fa
Feedback
Diplomat (Sobirov)

Diplomat (Sobirov)

رفتن به کانال در Telegram

Tarix, siyosat va ideologiya. Muallif: @Tarix_tasvirlarda Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov

نمایش بیشتر
4 470
مشترکین
-224 ساعت
+37 روز
-4230 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+11
در 3 کانال‌ها
اوت '26
+104
در 10 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+81
در 6 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+83
در 14 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+39
در 3 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+71
در 9 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+175
در 12 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+183
در 15 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+225
در 14 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+89
در 9 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+113
در 8 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+280
در 20 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+124
در 7 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+159
در 15 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+159
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+272
در 8 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+36
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+123
در 13 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+402
در 16 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+116
در 11 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+50
در 1 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+52
در 6 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+72
در 3 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+174
در 13 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+256
در 15 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+60
در 9 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+57
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+161
در 10 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+112
در 14 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+291
در 15 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+1 743
در 35 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+386
در 19 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+594
در 28 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+1 233
در 23 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+395
در 14 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+477
در 13 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+689
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+102
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+1 402
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+115
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+78
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+648
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+670
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '23
+47
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '23
+1 740
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+258
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+1 075
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+105
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+157
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+544
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+523
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+63
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+312
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+50
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+134
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+285
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+3 401
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
04 سپتامبر+2
03 سپتامبر+4
02 سپتامبر+3
01 سپتامبر+2
پست‌های کانال
“Og‘zingga tosh-tuproq!”. Sovetlar komandirining xotiralaridan

2
Sadriddin Ayniyning Doxunda asarida “Hinddan qarz” va “Sallali hind” nomli bo‘limlar bor. Ayniy o‘z xotiralarida nega bunday bo‘limlar borligi haqida gapirgan. “Buxorodagi ko‘plab karvonsaroylarda hindlar yashaydi. Ularning aksariyati sudxo‘rlik bilan shug‘ullanadi. Amirlik ular g‘ayridin bo‘lgani uchun ularga maxsus qora to‘n kiyishni majburiy qilgan, lekin islom qoidalari bo‘yicha sudxo‘rlik qilmaslikni taqiqlamagan. Hindlardan, boshqa hech kimdan qarz olish imkoni bo‘lmagan odamlargina qarz oladi. Chunki ular juda yuqori shartlarda qarz beradi. Hindlar hatto chekka qishloqlardagi gadolarga ham foizga pul beradi. Ammo ularning asosiy mijozlari — amirlik sarbozlari. Sarboz 20 tanga olsa, uni 30 tanga qiliib, ikki oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi. Qolganlar ham shu tartibda qarzga mablag‘ oladi. Hindlarning