uk
Feedback
Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Відкрити в Telegram

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Sog‘liqni saqlash vazirligi

Канал Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 129 846 підписників, посідаючи 86 місце в категорії ЗОЖ та 358 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 129 846 підписників.

За останніми даними від 28 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 277, а за останні 24 години на -845, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 9.53%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 6.02% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 12 384 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 7 819 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 17.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 10...

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 29 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії ЗОЖ.

129 846
Підписники
-84524 години
+3767 днів
-2 27730 день
Архів дописів
+1
🔴 🟦🟦🟦
Poytaxtimizdagi EMU universiteti “Salomatlik volontyorlari” harakatining I qurultoyiga mezbonlik qildi.
Xo‘sh, volontyorlikning asosiy vazifasi nimadan iborat?Anjumanda uni rivojlantirishga oid qanday masalalar ko‘rildi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. ——————————— 🔴 ‼️‼️
В университете EMU в Ташкенте состоялся I курултай движения «Волонтёры здоровья».
Итак, в чем заключается основная задача волонтерства?Какие вопросы обсуждались здесь? 📹 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🟡  “TIBBIYOT NOVATORLARI
💻 SSV Matbuot xizmatining yangicha formatdagi “Tibbiyot novatorlari” medialoyihasi jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
🖥 Xususan, uning doirasida O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor 5000 kilometr masofadan turib robotlashtirilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajargan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov haqida tayyorlangan videokontent ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi. ⬇️ Quyida ulardan ayrimlarining havolalarini taqdim etamiz:
Kun uzhttps://t.me/kunuzofficial/171233 GENERALISSIMUShttps://t.me/u_generalissimus/23971 Uzbekistanofficial https://t.me/uzbekistanofficial/116379 Shopirlarhttps://t.me/shopirlar/116499; Kanallani Dodasi https://t.me/KDUZB/159367; PATRUL UZhttps://t.me/patrul_uz/94575 MILITSIYA UZBhttps://t.me/MILITSIYA_UZB/168175 Shokirjonov newshttps://t.me/shokirjonov/10571 Kun Yangiliklari 24 https://t.me/kun_xabarlari_yangiliklari/1938 A’zamxo‘jayev https://t.me/muhrim2022/8089 Геосиёсат https://t.me/GeoPolitico/23440 UzbekTVhttps://t.me/uzbektv_yangiliklar/25872.
🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi sogʻliqni saqlash vaziri Fahad bin Abdu
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi sogʻliqni saqlash vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Королевства Саудовская Аравия во главе с министром здравоохранения Фахадом бин Абдулрахманом аль-Джаладжелем. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦 Saudiya Arabistoni delegatsiyasi "BioPharma City" klasteri faoliyati bilan tanishdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.
Bugun delegatsiya vakillari ishtirokida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda "BioPharma City" innovatsion farmatsevtika klasteri salohiyati taqdimot qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴 ‼️‼️
🖥В Ферганской области прошли выездные приемы с участием сотрудников Министерства здравоохранения. В ходе мероприятия были тщательно изучены обращения населения и проблемы были решены на месте.
🩺 Также в рамках мероприятия был проведен углубленный медицинский осмотр граждан, включенных в реестр социальной защиты, лиц с инвалидностью, людей, проживающих в отдаленных и труднодоступных районах региона. 📹 Подробности — в данном видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴 🟦🟦🟦 ❗️BUGUN — XALQARO GEPATITGA QARSHI KURASH KUNI
Virusli gepatit — dunyoda keng tarqalgan xavfli kasalliklardan biri.
Ushbu yuqumli xastalikka qarshi samarali kurashish va uning oldini olish maqsadida har yili dunyo bo‘ylab 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, soha olimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, har yili jahonda ko‘plab insonlar virusli gepatit bilan kasallanadi. Shu jumladan yurtimizda ham. Shu bois mamlakatimizda mazkur xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 16-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, birlamchi bo‘g‘inda gepatitning B va C turlarini erta aniqlash maqsadida bepul skrininglar o‘tkazilyapti. Kasallikning C turi tasdiqlangan bemorlarga zarur dori vositalari bepul berilmoqda. Shuningdek, 2021-yildan boshlab yurtimizda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni gepatit B ga qarshi emlash tadbiri Milliy emlash taqvimiga kiritilgan. Tadbirda shu haqda so‘z borar ekan, xastalikning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, emlanishning ahamiyati xususida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi. Qolaversa, sog‘lom turmush tarzi va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklardan doimiy o‘tish orqali virusli gepatitning oldini olish mumkinligi alohida ta’kidlandi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿🇸🇦 Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Xo‘sh, tashrif doirasida qanday uchrashuvlar o‘tkazildi? Muloqotda kimlar ishtirok etdi? Qaysi kompaniyalar bilan kelishuvga erishildi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+1
🔴📌📌📌📌📌
📍 Yaqinda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi. Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasida e’lon qilingan qarori asosida boshlangan ezgu ishlar ushbu hududda davom ettirildi.
  ❓ Shu jarayonda qancha bemor operatsiya qilindi?   ❓ Qanday murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi?   ❓ Bundan Orolbo‘yi aholisi mamnunmi?   🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. __________ 📍Недавно команда Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра травматологии и ортопедии вернулась из Каракалпакстана. В этом регионе продолжилась благородная работа, начатая согласно постановлению Президента страны, принятого накануне Курбан хайита.Сколько пациентов было прооперировано в ходе этой работы?Какие сложные хирургические операции были выполнены?Довольны ли этим жители Приаралья? 🎥 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава.   🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+8
🔴1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦SSV: Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistonning tibbiyotni raqamlashtirish tajribasi bilan tanishdi Mamlakatimizda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya Yagona integrator – “Uzinfocom”da bo‘lib, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, SEHA Virtual Hospital, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzinfocom” hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida Xalqaro ko‘p tarmoqli virtual kardiologiya komissiyasi faoliyatiga start berildi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, murakkab klinik holatlarni yetakchi mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida masofadan muhokama qilish hamda bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tadbir doirasida ushbu komissiyasining ilk yig‘ilishi ham o‘tkazilib, raqamli texnologiyalar orqali kardiologik kasalliklarni tashxislash va davolashga oid murakkab klinik holatlar yetakchi ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦SSV: Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistonning tibbiyotni raqamlashtirish tajribasi bilan t
