Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Sog‘liqni saqlash vazirligi analitikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 121 840 obunachidan iborat bo'lib, Sogʻliqni saqlash toifasida 92-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 377-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 121 840 obunachiga ega bo‘ldi.
26 Avgust, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -8 862 ga, so‘nggi 24 soatda esa -100 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 9.96% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 7.06% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 12 140 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 8 603 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 17 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz
Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.
Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz
Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 10...”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 27 Avgust, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Sogʻliqni saqlash toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
✅ Вступительные экзамены в клиническую ординатуру (резидентуру) проводились на основе цифровой системы.❓Какие удобства это создало для участников испытаний? ❓Обеспечила ли цифровизация прозрачность процесса тестирования? 📹 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga kirish uchun test sinovlari raqamlashtirilgan tizim asosida o‘tkazildi.❓Bu talabgorlar uchun qanday qulayliklar yaratdi? ❓Raqamlashtirish test jarayoni shaffofligini ta’minladimi? 🎬 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Muhokamalar markazida kelajak avlod taqdirini belgilovchi yo‘nalishlar bo‘ladi: • bolalar manfaatiga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya; • bolalarni himoya qilish va integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish; • qulay va barqaror sog‘liqni saqlash tizimi; • bolalar saratoniga qarshi kurash; • erta bolalik rivoji va inklyuziv ta’limda hamkorlikdagi yechimlar.Sammit doirasida shuningdek II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi. Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida Samarqand bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha deklaratsiya qabul qilinadi — bu aniq harakatlar va xalqaro hamkorlikka chaqiriq bo‘ladi. Bolalarga investitsiya qilish — barqaror, adolatli va tinch kelajakka investitsiya qilish demakdir.
2026-yil 21–22-oktabr Samarqand shahri, O’zbekistonBatafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
✅ Sog‘liqni saqlash vazirligida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.🔺 Unda vazirlik mas’ullari, markaziy apparat xodimlari, ixtisoslashtirilgan markazlar rahbarlari hamda respublika davolash muassasalari bosh shifokorlari ishtirok etdi. 💬 Tadbirni Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. 🟡 Shuningdek, soha xodimlariga sihat-salomatlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 🟢 Ta’kidlanganidek, bugun Prezidentimiz tomonidan yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi salomatligini asrash va tibbiyotni xalqqa yanada yaqinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. ➡️ Mazkur jarayonda sog‘liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan har bir xodim o‘zining fidoyiligi va kasbiga sadoqati bilan bu yangilanishlarga munosib hissa qo‘shayotir. 🎖Joriy yil mustaqillik bayrami arafasida 1000 nafardan ziyod soha vakillari Prezidentimiz farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanadi. ✍️ Tadbirda ularning bir guruhiga ushbu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🏥 Shaharning katta qismi uyquda. Ammo bu muassasada vaqt boshqacha mezon bilan o‘lchanadi. Soniyalar ichida qabul qilingan to‘g‘ri qaror, sanoqli daqiqalarda ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordam, shoshilinch holatda asrab qolingan inson hayoti…🎥 SSV Matbuot xizmatining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tungi faoliyatidan tayyorlagan “Navbatchi” medialoyihasida shu haqda so‘z yuritiladi. ⏺ Tomosha qiling! Yangicha format, o‘zgacha rakurs va ta’sirchan uslub! 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🧑🏻💻 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazida klinik ordinatura (rezidentura) uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.✔️ Hujjatlarni topshirish, test va uning natijalarini e’lon qilishgacha bo‘lgan barcha jarayon raqamlashtirligani sinov adolatli va shaffof o‘tishi, muhimi, soha uchun yetuk va malakali kadrlarni tanlab olish uchun keng imkoniyat yaratyapti. 📊 Joriy yilda klinik ordinaturaga talabgorlarning 10 ming 200 dan ziyod arizalari qabul qilingan. Ular 78 ta davlat va nodavlat tashkilotiga 65 ta mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirgan. 🎥 SSV Matbuot xizmatining ushbu jarayonlarga bag‘ishlangan videolavhasi bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🏥 Xabar berganimizdek, kuni kecha Prezidentimiz farmoni bilan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yosh jarrohi Abdurashid Abdukarimov davlatimizning yuksak mukofoti — “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.🟢 Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan mazkur muassasada tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda markaz jamoasi yosh mutaxassisni bu yuksak e’tirof bilan samimiy qutladi. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z boradi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟡 Yangi o‘quv yili — bola hayotidagi muhim bosqich. Darslar, yangi jamoa, jismoniy va ruhiy yuklamalar uning salomatligiga ham ma’lum darajada ta’sir qiladi.🖥 Shu bois maktabga chiqishdan avval bolaning umumiy salomatligini baholash, buning uchun esa tibbiyot mutaxassislariga murojaat qilish muhim. 🩺 Avvalo — pediatr ko‘rigi Pediatr bolaning umumiy holatini baholaydi, bo‘yi va vaznini o‘lchaydi, rivojlanish ko‘rsatkichlarini tekshiradi. Zaruratga qarab boshqa mutaxassislar ko‘rigiga yo‘llanma beradi. 👁 Oftalmolog ko‘rigi Bolaning ko‘rish qobiliyatini tekshirish ayniqsa muhim. Ko‘rishdagi muammolar darslarni sust o‘zlashtirishga, tez charchashga va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. 👂 LOR shifokori ko‘rigi Eshitish, burun va tomoq bilan bog‘liq muammolar bolaning nutqi, diqqati va ta’lim jarayoniga ta’sir qilishi mumkin. 🦷 Stomatolog ko‘rigi Tish va og‘iz bo‘shlig‘i holatini tekshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash tavsiya etiladi. 👨⚕️ Ortoped yoki jarroh ko‘rigi Qomat, umurtqa pog‘onasi va oyoq panjalarining holatini baholash, jismoniy faollik bo‘yicha tavsiyalar olish foydali. 🧠 Zaruratga ko‘ra boshqa mutaxassislar Bolaning sog‘lig‘i va individual holatidan kelib chiqib, nevrolog, kardiolog, allergolog yoki boshqa mutaxassislar ko‘rigidan ham o‘tish zarur. 🔬 Laboratoriya va boshqa tekshiruvlar Tibbiy tahlil va tekshiruvlar bolaning yoshi, sog‘lig‘i hamda shifokor tavsiyasiga qarab belgilanadi. 💉 Emlash holatini ham tekshiring Maktab boshlanishidan oldin bolaning milliy emlash taqvimiga muvofiq emlanganligini va zarur tibbiy hujjatlari joyida ekanini tekshirib olgan yaxshi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🔬 Inson jigarini tanadan tashqarida 7 kungacha saqlash imkonini beruvchi maxsus texnologiyani yaratishda ishtirok etib, bu ishlanma bilan xalqaro ilmiy jamoatchilik e’tiboriga tushgan. 📅 Qashqadaryo viloyatida o‘sib-ulg‘aygan D. Eshmo‘minov 2006-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini, 2009-yilda akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rezidentura bosqichini tamomlagan. 📱 So‘nggi yillarda u O‘zbekistondagi hamkasblari bilan hamkorlikni kengaytirib, yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga hissa qo‘shib kelmoqda. 🛬 Shu kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini nishonlash uchun Toshkentga kelgan vatandoshimiz yurtimiz tarixida ilk bor robot yordamida transplantatsiya amaliyotini o‘tkazishda ishtirok etmoqda.💬 — Keyingi yillarda O‘zbekiston dunyoga ochildi, — deydi Dilmurod Eshmo‘minov. — Barcha sohalarda o‘zgarishlar katta. Tibbiyotda ham salmoqli natijalarga erishilyapti. Bizni shu Vatan, shu xalq o‘qitdi. Endi Syurixda o‘rganganlarimizni yurtimiz tibbiyoti uchun sarflash vaqti keldi. Yangi O‘zbekiston xirurgiyasini jahonga tanitish uchun kamtarona hissamni qo‘shishga tayyorman.
🏥 O‘zbek tadqiqotchisining ilmiy salohiyati uchun tamal toshi bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida noyob operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Robot yordamida bajarilgan buyrak transplantatsiyasi natijasida bemor sog‘lom hayotga qaytdi.‼️ Dilmurod Eshmo‘minov kelgusida bunday innovatsion muolaja usullarini yanada kengroq amaliyotga tatbiq etish uchun markaz bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
👶 Bugun erta tongda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyat filialida 4 nafar egizak tug‘ildi.🌆 Andijon tumanida istiqomat qiluvchi Dildoraxon Ahmedova shu yilning 20-avgust kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilindi. 🔬 Ayolda muddatidan avval kesarcha kesish amaliyoti bajarildi. Tug‘uruq jarayoni malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. ➡️ Birinchi chaqaloq: qiz, vazni 1840 gr, ➡️ ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1534 gr, ➡️ uchinchi chaqaloq: qiz, vazni 1584 gr, ➡️ to‘rtinchi chaqaloq: qiz, vazni 1756 gr. 🩺 Ayni paytda 4 nafar egizak va ularning onasi malakali tibbiyot xodimlari nazorati ostida. 📌 Eslatib o‘tamiz, Andijonda shu yil iyun oyida 4 nafar, iyulda esa 5 nafar egizak dunyoga kelgani haqida ham xabar bergan edik. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🗓 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida O‘zbekiston tibbiyoti tarixida yangi sahifa ochildi. Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida mamlakatimizda ilk bor robot yordamida buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi.🤖 Yuqori texnologik noyob amaliyot muassasa mutaxassislari hamda Shveytsariyaning Syurix universiteti klinikasida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Dilmurod Eshmo‘minov ishtirokida bajarildi. 🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali ushbu yangilikning ahamiyati va jarayon tafsilotlari haqida so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟢 В борьбе с раком важно выявлять заболевание на ранней стадии, ставить правильный диагноз и подбирать индивидуальную тактику лечения для каждого пациента. Кроме того, важную роль в лечении этого заболевания играют инновационные технологии.🏥 Сегодня Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр онкологии и радиологии, расположенный в современном комплексе на 650 коек, обеспечивает комплексную помощь пациентам, опираясь на передовые подходы. 📱 В свою очередь, тесное сотрудничество с зарубежными специалистами позволяет внедрять в практику новые методы диагностики и лечения. 📹 В видеосюжете, подготовленном Пресс-службой Минздрава, рассказывается о возможностях этого центра и условиях, созданных для пациентов. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟢 Saratonга qarshi kurashda kasallikni erta bosqichda aniqlash, to‘g‘ri tashxis va har bir bemor uchun individual davolash taktikasini tanlash muhim. Qolaversa, bu xastalik muolajasida innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta.🏥 Bugun 650 o‘rinli zamonaviy majmuada faoliyat yuritayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ana shunday ilg‘or yondashuvlar asosida bemorlarga kompleks yordam ko‘rsatilmoqda. 📱 O‘z navbatida, xorijlik mutaxassislar bilan yo‘lga qo‘yilgan mustahkam hamkorlik yangi diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish imkonini beryapti. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu markaz imkoniyatlari hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning yurtimizga davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Bolalar milliy tibbiyot markaziga press-tur tashkil etildi.Tadbir davomida muassasa faoliyati, uning klinik va diagnostik imkoniyatlari, erishgan natijalari, yuqori texnologik tibbiy yordamni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Bevosita Prezidentimiz tashabbusi bilan, to‘liq Koreya texnologiyalari asosida barpo etilgan ushbu shifo maskani jahon standartlariga to‘liq javob beradigan to‘rtinchi darajali nufuzli tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Markaz xalqaro darajadagi JCI sertifikatini olgan mamlakatimizdagi birinchi davlat shifo maskanidir. Markaz bugungi kunda murakkab diagnostika, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari va ixtisoslashtirilgan davolashni bir joyda birlashtirib, bolalarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
