
Komment yozish funksiyasi hozircha yopiq bólsa-da, bu sizlar menga yozmasligingizni xohlayman degani emas! Shaxsiy akkauntimga kanalim, postlarim va ózingizda bólayotgan ózgarishlar haqida bemalol fikrlaringizni yozavering (kanal bio'sida kórsatilgan) Bundan maza qilaman va yanayam kóproq faol bólgim keladi🤍 Tepadagi xabarlardan juda quvondim, rahmat!
Show all...
🔥 31 17🍾 10
Hozir pushti rang bilan shu qadar dóstlashganmankiii, oxirgi chizgan portretlarimning aksariyatida pushti bóyoqlardan foydalanganman. Videoda shulardan biri💅🏻
Show all...
40🔥 17🤗 2