en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Open in Telegram

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Sog‘liqni saqlash vazirligi

Channel Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 125 014 subscribers, ranking 90 in the Healthy Lifestyle category and 373 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 125 014 subscribers.

According to the latest data from 20 October, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 50 over the last 30 days and by -481 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 8.89%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 6.16% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 11 156 views. Within the first day, a publication typically gains 7 735 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 17.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 10...”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 21 October, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Healthy Lifestyle category.

125 014
Subscribers
-48124 hours
+1 6037 days
+5030 days
Posts Archive
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ❗️Bolalar onkologiyasi: Sent-Jud Global xalqaro dasturi bilan hamkorlik yanada kengayadi
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi direktori Karlos Rodriges-Galindo bilan uchrashdi.
Muloqotda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasidagi hamkorlikning bugungi natijalari hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Qayd etilganidek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va AQShning Sent-Jud bolalar tadqiqot shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan GPACCM global platformasidoirasida O‘zbekistonga umumiy qiymati 3,3 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan dori vositalari yetkazib berildi. Joriy yilning fevral oyida Sent-Jud bolalar tadqiqot shifoxonasi bilan imzolangan memorandum o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti. Muloqotda mamlakatimizda milliy saraton registrini takomillashtirish, klinik ma’lumotlar bazasini rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar bolalar salomatligini muhofaza qilish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladilar. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

+1
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴 🟦🟦🟦
📍“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
📹 SSV Matbuot xizmatining Samarqanddan tayyorlagan videolavhasida ushbu tadbir tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi. ———————-
📍 В рамках Всемирного саммита «Инвестиции в благополучие детей» проходит II Международный конгресс по детской онкологии.
📹 Подробности мероприятия — в видеосюжете, подготовленном Пресс-службой Минздрава из Самарканда. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦 “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida navbatdagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda. U bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimlariga investitsiya kiritishga doir ustuvor masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan. Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov so‘zga chiqib, mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, zamonaviy tibbiy xizmatlar va reabilitatsiya imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Qayd etilganidek, yurtimizda 46 ta tumanlararo perinatal markaz tashkil etilgan. Milliy emlash dasturi orqali bolalar 13 turdagi yuqumli kasalliklardan himoya qilinmoqda. So‘nggi 15 yilda besh yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar orasida o‘sishdan ortda qolish ko‘rsatkichi ikki barobar kamaygan. Shuningdek, keyingi ikki yilda bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlari soni uch barobarga oshib, yiliga 4 400 taga yetgani, neyrojarrohlik yordami hajmi 13 barobardan ziyod ko‘paygani ta’kidlandi. Sessiyada bolalar salomatligiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar samaradorligini nafaqat ajratilgan mablag‘lar, balki kasalliklarni erta aniqlash, oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlari orqali baholash muhimligi aytildi. Tadbirda Qirg‘iz Republikasi sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov, Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda, Belarus Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elena Bogdan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Evgenia Kotova va boshqa nufuzli mehmonlar ham so‘zga chiqdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga invest
+9
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” jahon sammiti doirasida O‘zbekistonda bolalar salomatligi, ta’limi va ijtimoiy himoyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
💚 “Dunyo bola nigohida” konsepsiyasiga asoslangan ko‘rgazma davlat siyosati va islohotlar natijalarini bolaning kundalik hayoti, ehtiyojlari va kelajak imkoniyatlari orqali ochib beradi. Ekspozitsiyada onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta rivojlanish, oilaviy g‘amxo‘rlik, inklyuziv ta’lim, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish borasidagi kompleks yondashuvlar aks ettirilgan. Xalqaro delegatsiyalar ko‘rgazma davomida interaktiv maydonlar va hayotiy hikoyalar orqali O‘zbekiston tajribasi bilan tanishib, bolalar farovonligi yo‘lida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligi
+9
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boshqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda. 👉 BATAFSIL 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦 Sog‘liqni saqlash vazirlari “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma bilan tanishdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🟡🟦🟦🟦 ❗️Samarqandda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashdi  
🇺🇿🇰🇬 “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Qirg‘iz Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov bilan ham uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
  💬 Qayd etilganidek, keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasida tibbiy yordam, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, kadrlar tayyorlash va farmatsevtika yo‘nalishlarida qator qo‘shma tashabbuslar amalga oshirilmoqda.   🏥 Jumladan, O‘zbekiston ko‘magida Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida 174 o‘rinli, Chuy viloyatida esa 66 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonalari barpo etildi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatga 20 ta tez tibbiy yordam avtomobili beg‘araz yordam sifatida topshirilgan.   🔎 Uchrashuvda mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or davolash texnologiyalarini joriy etish hamda sohani raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.   📌 Eldor Adilov ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish va bu borada alohida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishni taklif etdi.   ‼️Yakunda tomonlar tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami hamda raqamli texnologiyalarni joriy erishda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

+3
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🟡🟦🟦🟦 ❗️ O‘zbekiston — Rossiya: Tibbiyot sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi
🇺🇿🇷🇺 “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 Ta'kidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. ✅ Xususan, ayni paytda kadrlar tayyorlash, zamonaviy tashxislash va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, yuqori texnologik tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha qator qo‘shma loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. 🏢 Tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik ham izchil kengaymoqda. Xususan, Toshkentda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filiali tashkil etilmoqda. Ayni paytda loyiha doirasida ta’lim va klinik bazani, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda simulyatsiya-akkreditatsiya markazini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. 🔬 Tomonlar yuqori texnologik tibbiy yordamni rivojlantirishga doir hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligini qayd etdilar. O‘z navbatida, farmatsevtika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 🟢 Shuningdek, onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, yurtimizda yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi. 📝 Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilovchi “yo‘l xaritasi” imzolandi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦
🔵 Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi davom etmoqda.
Tadbirda Ozarbayjonning Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova, Qirg‘iz Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Damirbek Osmonov hamda Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda so‘zga chiqdi. Shuningdek, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi vakili Natasha Azzopardi-Muskat, AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi direktori Karlos Rodriges-Galindo, Dana-Farber saraton instituti dasturlari direktori Lesli Lemann, Xalqaro bolalar onkologiyasi jamiyati (SIOP) bosh kotibi Rejin Kebudi va boshqalar o‘z chiqishlarida sohadagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi. Ayni paytda ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda bemorlarning nafaqat sog‘ayishi, balki to‘laqonli hayot kechirishi uchun reabilitatsiya, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’limni davom ettirish hamda oilalarga ko‘maklashish kabi masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashmoqda. Xalqaro kongress ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦 🔵 Samarqand shahrida davom etayotgan II Xalqaro bol
+9
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦
🔵 Samarqand shahrida davom etayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressidan fotoreportaj.
🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦
💬 Xalqaro kongressda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov so‘zga chiqdi.
— Prezidentimiz boshchiligida bolalar saratoni bo‘yicha erta diagnostika imkoniyatlari kengayib, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash tizimi takomillashtirilmoqda, — dedi vazir. Ta’kidlanganidek, davlat hisobidan bepul taqdim etiladigan o‘smaga qarshi preparatlar ro‘yxati ikki barobardan ziyod kengaytirildi. Vazir o‘z nutqida xalqaro aloqalarning ahamiyatiga ham to‘xtalib, mazkur kongress o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim platforma bo‘lishini qayd etdi. — Maqsadimiz —  har bir bola, qaysi mamlakatda tug‘ilgani va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, zamonaviy tibbiy xizmatdan birdek foydalanishini ta’minlashdir, — dedi Eldor Adilov. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦
📍 Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi boshlandi.
  Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Tamila Aliyeva kirish so‘zi bilan ochdi.   Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan yurtimizda bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan 2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. 2026–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy reja ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Onkologik kasalliklarga chalingan bemor bolalarni zarur dori vositalari bilan qamrab olish darajasi 88 foizga yetdi. Qolaversa, O‘zbekiston JSSTning Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tashabbusida faol ishtirok etmoqda. Bolalar saratoniga qarshi kurash chegara bilmaydi. Bugungi kongress mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, eng yaxshi tajribalarni o‘rganish hamda bolalarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan to‘liq qamrab olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonin beradi.    🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦
II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi boshlanish arafasida.
  Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurgan.   Ular orasida siyosiy yetakchilar, qator davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari, JSST, AQShning Sent-Jud Global xalqaro dasturi, Dana-Farber saraton instituti, Vena tibbiyot universiteti va boshqa qator xalqaro tashkilotlar vakillari bor.   Shuningdek, O‘zbekiston, AQSh, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Hindiston, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston kabi davlatlar ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishi kutilmoqda.   Kongressda bolalar onkologiyasi tizimini rivojlantirish, zamonaviy davolash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bemorlarning sog‘aygandan keyin to‘laqonli hayot kechirishi uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilinadi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴🟦🟦
Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida o‘tkazilayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi oldidan ishtirokchilar jam bo‘lmoqda.
🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti isht
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga tabrik 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