aksariyat mijozlari savodsiz bo‘lgani uchun ular hisob-kitobni daftarga yozishmaydi. Pul berayotganda qarzdor oldida maxsus taxta bo‘lagini olib, unga qarzdor ismi va u qaytarishi kerak pulni foizi bilan yozadi. Qarzdor har safar pul berganda maxsus belgi bilan chizib borishadi va oxirida taxta tugagach, qarz yopiladi. Yuqori foizga qaramay hind sudxo‘rlarining mijozi ko‘p, ular kunbo‘yi xonalaridan chiqmaydi. Faqat oyda bir marta, amir askarlarga maosh tarqatganda Buxoro Arki oldiga borishadi va qarzlarni yig‘ishadi. Qolgan kunlar esa tushdan so‘ng, maxsus qora to‘nni kiyib, qarzdorlar taxtalarini qopga solib, Buxoro amirligining shahar-qishloqlari ko‘chalarida aylanib, qarz terishadi. Amirlik vakillari ularga tegmaydi. Chunki Buxoro amaldorlari hindlarning boyligini davlat boyligi deb biladi. Chunonchi, biron hind sudxo‘ri o‘lsa, uning merosi qarindoshiga emas, amirlik mulkiga o‘tadi. Amirlik amaldorlari o‘lgan sudxo‘rdan qarzdor odamlar qarzini ham amir g‘aznasi hisobiga o‘tkazadi. Bu ishlar uchun maxsus “Hindlar yasavuli” lavozimi ham joriy etilgan. U josuslari orqali hammasini nazorat qilib turadi. Shunday qilib amirlik o‘zi bir ahvoldagi yo‘qsil aholisini talon-taroj, xonavayron qilishni o‘zi rag‘batlantiradi”. Yevropada xristian dini taqiqlagani uchun sudxo‘rlik bilan asosan yahudiylar shug‘ullangani kabi, o‘zbek xonliklarida ham bu ish bilan shug‘ullanuvchilar topilgan. Chunki aholida doim qarzga ehtiyoj bor va uni kim tez, osonroq bersa har qanday shartda bo‘lsa ham oladi. Hozirgi vaqtda ham eng tez, oson kredit beruvchi banklar, eng yuqori foiz stavkasini qo‘yadi. @pan_diplomat
1 206
3
Bobur Alisher Navoiy haqida: “Yaxshi ruboiylari ham bor. Yana baʼzi asarlari ham borki, ushbu zikr etilganlardan koʻra pastroq va sustroqdir. Shu jumladan, maktublarini Mavlono Abdurahmon Jomiyga taqlid qilib jam qilgan. Xullas, har kimga har ish uchun bitgan xatlarni kitob qilib jamlagan. Yana “Mezon ul-avzon” nomli aruz kitobini bitgan, ancha mulohazatalab: yigirma toʻrt ruboiy vaznining toʻrt vaznida xato qilgan. Baʼzi bahrlarning vaznlarida ham yanglishgan. Bu aruzdan xabardor odamga maʼlum boʻladi. Forsiy devon ham tartib bergan. Forsiy nazmda “Foniy” taxallusini qoʻllagan. Baʼzi baytlari yomon emasdir. Biroq aksari sust va boʻshtobdir. Musiqada ham yaxshi ohanglar yaratgan. Yaxshi naqshlari, peshravlari bor”, – “Boburnoma”dan. @pan_diplomat
1 553
4
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. Har sohada erkin bo‘laylik. Bayram muborak! @pan_diplomat
1 304
5
Mustaqillik kuni oldi Hindiston rahbarining O‘zbekistonga kelishi, kechagi bayram tadbiridagi tarixiy chiqishlar (tan olish kerak, juda yaxshi dastur qilinibdi) kabi ancha ramziy bo‘ldi. Chunki, 1991-yil O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilishdan oldin Karimov aynan Hindistonga safar qilgandi. Bu O‘zbekiston Prezidenting ilk xorijiy safari edi. Hindiston – eng ko‘p aholi va yadro quroliga ega yirik davlat. Qirg‘izistondagi SHHT sammitidan oldin Modining O‘zbekistonga ham tashrifini uyushtira olingani yaxshi muvaffaqiyat. @pan_diplomat
2 207
6
Diktatura yoxud anarxiya?
Diktatura yoxud anarxiya?
2 355
7
Lekin shunaqa taklif/o‘zgarish qilish mumkin bo‘lsa, haqiqiy, foydali o‘zgarish qilish kerak. Ya’ni, ish vaqtini 10 yoki 11 d
Lekin shunaqa taklif/o‘zgarish qilish mumkin bo‘lsa, haqiqiy, foydali o‘zgarish qilish kerak. Ya’ni, ish vaqtini 10 yoki 11 dan 19 yoki 20 gacha qilish lozim. Chunki, aksar ishchilar baribir kechgacha qolib, ishlaydi. Har xil yozilmagan qoidalar bor. Qolaversa, topshiriqlar ham odatda kechga qarab beriladi. Shuning uchun shundoq ham ishlanadigan kechgi ish soatini uzaytirib, ertalab kechiktirish haqiqiy, amaliy foyda keltiradigan qaror bo‘ladi, agar bu o‘zgarish chindan foyda bo‘lishi uchun qilinayotgan bo‘lsa, albatta. Hozirgi holatda esa shaxsan men boshliqlar ishchilariga soat 5 da ruxsat berishiga, negadir ishona olmayapman. Balki muammo mendadir. Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish qulayligiga kelsak, aksar fuqarolar davlat xodimlari kabi 9-18 oralig‘ida ishlaydi. Ular hozir ham ish vaqtida chiqib, ishini bitirib keladi. Agar hokimiyat tizimi bir-ikki soat kechroq yopilsa, ular bemalol ishdan chiqib, masalasini hal qila oladi. Hamma narsa qaysi tomondan qarashga bog‘liq. @pan_diplomat
2 641
8
Ajoyib xabar. Ayniqsa, bir makonda, bir imperiya zulmi ostida yashagan ikki mamlakat sifatida, o‘zaro 35 yillik mustaqillik b
Ajoyib xabar. Ayniqsa, bir makonda, bir imperiya zulmi ostida yashagan ikki mamlakat sifatida, o‘zaro 35 yillik mustaqillik bilan tabriklash muhim. Yana bir e‘tiborga molik jihat, o‘tgan yilgi tabrik o‘zbek tilida yuborilgandi, bu yil esa ukrain tilida jo‘natilibdi. Do‘stona ruhni ifodalovchi juda yaxshi qadam.
2 364
9
2000-yilgi Prezident saylovida Islom Karimovga yagona raqib bo‘lgan Abdulhafiz Jalolovning o‘ta jiddiy siyosiy xato nutqi. Ja
2000-yilgi Prezident saylovida Islom Karimovga yagona raqib bo‘lgan Abdulhafiz Jalolovning o‘ta jiddiy siyosiy xato nutqi. Jalolov hech kimni xafa qilishni xohlamagan taqdirda, bu savolga shunchaki “men o‘zim mos deb bilgan nomzodga ovoz berdim” deb qutulishi mumkin edi. Uning javobi esa butun saylov tizimini savol ostiga qo‘ygan. @pan_diplomat
2 330
10
Qiziq rasm chiqqan ekan o‘sha paytlar @pan_diplomat
Qiziq rasm chiqqan ekan o‘sha paytlar @pan_diplomat
2 184
11
Nihoyat oxirgi bu mavzudagi maqolam, bahonada 35 yillik tariximizni qaytadan o‘rganib oldim — https://oyina.uz/kiril/article/
Nihoyat oxirgi bu mavzudagi maqolam, bahonada 35 yillik tariximizni qaytadan o‘rganib oldim — https://oyina.uz/kiril/article/4964
2 766
12
Shu kunlarda Afg‘onistonda hokimiyatni Tolibon egallaganiga 5 yil to‘ldi. Shubhasiz, ushbu hodisa mintaqadasi siyosiy va iqtisodiy muhitga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgaruvi, 5 yildagi voqealar O‘zbekistonga qanday ta’sir qildi? Sobiq Afg‘oniston hukumati – xalqaro jamiyat tomonidan qo‘llanuvchi “erkatoy” tuzum edi. Shuning uchun ularda “dux” ko‘proq edi va o‘zaro aloqalarda hatto ustunlikka intilardi. Masalan, 2019-yilda Ashraf G‘ani hukumati Tolibon vakillarining Toshkentda rasmiy qabul qilinganini “tinch muzokaralarga ko‘maklashish” sifatida ko‘rmasligini ma’lum qilib, norozilik bildirgandi. Vaholanki, O‘zbekiston tinchlik uchun harakat qilayotgandi. Tolibon oldingi hokimiyatdan farqli ravishda – xalqaro jamiyatning “nafrati”. Butun dunyo mamlakatlari va ayniqsa, G‘arb u bilan yaqinlashishdan qochadi. Tolibon qo‘mondonlari o‘z hududida turib, qanchalik katta gapirmasin, O‘zbekiston bilan aloqalarda ular “orqa qiladigan” kuch yo‘q. Xitoy O‘zbekistonning ham sherigi, Pokiston esa endi Kobulga dushman. Tolibonning 5 yilligi ilk navbatda, nihoyat janubiy chegaralarda tinchlik paydo bo‘lishi bilan foydali bo‘ldi. To‘g‘ri, bir-ikki marotaba snaryadlar uchdi, biroq ular bartaraf qilindi. Tolibon shimoldagi boshqa diniy guruhlar bilan kurash olib bordi. Ikkinchidan, O‘zbekiston ko‘pchilik kira olmaydigan yaxshi iqtisodiy makonga ega bo‘ldi. Masalan, O‘zbekiston yaqinda Toti-Maydonda gaz qidiruv va qazib olish bo‘yicha 10 yillik shartnoma imzoladi. 5 trillion kub metr gaz zaxirasi borligi aytiluvchi Afg‘onistonda bunday shartnomaga ega bo‘lish, gazga ehtiyoji tobora oshayotgan O‘zbekiston uchun juda foydali. Qolaversa, o‘z gazini keng xalqaro bozorga chiqara olmaygan Afg‘oniston gazni ancha past narxlarda sotayotgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda elektr energiyasi asosan gazda ishlovchi IES’lardan olinadi va arzon gaz importi biz uchun juda muhim. 2025-yilgi Pokiston-Afg‘oniston to‘qnashuvlaridan keyin esa O‘zbekiston yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi. Tolibonning asosiy daromadi Pokistonga ko‘mir sotish edi va nizolardan keyin bu savdo deyarli to‘xtadi. Natijada Kobul Eron va Markaziy Osiyo yo‘nalishiga e’tibor qaratdi. 2025-yil noyabrida toliblar hukumati O‘zbekiston bilan bu borada savdo shartnomalari imzoladi. Unga ko‘ra, afg‘on ko‘miri endi Pokiston o‘rniga O‘zbekistonga eksport qilinadi, buning evaziga O‘zbekiston sement va farmatsevtika mahsulotlari yetkazib beradi. Elektr energiya ishlab chiqarishda ko‘mir yoquvchi IES (issiqlik elektr stansiyalari) va aholi orasida ko‘mirga ehtiyoj katta. 2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston 105,8 mln dollarlik 2,39 mln tonna ko‘mir import qilgan. Afg‘oniston o‘z ko‘mirini Pokistonga 3 baravar arzonga sotganini hisobga olsak, O‘zbekiston ham ancha yaxshi taklif ega bo‘lgan (“narx manipulyatsiyasi” ehtimoli ham bor). Umuman, O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘oniston shimolida faollashdi. Afg‘oniston hozir asosan Xitoy xomashyo bazasiga aylanayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik ekpertlar O‘zbekiston ham faol investitsiya kiritayotganini aytmoqda. Afg‘onistonda to‘xtovsiz elektr yetkazi berish ham Tolibonni ishontirish, undan yanada qulayroq imtiyozlar olishga intilish bo‘lishi mumkin. Ushbu imtiyoz va foydalar byudjetga qanchalik foyda keltirayotgani, shubhasiz, jamlab, e’lon qilinmagan va bu yerda ichki muhitga bog‘langan bir qancha faktorlar bor. @pan_diplomat
3 434
13
Davlatdagi yuqori qatlamni qaysi soha vakillari ko‘proq egallashi har doim qiziq mavzu bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik iqtisodchilar va yuristlarda davlat boshqaruvida asosiy o‘rin egallaydi deb hisoblaydi. Lekin bu turli davlatlarda turli xil. AQSH — huquqshunoslar (yuristlar) AQSH parlamenti tarkibini tahlil qilgan Nik Robinson Amerika elitasining katta qismini yuristlar tashkil qilishini ta’kidlaydi. Ularning “oltin davri” XIX asr o‘rtalarida bo‘lgan: bu paytda Kongressdagi huquqshunoslarning ulushi 80 foizga yetgan. 2020-yil holatiga ko'ra esa, AQSH Kongressi Vakillar palatasi a'zolarining 36,6 foizi va senatorlarning 53 foizi yuridik ma'lumotga ega insonlar. Masalan, vitse-prezident JD Vens, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson ma’lumoti bo‘yicha yurist. Yevropa — O‘qituvchilar/ziyolilar va biznes vakillari Yevropa mamlakatlari parlamentlarida ham yuristlar ustun edi, biroq hozir ularning roli pasayib bormoqda. 19 ta Yevropa davlati parlamenti tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, o'qituvchilar va universitet professorlari – 16 foiz, ishbilarmonlar va tadbirkorlar esa 13 foizni ulushni tashkil etgan. Masalan, Makron iqtisodchi, Ursula fon der Lyayen shifokor, Meloni jurnalist, Merz yurist. Xitoy — huquqshunoslar va davlat biznesmenlari Negizi “Ishchi, dehqon, askar ittifoqi” hisoblanuvchi kommunistik Xitoyda oxirgi paytlar “ichchilar” ulushi tobora kamayib bormoqda. XVI chaqiriqdagi XKP Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi tarkibidagi “ko'k yoqalar(texniklar, ishchilar)” ulushi 75 foizga yetgandi, XVII-chaqiriqda esa ularning ulushi 40 foizga kamaydi va o'rinlarni professional huquqshunoslar, davlat kompaniyalari tadbirkorlari egalladi. Rossiya — iqtisodchilar va injenerlar Rossiya doimgidek SSSR merosini yo‘qotmay kelyapti. Federal darajadagi (barcha federal hududlardagi) deputatlar orasida hali ham “ishchilar” (injener, texniklar) yetakchi — 30-40 foiz. Biroq ijro hokimiyatida xususiy va davlat biznesmenlari yaqqol ustun. Bunga yirik korporatsiyalarda (Gazprom, Sber, Alfa-bank, VTB) ijro hokimiyatiga o‘z vakillarini qo‘yish uchun yetarlicha resusrlari borligi sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, davlat oligarxlari va davlat tiziminin aralashib ketishi ham ijro hokimiyatida iqtisodchilar ulushi katta bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda. @pan_diplomat
3 240
14
Shu mavzudagi gapni hamma o‘zbek eshitgan bo‘lsa kerak – “Erkak kishi kulmaydi”, “Tirjayma, erkakka o‘xsha!”. O‘zbekistonliklarning aksari musulmon-dindor odamlar. Ular erkak doim jiddiy bo‘lishi kerak degan qarashga sodiq. Qizig‘i, mana shu videoning ostida yozilgan izohda ta’kidlanganidek, bir hadisda Muhammad (s.a.v) “Do‘stga qarab qilingan tabassum – sadaqadir” degan. Va izohda bunga zid hadislar ham yozishgan, masalan, “Kulish qalbni o‘ldiradi” deb. Nega katta qismi musulmon bo‘lgan o‘zbek jamiyatida bunday dilemma shakllangan? Balki bu diniy qarash yengolmagan milliy (turkiy) xulq-odatmi? Qiziq mavzu. @pan_diplomat
2 802
15
O‘zbeklar azaldan kam kuladirg‘on millatmu?
O‘zbeklar azaldan kam kuladirg‘on millatmu?
3 405
16
Mahmudxo'ja Behbudiy, "Qasdi Safar": 2-iyunda Bokudan chiqib,Mineralni vo'da(Ma'dan suvlari) muxtasig'a mutavajjih bo'ldikkim, orasi 755 chaqirim bo'lub, bir kecha kunduz yuruldi... Xalqi bizning pirsiyon,lazgi,dog'istoniy degan xalqlar bo'lib, yana doxilan chechen, qumuq va boshqa ismlar ila ataladur... Biz turkistoniylar topganimizni to'y, o'luk va ko'pkarig'a sarf qilgandek,bu musulmon qardoshlarimizning aksari o'z molini qiz olib qochib, janjolig'a sarf etmoq, bir-birovlarini o'ldurub, yana qasosi nomashru' tariqida tarafayndan bir nechalab o'ldurub, so'ngra bor pullarini sud-u sinod yo'lig'a va umrlarini Sibiriyo cho'llarig'a sarf qilib, nobud bo'lar ekanlar".
2 751
17
O‘zbekistonda Prezidentlik muddati o‘zgarishi va unga amal qilish borasida qiziq voqea bor. 2000-yilda Islom Karimov 5 yillik muddatga prezidentlikka saylanadi. 2002-yil O‘zbekistonda prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi va Prezident vakolat muddati 7 yil bo‘ladi. Biroq shu yili yangi qoida bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tmaydi. 2000-yil 5 yil muddatga saylangan Karimov muddati avtomatik ravishda 7 yilga o‘zgaradi va 2007-yil navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi. 2011-yil esa Prezidentlik muddati yana 5 yilga qisqartiriladi. Va shu yerda qiziq voqea sodir bo‘ladi. Prezident vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgarganda avtomatik o‘zgargan muddat bu safar o‘zgarmaydi. Ya’ni, Karimov 2011-yilgi o‘zgarishga qaramay, eski Konstitutsiya bo‘yicha to‘liq 7 yil prezidentlik qiladi va 2015-yilda navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu keys sobiq tuzum iloji boricha muddatni surishga intilgani va bu yo‘lda rasmiy qoidalarni ikki xil talqin qilganini ko‘rsatadi. 2023-yilda ham Prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgaradi. Biroq bu safar 7 yillik muddat uchun yangi, navbatdan tashqari saylov o‘tkaziladi. @pan_diplomat
3 307
18
O‘zbekistondagi ilk terrochilik akti qachon sodir bo‘lgandi?
O‘zbekistondagi ilk terrochilik akti qachon sodir bo‘lgandi?
3 084
19
Xalqaro moliyaviy donorlik bir davlat soliq to‘lovchilarining boshqa davlat amaldorlari cho‘ntagini to‘ldirishimi? @pan_diplo
Xalqaro moliyaviy donorlik bir davlat soliq to‘lovchilarining boshqa davlat amaldorlari cho‘ntagini to‘ldirishimi? @pan_diplomat
3 222
20
Lekin Qohir Mahkamovni ko‘rsam doim Abulfaz Elchibey ham esga tushadi. Ularning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki faoliyati va+1
Lekin Qohir Mahkamovni ko‘rsam doim Abulfaz Elchibey ham esga tushadi. Ularning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki faoliyati va qarashlari ham o‘xshash. Ikkovi ham 1 yilcha rahbarlik qilgan, milliy g‘oyalarni qo‘llagan va ikkalasi ham diktator bo‘la olmagan.
3 209