Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Sog‘liqni saqlash vazirligi
تُعد قناة Sog‘liqni saqlash vazirligi (@ssvuz) في القطاع اللغوي الأوزبكية لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 118 591 مشتركاً، محتلاً المرتبة 94 في فئة نمط حياة صحي والمرتبة 424 في منطقة أوزبكستان.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 118 591 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 12 نوفمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -5 131، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -202، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 9.05%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 8.25% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 10 750 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 796 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 20.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz
Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.
Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz
Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 10...”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 13 نوفمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة نمط حياة صحي.
2027-yil ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyalashtirish uchun jami 176 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Ta’limga 114,3 trillion so‘m (o‘tgan yildan 14 trillion so‘m ko‘p), tibbiyotga 61,4 trillion so‘m (o‘tgan yildan 12 trillion so‘m ko‘p) ajratilishi ko‘zda tutilgan.Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida 2027-yil uchun Davlat budjetining maqsadli ko‘rsatkichlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda budjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda ma'lum qilindi... 👉 BATAFSIL 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Toshkentda O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI sʼyezdi va Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressi bo‘lib o‘tdi.Unda shoshilinch holatlarda bemorlarga tez va sifatli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislar zamonaviy davolash usullari bo‘yicha tajriba almashdi. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu haqda batafsil tanishasiz. _________________________
В Ташкенте состоялись VI съезд Ассоциации врачей экстренной медицинской помощи Узбекистана и IV конгресс Евроазиатского сообщества экстренной медицины.Отечественные и зарубежные специалисты обсудили вопросы своевременного и качественного оказания экстренной медицинской помощи, а также обменялись опытом применения современных методов лечения. Подробнее — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
🩺 Maʼlumotlarga ko‘ra, qandli diabet bilan yashayotgan insonlar soni dunyo bo‘ylab ortib bormoqda. Kasallikni nazorat qilishda esa kundalik odatlarning oʻrni alohida.❔ Xo‘sh, ovqatlanish va jismoniy faollik borasida nimalarga e’tibor berish kerak? ❔ Qondagi qand miqdorini nazorat qilishda qanday qoidalarga amal qilish lozim? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐
🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligi bo‘yicha yangi global hisobotini e’lon qildi.📊 Qayd etilishicha, 2025-yilda dunyo bo‘yicha taxminan 10,6 million kishi tuberkulyozga chalingan, 1,13 million nafar bemor esa ushbu xastalik oqibatida vafot etgan. 👎 Shunga qaramay, global miqyosda ijobiy o‘zgarishlar bor. Xususan, 2015–2025-yillarda dunyoda sildan o‘lim holatlari 35 foizga, kasallanish darajasi esa 14 foizga kamaygan. 2000-yildan buyon olib borilgan davolash choralari natijasida taxminan 86 million insonning hayoti saqlab qolingan. 📊 Markaziy Osiyo davlatlarida ham silga qarshi kurashish bo‘yicha sezilarli natijalar qayd etilgan. Jumladan, O‘zbekistonda 2025-yilga kelib, 2015-yilga nisbatan tuberkulyozdan o‘lim holatlari kamida 75 foizga qisqargan. Bu JSSTning silga barham berish strategiyasida belgilangan muhim maqsadli ko‘rsatkichlardan biridir. 🟢 Biroq dori vositalariga chidamli sil kasalligi — mintaqa uchun hamon dolzarb muammolardan biri. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda bunday holatlar ulushi nisbatan yuqori. ‼️Shundan kelib chiqib, JSST tegishli hukumatlarni tuberkulyozni erta aniqlash, samarali davolash usullarini kengaytirish hamda profilaktika choralarini kuchaytirish orqali ushbu xastalikka barham berish ishlarini jadallashtirishga chaqirdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Poytaxtimizda O‘zbekistonda halokatlar tibbiyoti tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Xo‘sh, ushbu yo‘nalishni qanday mexanizmlar orqali takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda? Xalqaro ekspertlar uni qanday baholamoqda? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz. -------------- 🔴 ‼️‼️
В столице состоялся международный круглый стол, посвященный обсуждению проекта Концепции развития системы медицины катастроф в Узбекистане.Какие механизмы предлагаются для совершенствования этого направления? Как оценивают представленный проект международные эксперты? 📹 Ответы на эти и другие вопросы — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
✅ Prezidentimiz tibbiyot sohasi oldiga xalqning o‘zi baho beradigan samarali tizim yaratish vazifasini qo‘ymoqda.🔃 Bu, eng avvalo, soha mas’ullaridan joylardagi vaziyatni pastga tushgan holda o‘rganish, aholi bilan muloqot qilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taqozo etadi. 📍Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Navoiy viloyatiga safari ayni shu maqsadlarga qaratildi. 🏥 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatda 1,1 milliondan ziyod doimiy aholi istiqomat qiladi. Ularga 14 ming 650 nafardan ortiq tibbiyot xodimi 580 ga yaqin shifo maskanida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 🟢 Vazir hududdagi o‘rganishlarini Navoiy shahar markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli, yaratilgan sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
💬— Tibbiyot muassasasiga kelgan inson sifatli xizmat va e’tibordan mamnun holda uyiga qaytishi kerak, — dedi vazir. — Buning uchun tizimdagi har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyatni ustuvor bilishi, korrupsiya hamda ta’magirlik kabi illatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishi shart.➖ Shundan so‘ng E. Adilov shifoxona hududida barpo etilayotgan yangi binoning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Vazir obyektni o‘z vaqtida hamda sifatli topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi. 🚫 Vazir viloyatdagi turli davolash muassasalari bilan birga Xatirchi tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va soha xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 📱 Ma’lumki, o‘tgan yili mamlakatimizning 15 ta namunaviy hududi qatori Xatirchi tumanida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yilgan edi. 🔬 Bunda asosiy e’tibor tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirishga qaratildi. Pirovardida tumanda odamlarga qulay, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi. 🟡 Vazir tumandagi Korizarab mahallasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishar ekan, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, qish mavsumiga tayyorgarlik, dori-darmon vositalari ta’minoti, skrining tadbirlarining tashkil etilishi va ularning natijalari bilan qiziqdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur muassasa 3 500 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Kunlik 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada 6 o‘rinli kunduzgi statsionar ham yo‘lga qo‘yilgan.Vazir birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. ‼️Safar davom etmoqda. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
💊 Yurtimizda Reimbursatsiya dasturi asosida aholiga 12 turdagi kasallik bo‘yicha dori vositalari bepul berilmoqda.❓ Xo‘sh, bu imkoniyatdan foydalanish tartibi qanday? 📊 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoinfografika orqali shu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
🟡 Davlatimiz rahbari tomonidan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish topshirig‘i berilgan edi.🏥 Ular orasida birinchi bo‘lib Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Bundan tashqari, muassasaning shunday natijaga erishgan filiallari soni 11 taga yetdi. Xabar berganimizdek, ular safiga markazning Toshkent shahar filiali ham qo‘shildi. 📹 SSV Matbuot xizmatining videolavhasida shu haqda batafsil so‘z yuritiladi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. ——————————— 🔴 🔰🔰🔰🔰
🟡 Главой государства было поручено привести деятельность специализированных медицинских центров в соответствие с международными стандартами.🏥 Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр здоровья матери и ребенка стал первым государственным медицинским учреждением в Узбекистане, прошедшим международную аккредитацию. Кроме того, число его филиалов, добившихся такого результата, достигло 11. На днях международную аккредитацию успешно прошел и Ташкентский филиал центра. 📹 Подробнее об этом — в нашем видеосюжете. 🚑 Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
✅ O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI s’yezdi hamda Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressi boshlandi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyatini takomillashtirish, hududlarda yuqori texnologiyali davolash usullari va raqamli yechimlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi xalqaro muloqot o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish va shoshilinch tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Xalqaro kongress kun tartibidan O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ozarbayjon, Moldova, Polsha, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qator davlatlar vakillarining 160 dan ortiq ma’ruzalari o‘rin olgan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
🖥Poytaxtimiz O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasining VI s’yezdi hamda Yevroosiyo shoshilinch tibbiyot hamjamiyatining IV kongressiga mezbonlik qilmoqda.Sanoqli daqiqalardan so‘ng boshlanadigan ushbu xalqaro tadbirda mamlakatimiz vakillaridan tashqari 14 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 70 nafardan ziyod xorijlik yetakchi olimlar va soha ekspertlari ishtirok etishi kutilyapti. Unda shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda tibbiy kadrlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Joriy yil 27-oktabr kuni Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda barcha yo‘nalishlar qatorida sohada ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab bergan edi.Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Adham Xudaykulov boshchiligida ushbu vazifalar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ullari, respublika tibbiyot markazlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, farmatsevtika sohasi vakillari ishtirok etdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbirda tibbiyotda ilm-fan holati, oliy ta’lim muassasalari va respublika darajasidagi markazlarning ilmiy salohiyati, ilmiy ishlar himoyasi, bu borada etika qoidalariga rioya qilish, ilmiy natijalarni joriy qilish kabi yo‘nalishlardagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari ko‘rib chiqildi. SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
✅ Salomatlik haqida savollar ko‘p. Ammo ularga ishonchli va tushunarli javob topish har doim ham oson emas. Shuning uchun "Tibbiyot 360" loyihasini boshlayapmiz!❓"Tibbiyot 360" — sizni qiziqtirgan savollar, takliflar va murojaatlar asosida shakllanadigan yangi tibbiy axborot platformasi. 🌀 Bizning asosiy tamoyilimiz oddiy: avval odamlarni tinglash, keyin ular uchun muhim mavzularni yoritish. ➡️ Har bir material zamirida fuqarolarning savollari, takliflari va murojaatlarini o‘rganish, dolzarb muammolarni tahlil qilish hamda mutaxassislarning ilmiy asoslangan tavsiyalari yotadi. 📌Loyihada: ⏺Salomatlik va kasalliklarning oldini olish haqida sodda tilda tushuntiramiz. ⏺Sizni o‘ylantirayotgan tibbiy savollarga mutaxassislar bilan birga javob izlaymiz. ⏺Sog‘liqni saqlash tizimidagi yangiliklar va islohotlar kundalik hayotingizga qanday ta’sir qilishini tushuntiramiz. ⏺Tibbiy xizmatlardan foydalanish, bemorlarning huquqlari va kerakli yordamga murojaat qilish tartibi haqida ma’lumot beramiz. ⏺Sizning taklif va murojaatlaringiz asosida yangi mavzularni o‘rganamiz. 🔘 "Tibbiyot 360" Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kontent-mediamarkazi tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha orqali rasmiy, tekshirilgan va mutaxassislar tomonidan asoslangan tibbiy ma’lumotlarni sizga sodda va tushunarli shaklda yetkazamiz. 🟢 Biz uchun eng muhimi — shunchaki axborot tarqatish emas, balki sizni tinglash, savollaringizga javob topish va salomatligingizga oid to‘g‘ri qaror qabul qilishingizga ko‘maklashish. ❗️"Tibbiyot 360" — sizning savollaringizdan boshlanadigan muloqot! ⬇️ Sahifalarimizga obuna bo‘ling va izohlarda javoblaringizni yo’llang. 💻 Instagram 📝 Facebook 📝 Telegram
🌀 O‘xshash alomatlar mazkur kasalliklarni chalkashtirib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davolanish va ehtiyot choralariga oid qator savollarni ham tug‘diradi.❓ Xo‘sh, antibiotik grippni davolaydimi? Shamollashni-chi? ❓ Kasallikdan himoyalanish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak? 📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoinfografika orqali shu kabi savollarga javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
