cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
22 640
Subscribers
-224 hours
+1267 days
+44530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Aytish joizki, O’zbekiston va Toshkentdagi abgor havo muammosi - bu o’nlab yillar davomida kechiktirilib kelinayotgan energetika islohoti masalasi.
Show all...
👍 172🔥 33😱 11🤯 5
Repost from Uzbekonomics
Kuni kecha Jo Bayden ham erta ovoz beribdi (rasmda navbatda turibdi). Menimcha Jo Baydenning iqtisodiy siyosatiga hozir emas kelajakda yaxshiroq e'tirof beriladi. O'zidan tarixdagi eng kuchli va barqaror iqtisodiyotni qoldirib ketyapti. Ayniqsa, pandemiya paytida prezidentlikka kelganini inobatga olsak. @uzbekonomics
Show all...

👍 117🤔 24🔥 20😁 11
Birgina Nvidiani kapitalizatsiyasi butun boshli Germaniya bozorini kapitalizatsiyasidan katta ekan.
Show all...
🔥 179🤯 111👍 33😁 24
Bu masala AQSh hukumatini qilgan xatosi - o’qish uchun qarz berishni majburlaganidan bo’lgan. Har qaysi fuqaro o’qish uchun qarz olishga haqli bo’lib qolgan. Nima o’qishidan va qayerda o’qishidan qatiy nazar. Unday bo’lmaganida, katta ehtimol bilan bu muammolari bo’lmas edi. https://t.me/lazizhamidov/1233
Show all...
Laziz Hamidov

O‘zbekistonda oxirgi yillarda ko‘plab xususiy universitetlar tashkil qilindi va qilinib kelinayotgan edi. Biroq, oxirgi paytlarda yangi universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan. "Lolazor" podkastida Behzod Hoshimov aytganidek, ikkita xonada universitet ochib ishlatilsa ham ruxsat beraverish kerak. Bozorning o‘zi hammasini joy-joyiga qo‘yib qo‘yadi. Masalan biz doimiy ravishda solishtiradigan rivojlangan davlatlarda, xususan AQShda universitetlar ikki xil bo'ladi: 1) Public Non-Profit – bu nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi (qaysidir ma'noda xususiy). O'qish pulli, ammo biznes emas; pul yana o'ziga sarflanadi va hissadorlarga dividend berilmaydi. Bu universitetlar ko'pincha davlat moliyalashtirishidan foydalanadi va talabalarni malakali kadrlar sifatida tayyorlashga intiladi. Talabalar, odatda, davlat universitetlarida ancha arzon o'qish xarajatlari bilan ta'minlanadi. Masalan, davlat universitetlarida o'qish narxi yillik 10 000 dollardan boshlanadi. 2) For-Profit – biznes sifatida ochilgan, daromad…

👍 34
Show all...
нецентральная азия

Росписи Чингиза Ахмарова в вестибюле бывшего здания Института Востоковедения им. Беруни (сейчас тут Центр археологии). Классика его изобразительного стиля: ковровая композиция, расстилающая во все стороны с россыпью сюжетов, холодная зелено-синяя гамма, сцены великих деяний прошлого – подобны росписям литературного музея Навои. Понравилось, как обыгран мягкий угол стены: туда вписана архитектурная форма с порталом, которая становится от этого объемной.

👍 14 7
Hoshimov Iqtisodiyoti dasturining yangi mehmoni - Jorj Meyzon universiteti professori - Natalya Naumenko. Juda qiziq tadqiqotlar haqida suhbat qildik. Doimgidek, tavsiya qilaman. Ulashing, izoh yozing va albatta tinglang. https://www.youtube.com/watch?v=oVkRkF6QXlU
Show all...
Наталья Науменко - этническая дискриминация украинцев во время голода 1933 года в СССР.

Наталья Науменко — профессор экономики в Университете Джорджа Мейсона, специализирующаяся на экономической истории. Она получила степень PhD по экономике в Северо-Западном университете и завершила постдокторантуру в Университете Брауна. Её работы опубликованы в ведущих экономических журналах, и она внесла значительный вклад в оцифровку архивных материалов, облегчая доступ к историческим данным для исследователей по всему миру.

👍 50🥱 6🎃 4🤔 2
Fertillik AQShda inqirozlardan oldin tushishi haqidagi juda izchil maqola - ya'ni boyagi iqtisodiy kutilmalar haqidagi diskussiya davomi. https://www.nber.org/system/files/working_papers/w24355/w24355.pdf
Show all...

👍 21👏 1
O'zbekiston va Qozog'istondagi daromadlar va fertillik raqamlari.
Show all...
1👍 70🔥 5🤯 2
Oddiy qilib aytadigan boʻlsa, bordi-yu Oʻzbekistonda qandaydir iqtisodiy moʻjiza sodir boʻldi va bizda daromadlar 6 barobarga oshdi — deylik Qozogʻistonga yetib olishni boshladik — bu jarayon natijasida tabiiyki tugʻilish koʻrsatkichlari kamayadi, lekin savol shundaki, hozirning oʻzida Qozogʻiston bilan teng boʻlib turgan bo'lsa, mo'jiza evaziga boyib ketsak tug'ilish darajasi qanday boʻlib qoladi? Albatta bu ritorik savol, lekin oʻta jiddiy. Aholining yosh tuzilishi va qarib borishi tugʻilish koʻrsatkichlariga taʼsir qiluvchi muhim omillardir. Maʼlumki, yildan yilga Oʻzbekiston aholisi qarib bormoqda. Ayollarning reproduktiv huquqlari va sogʻligʻiga taʼsir qiluvchi choralar, jumladan, majburiy sterilizatsiyasi tugʻilish darajasining pasayishiga taʼsir qilgani raqamlarda aniq ko'rinadi, lekin umumiy kamayishni toʻliq tushuntira olmaydi. 2016- yildan keyingi tug'ilish oshishi Yana bir qiziq tomonlardan, O'zbekistonda tug'ilish 2016-2017 yillarda boshlangan daromadlar o'sishi bilan birga sodir bo'ldi (fertillik 2.4 dan, 2023 yilda 3.3 ga ko'tarildi). Bizda ham xuddi Qozog'istondek, daromadlarni oshishi - tug'ilishni tushishiga emas, ortishiga olib keldi. Menda bir ikki nazariya bor bu haqida, masalan, kontrasepsiyaga imkoniyati mavjud bo'lgan lekin kambag'al mamlakatlarda - bola tug'ilishi insonlarni kelajakdagi iqtisodiy ahvol haqidagi taxminlaridan kelib chiqqan holda shakllanishi mumkin. Ya'ni agar rivojlanayotgan mamlakatdagi odamlar kelajakdagi iqtisodiy ahvol haqidagi kutilmalari yaxshilansa - ko'proq farzandlar ko'rishga intilishadi. Haqiqiy voqeylik emas, kelajak kutilmalarini bunga ta'siri yuqoriroq. Umuman olganda - demografiya haqida ko'proq fikr yuritishimiz kerak deb o'ylayman. Men masalan, bu narsalarni o'ta jiddiy va uzoq muddatda ko'p muhim narsalarga ta'sir ko'rsatadi deb o'ylayman.
Show all...
2👍 104👏 9 6🥰 1
Behzod H, [Oct 29, 2024 at 1:54:56 PM]: Tugʻilish Koʻrsatkichlari haqida, kechagi mulohazadan ilhomlanib. 1991-yilda Oʻzbekiston aholisi 20,6 million boʻlib, 723,4 ming bola tugʻilgan. 2023-yilda aholi soni 36,4 millionga yetdi va tugʻilishlar soni 968,1 mingni tashkil etdi — bu mamlakat tarixidagi rekord son edi. Endi kishi boshiga sanaylik. Agar 1991-yildagi tugʻilish koeffitsiyenti saqlanib qolganida, 2023-yilda tugʻilishlar soni 1,277 million boʻlar edi — yaʼni potensial tugʻilishlar soni 300 mingga yoki 32% ga kamroq. Fertillik darajasi Fertillik darajasi — bu reproduktiv yoshdagi bir ayolga toʻgʻri keladigan oʻrtacha tugʻilishlar soni. Oʻzbekistonda fertillik darajasi 1950-yillardan boshlab hisoblanib kelmoqda va tabiiyki muntazam ravishda pasayib bormoqda. Ayniqsa tushish mustaqillik yillaridan keyin tezlashgan (tushish doim boʻlgan, surati tezlanganligi haqida gap, fizikada tezlanish va tezlik orasidagi farq). Masalan, 2008-yilda fertillik darajasi 2,6 boʻlgan boʻlsa, 2012-yilga kelib bu koʻrsatkich 2,2 ga tushdi. Bunday qisqa muddatda bunday keskin tushish turli omillar bilan izohlanadi, jumladan, ayollarning majburiy sterilizatsiyasi sababchi boʻlishi mumkinligi aytiladi. Bu yerda batafsilroq. Iqtisodiy Rivojlanish va Tugʻilish: Odatda, mamlakatlar iqtisodiy jihatdan boyigan sari tugʻilish darajasi pasayadi — bu deyarli barcha mamlakat va mintaqalarda kuzatilgan va kuzatilib kelayotgan tendensiya. Oʻzbekistonda esa tugʻilish darajasining pasayishi iqtisodiy oʻsish boʻlmasdan turib ham boshlangan va bu pasayishning surʼati oʻrtacha daromadlar oshishi koʻrsatkichlardan tezroq boʻlgan. Yaʼni, daromadlar oshishidan oldin ham tugʻilish darajasi keskin tushgan. Bu yerda muhim jihat — tepada aytilganidek, oʻzgarish tezligi (funksiyaning hosilasi) haqida gap ketmoqda. Tugʻilish kamayishi tabiiy narsa edi, lekin bunday keskin tushishi diqqatga sazovor. Bu gʻoyani yanayam yaxshiroq tushuntirish uchun bizga koʻp jihatdan yaqin qoʻshni Qozogʻiston bilan solishtiraylik: 1960-yillarda Oʻzbekistonning fertillik darajasi Qozogʻistonniki bilan solishtirganda 50% ga yuqoriroq edi. Bu uzoq vaqt davomida kuzatilgan holat edi. Har ikkala mamlakatda ham daromadlar oshishi bilan tugʻilish darajasi pasaygan, ammo Oʻzbekistonda bu pasayish ancha tezroq sodir boʻlgan. Daromadlar oshishi ham ancha sekinroq kechgan. Masalan, 1991-yilda Oʻzbekistonda fertillik darajasi 4,1 bo'lgan bo'lsa, Qozogʻistonda esa 2,6 edi — bu juda katta farq. 2008-yilga kelib, Oʻzbekistonning fertillik darajasi 2,6 ga tushdi va Qozogʻistonniki bilan tenglashdi, garchi Qozogʻiston aholi jon boshiga daromadi boʻyicha Oʻzbekistondan olti baravar boyroq edi. Hozirgi kunda ham Qozogʻistonning aholi jon boshiga daromadi Oʻzbekistondan 5-6 barobar yuqori, lekin tugʻilish darajalari deyarli bir xil. Ushbu misol masalani yaxshi tushuntira oladi: bizga madaniy va tarixiy jihatdan juda yaqin boʻlgan mamlakat mustaqillik yillarida bizdan ancha tezroq boyib ketdi. Lekin shu boyishiga qaramasdan ham, ularda tugʻilish darajasi tushishi biznikidek keskin boʻlmadi. Qozogʻiston bilan solishtirganda, Oʻzbekistonning tugʻilish darajasi tezroq pasaygan, bu esa mamlakatning kelajakdagi demografik va iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin. Ushbu tendensiyalarni chuqurroq oʻrganish va tahlil qilish muhim, chunki ular aholining umumiy farovonligi va mamlakatning uzoq muddatli barqaror rivoji uchun muhim. O'zbekistondagi qtisodiy rivojlanishdan oldin tugʻilish darajasining pasayishi dunyodagi tendensiyalarga uncha mos kelmaydi va qoʻshimcha tahlilni talab qiladi deb oʻylayman. Daromadlar oshishi odatda tugʻilish kamayishining asosiy sababi etib ko'rsatiladi, bizda esa daromadlarimiz yetarlicha oshmasdan turib bu tushish kuzatildi.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.