ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

前往频道在 Telegram

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003

显示更多

📈 Telegram 频道 Sog‘liqni saqlash vazirligi 的分析概览

频道 Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 118 591 名订阅者,在 健康生活方式 类别中位列第 94,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 424 位。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 118 591 名订阅者。

根据 12 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -5 131,过去 24 小时变化为 -202,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 9.05%。内容发布后 24 小时内通常能获得 8.25% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 10 750 次浏览,首日通常累积 9 796 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 20。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 10...”

凭借高频更新(最新数据采集于 13 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 健康生活方式 类别中的关键影响点。

118 591
订阅者
-20224 小时
+1 2537 天
-5 13130 天
帖子存档
❗️2027-yil tibbiyotga 61,4 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda 2027-yil ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalg
+6
❗️2027-yil tibbiyotga 61,4 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda
2027-yil ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyalashtirish uchun jami 176 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Ta’limga 114,3 trillion so‘m (o‘tgan yildan 14 trillion so‘m ko‘p), tibbiyotga 61,4 trillion so‘m (o‘tgan yildan 12 trillion so‘m ko‘p) ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida 2027-yil uchun Davlat budjetining maqsadli ko‘rsatkichlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda budjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda ma'lum qilindi... 👉 BATAFSIL 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

+1
🟦🟦🟦
Toshkentda O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI sʼyezdi va Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda shoshilinch holatlarda bemorlarga tez va sifatli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislar zamonaviy davolash usullari bo‘yicha tajriba almashdi. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu haqda batafsil tanishasiz. _________________________
В Ташкенте состоялись VI съезд Ассоциации врачей экстренной медицинской помощи Узбекистана и IV конгресс Евроазиатского сообщества экстренной медицины.
Отечественные и зарубежные специалисты обсудили вопросы своевременного и качественного оказания экстренной медицинской помощи, а также обменялись опытом применения современных методов лечения. Подробнее — в нашем видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#Tavsiya 🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🩺 Maʼlumotlarga ko‘ra, qandli diabet bilan yashayotgan insonlar soni dunyo bo‘ylab ortib bormoqda. Kasallikni nazorat qilishda esa kundalik odatlarning oʻrni alohida.
❔ Xo‘sh, ovqatlanish va jismoniy faollik borasida nimalarga e’tibor berish kerak? ❔ Qondagi qand miqdorini nazorat qilishda qanday qoidalarga amal qilish lozim? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐

🟡 🟦🟦🟦 ❗️JSST: O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda sil kasalligidan o‘lim holatlari 75 foizga kamaydi 🌐 Jahon sog‘liqni saqlas
🟡 🟦🟦🟦 ❗️JSST: O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda sil kasalligidan o‘lim holatlari 75 foizga kamaydi
🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligi bo‘yicha yangi global hisobotini e’lon qildi.
📊 Qayd etilishicha, 2025-yilda dunyo bo‘yicha taxminan 10,6 million kishi tuberkulyozga chalingan, 1,13 million nafar bemor esa ushbu xastalik oqibatida vafot etgan. 👎 Shunga qaramay, global miqyosda ijobiy o‘zgarishlar bor. Xususan, 2015–2025-yillarda dunyoda sildan o‘lim holatlari 35 foizga, kasallanish darajasi esa 14 foizga kamaygan. 2000-yildan buyon olib borilgan davolash choralari natijasida taxminan 86 million insonning hayoti saqlab qolingan. 📊 Markaziy Osiyo davlatlarida ham silga qarshi kurashish bo‘yicha sezilarli natijalar qayd etilgan. Jumladan, O‘zbekistonda 2025-yilga kelib, 2015-yilga nisbatan tuberkulyozdan o‘lim holatlari kamida 75 foizga qisqargan. Bu JSSTning silga barham berish strategiyasida belgilangan muhim maqsadli ko‘rsatkichlardan biridir. 🟢 Biroq dori vositalariga chidamli sil kasalligi — mintaqa uchun hamon dolzarb muammolardan biri. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda bunday holatlar ulushi nisbatan yuqori. ‼️Shundan kelib chiqib, JSST tegishli hukumatlarni tuberkulyozni erta aniqlash, samarali davolash usullarini kengaytirish hamda profilaktika choralarini kuchaytirish orqali ushbu xastalikka barham berish ishlarini jadallashtirishga chaqirdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

