Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Sog‘liqni saqlash vazirligi
El canal Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 124 753 suscriptores, ocupando la posición 93 en la categoría Estilo de vida saludable y el puesto 365 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 124 753 suscriptores.
Según los últimos datos del 23 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 2 147, y en las últimas 24 horas de -249, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 12.98%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 6.68% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 16 202 visualizaciones. En el primer día suele acumular 8 330 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 18.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz
Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.
Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz
Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 10...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 24 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Estilo de vida saludable.
✅ Ular har kuni qaysidir bemorning hayotini saqlab qolish uchun shoshiladi.🏃♂️ Ammo shunday holatlar bo‘ladiki, ularni bir umrga unutolmaysiz. Vaqt o‘tib, o‘sha voqealar yodga tushganda qalb eski og‘riqlarni his qiladi. 🎙 SSV Matbuot xizmati tomonidan yangi loyiha: "OCHIQ MIKROFON". 🚑 Uning qarshisida — "Tez yordam" xizmati xodimlari. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📍 Poytaxtimiz O‘zbekiston ftiziatrlar va pulmonologlarining IX anjumaniga mezbonlik qilmoqda.🔎Sog‘liqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirda JSST Yevropa mintaqaviy byurosi va boshqa qator xalqaro tuzilmalar vakillari hamda Germaniya, Shveytsariya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlar mutaxassislari ishtirok etmoqda. 📌 Unda sil va nafas a’zolari kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, nazorat qilish va davolashdagi eng dolzarb masalalar xalqaro ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqilyapti. ✅ Bu orqali yurtimizda ftiziatriya va respirator tibbiyot an’analarini zamonaviy innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirish, pirovardida sohani yangi bosqichga ko‘tarish maqsad qilingani, ayniqsa, e’tiborga molik. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, global keksayish tendensiyasi tufayli 2030-yilga borib, dunyo bo‘yicha 11,1 million nafar tibbiyot xodimi yetishmasligi prognoz qilinmoqda.📍 Xususan, 67 ta mamlakatda shifokor va hamshiralar tanqisligi sababli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning hozirgi darajasini saqlab qolish qiyinlashishi mumkin. Ushbu davlatlarda kelgusi o‘n yil ichida har uch nafar shifokordan biri pensiyaga chiqishi kutilyapti. 📌Muammo, ayniqsa, yuqori daromadli mamlakatlar, jumladan, Yevropaning ko‘plab davlatlarida jiddiy tus olishi aytilmoqda. Chunki bu hududlarda katta yoshli tibbiyot xodimlarining ulushi nisbatan yuqori. 💸 JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, aholining soha kadrlari bilan hozirgi ta’minlanganlik darajasini saqlab qolish uchun qayd etilgan 67 mamlakatda qo‘shimcha 832 ming nafar tibbiyot xodimiga ehtiyoj mavjud.
🔎 Bu esa xorijlik tibbiyot mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirib, kam daromadli mamlakatlardan malakali kadrlar oqimini kuchaytirishi mumkin. Oqibatda ushbu davlatlarda tibbiy xizmatlar sifati pasayishi taxmin qilinmoqda.‼️Shundan kelib chiqib, JSST tegishli hukumatlarni tibbiyot kadrlari tanqisligini kamaytirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Qizamiq — havo-tomchi yo‘li orqali juda tez yuqadigan virusli kasallik. U, ayniqsa, bolalarda og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Xastalikning oldini olishda esa emlash alohida ahamiyatga ega.❓ Xo‘sh, qizamiqqa qarshi vaksina olish nega muhim? 👩⚕️ Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi farmakolog-shifokori Shahnoza Abzalova shu haqda ma’lumot berdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🏥 Milliy tibbiyot markazida zamonaviy tashxislash va davolash usullari, murakkab jarrohlik amaliyotlari izchil yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, yaqinda bu yerda bemorning peshona, ko‘z kosasi va burun qismini qoplab borayotgan xavfli o‘simta muvaffaqiyatli olib tashlandi.❓Xo‘sh, bu operatsiya shunchalik murakkab va xavflimidi? ❓Amaliyot qancha vaqt davom etdi? ❓Hozir bemorning ahvoli qoniqarlimi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 5 qavatli yangi aseptik korpus barpo etilmoqda.🔬Eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlanadigan ushbu binoda yiliga 200 nafargacha bemorda allogen gemopoetik o‘zak hujayralar transplantatsiyasi amalga oshiriladi. 🏥 Shuningdek, korpusda tarqoq skleroz, revmatizm, sklerodermiya kabi ayrim autoimmun kasalliklar davolanishi hamda mezenximal hujayralar transplantatsiyasi va zamonaviy CAR-T terapiyasi amaliyotlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🔬 Odamlar orasida “xolga tegish mumkin emas”, “xolni oldirsa, saratonga aylanadi” degan qarashlar bor. Shuningdek, “husnbuzarni siqib tashlasa, tezroq yo‘qoladi”, “husnbuzarga tish pastasi surtsa, tez quriydi” kabi tavsiyalar ham uchraydi.❓ Xo‘sh, bu fikrlar qanchalik asosli? ❓ Qanday belgilar kuzatilganda dermatologga murojaat qilish kerak? 🎥 Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari Shuhrat Toshpo‘latov hamda Muxlisa Xo‘jayeva ushbu savollarga batafsil javob berdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Muloqot davomida transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik. O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirib borishga tayyor,- deydi Saida Mirziyoyeva.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🎙 SSV Matbuot xizmatining yangi — “OCHIQ MIKROFON” loyihasi anonsi Instagram sahifamizda bir sutkada 1 million 200 mindan ortiq tomosha qilindi.🚑 Video ostidagi izohlarda ko‘pchilik "Tez yordam" xodimlarining mashaqqatli mehnatini e’tirof etib, soha vakillariga samimiy tilaklarini bildirgan. 📹 Loyihaning to‘liq formati bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟡 Endi sizni davolagan fidoyi shifokor, tunlari uxlamay navbatchilik qilgan mehribon hamshira, ishonchingizni oqlagan shifoxona rahbari mehtatini keng miqyosda e'tirof etishingiz mumkin. Muhimi, sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!🗣Sog‘liqni saqlash vazirligi OVI platformasi bilan hamkorlikda “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini o’tkazmoqda. 👩💻 G‘oliblar qanday aniqlanadi? 📎 Sizning fikringiz — 60% 📎 Professional tibbiy assotsiatsiyalar bahosi — 30% 📎 Vazirlik bahosi — 10%. 📌 Ya’ni eng katta ovoz — xalqniki! 🔎 Mukofot miqdori salmoqli: 🏥 tibbiyot muassasalariga — 500 million so‘mdan; 👨⚕️ tibbiyot xodimlariga — 30 million so‘mdan. 📆 Ovoz berish 31-oktabrga qadar davom etadi, natijalar esa Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi. 🔆 Unutmang: bu faqat tanlov emas — bu sizning salomatligingiz yo‘lida beminnat mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirishning ajoyib imkoniyati. 📊 O‘zingiz eng qadrlaydigan shifokorga, hamshiraga yoki shifoxonaga ushbu ilova orqali ovoz bering! Android uchun: OVI iPhone uchun: OVI 📊 Shuningdek, bu platformada qancha ovoz to‘plaganingiz, reytingdagi o‘rningiz va boshqa ishtirokchilarning natijalarini ko‘rib turishingiz mumkin: https://tanlov.ovi.uz Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 +998 78 150 88 56 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
👨⚕️ Bemorlaringiz sizga ishonch bilan qaraydimi? Kechalari uxlamay navbatchilik qilasizmi? Kasbingizni sevasizmi? Bemorlaringiz sog‘ayganida ich-ichingizdan quvonib ketasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini o‘tkazmoqda. 🏅 Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin:
⬇️ Respublika darajasida🔴“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”; 🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”; 🔵“Eng yaxshi respublika yosh shifokori” (31 yoshgacha) nominatsiyalari.
⬇️ Har bir hududda🔴“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”; 🟢“Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”; 🔵“Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”; 🟡“Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”; 🔴“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”; 🟢“Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”; 🔵“Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari. ❗️Ishtirok etishga arziydi! G‘oliblar jamoatchilik, hamkasblar va profil tibbiy assotsiatsiyalar bahosi asosida — adolatli va shaffof tarzda aniqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizim soxta ovozlarning oldini oladi. 📌 Mukofot miqdori katta: 📎 tibbiyot muassasalariga — 500 million so‘mdan; 📎 tibbiyot xodimlariga — 30 million so‘mdan. 📆 Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish muddati — 31-oktabrga qadar. G‘oliblar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi. 🖥 Sizning mehnatingiz, tajribangiz va bemorlarga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rligingiz endi munosib bahosini topadi. 📝 Hurmatli tibbiyot xodimlari, hoziroq ushbu ilovalar orqali ro‘yxatdan o‘ting: Android uchun: OVI PRO iPhone uchun: OVI PRO 📊 Shuningdek, bu platformada qancha ovoz to‘plaganingiz, reytingdagi o‘rningiz va boshqa ishtirokchilarning natijalarini ko‘rib turishingiz mumkin: https://tanlov.ovi.uz Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 📞 +998 78 150 88 56 📍 @tibbiyotfidoyisi 👨⚕️ Hamkasblaringizni ham tanlovda ishtirok etishga taklif qilishni unutmang! 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🩺 O‘RVIga chalingan bolalarni uy sharoitida davolash mumkin. Albatta, shifokor nazorati ostida! Mutaxassislar bemor o‘g‘il-qizlarni parvarish qilishda 5 muhim qoidaga amal qilishni tavsiya etadi.❓ Xo‘sh, ular qaysilar? ❓ Kasallik qaytalanmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish zarur? 👩🏻⚕️ Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari Umida Norxo‘jayeva hamda Umida Tillayeva shu haqda ma’lumot berdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🎙SSV Matbuot xizmati tomonidan yangi loyiha — "OCHIQ MIKROFON".🕒 Tez kunda! 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🦠Kuz kelishi bilan havo salqinlashib, bolalar orasida shamollash va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar ko‘proq uchraydi. Bu davrda oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya qilish farzandlar salomatligini asrashda katta ahamiyatga ega.❓Xo‘sh, kuzda bolalarni mavsumiy kasalliklardan himoya qilish uchun ota-onalar nimalarga e’tibor qaratishi kerak? 📹 Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Gulchehra Rustamova shu haqda ma'lumot berdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🦠Kuz kelishi bilan havo salqinlashib, bolalar orasida shamollash va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar ko‘proq uchraydi. Bu davrda oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya qilish farzandlar salomatligini asrashda katta ahamiyatga ega.❓Xo‘sh, kuzda bolalarni mavsumiy kasalliklardan himoya qilish uchun ota-onalar nimalarga e’tibor qaratishi kerak? 📹 Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Gulchehra Rustamova shu haqda ma'lumot berdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
