Lingvist Iroda Azimova
Ir al canal en Telegram
Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar
Mostrar más4 076
Suscriptores
+524 horas
+737 días
+39030 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
julio '26
julio '26
+421
en 31 canales
junio '26
+296
en 17 canales
Get PRO
mayo '26
+84
en 11 canales
Get PRO
abril '26
+197
en 12 canales
Get PRO
marzo '26
+95
en 5 canales
Get PRO
febrero '26
+70
en 9 canales
Get PRO
enero '26
+499
en 19 canales
Get PRO
diciembre '25
+126
en 14 canales
Get PRO
noviembre '25
+188
en 14 canales
Get PRO
octubre '25
+235
en 10 canales
Get PRO
septiembre '25
+282
en 18 canales
Get PRO
agosto '25
+203
en 18 canales
Get PRO
julio '25
+117
en 8 canales
Get PRO
junio '25
+158
en 12 canales
Get PRO
mayo '25
+188
en 12 canales
Get PRO
abril '25
+268
en 14 canales
Get PRO
marzo '25
+151
en 8 canales
Get PRO
febrero '25
+126
en 6 canales
Get PRO
enero '25
+259
en 10 canales
Get PRO
diciembre '24
+156
en 4 canales
Get PRO
noviembre '24
+123
en 11 canales
Get PRO
octubre '24
+149
en 12 canales
Get PRO
septiembre '24
+120
en 4 canales
Get PRO
agosto '24
+217
en 8 canales
Get PRO
julio '24
+84
en 3 canales
Get PRO
junio '24
+31
en 2 canales
Get PRO
mayo '24
+136
en 3 canales
Get PRO
abril '24
+72
en 4 canales
Get PRO
marzo '24
+113
en 3 canales
Get PRO
febrero '24
+119
en 1 canales
Get PRO
enero '24
+159
en 5 canales
Get PRO
diciembre '23
+174
en 13 canales
Get PRO
noviembre '23
+109
en 4 canales
Get PRO
octubre '23
+467
en 10 canales
Get PRO
septiembre '23
+295
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+234
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+548
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+60
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+222
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+66
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+131
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+452
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+74
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+149
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+490
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+963
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 24 julio | +7 | |||
| 23 julio | +6 | |||
| 22 julio | +11 | |||
| 21 julio | +24 | |||
| 20 julio | +14 | |||
| 19 julio | +32 | |||
| 18 julio | +1 | |||
| 17 julio | +5 | |||
| 16 julio | +14 | |||
| 15 julio | +21 | |||
| 14 julio | +82 | |||
| 13 julio | +32 | |||
| 12 julio | +10 | |||
| 11 julio | +9 | |||
| 10 julio | +11 | |||
| 09 julio | +15 | |||
| 08 julio | +48 | |||
| 07 julio | +44 | |||
| 06 julio | +17 | |||
| 05 julio | +5 | |||
| 04 julio | +2 | |||
| 03 julio | +4 | |||
| 02 julio | +1 | |||
| 01 julio | +6 |
Publicaciones del Canal
Repost from Iqtisodchi Kundaligi
Yana bir narsa: yozuvni o'zgartirish ko'pincha siyosiy qaror
Alifbo almashtirish kamdan-kam holda sof filologik masala bo'ladi. Odatda uning ortida siyosiy maqsad turadi va bu maqsad ko'pincha yashirilmagan ham.
Turkiyani olaylik. Lotin alifbosiga o'tishning eksplitsit sabablaridan biri — yangi avlodni eski zamon kitoblari va yozuvlaridan uzish edi. Yangi respublika o'zining yangi turkini tarbiyalamoqchi edi, o'tmish esa unga tahdid bo'lib ko'rinardi. Inqilobiy hukumat uchun bu mantiqiy qaror: agar o'tmish tahdid bo'lsa, unga eshikni yopasan. Shunday ham bo'ldi.
Bosqinchilar ham xuddi shu vositadan foydalanadi. Bizda ruslar kelgach, alifbo ikki marta o'zgartirildi: avval 1929-yilda arab yozuvidan lotinchaga, so'ng 1940-yilda kirillchaga.