+1
🔴 ❤️❤️❤️ 🩺 Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Andijon va Farg‘ona viloyatlarida aholi bilan uchrashib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 🏃‍♂️ Shifokorlar mahalliy hamkasblari bilan tajriba almashib, tayanch-harakat tizimi kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Ayrim bemorlarga esa yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z yuritiladi.   ———— 🩺 Специалисты Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра травматологии и ортопедии встретились с жителями Андижанской и Ферганской областей и провели медицинские осмотры. 🏃‍♂️ Врачи обменялись опытом с местными коллегами и дали важные рекомендации по раннему выявлению и профилактике заболеваний опорно-двигательного аппарата. Некоторым пациентам провели высокотехнологичные хирургические операции. 📹 Подробнее об этом — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva S
Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. — Сегодня Первая леди Республики Узбекистан, председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin» Зироат Мирзиёева примет участие и выступит с речью на Всемирном саммите «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟡 "Bolalar farovonligiga investitsiya" Jahon sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filialida bo‘ldi.
❓ Xo‘sh, mehmon yurtimizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni qanday baholadi? ❓ O‘zaro muloqotda qaysi masalalar muhokama qilindi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

🔴 🟦🟦🟦
🖥 Prezidentimizning 2026-yil 24-iyundagi tegishli qarori bilan palliativ xizmatlar mamlakat bo‘ylab kengaytirilmoqda.
📎 Joriy yilning oktabr oyidan Toshkent shahri va Samarqand viloyatida bemorlarning uyiga borib yordam ko‘rsatuvchi mobil brigadalar ish boshladi. 📎 Ularning faoliyati 2027–2028-yillarda boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. 📎 Xospislarda “Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati” tashkil etilib, bemorning yaqinlariga ruhiy va ijtimoiy ko‘mak beriladi, uyda parvarish qilish qoidalari amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatiladi. 📎 Yangi tizim uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta o‘qitish ishlari boshlangan. 📎 Bemorlarni ro‘yxatga olish, kerakli yordamga yo‘naltirish va xizmatlarni kuzatib borish uchun E-Palliative elektron tizimi joriy etilmoqda. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

+1
🔴🟦🟦🟦
📍 Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. Ertaga bu yerda “Bolalar farovonligiga investitsiya” jahon sammiti boshlanadi.
🌐 Unda 100 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan davlat vakillari, vazirlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda. 📌 Sammit doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkazilishi belgilangan. 📹 SSV Matbuot xizmati Samarqanddan turib ushbu xalqaro tadbir tafsilotlarini keng yoritib boradi. 📹 Yuqoridagi vedeolavhada mazkur kongressning ahamiyati, maqsadi va undan kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritiladi. —————-
📍 Завтра в Самарканде начнет работу Всемирный саммит «Инвестиции в благополучие детей: на пути к устойчивому и справедливому развитию для будущих поколений».
🌐 Ожидается, что в мероприятии примут участие представители государственных органов, министры, руководители авторитетных международных организаций, эксперты и ведущие специалисты из более чем 100 стран мира. 📌 Одним из значимых событий в рамках саммита станет II Международный конгресс по детской онкологии. 📹 Пресс-служба Минздрава будет подробно освещать данное мероприятие непосредственно из Самарканда. 📹 В данном видеосюжете рассказывается о значении и целях предстоящего конгресса. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin