Diplomat (Sobirov)
Open in Telegram
Tarix, siyosat va ideologiya. Muallif: @Tarix_tasvirlarda Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov
Show more4 457
Subscribers
-724 hours
-227 days
-4930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+13
in 3 channels
August '26
+104
in 10 channels
Get PRO
July '26
+81
in 6 channels
Get PRO
June '26
+83
in 14 channels
Get PRO
May '26
+39
in 3 channels
Get PRO
April '26
+71
in 9 channels
Get PRO
March '26
+175
in 12 channels
Get PRO
February '26
+183
in 15 channels
Get PRO
January '26
+225
in 14 channels
Get PRO
December '25
+89
in 9 channels
Get PRO
November '25
+113
in 8 channels
Get PRO
October '25
+280
in 20 channels
Get PRO
September '25
+124
in 7 channels
Get PRO
August '25
+159
in 15 channels
Get PRO
July '25
+159
in 5 channels
Get PRO
June '25
+272
in 8 channels
Get PRO
May '25
+36
in 2 channels
Get PRO
April '25
+123
in 13 channels
Get PRO
March '25
+402
in 16 channels
Get PRO
February '25
+116
in 11 channels
Get PRO
January '25
+50
in 1 channels
Get PRO
December '24
+52
in 6 channels
Get PRO
November '24
+72
in 3 channels
Get PRO
October '24
+174
in 13 channels
Get PRO
September '24
+256
in 15 channels
Get PRO
August '24
+60
in 9 channels
Get PRO
July '24
+57
in 5 channels
Get PRO
June '24
+161
in 10 channels
Get PRO
May '24
+112
in 14 channels
Get PRO
April '24
+291
in 15 channels
Get PRO
March '24
+1 743
in 35 channels
Get PRO
February '24
+386
in 19 channels
Get PRO
January '24
+594
in 28 channels
Get PRO
December '23
+1 233
in 23 channels
Get PRO
November '23
+395
in 14 channels
Get PRO
October '23
+477
in 13 channels
Get PRO
September '23
+689
in 0 channels
Get PRO
August '23
+102
in 0 channels
Get PRO
July '23
+1 402
in 0 channels
Get PRO
June '23
+115
in 0 channels
Get PRO
May '23
+78
in 0 channels
Get PRO
April '23
+648
in 0 channels
Get PRO
March '23
+670
in 0 channels
Get PRO
February '23
+47
in 0 channels
Get PRO
January '23
+1 740
in 0 channels
Get PRO
December '22
+258
in 0 channels
Get PRO
November '22
+1 075
in 0 channels
Get PRO
October '22
+105
in 0 channels
Get PRO
September '22
+157
in 0 channels
Get PRO
August '22
+544
in 0 channels
Get PRO
July '22
+523
in 0 channels
Get PRO
June '22
+63
in 0 channels
Get PRO
May '22
+312
in 0 channels
Get PRO
April '22
+50
in 0 channels
Get PRO
March '22
+134
in 0 channels
Get PRO
February '22
+285
in 0 channels
Get PRO
January '22
+3 401
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +3 | |||
| 03 September | +4 | |||
| 02 September | +3 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
“Butun Germaniyaga signal”
Bugun Germaniyaning federal hududi – Saksoniya-Anxaltda mahalliy parlament(landtag)ga saylov natijalari e’lon qilindi. Unda ilk bor Germaniyaning o‘ta o‘ng – “Germaniya uchun muqobil” partiyasi mahalliy saylovlarda g‘olib chiqdi.
Ya’ni, Germaniyada yana o‘ta o‘ng partiya mahalliy darajada bo‘lsa-da, hukumat shakllantiradi. To‘g‘ri, GUM landtagda to‘liq ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritmagan, partiyda jami 83 o‘rindan 39 ta mandat olgan. Mutlaq ko‘pchilik o‘rin uchun GUM yana bir o‘ng yoki chap partiya bilan koalitsiya tuzishi kerak.
Biroq GUM rahbari Alis Veydel ham, Saksoniya-Anxaltning katta ehtimol bilan bo‘lajak Vazir-prezidenti Ulrix Zigmund ham allaqachon o‘z g‘alabasini e’lon qilib bo‘ldi.
Saksoniya-Anxalt Berlin yaqinda joylashgan, sobiq Sharqiy Germaniya (qizil Germaniya) tarkibida bo‘lgan federal hudud. Germaniya birlashgandan buyon bu yerlarda o‘ng kayfiyat nisbatan kuchli edi. Federal saylovlarda ham hukmron Xristian-demokratik partiyasi asosan sharqiy hududlardan ovoz yiqqandi.
Ulrix Zigmund uning g‘alabasi “butun Germaniyaga signal” ekanini aytibdi. Nimayam deyish mumkin, yigit to‘g‘ri gapiryapti. Kelayotgan federal saylovlarda ham GUM imkoniyati ortyapti.
Endigina Orbandan qutulgan Yevropga yana bir boshog‘riq.
@pan_diplomat
| 2 | Buxoro xalq sovet respublikasi Markaziy ijroiy qo‘mitasi a‘zolari
1923-yil
Tasvirda bo‘lajak O‘zbekiston rahbarlaridan Fayzulla Xo‘jayev (Bosh vazir), Qora Yo‘ldosh Po‘latov (Moliya vaziri), Xo‘ja Porso, Ahmadbek Mavlonbekov (Adliya vaziri va bosh prokuror)ni ko‘rish mumkin.
Kanalga ulanish: @tarixiy_tasvir | 1 085 |
| 3 | “Og‘zingga tosh-tuproq!”.
Sovetlar komandirining xotiralaridan | 1 482 |
| 4 | Sadriddin Ayniyning Doxunda asarida “Hinddan qarz” va “Sallali hind” nomli bo‘limlar bor. Ayniy o‘z xotiralarida nega bunday bo‘limlar borligi haqida gapirgan.
“Buxorodagi ko‘plab karvonsaroylarda hindlar yashaydi. Ularning aksariyati sudxo‘rlik bilan shug‘ullanadi. Amirlik ular g‘ayridin bo‘lgani uchun ularga maxsus qora to‘n kiyishni majburiy qilgan, lekin islom qoidalari bo‘yicha sudxo‘rlik qilmaslikni taqiqlamagan.
Hindlardan, boshqa hech kimdan qarz olish imkoni bo‘lmagan odamlargina qarz oladi. Chunki ular juda yuqori shartlarda qarz beradi.
Hindlar hatto chekka qishloqlardagi gadolarga ham foizga pul beradi. Ammo ularning asosiy mijozlari — amirlik sarbozlari. Sarboz 20 tanga olsa, uni 30 tanga qiliib, ikki oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi. Qolganlar ham shu tartibda qarzga mablag‘ oladi.
Hindlarning aksariyat mijozlari savodsiz bo‘lgani uchun ular hisob-kitobni daftarga yozishmaydi. Pul berayotganda qarzdor oldida maxsus taxta bo‘lagini olib, unga qarzdor ismi va u qaytarishi kerak pulni foizi bilan yozadi. Qarzdor har safar pul berganda maxsus belgi bilan chizib borishadi va oxirida taxta tugagach, qarz yopiladi.
Yuqori foizga qaramay hind sudxo‘rlarining mijozi ko‘p, ular kunbo‘yi xonalaridan chiqmaydi. Faqat oyda bir marta, amir askarlarga maosh tarqatganda Buxoro Arki oldiga borishadi va qarzlarni yig‘ishadi. Qolgan kunlar esa tushdan so‘ng, maxsus qora to‘nni kiyib, qarzdorlar taxtalarini qopga solib, Buxoro amirligining shahar-qishloqlari ko‘chalarida aylanib, qarz terishadi.
Amirlik vakillari ularga tegmaydi. Chunki Buxoro amaldorlari hindlarning boyligini davlat boyligi deb biladi. Chunonchi, biron hind sudxo‘ri o‘lsa, uning merosi qarindoshiga emas, amirlik mulkiga o‘tadi. Amirlik amaldorlari o‘lgan sudxo‘rdan qarzdor odamlar qarzini ham amir g‘aznasi hisobiga o‘tkazadi. Bu ishlar uchun maxsus “Hindlar yasavuli” lavozimi ham joriy etilgan. U josuslari orqali hammasini nazorat qilib turadi.
Shunday qilib amirlik o‘zi bir ahvoldagi yo‘qsil aholisini talon-taroj, xonavayron qilishni o‘zi rag‘batlantiradi”.
Yevropada xristian dini taqiqlagani uchun sudxo‘rlik bilan asosan yahudiylar shug‘ullangani kabi, o‘zbek xonliklarida ham bu ish bilan shug‘ullanuvchilar topilgan. Chunki aholida doim qarzga ehtiyoj bor va uni kim tez, osonroq bersa har qanday shartda bo‘lsa ham oladi. Hozirgi vaqtda ham eng tez, oson kredit beruvchi banklar, eng yuqori foiz stavkasini qo‘yadi.
@pan_diplomat | 1 959 |
| 5 | Bobur Alisher Navoiy haqida:
“Yaxshi ruboiylari ham bor. Yana baʼzi asarlari ham borki, ushbu zikr etilganlardan koʻra pastroq va sustroqdir.
Shu jumladan, maktublarini Mavlono Abdurahmon Jomiyga taqlid qilib jam qilgan. Xullas, har kimga har ish uchun bitgan xatlarni kitob qilib jamlagan.
Yana “Mezon ul-avzon” nomli aruz kitobini bitgan, ancha mulohazatalab: yigirma toʻrt ruboiy vaznining toʻrt vaznida xato qilgan. Baʼzi bahrlarning vaznlarida ham yanglishgan. Bu aruzdan xabardor odamga maʼlum boʻladi. Forsiy devon ham tartib bergan.
Forsiy nazmda “Foniy” taxallusini qoʻllagan. Baʼzi baytlari yomon emasdir. Biroq aksari sust va boʻshtobdir. Musiqada ham yaxshi ohanglar yaratgan. Yaxshi naqshlari, peshravlari bor”, – “Boburnoma”dan.
@pan_diplomat | 1 985 |
| 6 | Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. Har sohada erkin bo‘laylik.
Bayram muborak!
@pan_diplomat | 1 732 |
| 7 | Mustaqillik kuni oldi Hindiston rahbarining O‘zbekistonga kelishi, kechagi bayram tadbiridagi tarixiy chiqishlar (tan olish kerak, juda yaxshi dastur qilinibdi) kabi ancha ramziy bo‘ldi.
Chunki, 1991-yil O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilishdan oldin Karimov aynan Hindistonga safar qilgandi. Bu O‘zbekiston Prezidenting ilk xorijiy safari edi.
Hindiston – eng ko‘p aholi va yadro quroliga ega yirik davlat. Qirg‘izistondagi SHHT sammitidan oldin Modining O‘zbekistonga ham tashrifini uyushtira olingani yaxshi muvaffaqiyat.
@pan_diplomat | 2 447 |
| 8 | Diktatura yoxud anarxiya? | 2 808 |
| 9 | Lekin shunaqa taklif/o‘zgarish qilish mumkin bo‘lsa, haqiqiy, foydali o‘zgarish qilish kerak. Ya’ni, ish vaqtini 10 yoki 11 dan 19 yoki 20 gacha qilish lozim. Chunki, aksar ishchilar baribir kechgacha qolib, ishlaydi. Har xil yozilmagan qoidalar bor. Qolaversa, topshiriqlar ham odatda kechga qarab beriladi.
Shuning uchun shundoq ham ishlanadigan kechgi ish soatini uzaytirib, ertalab kechiktirish haqiqiy, amaliy foyda keltiradigan qaror bo‘ladi, agar bu o‘zgarish chindan foyda bo‘lishi uchun qilinayotgan bo‘lsa, albatta. Hozirgi holatda esa shaxsan men boshliqlar ishchilariga soat 5 da ruxsat berishiga, negadir ishona olmayapman. Balki muammo mendadir.
Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish qulayligiga kelsak, aksar fuqarolar davlat xodimlari kabi 9-18 oralig‘ida ishlaydi. Ular hozir ham ish vaqtida chiqib, ishini bitirib keladi. Agar hokimiyat tizimi bir-ikki soat kechroq yopilsa, ular bemalol ishdan chiqib, masalasini hal qila oladi. Hamma narsa qaysi tomondan qarashga bog‘liq.