Bu ketma-ketlikka e'tibor bering. Birinchi o'zgarish o'zbekni o'zining ming yillik yozma merosidan — adabiyotidan, hujjatidan, diniy va ilmiy kitoblaridan uzdi. Ikkinchisi esa o'n bir yil ichida yaratilgan yangi lotin qatlamidan ham, Turkiyadan ham uzdi. Bitta avlod umri davomida ikki marta savodsiz qoldirildi.
Bobolarimizning bobolari juda qisqa vaqt ichida o'qimishsizga aylandi. O'z farzandlariga xatlar yoza olmay qolishdi hatto. Bu nosozlik emas edi: dizayn shunday edi. Bosqinchining maqsadi aynan shu uzilishni ta'minlash bo'lgan: yangi sovet o'zbegi o'z tarixi, o'z adabiyoti, o'z yozma mulki bilan aloqasini yo'qotsin. Armonlar va Gruzinlar aynan shuni deb oxirigacha o'z yozuvini qoldirishga kurashishgan edilar.
Shuning uchun alifbo haqidagi har qanday taklifga bitta savol bilan qarash kerak: buni siyosati nima.
Agar bunday maqsad bo'lsa: hech bo'lmasa uni ochiq aytish kerak, xarajat ham shunga yarasha hisoblanadi. Agar bunday maqsad bo'lmasa, unda savol yanada sodda bo'lib qoladi: nega biz siyosiy vositadan tinchlik davrida foydalanmoqchimiz? Uzilishning narxini to'laymiz, lekin evaziga hech narsa olmaymiz-ku.
| 2 | Davomi
Yoshlikda inson tajribasi kam bo‘lgani uchun yangi narsalar qilishga ishtiyoqli bo‘ladi. Tajriba bo‘lganda edi, yoshlar ham qilishi mumkin bo‘lgan ko‘p ishlarni qilmagan bo‘lardi.
Insoniyatni yaxlit deb olsak, undagi aynan shu ikki jihat yoshlikning tajribasizligi va kuchliligi, qarilikning boy tajribasi va quvvati cheklanganligi rivojlanish mexanizmidagi ikki asosiy o‘q bo‘lsa kerak.
@psixolingvist | 1 194 |
| 3 | #mulohaza
Yoshi ulg‘ayganda odam boy hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, ko‘proq narsani tushunadi, yaxshi-yaxshi g‘oyalarni ijod qila oladi, ularni amalga oshirish usullarini yaxshi tasavvur qila oladi, ammo sog‘liq va jismoniy holat pand beradi.
Shunda inson tajribasi kamroq, ammo kuchi ko‘p yosh avlodga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Insoniyat o‘z tajribasini avloddan avlodga samarali o‘tkaza olishi uchun ham tajriba boy bo‘lgan vaqtda qarib kuchdan qolsak kerak...
@psixolingvist | 1 200 |
| 4 | Jahon chempionatini shu yuqori nuqtada yakunlaymiz deydiyu.
Bu havolada eng chiroyli gol uchun ovoz berilarkan
https://share.google/aCiq20bZ59vTbFVn3
Eldor Shomurodovning goli nomzod bo‘lgani ham katta yutuq aslida.
O‘yinlar davomida his qilganimiz hamjihatlik, birlik haqqi hurmati, ovoz bervoraylik.
@psixolingvist
@psixolingvist | 2 653 |
| 5 | Kuni kecha instagramda bir videoga ko‘zim tushdi: "10 yil oldinga qaytib qolsangiz, nima qilardingiz?" degan savolga o‘tkinchilar javob bergan.
Bir nechtasi ingliz tilini yaxshilab o‘rganardim, yana bir nechtasi "o‘qishga kirmay, blogerlikni boshlardim" degan. Bu ikkala javob jamiyatimizning bugungi kayfiyatiga ko‘zgu, ammo aytmoqchi bo‘lganim boshqa narsa.
Hech narsa uchun hech qachon kech emas.