+1
#Konsepsiya 🔴 🟦🟦🟦
Poytaxtimizda O‘zbekistonda halokatlar tibbiyoti tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Xo‘sh, ushbu yo‘nalishni qanday mexanizmlar orqali takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda? Xalqaro ekspertlar uni qanday baholamoqda? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. -------------- 🔴 ‼️‼️
В столице состоялся международный круглый стол, посвященный обсуждению проекта Концепции развития системы медицины катастроф в Узбекистане.
Какие механизмы предлагаются для совершенствования этого направления? Как оценивают представленный проект международные эксперты? 📹 Ответы на эти и другие вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#Vazir_hududlarda 🔴 ‼️‼️‼️ ❓SSV: Tibbiy xizmatdan aholi rozimi? Vazir Navoiydagi vaziyatni joyida o‘rgandi ✅ Prezidentimiz t
+3
#Vazir_hududlarda 🔴 ‼️‼️‼️ ❓SSV: Tibbiy xizmatdan aholi rozimi? Vazir Navoiydagi vaziyatni joyida o‘rgandi
✅ Prezidentimiz tibbiyot sohasi oldiga xalqning o‘zi baho beradigan samarali tizim yaratish vazifasini qo‘ymoqda.
  🔃 Bu, eng avvalo, soha mas’ullaridan joylardagi vaziyatni pastga tushgan holda o‘rganish, aholi bilan muloqot qilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taqozo etadi.   📍Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Navoiy viloyatiga safari ayni shu maqsadlarga qaratildi. 🏥 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatda 1,1 milliondan ziyod doimiy aholi istiqomat qiladi. Ularga 14 ming 650 nafardan ortiq tibbiyot xodimi 580 ga yaqin shifo maskanida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.   🟢 Vazir hududdagi o‘rganishlarini Navoiy shahar markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli, yaratilgan sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.  
💬— Tibbiyot muassasasiga kelgan inson sifatli xizmat va e’tibordan mamnun holda uyiga qaytishi kerak, — dedi vazir. — Buning uchun tizimdagi har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyatni ustuvor bilishi, korrupsiya hamda ta’magirlik kabi illatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishi shart.
  ➖ Shundan so‘ng E. Adilov shifoxona hududida barpo etilayotgan yangi binoning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Vazir obyektni o‘z vaqtida hamda sifatli topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.   🚫 Vazir viloyatdagi turli davolash muassasalari bilan birga Xatirchi tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va soha xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.   📱 Ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizning 15 ta namunaviy hududi qatori Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yilgan edi.   🔬 Bunda asosiy e’tibor tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirishga qaratildi. Pirovardida tumanda odamlarga qulay, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.   🟡 Vazir tumandagi Korizarab mahallasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishar ekan, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, qish mavsumiga tayyorgarlik, dori-darmon vositalari ta’minoti, skrining tadbirlarining tashkil etilishi va ularning natijalari bilan qiziqdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur muassasa 3 500 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Kunlik 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada 6 o‘rinli kunduzgi statsionar ham yo‘lga qo‘yilgan.
  Vazir birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. ‼️Safar davom etmoqda. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

#Reimbursatsiya 🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
💊 Yurtimizda Reimbursatsiya dasturi asosida aholiga 12 turdagi kasallik bo‘yicha dori vositalari bepul berilmoqda.
❓ Xo‘sh, bu imkoniyatdan foydalanish tartibi qanday? 📊 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoinfografika orqali shu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

+1
🔴✨✨✨✨
🟡 Davlatimiz rahbari tomonidan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish topshirig‘i berilgan edi.
🏥 Ular orasida birinchi bo‘lib Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Bundan tashqari, muassasaning shunday natijaga erishgan filiallari soni 11 taga yetdi. Xabar berganimizdek, ular safiga markazning Toshkent shahar filiali ham qo‘shildi. 📹 SSV Matbuot xizmatining videolavhasida shu haqda batafsil so‘z yuritiladi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————————— 🔴 🔰🔰🔰🔰
🟡 Главой государства было поручено привести деятельность специализированных медицинских центров в соответствие с международными стандартами.
🏥 Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр здоровья матери и ребенка стал первым государственным медицинским учреждением в Узбекистане, прошедшим международную аккредитацию. Кроме того, число его филиалов, добившихся такого результата, достигло 11. На днях международную аккредитацию успешно прошел и Ташкентский филиал центра. 📹 Подробнее об этом — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🟡🟦🟦
✅ O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI s’yezdi hamda Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressi boshlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyatini takomillashtirish, hududlarda yuqori texnologiyali davolash usullari va raqamli yechimlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi xalqaro muloqot o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish va shoshilinch tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Xalqaro kongress kun tartibidan O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ozarbayjon, Moldova, Polsha, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qator davlatlar vakillarining 160 dan ortiq ma’ruzalari o‘rin olgan. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🟡🟦🟦
🖥Poytaxtimiz O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI s’yezdi hamda Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressiga mezbonlik qilmoqda.
Sanoqli daqiqalardan so‘ng boshlanadigan ushbu xalqaro tadbirda mamlakatimiz vakillaridan tashqari 14 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 70 nafardan ziyod xorijlik yetakchi olimlar va soha ekspertlari ishtirok etishi kutilyapti. Unda  shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda tibbiy kadrlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

+6
🔴 🟦🟦🟦
Joriy yil 27-oktabr kuni Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda barcha yo‘nalishlar qatorida sohada ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab bergan edi.
Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudaykulov boshchiligida ushbu vazifalar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ullari, respublika tibbiyot markazlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, farmatsevtika sohasi vakillari ishtirok etdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbirda tibbiyotda ilm-fan holati, oliy ta’lim muassasalari va respublika darajasidagi markazlarning ilmiy salohiyati, ilmiy ishlar himoyasi, bu borada etika qoidalariga rioya qilish, ilmiy natijalarni joriy qilish kabi yo‘nalishlardagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari ko‘rib chiqildi. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin

🟦🟦🟦 🟡Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan navbatdagi “Hukumat soati”da Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴 ✅ Muhokamalarda bolalarga tibbiy yordam faqat tashxis qo‘yish va davolash bilan cheklanmasligi, reabilitatsiya, palliativ
🔴 ✅ Muhokamalarda bolalarga tibbiy yordam faqat tashxis qo‘yish va davolash bilan cheklanmasligi, reabilitatsiya, palliativ yordam hamda ta’lim olish imkoniyatlarini ham qamrab olishi zarurligi ta’kidlandi. Sohada kadrlar salohiyatini oshirishga ham e’tibor qaratilmoqda. Bolalar onkologiyasi bo‘yicha 12 ming 445 nafar mutaxassis o‘qitilgan, ularning 7 ming 793 nafari sertifikat olgan. ✅ Vazir E. Adilov strategiyaning 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadlari haqida to‘xtalib, kasallikni erta aniqlash ulushini 65 foizga, besh yillik yashovchanlik darajasini esa kamida 60 foizga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Buning uchun birlamchi tibbiy yordam muassasalari shifokorlari uchun xavfli belgilar bo‘yicha algoritmlar joriy etish va har bir bemor bolaning davolash jarayonini elektron reyestr orqali kuzatib borish ko‘zda tutilgan. ✅ “Hukumat soati” yakunida deputatlar soha istiqboliga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar. Ko‘tarilgan masalalar, ayniqsa, transplantatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va davolash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi. _______________________ ✅ В ходе обсуждений подчеркнуто, что медицинская помощь детям не должна ограничиваться только диагностикой и лечением, а должна охватывать реабилитацию, паллиативную помощь и обеспечение возможностей для получения образования. Особое внимание уделяется и повышению кадрового потенциала отрасли. По направлению детской онкологии прошли обучение 12 445 специалистов, из которых 7 793 получили сертификаты. ✅ Министр Э. Адилов, остановился на целях стратегии до 2030 года, отметив, что планируется довести долю раннего выявления заболеваний до 65 процентов, а пятилетнюю выживаемость — как минимум до 60 процентов. Для достижения этих показателей предусматривается внедрение алгоритмов выявления тревожных симптомов для врачей учреждений первичной медицинской помощи, а также мониторинг процесса лечения каждого ребенка через электронный реестр. ✅ В завершение «Правительственного часа» депутаты выдвинули ряд предложений и рекомендаций по дальнейшему развитию данной сферы. Намечено обеспечить эффективный парламентский контроль за исполнением поставленных задач, прежде всего в части развития инфраструктуры трансплантации, подготовки специалистов и расширения возможностей лечения. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴 ✅ “Hukumat soati”da suyak ko‘migi transplantatsiyasi masalasi alohida muhokama qilindi. Zero, ushbu muolaja qator og‘ir on
+9
🔴 ✅ “Hukumat soati”da suyak ko‘migi transplantatsiyasi masalasi alohida muhokama qilindi. Zero, ushbu muolaja qator og‘ir onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun sog‘ayishning muhim imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. ✅ Vazir axborotiga ko‘ra, transplantatsiyalar Turkiya Respublikasida davlat hisobidan, Bolalar milliy tibbiyot markazida hamda Respublika bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2025-yilda 32 ta, 2026-yil 1-noyabr holatiga esa 36 ta transplantatsiya o‘tkazilgan. Ularning 28 tasi allogen, 8 tasi autologik transplantatsiyadir. _______________________ ✅ Отдельное внимание уделено также вопросу трансплантации костного мозга. Ведь данная процедура является одним из важных шансов на выздоровление для детей, страдающих рядом тяжелых онкогематологических заболеваний. ✅ По информации министра, трансплантации проводятся за счет государства в Турецкой Республике, а также в Национальном детском медицинском центре и Научно-практическом медицинском центре детской онкологии, гематологии и иммунологии. В частности, в 2025 году проведено 32 трансплантации, а по состоянию на 1 ноября 2026 года — 36. Из них 28 — аллогенные, 8 — аутологичные трансплантации. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴 🚫 Davolash natijalarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, gemoblastozlarda bir yillik yashovchanlik 17 foiz
+2
🔴 🚫 Davolash natijalarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, gemoblastozlarda bir yillik yashovchanlik 17 foizdan 42–43 foizga, solid o‘smalarda esa 37 foizdan 44,5 foizga ko‘tarilgan. Bolalarga bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati 89 nomdan 194 nomga, ya’ni 2,2 barobarga kengaytirilgan. Zarur o‘smaga qarshi dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi esa ilgari har uch boladan birini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 88 foizga, ayrim yo‘nalishlarda 100 foizga yetgan. 🚫 Shuningdek, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida operatsiyalar soni 2023-yildagi 330 tadan 2025-yilda 877 taga, yuqori texnologik operatsiyalar esa 35 tadan 165 taga ko‘paygan. 2025–2026-yillarda bolalarga 36 ta o‘suvchi endoprotez o‘rnatilgani ham davolash imkoniyatlari kengayayotganini ko‘rsatadi. _______________________ 🚫 Положительная динамика наблюдается и в результатах лечения. Так, годичная выживаемость при гемобластозах выросла с 17 до 42–43 процентов, а при солидных опухолях — с 37 до 44,5 процента. Перечень лекарственных средств, предоставляемых детям бесплатно, расширен с 89 до 194 наименований, то есть в 2,2 раза. Если ранее необходимыми противоопухолевыми препаратами обеспечивался лишь каждый третий ребенок, то сегодня этот показатель достиг 88 процентов, а по некоторым направлениям — 100 процентов. 🚫 Кроме того, в Научно-практическом медицинском центре детской онкологии, гематологии и иммунологии количество операций увеличилось с 330 в 2023 году до 877 в 2025 году, а число высокотехнологичных операций — с 35 до 165. Установка в 2025–2026 годах 36 растущих эндопротезов детям также свидетельствует о расширении возможностей лечения. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴 ✅ Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning tegishli qarori bilan qabul qilingan milliy strategiya bolalar saratoniga qarshi kurashish tizimini kompleks takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash va bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan. Uning ijrosi doirasida muayyan natijalarga erishilgan. ✅ Xususan, kasallikka shubha paydo bo‘lgan kundan ixtisoslashtirilgan davolash boshlanguniga qadar o‘tadigan muddat 130–160 kundan 10–18 kungacha qisqargan. Bunda “Yashil yo‘lak” tizimi va “Bir bola — bir yo‘nalish” raqamli tamoyili muhim o‘rin tutmoqda. Bolalarda kasallikni erta aniqlash ulushi 2023-yildagi 23 foizdan 2025-yilda 28 foizga yetgan. _______________________ ✅ Отмечено, Национальная стратегия, принятая соответствующим постановлением Президента, направлена на комплексное совершенствование системы борьбы с детским раком, раннее выявление заболеваний и повышение показателей выживаемости пациентов. В рамках ее реализации уже достигнуты определенные результаты. ✅ В частности, срок от момента возникновения подозрения на заболевание до начала специализированного лечения сократился со 130–160 до 10–18 дней. Важную роль в этом играют система «Зеленый коридор» и цифровой принцип «Один ребенок — один маршрут». Доля случаев раннего выявления заболеваний у детей увеличилась с 23 процентов в 2023 году до 28 процентов в 2025 году. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

🔴 💝 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukuma
🔴 💝 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tmoqda. ✅ Unda Sog‘liqni saqlash vaziri E. Adilovning “2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitilmoqda. _______________________ 💝 В Законодательной палате Олий Мажлиса по инициативе фракции Народно-демократической партии Узбекистана начался очередной «Правительственный час». ✅ В ходе «Правительственного часа» заслушивается информация министра здравоохранения Элдора Адилова о проводимой работе в рамках Национальной стратегии Республики Узбекистан по борьбе с детским раком на 2025–2030 годы. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

❗️"TIBBIYOT 360" — SALOMATLIK HAQIDA SODDA VA ISHONCHLI!
✅ Salomatlik haqida savollar ko‘p. Ammo ularga ishonchli va tushunarli javob topish har doim ham oson emas. Shuning uchun "Tibbiyot 360" loyihasini boshlayapmiz!
❓"Tibbiyot 360" — sizni qiziqtirgan savollar, takliflar va murojaatlar asosida shakllanadigan yangi tibbiy axborot platformasi. 🌀 Bizning asosiy tamoyilimiz oddiy: avval odamlarni tinglash, keyin ular uchun muhim mavzularni yoritish. ➡️ Har bir material zamirida fuqarolarning savollari, takliflari va murojaatlarini o‘rganish, dolzarb muammolarni tahlil qilish hamda mutaxassislarning ilmiy asoslangan tavsiyalari yotadi. 📌Loyihada: ⏺Salomatlik va kasalliklarning oldini olish haqida sodda tilda tushuntiramiz. ⏺Sizni o‘ylantirayotgan tibbiy savollarga mutaxassislar bilan birga javob izlaymiz. ⏺Sog‘liqni saqlash tizimidagi yangiliklar va islohotlar kundalik hayotingizga qanday ta’sir qilishini tushuntiramiz. ⏺Tibbiy xizmatlardan foydalanish, bemorlarning huquqlari va kerakli yordamga murojaat qilish tartibi haqida ma’lumot beramiz. ⏺Sizning taklif va murojaatlaringiz asosida yangi mavzularni o‘rganamiz. 🔘 "Tibbiyot 360" Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kontent-mediamarkazi tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha orqali rasmiy, tekshirilgan va mutaxassislar tomonidan asoslangan tibbiy ma’lumotlarni sizga sodda va tushunarli shaklda yetkazamiz. 🟢 Biz uchun eng muhimi — shunchaki axborot tarqatish emas, balki sizni tinglash, savollaringizga javob topish va salomatligingizga oid to‘g‘ri qaror qabul qilishingizga ko‘maklashish. ❗️"Tibbiyot 360" — sizning savollaringizdan boshlanadigan muloqot! ⬇️ Sahifalarimizga obuna bo‘ling va izohlarda javoblaringizni yo’llang. 💻 Instagram 📝 Facebook 📝 Telegram

🟢 💚💚💚 🤧 Grippmi yoki shamollash?
🌀 O‘xshash alomatlar mazkur kasalliklarni chalkashtirib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davolanish va ehtiyot choralariga oid qator savollarni ham tug‘diradi.
❓ Xo‘sh, antibiotik grippni davolaydimi? Shamollashni-chi? ❓ Kasallikdan himoyalanish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoinfografika orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin