Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Sog‘liqni saqlash vazirligi
کانال Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 129 846 مشترک است و جایگاه 86 را در دسته سبک زندگی سالم و رتبه 358 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 129 846 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 28 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 277 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -845 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 9.53% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 6.02% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 12 384 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 7 819 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 17 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz
Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.
Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz
Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 10...”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 29 ژوئیه, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سبک زندگی سالم تبدیل کردهاند.
❓ Xo‘sh, bu imtiyoz kimlarga tatbiq etiladi?💬 Ushbu subsidiya davlat tibbiyot muassasasida amalda ishlayotgan va kamida 15 yillik mehnat stajiga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga beriladi.
❓ Subsidiya miqdori qancha?💬 Хodimning ta’lim olayotgan yoki talabalikka tavsiya etilgan farzandlariga O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi. Mazkur mablag‘ xodim yoki talabaning bank kartasiga o‘tkazilmaydi. Subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzand tahsil olayotgan oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
❓ Ariza qanday shakllantiriladi?💬 Kontrakt subsidiyasi uchun ariza topshirish maqsadida brauzer orqali subsidiya.imv.uz rasmiy manziliga kiring. Tizimdagi amaldagi identifikatsiya usuli orqali avtorizatsiyadan o‘ting. Yo‘nalish menyusini bosing va “Ta’lim sohasini rivojlantirish” bo‘limidan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang. Arizada o‘zingizning JShShIR va aloqa ma’lumotlaringizni tekshiring. Keyin farzandingizning JShShIRi va tug‘ilgan sanasini kiriting. Farzand bilan qarindoshlik, O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat bosqichi, talaba maqomi va kontrakt summasiga oid ma’lumotlar tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Barcha ma’lumotlarni qayta tekshirgandan so‘ng elektron rozilik va arizani tasdiqlang.
❓ Natija qanday tekshiriladi?💬 Arizaga ID raqami beriladi. Uning qabul qilingani, ko‘rib chiqilayotgani, rad etilgani yoki subsidiya ajratilgani haqidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali kuzatish mumkin.
❓ Bir ariza bilan bir necha farzandga subsidiya beriladimi?💬 Bir nechta farzand bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan (yoki talabalikka tavsiya etilgan) bo‘lsa, har bir farzand uchun alohida ariza yuboriladi va subsidiya alohida hisoblanadi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Farzandining eshitishida muammo borligini bilgan ota-onaning qalbidan kechadigan iztirobni so‘z bilan ifodalash qiyin.Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 26 million nafar bola aynan tug‘ma karlik nuqsonidan aziyat chekmoqda. Quvonarlisi, Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasida e’lon qilingan tegishli qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish zaifligi bo‘lgan jajji bemorlarda koxlear implantatsiya amaliyoti bepul o‘tkazilyapti. Bu esa ko‘plab oilalar va ota-onalar qalbiga cheksiz quvonch baxsh etmoqda. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
➕ Tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga qaratilgan mazkur marafon doirasidan bir qator muhim tadbirlar o‘rin olgan.✅ Erta tongdan aholi Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan 5 ming metrga yurish aksiyasida qatnashdi. Marafonning ochilish marosimi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi mas’ullari, soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida so‘lim xiyobonda tashkil etildi. 😍 Tadbir davomida tajriba-sinov loyihasiga kirgan Sirdaryo tumanilik 11 nafar patronaj hamshirasiga xizmat skuterlari topshirildi. 🩺 Shu yerning o‘zida 22 ta tor soha bo‘yicha mutaxassislar chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlarni boshlab yubordi. Marafon davomida sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotiga qaratilgan “yashil”, “sariq” va “qizil” dasturxonlar taqdim qilindi. 📌 “Salomatli marafoni” bir oy mobaynida viloyat tuman va shaharlari bo‘ylab davom ettiriladi. 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu jarayonlar haqidagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
✅ Poytaxtimizdagi EMU universiteti “Salomatlik volontyorlari” harakatining I qurultoyiga mezbonlik qildi.❓Xo‘sh, volontyorlikning asosiy vazifasi nimadan iborat? ❓Anjumanda uni rivojlantirishga oid qanday masalalar ko‘rildi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. ——————————— 🔴 ‼️‼️
✅ В университете EMU в Ташкенте состоялся I курултай движения «Волонтёры здоровья».❓Итак, в чем заключается основная задача волонтерства? ❓Какие вопросы обсуждались здесь? 📹 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
💻 SSV Matbuot xizmatining yangicha formatdagi “Tibbiyot novatorlari” medialoyihasi jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.🖥 Xususan, uning doirasida O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor 5000 kilometr masofadan turib robotlashtirilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajargan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov haqida tayyorlangan videokontent ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi. ⬇️ Quyida ulardan ayrimlarining havolalarini taqdim etamiz:
Kun uz — https://t.me/kunuzofficial/171233 GENERALISSIMUS — https://t.me/u_generalissimus/23971 Uzbekistanofficial — https://t.me/uzbekistanofficial/116379 Shopirlar — https://t.me/shopirlar/116499; Kanallani Dodasi — https://t.me/KDUZB/159367; PATRUL UZ — https://t.me/patrul_uz/94575 MILITSIYA UZB — https://t.me/MILITSIYA_UZB/168175 Shokirjonov news — https://t.me/shokirjonov/10571 Kun Yangiliklari 24 — https://t.me/kun_xabarlari_yangiliklari/1938 A’zamxo‘jayev — https://t.me/muhrim2022/8089 Геосиёсат — https://t.me/GeoPolitico/23440 UzbekTV — https://t.me/uzbektv_yangiliklar/25872.🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.Bugun delegatsiya vakillari ishtirokida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda "BioPharma City" innovatsion farmatsevtika klasteri salohiyati taqdimot qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🖥В Ферганской области прошли выездные приемы с участием сотрудников Министерства здравоохранения. В ходе мероприятия были тщательно изучены обращения населения и проблемы были решены на месте.🩺 Также в рамках мероприятия был проведен углубленный медицинский осмотр граждан, включенных в реестр социальной защиты, лиц с инвалидностью, людей, проживающих в отдаленных и труднодоступных районах региона. 📹 Подробности — в данном видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Virusli gepatit — dunyoda keng tarqalgan xavfli kasalliklardan biri.Ushbu yuqumli xastalikka qarshi samarali kurashish va uning oldini olish maqsadida har yili dunyo bo‘ylab 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, soha olimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, har yili jahonda ko‘plab insonlar virusli gepatit bilan kasallanadi. Shu jumladan yurtimizda ham. Shu bois mamlakatimizda mazkur xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 16-maydagi tegishli qaroriga muvofiq, birlamchi bo‘g‘inda gepatitning B va C turlarini erta aniqlash maqsadida bepul skrininglar o‘tkazilyapti. Kasallikning C turi tasdiqlangan bemorlarga zarur dori vositalari bepul berilmoqda. Shuningdek, 2021-yildan boshlab yurtimizda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni gepatit B ga qarshi emlash tadbiri Milliy emlash taqvimiga kiritilgan. Tadbirda shu haqda so‘z borar ekan, xastalikning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, emlanishning ahamiyati xususida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi. Qolaversa, sog‘lom turmush tarzi va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklardan doimiy o‘tish orqali virusli gepatitning oldini olish mumkinligi alohida ta’kidlandi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🇺🇿🇸🇦 Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.❓Xo‘sh, tashrif doirasida qanday uchrashuvlar o‘tkazildi? ❓Muloqotda kimlar ishtirok etdi? ❓Qaysi kompaniyalar bilan kelishuvga erishildi? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📍 Yaqinda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi. Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasida e’lon qilingan qarori asosida boshlangan ezgu ishlar ushbu hududda davom ettirildi.❓ Shu jarayonda qancha bemor operatsiya qilindi? ❓ Qanday murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi? ❓ Bundan Orolbo‘yi aholisi mamnunmi? 🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. __________ 📍Недавно команда Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра травматологии и ортопедии вернулась из Каракалпакстана. В этом регионе продолжилась благородная работа, начатая согласно постановлению Президента страны, принятого накануне Курбан хайита. ❓ Сколько пациентов было прооперировано в ходе этой работы? ❓ Какие сложные хирургические операции были выполнены? ❓ Довольны ли этим жители Приаралья? 🎥 Ответы на эти вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📈 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida “Fergana Hospital” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.💬 Qayd etilganidek, Saudiya Arabistonining “Vision International Investment Company” kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani xalqaro standartlarga muvofiq loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, jihozlash hamda uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhim kelishuvga erishilgan. 📌Loyihaning umumiy investitsiyaviy qiymati qariyb 300 million AQSH dollarini, qurilish muddati esa 36 oyni tashkil etadi. Mazkur shifoxona Markaziy Osiyoda DXSh modeli asosida amalga oshirilayotgan eng yirik sog‘liqni saqlash obyektlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. 🏥 Yangi tibbiyot majmuasi Farg‘ona viloyatidagi beshta ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasini yagona kompleksga birlashtiradi. Natijada viloyat hamda unga tutash hududlar aholisi uchun kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, organlar transplantatsiyasi, nefrologiya va ortopediya yo‘nalishlarida uchinchi darajali yuqori texnologik tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayadi. 🏵Shuningdek, majmua tarkibida 160 o‘rinli intensiv terapiya va shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari hamda barcha zarur yordamchi klinik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. ‼️ Taqdimotda ushbu loyihani amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🛬 Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahman Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.📌 Delegatsiyaning 50 nafardan ortiq a'zolari safidan Saudiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Muhammad Abunayyan ham o‘rin egallagan. ✅ Bugun poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent” mehmonxonasida tashrif doirasidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev mehmonlar bilan muloqot o‘tkazdi.
💬 Muzokaralarda keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari ikki mamlakat yetakchilarining muntazam uchrashuvlari va yuqori darajadagi muloqotlari tufayli tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.➡️ Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yildagi Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi, 2023-yildagi “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammiti hamda 2024-yilda Ar-Riyodda o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasidagi uchrashuvlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.
🔎 Uchrashuvda ikki davlat sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytitish, sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, tizimda raqamli yechimlarni joriy etish, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sohalariida investitsiyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi.‼️ Tashrif doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📹 SSV Matbuot xizmatining chaqaloqlarda jigar transplantatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan tajribali xirurg, Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Nosirov faoliyati haqida yangicha formatda tayyorlagan videokontenti jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.📌 Jajji go‘daklar hayotini saqlab qolayotgan qahramon shifokorimizning mashaqqatli va sharafli mehnati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq fikrlar bilan kutib olinmoqda. 💵 Operatsiya jarayoni va shifokorning fidoyiligi aks etgan ushbu videolavha bir qator internet resurslarida ham faol yoritildi. ⬇️ Ularning ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz.
Kun uz - https://t.me/kunuzofficial/172537 davletovuz - https://t.me/davletovuz/26072 Daryo — LIVE - https://t.me/daryo_live/144350 Rasul Kusherbayev - https://t.me/r_kusherbayev/16041 UZBEK VIDEO - https://t.me/uzbekvideo/79096 MILITSIYA UZB - https://t.me/MILITSIYA_UZB/171129 Xabar uz - https://t.me/xabaruzofficial/112795 Бургут - https://t.me/burgutuzb/23316 ХАЛҚ НАЗОРАТИ - https://t.me/XalqNazorati/20947 Rasmiy axborot - https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17158 MANIFEST - https://t.me/manifestcanal/4794 SAFAR - https://t.me/safarblog/13832 Shokirjonov news - https://t.me/shokirjonov/10780 UZ24 uz - https://t.me/uz24newsuz/19550 Bayonotuz - https://t.me/bayonotuz/11376 Times uz - https://t.me/times_officialuz/28941 Официальные новости - https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/58273🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi⬇️ Tibbiy xizmat yo‘nalishlari: ➡️ Arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar va boshqa kardiologik xastaliklarni tashxislash va davolash. ➡️ Intervension kardiologiya (koronar angiografiya, stentlash, angioplastika va boshqa endovaskulyar amaliyotlar). ➡️ Yurak ritmi buzilishlarini aniqlash va davolash, elektrofiziologik tekshiruvlar hamda radiochastotali ablatsiya. ➡️ Yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish. ➡️ Kardiojarrohlik, jumladan, aortokoronar shuntlash, yurak klapanlarini rekonstruksiya qilish va protezlash operatsiyalari. ➡️ Exokardiografiya, EKG, Xolter monitoringi, stress-test, KT va MRT kabi zamonaviy diagnostika tekshiruvlari. ➡️ Reanimatsiya va intensiv terapiya, infarktdan keyingi shoshilinch tibbiy yordam.
🤩 Markaz 252 o‘rinli statsionar, konsultativ-diagnostika poliklinikasi hamda 14 ta hududiy filiali orqali aholiga zamonaviy va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi.📲 +998 71 237-38-44. 🌐 https://cardiocenter.uz 🔵 https://t.me/kardiomarkaz 🟣 https://www.instagram.com/kardiomarkaz 🖥 LOKATSIYA 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