Rasmdagi shu gapni o‘n yilcha avval, Facebookda inglizcha ko‘rgandim. O‘shanda shunday tarjima qilib, yozib qo‘ygandim, o‘zimga eslatma sifatida.
Rahmatli ustozimiz Abdimajid Po‘latov "Men 45 yoshimda o‘rgandim" derdilar.
Yaʼni menga biror ishni qilishga "endi kech" deyish bahonaga o‘xshab tuyuladi. Nazarimda o‘sha o‘n yil ortga qaytsam, ingliz tilini o‘rganardim deganlarni o‘n yil ortga qaytarsa ham o‘rganmaydi...
Ishtiyoq bo‘lsa, vaqt muammo emas.
@psixolingvist | 1 543 |
| 6 | Izohlarda ko‘pchilik "bir marta pul yetmasa ham o‘tkazvorgani uchun keyin bloklab qo‘yadi" deyishdi. To‘g‘ri ko‘ngilli xalqimizdan aylanay (kesatiq emas).
Mabodo shunaqa qilsa ham, bu mutlaqo mantiqsizlik, muammoga mutlaqo noto‘g‘ri yondashuv deb hisoblasam-da, kartamning kirim-chiqim tarixini tekshirdim.
U karta eski ishxonamdan qolgan, yaʼni o‘zim pul tashlamasam kirim bo‘lmaydi. Uni faqat shu transport uchun ishlataman. Xullas, kirim-chiqimni tekshirdim, yo‘q, unaqa "bir marta shunday o‘tkazvorish" degan narsa umuman bo‘lmagan! Pulni yechvolib, ammo o‘tkazmaslik bo‘lgan. Shundan o‘ylab qoldim, balki qolganlarda ham pul yetmaganda shunday o‘tkazib yuborish bo‘lmagandir.
Chunki eslayman taxminan bir-bir yarim yil oldin Isroil Tillaboyev o‘g‘lining kartasi bilan shunday holat bo‘lganini, karta avtobusda pul yetarlimas deb bloklangach, o‘g‘li naqd pulda (ha, unda naqd pulda o‘tash mumkin edi) to‘lagani, biroq kartaga pul tushirgach, kartadan ham yechib olinganini aytib, norozilik bildirgandi. Mutasaddilarning javobi nima bo‘lgandi, topinglar-chi?
Uzr so‘rash yo‘q, qaytanga, siz o‘zingiz aybdorsiz, bolaga karta bergandan keyin doimiy tekshirib turish kerak balansini degan mazmunda javob berilgan. Bu mantiqsiz javob va mijozga nisbatan o‘taketgan hurmatsizlikdir.
Azizlar, kartani pul yetmasa bloklash va undan yurilmagan yo‘l uchun haq yechib olish mutlaqo adolatsizlik, siz bilan mening haqimni yeyishdir. Tizim noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganining belgisidir. Bunga eʼtiroz bildirish kerak!
Bunaqa yo‘l bilan "quyon"lardan, yaʼni avtobus yo metroda yo‘l haqini to‘lamaydiganlardan qutulib bo‘lmaydi. Boshqa mamlakatlardagi kabi avtobusga chiqishni faqat va faqat old eshikdan qilib qo‘ysin. O‘rta va orqa eshiklar faqat yo‘lovchi tushishi uchun ishlatilsin. Lekin karta bloklanib, nohaq pul yechib olinmasin.
Nima uchun bu haqida yozyapman, balki kerakli joyga yetib borar, gapirilaversa, balki natija berar, degan nimjongina umid bor.
@psixolingvist | 1 507 |
| 7 | Davomi
Yashasin, pulni lekin baribir yechib olgan ekan!
Bunaqa kartani bloklab, metro turniketini ochishga qo‘ymasdan, odamni yo‘ldan qo‘yib, lekin baribir yo‘l haqini yechib oladigan tizim yana qayda bor?!
@psixolingvist | 1 973 |
| 8 | #ijtimoiy
Shu transportdagi to‘lov tizimimiz ajoyib. Kartada pul yetarli bo‘lmasa, yetarlimas de, bo‘ldi. Balo bormi kartani bloklab???
Pul tushirib ham keyin karta ishga tushishini kutish kerak. Nima mantiqsizlik bu?
@psixolingvist | 2 565 |
| 9 | Dunyo bo‘yicha eng chiroyli so‘z deb Yangi Zelandiyaning tub aholisi maori tilidagi kaitiakitanga so‘zi topilibdi. U insonning tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishini anglatar ekan.
Yaqinlarim bilan o‘ylab qoldik, o‘zbek tilidagi eng chiroyli so‘z qaysi ekan, deb.
Sizningcha qaysi?
@psixolingvist | 2 554 |
| 10 | Futbol bo‘yicha jahon chemionatini chala-chulpa bo‘lsa ham kuzatdik va shu kanal orqali hissiyotlarimizni baham ko‘rdik.
Katta ehtimol bilan, finalni ko‘rmayman. Juda kech boshlanarkan. Muxlislik darajam bu vaqtda bedor bo‘lishga yetmaydi.
Ammo yarim finaldan beri Ispaniyaga muxlislik qilyapman.
To‘g‘risi, birorta o‘yinini ko‘rmadim 🫣.
Endi yigirma yil avval bo‘lsa ham Ispaniyada yarim yil yashaganma, yegan non-tuzimni hurmati bor 😊. Undan tashqari, Ispaniya men borgan birinchi chet mamlakat bo‘lgan. Shuning uchun boshqacha yaxshi ko‘raman Ispaniyani.
Messining muxlislariga uzr.
@psixolingvist | 2 458 |
| 11 | Ko‘pincha kanalimda izohlar faollashib qolsa, bilamanki, yangi kuzatuvchilar qo‘shilgan bo‘ladi. Balki meni tanimagan, bilmagan odamlar qo‘shilgani uchun, ularda tushunmovchilik yuzaga keladi va shuni hal qilishni xohlashadi.
Imlo xatolarida ko‘pchilik savodxonlar (bu kesatiq emas) aynan xatoni ko‘radi.
Men esa psixolingvistman, men u xatolarda tilning yashash tarzini ko‘raman. Shu sabab til egalarini imlo xatolari uchun malomat qilmayman.
Yuqoridagi postda keltirilgan ruscha so‘zlarning o‘zbek lotin alifbosida yozilishi men uchun go‘zal hodisa. Nima uchun go‘zal? Chunki u bugungi tilimizning, o‘zbek jamiyatida amalda bo‘lgan jonli tilga oiddir.
Ha, yozayotganda biz u so‘zlarning o‘zbekcha muqobilini ishlatarmiz, lekin aksariyatimiz og‘zaki nutqimizda ruschasidan foydalanamiz. Qaytaraman, bu xato emas. Til jonli hodisa. Tilimizning shu shaklda ekanligi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy asosga ega. Til jamiyat hayotidagi bunday jarayonlardan alohida yashamaydi.
To‘g‘rilash kerakmi? Albatta. Lekin buni borib o‘sha lavhani yozgan odamni urishish bilan qilib bo‘lmaydi. So‘zlarning o‘zbekcha muqobilini eng avvalo taʼlimga singdirish kerak, OAVlarda o‘zbekcha muqobilini ishlatishga qatʼiy talab bo‘lishi kerak. Do‘konlarga ham o‘zbekcha muqobilining ro‘yxati berilib, shu asosida eʼlon, narxlar, to‘lov chekida yozilishi talab qilinishi kerak. Muammo tizimli hal qilinishi kerak.
Xato hammada bo‘ladi, xato qilmaydigan inson yo‘q. Imlo xatolar ortida psixolingvistik reallik turadi. Imlo xatosida birovni ayblagandan ko‘ra, shu xato nima uchun yuzaga keldi ekan degan savolga javob qidirish foydaliroq.
"Savodsizligi uchun-da!" bu biz qidirgan javob emas.
@psixolingvist | 2 352 |
| 12 | Tarkibida Allohning ismlari bo‘lgan so‘zlar AbdAlloh, AbdurRohman, inshaAlloh shaklida yozilishiga ko‘zimiz tushadi.
Hatto ayrim hollarda shu shaklda yozmaganlarni ayblash ham uchraydi.
Balki buni ehtirom yuzasidan qilyapmiz, asliyatga intilyapmiz deb izohlashar. Qalbingizdagi hurmat o‘zi ham, uning ajri ham ziyoda bo‘lsin. Amin.
Lekin shuni bilish kerak-ki, o‘zbekchada so‘z o‘rtasini katta harf bilan yozish mumkin emas.
Misol: AbdAlloh emas, Abdulloh.
AbduRohman emas, Abdurohman yo Abdurahmon
Arabchadan o‘zlashgan kirish so‘zlarda atoqli ot oldidan boshqa so‘z qo‘shib yozilsa, katta harf bilanmas, kichik harf bilan yoziladi.
Mashaalloh, inshaalloh kabi.
Biz bu bilan aslidek yozamiz deyish esa shunchaki absurd, chunki arabchada katta harf, kichik harf degan tushuncha yo‘q.
Arabchada harfning so‘z boshi, o‘rtasi, oxiri va alohida shakli bor, xolos.
Qur'onda ham hadisda ham hammasi bir xil shrift va yozilishda ketaveradi.
@qizingizyozdi | 1 745 |
| 13 | Mana shuning uchun ham og‘zaki nutqda ham iloji boricha o‘zbekcha so‘zlarga o‘tish kerak. Ha, vaqtida bu so‘zlar nutqimizga kirdi va hozirgacha yashayapti.
Ammo maktabda, OAVda bu jihozlarning o‘zbekchasini faol qo‘llash bilan ommalashtirishga erishish mumkin.
Bu eʼlonni yozgan odamni muhokama qilib, savodsizlikda ayblamayman. U bir tilning egasi sifatida jonli nutqdagi so‘zlarni eshitilishi bo‘yicha yozib chiqqan. Bunga u to‘la haqli. Undan tashqari, har qanday o‘zbek bu eʼlonni o‘qirkan, gap nimadaligini bir oz qiynalib bo‘lsa-da, tushunadi, demak, til o‘z vazifasini baribir bajaryapti.
Eʼlonning qiziq joyi ruscha so‘zlarning o‘zbek tili fonotaktik qonuniyatlariga bo‘ysundirilganidir. Masalan, so‘z boshida ikkita ketma-ket undosh orasiga unli qo‘shilishi, til orqa undoshlari k va x o‘rtasida u tovushi emas, o‘ tovushining ishlatilishi. Ayniqsa, mYagkiy emas, mEyaxki deb, y-ning o‘rniga e ishlatilganini sevdim. Menimcha, hamma o‘zbek bu so‘zni shunaqa talaffuz qiladi. Diqqat! Hech kim bu bilan savodsizlashib qolmaydi! Rus tili boshqa til! Undan kirgan so‘zlarni o‘z tilimizning tovush qonuniyatlariga moslashtirishimiz TABIIY va TO‘G‘RI!
@psixolingvist | 2 577 |
| 14 | Shunaqa o‘zbek tiliga xos talaffuzdan kelib chiqib qilingan xatolar xato ularda emas, "rus tiliga hurmat" tamoyilida shakllantirilgan imlo qoidalarimizda degan xulosani beradi.
@psixolingvist | 2 370 |
| 15 | "Lolazor" podkastida nimaga lotin alifbosida o‘zbekcha matn o‘qishga qiyinu, ingliz tilida o‘qishga qiyinmas degan savol ustida mulohaza yurishibdi jurnalist va huquqshunoslar. Tutuq belgisi va shuningdek o‘ va g‘ larning shunday birtirnoq bilan ifodalanishini sabab sifatida keltirilibdi.
... Fikr yuritish, bir hodisaning sababini tushunishga intilish, albatta, yaxshi. Lekin baʼzan ilm-fan buni qanday tushuntiradi deb ham qiziqib ko‘rish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Mutaxassis sifatida izoh beraman. Buni men kashf qilmaganman. Bu bo‘yicha psixolingvistika, neyrolingvistikada minglab, millionlab tadqiqotlar qilingan. O‘sha tadqiqotlarning xulosasi shakllantirgan ilm bu.
O‘qish qanday jarayon? Buni tushunish uchun til o‘zi nima degan savoldan boshlash kerak.
Til tabiiy jihatdan og‘zaki shaklda yashaydigan hodisa. Yozuv uning shartli belgilar bilan ifodalanishidir.
Demak, tilning og‘zaki shakli asos. Yozuv esa og‘zaki shakl uchun vosita.
Shunga asosan o‘qish bu grafik belgilar (harflar) yig‘indisiga qarab, u qaysi og‘zaki so‘zni bildirayotganini topa olish demakdir.
Inson ongi uchun har doim yaxlit so‘z ahamiyatli. Tovushlarga ajratish, tovush tarkibini anglash taʼlim va ilm uchun muhim. Muloqotda esa yaxlit so‘z muhim. Shuning uchun ham inson o‘qishni o‘rganib bo‘lgandan keyin miya harflab o‘qimaydi, yaxlit so‘zni o‘qiydi. Bunda miya so‘zning bosh harfi, oxiridagi harf hamda so‘zdagi harflar soniga asoslanadi.
O‘qishni o‘rganish va harflab o‘qishdan yaxlit so‘zni o‘qish darajasiga chiqish uchun maktab muhim. Bejiz maktabda to‘rt yil o‘qish darsi bo‘lmaydi. Mana shu darslar miyamizda vizual leksikonni shakllantiradi. Vizual leksikon, soddaroq aytganda, so‘zlarning yozma shaklining xotiramizda turishidir.
Demak, kim qaysi alifboda savod chiqargan bo‘lsa, o‘sha alifboda bo‘ladi bu leksikon. Aynan mana shu vizual leksikon biz kitob o‘qiganimizda maza qilib o‘qishimizga asos bo‘ladi.
Bu borada bizda bitta istisno bor, aynan alifbo almashtirganimiz sababli yuzaga kelgan istisno. Bo‘lishi mumkin, ko‘rsatuv qahramonlarining savodi lotinda chiqqan, yaʼni alifbeni lotinda o‘rganishgan, o‘qish darslari ham lotinda bo‘lgan. Biroq u vaqtda lotin alifbosiga yangi o‘tilgan bo‘lgani uchun kitoblar, gazetalar, internet sahifalari kirilcha alifboda bo‘lgan. O‘qishga ishtiyoqmand bizning yoshlar kirilchada o‘zi qiziqqan mavzuda juda ko‘p matn o‘qishi hisobiga ularda vizual leksikon kirilchada shakllangan. Shuning uchun ham kirilchada maza qilib o‘qishadi.
Endi keyingi masala nima uchun ingliz tilida u narsa sezilmaydi. Chunki u boshqa til va u til uchun bitta alifbo va imlo qoidalari bor, boshqa alternativ alifbo yo‘q. Vizual leksikon bitta alifbo asodida shakllanadi. Undan keyin miyamiz turli tillarni alohida tizim sifatida qabul qiladi, shunday qo‘llaydi. Bu yerda harflar yoki qandaydir belgilar emas, aynan so‘zning vizual shaklining barqarorligi muhim!
Aynan shu sabab ham alifboga o‘zgartirish kiritish kerak emas, hatto u to‘rttagina harf bo‘lsa ham.
@psixolingvist | 25 327 |
| 16 | Qarg‘ish haqida
Ertalab Akmal Mirzo degan blogerning uning videosiga taqlidan (tanqidiy ruhda) video chiqargan blogerlarni, u videoga "like" bosganlarniyam qo‘shib masjidi nabaviyda qarg‘agani haqidagi xabarni ko‘rib qoldim.