+7
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦SSV: Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistonning tibbiyotni raqamlashtirish tajribasi bilan tanishdi Mamlakatimizda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya Yagona integrator – “Uzinfocom”da bo‘lib, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, SEHA Virtual Hospital, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzinfocom” hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida Xalqaro ko‘p tarmoqli virtual kardiologiya komissiyasi faoliyatiga start berildi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, murakkab klinik holatlarni yetakchi mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida masofadan muhokama qilish hamda bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tadbir doirasida ushbu komissiyasining ilk yig‘ilishi ham o‘tkazilib, raqamli texnologiyalar orqali kardiologik kasalliklarni tashxislash va davolashga oid murakkab klinik holatlar yetakchi ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+9
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni: Sog'liqni saqlash sohasidagi yangi loyihalar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni vakillari ishtirokida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. — Узбекистан — Саудовская Аравия: новые проекты в сфере здравоохранения Состоялся круглый стол с участием представителей Узбекистана и Саудовской Аравии, посвящённый перспективам сотрудничества в сфере здравоохранения. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🔴🟦🟦 🇺🇿🇸🇦 O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni: “Fergana Hospital” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
📈 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida “Fergana Hospital” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
💬 Qayd etilganidek, Saudiya Arabistonining “Vision International Investment Company” kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani xalqaro standartlarga muvofiq loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, jihozlash hamda uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhim kelishuvga erishilgan. 📌Loyihaning umumiy investitsiyaviy qiymati qariyb 300 million AQSH dollarini, qurilish muddati esa 36 oyni tashkil etadi. Mazkur shifoxona Markaziy Osiyoda DXSh modeli asosida amalga oshirilayotgan eng yirik sog‘liqni saqlash obyektlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. 🏥 Yangi tibbiyot majmuasi Farg‘ona viloyatidagi beshta ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasini yagona kompleksga birlashtiradi. Natijada viloyat hamda unga tutash hududlar aholisi uchun kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, organlar transplantatsiyasi, nefrologiya va ortopediya yo‘nalishlarida uchinchi darajali yuqori texnologik tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayadi. 🏵Shuningdek, majmua tarkibida 160 o‘rinli intensiv terapiya va shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari hamda barcha zarur yordamchi klinik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. ‼️ Taqdimotda ushbu loyihani amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+3
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦 O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni: Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
🛬 Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
📌 Delegatsiyaning 50 nafardan ortiq a'zolari safidan Saudiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Muhammad Abunayyan ham o‘rin egallagan. ✅ Bugun poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent” mehmonxonasida tashrif doirasidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev mehmonlar bilan muloqot o‘tkazdi.
💬 Muzokaralarda keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari ikki mamlakat yetakchilarining muntazam uchrashuvlari va yuqori darajadagi muloqotlari tufayli tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.
➡️ Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yildagi Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi, 2023-yildagi “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammiti hamda 2024-yilda Ar-Riyodda o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasidagi uchrashuvlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.
🔎 Uchrashuvda ikki davlat sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytitish, sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, tizimda raqamli yechimlarni joriy etish, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sohalariida investitsiyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi.
‼️ Tashrif doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+2
🟦🟦🟦 Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti. — Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения. — Weekly review: A digest of the most important healthcare events of the week. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🟡  “TIBBIYOT NOVATORLARI
📹 SSV Matbuot xizmatining chaqaloqlarda jigar transplantatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan tajribali xirurg, Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Nosirov faoliyati haqida yangicha formatda tayyorlagan videokontenti jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
📌 Jajji go‘daklar hayotini saqlab qolayotgan qahramon shifokorimizning mashaqqatli va sharafli mehnati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq fikrlar bilan kutib olinmoqda. 💵 Operatsiya jarayoni va shifokorning fidoyiligi aks etgan ushbu videolavha bir qator internet resurslarida ham faol yoritildi. ⬇️ Ularning ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz.
Kun uz - https://t.me/kunuzofficial/172537 davletovuz - https://t.me/davletovuz/26072 Daryo — LIVE - https://t.me/daryo_live/144350 Rasul Kusherbayev - https://t.me/r_kusherbayev/16041 UZBEK VIDEO - https://t.me/uzbekvideo/79096 MILITSIYA UZB - https://t.me/MILITSIYA_UZB/171129 Xabar uz - https://t.me/xabaruzofficial/112795 Бургут - https://t.me/burgutuzb/23316 ХАЛҚ НАЗОРАТИ - https://t.me/XalqNazorati/20947 Rasmiy axborot - https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17158 MANIFEST - https://t.me/manifestcanal/4794 SAFAR - https://t.me/safarblog/13832 Shokirjonov news - https://t.me/shokirjonov/10780 UZ24 uz - https://t.me/uz24newsuz/19550 Bayonotuz - https://t.me/bayonotuz/11376 Times uz - https://t.me/times_officialuz/28941 Официальные новости - https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/58273
🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

📍 TIBBIY LOKATSIYA
🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
⬇️ Tibbiy xizmat yo‘nalishlari: ➡️ Arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar va boshqa kardiologik xastaliklarni tashxislash va davolash. ➡️ Intervension kardiologiya (koronar angiografiya, stentlash, angioplastika va boshqa endovaskulyar amaliyotlar). ➡️ Yurak ritmi buzilishlarini aniqlash va davolash, elektrofiziologik tekshiruvlar hamda radiochastotali ablatsiya. ➡️ Yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish. ➡️ Kardiojarrohlik, jumladan, aortokoronar shuntlash, yurak klapanlarini rekonstruksiya qilish va protezlash operatsiyalari. ➡️ Exokardiografiya, EKG, Xolter monitoringi, stress-test, KT va MRT kabi zamonaviy diagnostika tekshiruvlari. ➡️ Reanimatsiya va intensiv terapiya, infarktdan keyingi shoshilinch tibbiy yordam.
🤩 Markaz 252 o‘rinli statsionar, konsultativ-diagnostika poliklinikasi hamda 14 ta hududiy filiali orqali aholiga zamonaviy va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi.
📲 +998 71 237-38-44. 🌐 https://cardiocenter.uz 🔵 https://t.me/kardiomarkaz 🟣 https://www.instagram.com/kardiomarkaz 🖥 LOKATSIYA 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ Virusli gepatitning qanday turlari bor? Ular qanday yuqadi va nimasi bilan xavfli? Bu xastaliklardan himoyalanish mumkinmi? 🖥 Ushbu savollarga 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni oldidan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining infeksionist shifokori Nargiza Nazirova batafsil javob berdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+9
🔴 🌍🌍🌍
Sog‘liqni saqlash vazirligida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish masalalari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
🖥 Tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda vazirlik markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 🔎 Sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi deputati Abdulhakim Eshboyev ishtirok etgan seminarda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🗣 Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish mexanizmlari, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda bu borada amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

+9
🔴 No_comment
Odamlarga xolisona ko‘maklashish xalqimizga xos qadriyatlardan bo‘lib, keyingi yillarda u volontyorlik harakati sifatida izchil rivojlanmoqda. Bu borada “Volontyorlik to‘g‘risida”gi Qonun huquqiy asos bo‘lyapti.
  📌 Poytaxtimizdagi EMU universiteti mezbonlik qilgan “Salomatlik volontyorlari” harakatining I qurultoyi bu boradagi ishlarga yangicha sur’at berish maqsadida tashkil etildi.   ➡️ Ochilishi marosimida qatnashgan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudoyqulov tomonidan ta’kidlanganidek, yaqinda faoliyat boshlagan ushbu harakatdan ko‘zlangan maqsad fuqarolar tibbiy savodxonligini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholini volontyorlikka jalb etish, ularni yagona platformaga birlashtirish, natijada profilaktik tibbiyotni rivojlantirishdan iboratdir.   💫 Qurultoy doirasida o‘tkazilgan “Salomatlik uchun” ko‘rgazmasi, “Hayot ulash” donorlik aksiyasi va “Sog‘lom hayot sari” ommaviy yugurish tadbirlari ham ana shu maqsad xizmat qildi.   📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.   🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram