Lingvist Iroda Azimova
الذهاب إلى القناة على Telegram
Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar
إظهار المزيد4 039
المشتركون
+1124 ساعات
+1487 أيام
+36630 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+394
في 27 قنوات
يونيو '26
+296
في 17 قنوات
Get PRO
مايو '26
+84
في 11 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+197
في 12 قنوات
Get PRO
مارس '26
+95
في 5 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+70
في 9 قنوات
Get PRO
يناير '26
+499
في 19 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+126
في 14 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+188
في 14 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+235
في 10 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+282
في 18 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+203
في 18 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+117
في 8 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+158
في 12 قنوات
Get PRO
مايو '25
+188
في 12 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+268
في 14 قنوات
Get PRO
مارس '25
+151
في 8 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+126
في 6 قنوات
Get PRO
يناير '25
+259
في 10 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+156
في 4 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+123
في 11 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+149
في 12 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+120
في 4 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+217
في 8 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+84
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+31
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '24
+136
في 3 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+72
في 4 قنوات
Get PRO
مارس '24
+113
في 3 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+119
في 1 قنوات
Get PRO
يناير '24
+159
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+174
في 13 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+109
في 4 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+467
في 10 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+295
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+234
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+548
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+60
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+222
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+66
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+131
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+452
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+74
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+149
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+490
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+963
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 21 يوليو | +21 | |||
| 20 يوليو | +14 | |||
| 19 يوليو | +32 | |||
| 18 يوليو | +1 | |||
| 17 يوليو | +5 | |||
| 16 يوليو | +14 | |||
| 15 يوليو | +21 | |||
| 14 يوليو | +82 | |||
| 13 يوليو | +32 | |||
| 12 يوليو | +10 | |||
| 11 يوليو | +9 | |||
| 10 يوليو | +11 | |||
| 09 يوليو | +15 | |||
| 08 يوليو | +48 | |||
| 07 يوليو | +44 | |||
| 06 يوليو | +17 | |||
| 05 يوليو | +5 | |||
| 04 يوليو | +2 | |||
| 03 يوليو | +4 | |||
| 02 يوليو | +1 | |||
| 01 يوليو | +6 |
منشورات القناة
Davomi
Yashasin, pulni lekin baribir yechib olgan ekan!
Bunaqa kartani bloklab, metro turniketini ochishga qo‘ymasdan, odamni yo‘ldan qo‘yib, lekin baribir yo‘l haqini yechib oladigan tizim yana qayda bor?!
@psixolingvist
| 2 | #ijtimoiy
Shu transportdagi to‘lov tizimimiz ajoyib. Kartada pul yetarli bo‘lmasa, yetarlimas de, bo‘ldi. Balo bormi kartani bloklab???
Pul tushirib ham keyin karta ishga tushishini kutish kerak. Nima mantiqsizlik bu?
@psixolingvist | 1 369 |
| 3 | Dunyo bo‘yicha eng chiroyli so‘z deb Yangi Zelandiyaning tub aholisi maori tilidagi kaitiakitanga so‘zi topilibdi. U insonning tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishini anglatar ekan.
Yaqinlarim bilan o‘ylab qoldik, o‘zbek tilidagi eng chiroyli so‘z qaysi ekan, deb.
Sizningcha qaysi?
@psixolingvist | 1 784 |
| 4 | Futbol bo‘yicha jahon chemionatini chala-chulpa bo‘lsa ham kuzatdik va shu kanal orqali hissiyotlarimizni baham ko‘rdik.
Katta ehtimol bilan, finalni ko‘rmayman. Juda kech boshlanarkan. Muxlislik darajam bu vaqtda bedor bo‘lishga yetmaydi.
Ammo yarim finaldan beri Ispaniyaga muxlislik qilyapman.
To‘g‘risi, birorta o‘yinini ko‘rmadim 🫣.
Endi yigirma yil avval bo‘lsa ham Ispaniyada yarim yil yashaganma, yegan non-tuzimni hurmati bor 😊. Undan tashqari, Ispaniya men borgan birinchi chet mamlakat bo‘lgan. Shuning uchun boshqacha yaxshi ko‘raman Ispaniyani.
Messining muxlislariga uzr.
@psixolingvist | 1 981 |
| 5 | Ko‘pincha kanalimda izohlar faollashib qolsa, bilamanki, yangi kuzatuvchilar qo‘shilgan bo‘ladi. Balki meni tanimagan, bilmagan odamlar qo‘shilgani uchun, ularda tushunmovchilik yuzaga keladi va shuni hal qilishni xohlashadi.
Imlo xatolarida ko‘pchilik savodxonlar (bu kesatiq emas) aynan xatoni ko‘radi.
Men esa psixolingvistman, men u xatolarda tilning yashash tarzini ko‘raman. Shu sabab til egalarini imlo xatolari uchun malomat qilmayman.
Yuqoridagi postda keltirilgan ruscha so‘zlarning o‘zbek lotin alifbosida yozilishi men uchun go‘zal hodisa. Nima uchun go‘zal? Chunki u bugungi tilimizning, o‘zbek jamiyatida amalda bo‘lgan jonli tilga oiddir.
Ha, yozayotganda biz u so‘zlarning o‘zbekcha muqobilini ishlatarmiz, lekin aksariyatimiz og‘zaki nutqimizda ruschasidan foydalanamiz. Qaytaraman, bu xato emas. Til jonli hodisa. Tilimizning shu shaklda ekanligi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy asosga ega. Til jamiyat hayotidagi bunday jarayonlardan alohida yashamaydi.
To‘g‘rilash kerakmi? Albatta. Lekin buni borib o‘sha lavhani yozgan odamni urishish bilan qilib bo‘lmaydi. So‘zlarning o‘zbekcha muqobilini eng avvalo taʼlimga singdirish kerak, OAVlarda o‘zbekcha muqobilini ishlatishga qatʼiy talab bo‘lishi kerak. Do‘konlarga ham o‘zbekcha muqobilining ro‘yxati berilib, shu asosida eʼlon, narxlar, to‘lov chekida yozilishi talab qilinishi kerak. Muammo tizimli hal qilinishi kerak.
Xato hammada bo‘ladi, xato qilmaydigan inson yo‘q. Imlo xatolar ortida psixolingvistik reallik turadi. Imlo xatosida birovni ayblagandan ko‘ra, shu xato nima uchun yuzaga keldi ekan degan savolga javob qidirish foydaliroq.
"Savodsizligi uchun-da!" bu biz qidirgan javob emas.
@psixolingvist | 1 853 |
| 6 | Tarkibida Allohning ismlari bo‘lgan so‘zlar AbdAlloh, AbdurRohman, inshaAlloh shaklida yozilishiga ko‘zimiz tushadi.
Hatto ayrim hollarda shu shaklda yozmaganlarni ayblash ham uchraydi.
Balki buni ehtirom yuzasidan qilyapmiz, asliyatga intilyapmiz deb izohlashar. Qalbingizdagi hurmat o‘zi ham, uning ajri ham ziyoda bo‘lsin. Amin.
Lekin shuni bilish kerak-ki, o‘zbekchada so‘z o‘rtasini katta harf bilan yozish mumkin emas.
Misol: AbdAlloh emas, Abdulloh.
AbduRohman emas, Abdurohman yo Abdurahmon
Arabchadan o‘zlashgan kirish so‘zlarda atoqli ot oldidan boshqa so‘z qo‘shib yozilsa, katta harf bilanmas, kichik harf bilan yoziladi.
Mashaalloh, inshaalloh kabi.
Biz bu bilan aslidek yozamiz deyish esa shunchaki absurd, chunki arabchada katta harf, kichik harf degan tushuncha yo‘q.
Arabchada harfning so‘z boshi, o‘rtasi, oxiri va alohida shakli bor, xolos.
Qur'onda ham hadisda ham hammasi bir xil shrift va yozilishda ketaveradi.
@qizingizyozdi | 1 483 |
| 7 | Mana shuning uchun ham og‘zaki nutqda ham iloji boricha o‘zbekcha so‘zlarga o‘tish kerak. Ha, vaqtida bu so‘zlar nutqimizga kirdi va hozirgacha yashayapti.
Ammo maktabda, OAVda bu jihozlarning o‘zbekchasini faol qo‘llash bilan ommalashtirishga erishish mumkin.
Bu eʼlonni yozgan odamni muhokama qilib, savodsizlikda ayblamayman. U bir tilning egasi sifatida jonli nutqdagi so‘zlarni eshitilishi bo‘yicha yozib chiqqan. Bunga u to‘la haqli. Undan tashqari, har qanday o‘zbek bu eʼlonni o‘qirkan, gap nimadaligini bir oz qiynalib bo‘lsa-da, tushunadi, demak, til o‘z vazifasini baribir bajaryapti.
Eʼlonning qiziq joyi ruscha so‘zlarning o‘zbek tili fonotaktik qonuniyatlariga bo‘ysundirilganidir. Masalan, so‘z boshida ikkita ketma-ket undosh orasiga unli qo‘shilishi, til orqa undoshlari k va x o‘rtasida u tovushi emas, o‘ tovushining ishlatilishi. Ayniqsa, mYagkiy emas, mEyaxki deb, y-ning o‘rniga e ishlatilganini sevdim. Menimcha, hamma o‘zbek bu so‘zni shunaqa talaffuz qiladi. Diqqat! Hech kim bu bilan savodsizlashib qolmaydi! Rus tili boshqa til! Undan kirgan so‘zlarni o‘z tilimizning tovush qonuniyatlariga moslashtirishimiz TABIIY va TO‘G‘RI!
@psixolingvist | 2 180 |
| 8 | Shunaqa o‘zbek tiliga xos talaffuzdan kelib chiqib qilingan xatolar xato ularda emas, "rus tiliga hurmat" tamoyilida shakllantirilgan imlo qoidalarimizda degan xulosani beradi.
@psixolingvist | 2 073 |
| 9 | "Lolazor" podkastida nimaga lotin alifbosida o‘zbekcha matn o‘qishga qiyinu, ingliz tilida o‘qishga qiyinmas degan savol ustida mulohaza yurishibdi jurnalist va huquqshunoslar. Tutuq belgisi va shuningdek o‘ va g‘ larning shunday birtirnoq bilan ifodalanishini sabab sifatida keltirilibdi.
... Fikr yuritish, bir hodisaning sababini tushunishga intilish, albatta, yaxshi. Lekin baʼzan ilm-fan buni qanday tushuntiradi deb ham qiziqib ko‘rish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Mutaxassis sifatida izoh beraman. Buni men kashf qilmaganman. Bu bo‘yicha psixolingvistika, neyrolingvistikada minglab, millionlab tadqiqotlar qilingan. O‘sha tadqiqotlarning xulosasi shakllantirgan ilm bu.
O‘qish qanday jarayon? Buni tushunish uchun til o‘zi nima degan savoldan boshlash kerak.
Til tabiiy jihatdan og‘zaki shaklda yashaydigan hodisa. Yozuv uning shartli belgilar bilan ifodalanishidir.
Demak, tilning og‘zaki shakli asos. Yozuv esa og‘zaki shakl uchun vosita.
Shunga asosan o‘qish bu grafik belgilar (harflar) yig‘indisiga qarab, u qaysi og‘zaki so‘zni bildirayotganini topa olish demakdir.
Inson ongi uchun har doim yaxlit so‘z ahamiyatli. Tovushlarga ajratish, tovush tarkibini anglash taʼlim va ilm uchun muhim. Muloqotda esa yaxlit so‘z muhim. Shuning uchun ham inson o‘qishni o‘rganib bo‘lgandan keyin miya harflab o‘qimaydi, yaxlit so‘zni o‘qiydi. Bunda miya so‘zning bosh harfi, oxiridagi harf hamda so‘zdagi harflar soniga asoslanadi.
O‘qishni o‘rganish va harflab o‘qishdan yaxlit so‘zni o‘qish darajasiga chiqish uchun maktab muhim. Bejiz maktabda to‘rt yil o‘qish darsi bo‘lmaydi. Mana shu darslar miyamizda vizual leksikonni shakllantiradi. Vizual leksikon, soddaroq aytganda, so‘zlarning yozma shaklining xotiramizda turishidir.
Demak, kim qaysi alifboda savod chiqargan bo‘lsa, o‘sha alifboda bo‘ladi bu leksikon. Aynan mana shu vizual leksikon biz kitob o‘qiganimizda maza qilib o‘qishimizga asos bo‘ladi.
Bu borada bizda bitta istisno bor, aynan alifbo almashtirganimiz sababli yuzaga kelgan istisno. Bo‘lishi mumkin, ko‘rsatuv qahramonlarining savodi lotinda chiqqan, yaʼni alifbeni lotinda o‘rganishgan, o‘qish darslari ham lotinda bo‘lgan. Biroq u vaqtda lotin alifbosiga yangi o‘tilgan bo‘lgani uchun kitoblar, gazetalar, internet sahifalari kirilcha alifboda bo‘lgan. O‘qishga ishtiyoqmand bizning yoshlar kirilchada o‘zi qiziqqan mavzuda juda ko‘p matn o‘qishi hisobiga ularda vizual leksikon kirilchada shakllangan. Shuning uchun ham kirilchada maza qilib o‘qishadi.
Endi keyingi masala nima uchun ingliz tilida u narsa sezilmaydi. Chunki u boshqa til va u til uchun bitta alifbo va imlo qoidalari bor, boshqa alternativ alifbo yo‘q. Vizual leksikon bitta alifbo asodida shakllanadi. Undan keyin miyamiz turli tillarni alohida tizim sifatida qabul qiladi, shunday qo‘llaydi. Bu yerda harflar yoki qandaydir belgilar emas, aynan so‘zning vizual shaklining barqarorligi muhim!
Aynan shu sabab ham alifboga o‘zgartirish kiritish kerak emas, hatto u to‘rttagina harf bo‘lsa ham.
@psixolingvist | 21 437 |
| 10 | Qarg‘ish haqida
Ertalab Akmal Mirzo degan blogerning uning videosiga taqlidan (tanqidiy ruhda) video chiqargan blogerlarni, u videoga "like" bosganlarniyam qo‘shib masjidi nabaviyda qarg‘agani haqidagi xabarni ko‘rib qoldim.
Bundan o‘n besh yil ilgari men hayotimdagi bir vaziyat bo‘yicha savollar islom uz sahifasida savol bergandim. U vaqtda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shaxsan o‘zlari javob berardilar. Savolim shunday bo‘lgan edi: musulmon odam o‘ziga zulm qilgan kishini qarg‘asa bo‘ladimi?
Javob: bo‘lmaydi.
Balki bu haqida hamma ham bilmas deb o‘yladim va shu sabab ulashib qo‘yyapman.
@psixolingvist | 10 957 |
| 11 | O‘zbek filmlaridan "101-reys" filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Menga juda yoqadi. Yozgi maktabda o‘zbek tilidan dars berganimda kino ko‘riladigan darsda (unda butun maktab —rahbariyatdan tortib qozoq, uyg‘ur tili o‘qituvchilariyu talabalari ham qatnashar edi) shu filmni qo‘yishni juda xohlagandim. O‘zbeklarning qahramonona hikoyasini ko‘rsatgim kelgandi. Ammo inglizcha subtitri yo‘qligi pand bergan o‘shanda.
Shu filmning suratga olinish jarayoni haqida Toshkent telekanalining "Ko‘rganlarimiz haqida" ko‘rsatuvi bor ekan.
Aktyorlarimiz rol ijro etish uchun uchuvchilik, ingliz tili darslariga qatnashgani, har 6 oyda bir marta o‘n kunga berib turilgan samolyotda kechasi suratga olishganini eshitib ham hurmatim oshdi, ham kinoning yaxshi chiqishi uchun shunaqa professional yondashuv kerakligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Rejissoru aktyorlar hammasi ishini yaxshi ko‘rib bajargan ekan, ayniqsa, bosh rol ijrochisi rahmatli Hoshim Arslonovning qanday ishtyoq bilan yondashganini eslashdi.
Kinoni premyerasi chiqqandayoq shogirdlarim bilan kinoteatrga borib ko‘rgandim. Yana bir ko‘rgim keb ketdi.
@psixolingvist | 3 908 |
| 12 | Ushbu havolada Janubiy Koreyada doktoranturada tahsil olayotgan yurtdoshimiz G‘aniyev Axrorjonning "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusiydagi dissertatsiyasi yuzasidan so‘rovnoma berilgan.
So‘rovnoma taxminan 15-20 daqiqa vaqtingizni olar ekan.
Ilmni qo ‘llab-quvvatlab, hamyurtimizga yordam berib yuboraylik.
https://forms.gle/5B8KE8XVvt2Xd1Vr8
@psixolingvist | 12 371 |
| 13 | Brown universiteti professori talabalariga oraliq imtihonni uyga berib yuborgan (uydan turib imtihon topshirish uchun). Yakuniy imtihonni esa darsxonada, jonli qilgan.
To'q sariq rangda oraliq imtihon baholari, kulrang rangda esa yakuniy imtihon baholari. Farqni qarang.
Mening ba'zi talabalarimda ham shuni sezgandam, uy vazifalarida to'liq 100% oladigan talabalar sinfdagi imtixonlardan 50-60% ham olishadi. Ba'zida uy vazifa savolini birga-bir imtixonda qaytarib bersam ham.
Bundan bilar edimki o'sha talabalar uy vazifasini juda katta ehtimol bilan AIda qiladi.
Browndagi professor shu kuzatuvimni kengroq ko'lamda qilibdi. Xulosa shuki, talabalar uy vazifa/uy imtixonlarini AIda qilishyapti. Sinfda deyarli shu savollarni imtixon qilib bersangiz farq katta.
Kuzgi semestrda shuni yana sinab ko'raman.
Aytgancha, #1 va #22 talabalarga qoyil!
@uzbekonomics | 3 112 |
| 14 | Maʼlumotni shunchaki yetkazish ham aslida talqindir. Buni oyina uz da chiqqan lotin alifbosi bo‘yicha jamoat faollari (xususan mening ham) fikrlarini o‘zgarishsiz berib, ammo uni qanday tartiblaganida ko‘rishimiz mumkin.
https://oyina.uz/uz/article/4859
Yashanglar, qoyil!
@psixolingvist | 3 104 |
| 15 | O‘g‘limdan aforizmsifat gap:
Bo‘yi baland odamga boshqalarning bo‘yi undan qanchalik pastligi qiziq emas, eʼtibor qilmaydi. Lekin bo‘yi pastlarga bo‘yi balandlar undan qanchalik balandligi qiziq.
@psixolingvist | 3 276 |
| 16 | Sharhlovchimiz niyatiga yetdi 😒 | 3 789 |
| 17 | Shu sharhlovchimiz Messini muxlisimi deyman-da. Tarafkashligini berkita olmayapti. | 4 361 |
| 18 | O‘zbekiston gol urganday xursand bo‘lyapmaneee | 4 124 |
| 19 | 2023-yili eʼlon qilgan postimni qayta qo‘yyapman.
Post ham emas, filologiya fanlari doktori Aziz Jo‘rayevning kitoblaridan parcha. Kitob 2017-yil chiqqan. Postni 2023da qo‘yganman. O‘sha yili universitetda alifbo islohoti masalasida yig‘ilish bo‘lgan, o‘sha yerda ishlayotgan bo‘lishimga qaramay, shunday yig‘ilish bo‘lganini uyga kelib kechqurun facebookdan bilganman. Tushunishimcha, mening islohotga qarshiligimni bilishgani uchun universitetning ikkita til kafedrasidan bittasining mudiri bo‘lishimga qaramay, meni yig‘ilishga chaqirishmagan. Hozir ham bir narsa o‘zgarishiga ishonmayapmanu, lekin yetuk tilshunos olimning bu mavzu yuzasidan fikrini xalq bilishi kerak deb hisoblaganim uchun ulashyapman:
Standart o‘zbek tilining (og‘zaki va yozma lingvodidaktik namunaning) vujudga kelishi va shakllanishini o‘zbek tilining maorif tizimiga kiritilishi, maktabda fan sifatida o‘qitilishi bilan, ya'ni XX asrning boshi bilan, bog‘lashimiz mumkin ( yana qiyoslang: "1930 yilgacha o‘rta maktablarda o‘zbek tilidagi ta'lim tajribaviy xarakterda edi" Arxangel'skiy, 1962, 348, sn. 1).
Deyarli bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Buning oqibatida madaniyatimizda matn tanazzuli hodisasi yuz berdi. Islohotlar oralig‘ida yaratilgan lingvodidaktik matnlar orasida yozuv, imlo, talaffuz, punktuatsiya va uslub jihatidan ilgari shakllangan yoki shakllanayotgan uyg‘unlik uzluksiz ravishda buzilib bordi (bu haqda qarang: Aziz B.Džuraev, 2001, 299-300; Aziz B. Djuraev, 2001, 20-29; Djuraev, 2006, 30-33).
Alifboning imlo bilan, imloning talaffuz (orfoepiya) bilan, oxirgi ikkalasining matn an'analari bilan, matn an'analarining ritorika bilan, ritorikaning esa uslublar bilan bog‘liqligi har islohotda murakkab o‘zgarishlar zanjirini keltirib chiqaraverdi.
Har safar lingvodidaktik namuna sindirilib, yangisini yaratish uchun vaqt, mehnat va pul sarf qilinaverdi. Har safar o‘zbeklar lisoniy ongiga o‘zgartirish kiritilib, ongning kodifikatsiyalangan normani his qilish, saralash va nazorat qilish qobiliyati qayta shakllantirilaverdi. Bu hol standart o‘zbek tilining (yozma va og‘zaki lingvodidaktik namunaning) mavjudlik shakliga ta’sir etmay qolmadi. Uning hech bir davrda to‘laqonli rivoj topa olmagani ham shundandir.
O‘zbekcha lingvodidaktik namuna tarixidagi murakkabliklar faqat shu bilangina cheklanmaydi. Bu o‘rinda o‘zbek tili tarqalgan asosiy hududning (O‘zbekistonning) kech markazlashishi, o‘zbek tilining lingvodidaktikaga kech kiritilishi, ko‘p shevalilik, ruslashtirish siyosati, aholi etnik integratsiyasining zaifligi, urbanizatsiyaning rivoj topmagani, qashshoqlik, va, nihoyat, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida funksional savodning pastligi tilning standartlashishiga jiddiy to‘g‘anoq bo‘lganini eslatib o‘tish kerak.
Standart o‘zbek tili (lingvodidaktik namuna sifatida) XX asr davomida didaktik ratsionalizatsiyalashtirish va davlat miqyosida rasmiylashtirishga urinishning turli shakllarini boshidan kechirdi.
Jo‘rayev A. Standart o‘zbek tili. Toshkent, 2017. 8-9.
@psixolingvist | 22 309 |
| 20 | #alifbo
To‘g‘ri, muhim masalalarda siyosiy iroda bo‘lishi muhim. Men juda hurmat qiladigan jurnalistimiz Ilyos Safarov alifboni shu tarzdagi islohi maʼqul bo‘lgani uchun ham bunga ijobiy munosabat bildiryapti.
Men esa avvalboshidan qarshi edim. Chunki alifbodagi islohot insonning harflab emas, yaxlit so‘zni o‘qiy olishiga xizmat qiluvchi omillardan biri — so‘zda harflar sonini o‘zgartiradi. Bu degani butun o‘zbeklarda o‘qish kognitiv jarayoni maʼlum muddat sekinlashadi, degani. Ha, to‘g‘ri, o‘rganib ketamiz... Ammo unga vaqt kerak bo‘ladi.
Alifbo islohoti bilan yana "assalom, imlo xatolari" bo‘ladi.
Umid qilamanki, shu bilan nuqta qo‘yamiz...
Bir soha rivojlanishi uchun maʼlum vaqt barqarorlik kerak...
@psixolingvist | 15 844 |