Bundan o‘n besh yil ilgari men hayotimdagi bir vaziyat bo‘yicha savollar islom uz sahifasida savol bergandim. U vaqtda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shaxsan o‘zlari javob berardilar. Savolim shunday bo‘lgan edi: musulmon odam o‘ziga zulm qilgan kishini qarg‘asa bo‘ladimi?
Javob: bo‘lmaydi.
Balki bu haqida hamma ham bilmas deb o‘yladim va shu sabab ulashib qo‘yyapman.
@psixolingvist | 11 407 |
| 17 | O‘zbek filmlaridan "101-reys" filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Menga juda yoqadi. Yozgi maktabda o‘zbek tilidan dars berganimda kino ko‘riladigan darsda (unda butun maktab —rahbariyatdan tortib qozoq, uyg‘ur tili o‘qituvchilariyu talabalari ham qatnashar edi) shu filmni qo‘yishni juda xohlagandim. O‘zbeklarning qahramonona hikoyasini ko‘rsatgim kelgandi. Ammo inglizcha subtitri yo‘qligi pand bergan o‘shanda.
Shu filmning suratga olinish jarayoni haqida Toshkent telekanalining "Ko‘rganlarimiz haqida" ko‘rsatuvi bor ekan.
Aktyorlarimiz rol ijro etish uchun uchuvchilik, ingliz tili darslariga qatnashgani, har 6 oyda bir marta o‘n kunga berib turilgan samolyotda kechasi suratga olishganini eshitib ham hurmatim oshdi, ham kinoning yaxshi chiqishi uchun shunaqa professional yondashuv kerakligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Rejissoru aktyorlar hammasi ishini yaxshi ko‘rib bajargan ekan, ayniqsa, bosh rol ijrochisi rahmatli Hoshim Arslonovning qanday ishtyoq bilan yondashganini eslashdi.
Kinoni premyerasi chiqqandayoq shogirdlarim bilan kinoteatrga borib ko‘rgandim. Yana bir ko‘rgim keb ketdi.
@psixolingvist | 4 143 |
| 18 | Ushbu havolada Janubiy Koreyada doktoranturada tahsil olayotgan yurtdoshimiz G‘aniyev Axrorjonning "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusiydagi dissertatsiyasi yuzasidan so‘rovnoma berilgan.
So‘rovnoma taxminan 15-20 daqiqa vaqtingizni olar ekan.
Ilmni qo ‘llab-quvvatlab, hamyurtimizga yordam berib yuboraylik.
https://forms.gle/5B8KE8XVvt2Xd1Vr8
@psixolingvist | 13 066 |
| 19 | Brown universiteti professori talabalariga oraliq imtihonni uyga berib yuborgan (uydan turib imtihon topshirish uchun). Yakuniy imtihonni esa darsxonada, jonli qilgan.
To'q sariq rangda oraliq imtihon baholari, kulrang rangda esa yakuniy imtihon baholari. Farqni qarang.
Mening ba'zi talabalarimda ham shuni sezgandam, uy vazifalarida to'liq 100% oladigan talabalar sinfdagi imtixonlardan 50-60% ham olishadi. Ba'zida uy vazifa savolini birga-bir imtixonda qaytarib bersam ham.
Bundan bilar edimki o'sha talabalar uy vazifasini juda katta ehtimol bilan AIda qiladi.
Browndagi professor shu kuzatuvimni kengroq ko'lamda qilibdi. Xulosa shuki, talabalar uy vazifa/uy imtixonlarini AIda qilishyapti. Sinfda deyarli shu savollarni imtixon qilib bersangiz farq katta.
Kuzgi semestrda shuni yana sinab ko'raman.
Aytgancha, #1 va #22 talabalarga qoyil!
@uzbekonomics | 3 346 |
| 20 | Maʼlumotni shunchaki yetkazish ham aslida talqindir. Buni oyina uz da chiqqan lotin alifbosi bo‘yicha jamoat faollari (xususan mening ham) fikrlarini o‘zgarishsiz berib, ammo uni qanday tartiblaganida ko‘rishimiz mumkin.
https://oyina.uz/uz/article/4859
Yashanglar, qoyil!
@psixolingvist | 3 478 |