@pan_diplomat | 3 065 |
| 10 | Ajoyib xabar. Ayniqsa, bir makonda, bir imperiya zulmi ostida yashagan ikki mamlakat sifatida, o‘zaro 35 yillik mustaqillik bilan tabriklash muhim.
Yana bir e‘tiborga molik jihat, o‘tgan yilgi tabrik o‘zbek tilida yuborilgandi, bu yil esa ukrain tilida jo‘natilibdi. Do‘stona ruhni ifodalovchi juda yaxshi qadam. | 2 590 |
| 11 | 2000-yilgi Prezident saylovida Islom Karimovga yagona raqib bo‘lgan Abdulhafiz Jalolovning o‘ta jiddiy siyosiy xato nutqi.
Jalolov hech kimni xafa qilishni xohlamagan taqdirda, bu savolga shunchaki “men o‘zim mos deb bilgan nomzodga ovoz berdim” deb qutulishi mumkin edi. Uning javobi esa butun saylov tizimini savol ostiga qo‘ygan.
@pan_diplomat | 2 533 |
| 12 | Qiziq rasm chiqqan ekan o‘sha paytlar
@pan_diplomat | 2 303 |
| 13 | Nihoyat oxirgi bu mavzudagi maqolam, bahonada 35 yillik tariximizni qaytadan o‘rganib oldim — https://oyina.uz/kiril/article/4964 | 3 029 |
| 14 | Shu kunlarda Afg‘onistonda hokimiyatni Tolibon egallaganiga 5 yil to‘ldi. Shubhasiz, ushbu hodisa mintaqadasi siyosiy va iqtisodiy muhitga keskin ta’sir ko‘rsatdi.
Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgaruvi, 5 yildagi voqealar O‘zbekistonga qanday ta’sir qildi?
Sobiq Afg‘oniston hukumati – xalqaro jamiyat tomonidan qo‘llanuvchi “erkatoy” tuzum edi. Shuning uchun ularda “dux” ko‘proq edi va o‘zaro aloqalarda hatto ustunlikka intilardi. Masalan, 2019-yilda Ashraf G‘ani hukumati Tolibon vakillarining Toshkentda rasmiy qabul qilinganini “tinch muzokaralarga ko‘maklashish” sifatida ko‘rmasligini ma’lum qilib, norozilik bildirgandi. Vaholanki, O‘zbekiston tinchlik uchun harakat qilayotgandi.
Tolibon oldingi hokimiyatdan farqli ravishda – xalqaro jamiyatning “nafrati”. Butun dunyo mamlakatlari va ayniqsa, G‘arb u bilan yaqinlashishdan qochadi. Tolibon qo‘mondonlari o‘z hududida turib, qanchalik katta gapirmasin, O‘zbekiston bilan aloqalarda ular “orqa qiladigan” kuch yo‘q. Xitoy O‘zbekistonning ham sherigi, Pokiston esa endi Kobulga dushman.
Tolibonning 5 yilligi ilk navbatda, nihoyat janubiy chegaralarda tinchlik paydo bo‘lishi bilan foydali bo‘ldi. To‘g‘ri, bir-ikki marotaba snaryadlar uchdi, biroq ular bartaraf qilindi. Tolibon shimoldagi boshqa diniy guruhlar bilan kurash olib bordi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston ko‘pchilik kira olmaydigan yaxshi iqtisodiy makonga ega bo‘ldi. Masalan, O‘zbekiston yaqinda Toti-Maydonda gaz qidiruv va qazib olish bo‘yicha 10 yillik shartnoma imzoladi. 5 trillion kub metr gaz zaxirasi borligi aytiluvchi Afg‘onistonda bunday shartnomaga ega bo‘lish, gazga ehtiyoji tobora oshayotgan O‘zbekiston uchun juda foydali.
Qolaversa, o‘z gazini keng xalqaro bozorga chiqara olmaygan Afg‘oniston gazni ancha past narxlarda sotayotgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda elektr energiyasi asosan gazda ishlovchi IES’lardan olinadi va arzon gaz importi biz uchun juda muhim.
2025-yilgi Pokiston-Afg‘oniston to‘qnashuvlaridan keyin esa O‘zbekiston yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi. Tolibonning asosiy daromadi Pokistonga ko‘mir sotish edi va nizolardan keyin bu savdo deyarli to‘xtadi. Natijada Kobul Eron va Markaziy Osiyo yo‘nalishiga e’tibor qaratdi.
2025-yil noyabrida toliblar hukumati O‘zbekiston bilan bu borada savdo shartnomalari imzoladi. Unga ko‘ra, afg‘on ko‘miri endi Pokiston o‘rniga O‘zbekistonga eksport qilinadi, buning evaziga O‘zbekiston sement va farmatsevtika mahsulotlari yetkazib beradi.
Elektr energiya ishlab chiqarishda ko‘mir yoquvchi IES (issiqlik elektr stansiyalari) va aholi orasida ko‘mirga ehtiyoj katta. 2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston 105,8 mln dollarlik 2,39 mln tonna ko‘mir import qilgan. Afg‘oniston o‘z ko‘mirini Pokistonga 3 baravar arzonga sotganini hisobga olsak, O‘zbekiston ham ancha yaxshi taklif ega bo‘lgan (“narx manipulyatsiyasi” ehtimoli ham bor).
Umuman, O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘oniston shimolida faollashdi. Afg‘oniston hozir asosan Xitoy xomashyo bazasiga aylanayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik ekpertlar O‘zbekiston ham faol investitsiya kiritayotganini aytmoqda.
Afg‘onistonda to‘xtovsiz elektr yetkazi berish ham Tolibonni ishontirish, undan yanada qulayroq imtiyozlar olishga intilish bo‘lishi mumkin. Ushbu imtiyoz va foydalar byudjetga qanchalik foyda keltirayotgani, shubhasiz, jamlab, e’lon qilinmagan va bu yerda ichki muhitga bog‘langan bir qancha faktorlar bor.
@pan_diplomat | 3 781 |
| 15 | Davlatdagi yuqori qatlamni qaysi soha vakillari ko‘proq egallashi har doim qiziq mavzu bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik iqtisodchilar va yuristlarda davlat boshqaruvida asosiy o‘rin egallaydi deb hisoblaydi. Lekin bu turli davlatlarda turli xil.
AQSH — huquqshunoslar (yuristlar)
AQSH parlamenti tarkibini tahlil qilgan Nik Robinson Amerika elitasining katta qismini yuristlar tashkil qilishini ta’kidlaydi. Ularning “oltin davri” XIX asr o‘rtalarida bo‘lgan: bu paytda Kongressdagi huquqshunoslarning ulushi 80 foizga yetgan. 2020-yil holatiga ko'ra esa, AQSH Kongressi Vakillar palatasi a'zolarining 36,6 foizi va senatorlarning 53 foizi yuridik ma'lumotga ega insonlar.
Masalan, vitse-prezident JD Vens, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson ma’lumoti bo‘yicha yurist.
Yevropa — O‘qituvchilar/ziyolilar va biznes vakillari
Yevropa mamlakatlari parlamentlarida ham yuristlar ustun edi, biroq hozir ularning roli pasayib bormoqda. 19 ta Yevropa davlati parlamenti tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, o'qituvchilar va universitet professorlari – 16 foiz, ishbilarmonlar va tadbirkorlar esa 13 foizni ulushni tashkil etgan.
Masalan, Makron iqtisodchi, Ursula fon der Lyayen shifokor, Meloni jurnalist, Merz yurist.
Xitoy — huquqshunoslar va davlat biznesmenlari
Negizi “Ishchi, dehqon, askar ittifoqi” hisoblanuvchi kommunistik Xitoyda oxirgi paytlar “ichchilar” ulushi tobora kamayib bormoqda.
XVI chaqiriqdagi XKP Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi tarkibidagi “ko'k yoqalar(texniklar, ishchilar)” ulushi 75 foizga yetgandi, XVII-chaqiriqda esa ularning ulushi 40 foizga kamaydi va o'rinlarni professional huquqshunoslar, davlat kompaniyalari tadbirkorlari egalladi.
Rossiya — iqtisodchilar va injenerlar
Rossiya doimgidek SSSR merosini yo‘qotmay kelyapti. Federal darajadagi (barcha federal hududlardagi) deputatlar orasida hali ham “ishchilar” (injener, texniklar) yetakchi — 30-40 foiz.
Biroq ijro hokimiyatida xususiy va davlat biznesmenlari yaqqol ustun. Bunga yirik korporatsiyalarda (Gazprom, Sber, Alfa-bank, VTB) ijro hokimiyatiga o‘z vakillarini qo‘yish uchun yetarlicha resusrlari borligi sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, davlat oligarxlari va davlat tiziminin aralashib ketishi ham ijro hokimiyatida iqtisodchilar ulushi katta bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.
@pan_diplomat | 3 479 |
| 16 | Shu mavzudagi gapni hamma o‘zbek eshitgan bo‘lsa kerak – “Erkak kishi kulmaydi”, “Tirjayma, erkakka o‘xsha!”.
O‘zbekistonliklarning aksari musulmon-dindor odamlar. Ular erkak doim jiddiy bo‘lishi kerak degan qarashga sodiq.
Qizig‘i, mana shu videoning ostida yozilgan izohda ta’kidlanganidek, bir hadisda Muhammad (s.a.v) “Do‘stga qarab qilingan tabassum – sadaqadir” degan. Va izohda bunga zid hadislar ham yozishgan, masalan, “Kulish qalbni o‘ldiradi” deb.
Nega katta qismi musulmon bo‘lgan o‘zbek jamiyatida bunday dilemma shakllangan? Balki bu diniy qarash yengolmagan milliy (turkiy) xulq-odatmi? Qiziq mavzu.
@pan_diplomat | 2 914 |
| 17 | O‘zbeklar azaldan kam kuladirg‘on millatmu? | 3 496 |
| 18 | Mahmudxo'ja Behbudiy, "Qasdi Safar":
2-iyunda Bokudan chiqib,Mineralni vo'da(Ma'dan suvlari) muxtasig'a mutavajjih bo'ldikkim, orasi 755 chaqirim bo'lub, bir kecha kunduz yuruldi...
Xalqi bizning pirsiyon,lazgi,dog'istoniy degan xalqlar bo'lib, yana doxilan chechen, qumuq va boshqa ismlar ila ataladur...
Biz turkistoniylar topganimizni to'y, o'luk va ko'pkarig'a sarf qilgandek,bu musulmon qardoshlarimizning aksari o'z molini qiz olib qochib, janjolig'a sarf etmoq, bir-birovlarini o'ldurub, yana qasosi nomashru' tariqida tarafayndan bir nechalab o'ldurub, so'ngra bor pullarini sud-u sinod yo'lig'a va umrlarini Sibiriyo cho'llarig'a sarf qilib, nobud bo'lar ekanlar". | 2 829 |
| 19 | O‘zbekistonda Prezidentlik muddati o‘zgarishi va unga amal qilish borasida qiziq voqea bor.
2000-yilda Islom Karimov 5 yillik muddatga prezidentlikka saylanadi.
2002-yil O‘zbekistonda prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi va Prezident vakolat muddati 7 yil bo‘ladi.
Biroq shu yili yangi qoida bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tmaydi. 2000-yil 5 yil muddatga saylangan Karimov muddati avtomatik ravishda 7 yilga o‘zgaradi va 2007-yil navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi.
2011-yil esa Prezidentlik muddati yana 5 yilga qisqartiriladi. Va shu yerda qiziq voqea sodir bo‘ladi.
Prezident vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgarganda avtomatik o‘zgargan muddat bu safar o‘zgarmaydi. Ya’ni, Karimov 2011-yilgi o‘zgarishga qaramay, eski Konstitutsiya bo‘yicha to‘liq 7 yil prezidentlik qiladi va 2015-yilda navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Bu keys sobiq tuzum iloji boricha muddatni surishga intilgani va bu yo‘lda rasmiy qoidalarni ikki xil talqin qilganini ko‘rsatadi.
2023-yilda ham Prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgaradi. Biroq bu safar 7 yillik muddat uchun yangi, navbatdan tashqari saylov o‘tkaziladi.
@pan_diplomat | 3 366 |
| 20 | O‘zbekistondagi ilk terrochilik akti qachon sodir bo‘lgandi? | 3 128 |
