cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
12 842
Subscribers
-824 hours
+477 days
+73130 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
Attracting Subscribers
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Channel Posts
For 30 days

Podkast - bu yangi media. Bu postda Jo Rogan fenomeni; Donald Tramp va bro-madaniyat; va saylovdan navbatdagi xulosa va fikrlarim bilan Substackdagi postimda bo'lishdim: https://botir.substack.com/p/podkast-bu-yangi-media @uzbekonomics

4 264480

2
Кечаги подкастдан «Инсон умри — ҳақиқатдан ҳам бебаҳо неъмат ва қадр. Иқтисодчилар инсон умрига қиймат қўйиши ҳам эриш эшитилиши табиий. Лекин бу воқеликдан келиб чиқилган нарса. Нима учун иқтисодчилар инсон умрига пул, доллар қийматини қўйишган, деган савол бўлса, бу нарса бошқа чуқур муаммоларни ҳал қилиш учун ишлаб чиқилган ҳисоблар саналади». «Масалан, қандайдир табиий офат бўлди. Ўша табиий офат оқибатида ҳалок бўлганларга давлат қанча компенсация тўлаши керак? Ёки уруш натижасида ҳалок бўлганларга давлат қанча компенсация бериши керак деган савол мавжуд. Ёки қандайдир теракт қурбонларига давлат қанча компенсация бериши керак? Ёки қандайдир техноген авария оқибатида ўлган одамлар учун қанча компенсация тўланиши керак? Шу нарсаларда инсон умри бебаҳо деган фалсафа билан келсак, давлат бўладими, хусусий идора бўладими, масъулларнинг жавоби „ҳеч қандай компенсация бериш керак эмас, чунки умр бебаҳо-ку“, деган нотўғри ғоя ёки нотўғри хулосага олиб келиши мумкин». Батафсил: https://www.gazeta.uz/uz/2024/11/28/vsl/ Видео: https://youtu.be/nW-bmzTD944
2 846
3
​​Populizm va dezinformatsiya zamoni. Fakt emas vayb muhimroq bo'lgan zamon. Bular avval ham bo'lgan, ya'ni qo'rquvni uyg'otadigan noto'g'ri ma'lumotlar eng kuchli vositalardan biri bo'lib, asrlar davomida targ'ibotda qo'llanilgan. Lekin, hozir faktlar emas balki inson his-tuyg'usini o'ynatib, tez ishontira oladigan yolg'on ma'lumot tarqatish g'oyasi endi yangi texnologiyalar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, sun'iy intellekt, internet va bularning barchasi bilan kuchaymoqda. Xarajat nuqtai nazardan ham osonlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yolg'on tarqatish xarajatini deyarli nolga yoki nolga juda yaqinlashtirdi. AI esa endi dezinformatsiya yaratishni deyarli bepul qilyapti. Shu ikkala faktor bu muammoni tezlashtiryapti. Esingizda bo'lsa, yozda mana buni ulashgan edim. Ijtimoiy tarmoq, AI va qasddan manipulyatsiya qilish kesishgan misol. Noto'g'ri ma'lumotlarning kuchi uning faktual mazmunida emas, balki u keltirib chiqaradigan hissiy munosabatdadir. G'azab yoki adolatsizlik tuyg'usini uyg'otadigan kontent, haqiqatdan qat'iy nazar, tez tarqalib, insonlarning tushunchalariga, qarashlariga va harakatlariga ta'sir etishi mumkin. Inson his-tuyg'ularini ma'lum manfaatlar uchun o'ynatib, insonlarning ma'lumotlar maydonini yolg'on va feyk bilan to'ldirib, algoritmlar bilan aynan kerakli bo'lgan ma'lumotlarga yo'naltirishning real ta'sirlari ko'z oldimizda. Saylovlarda g'olib bo'linyapti [1,2,3]; ba'zi mamlakatlar aholisi orasida nafrat, ayniqsa immigrantlarga qaratilgan nafrat kuchaymoqda. Misol uchun, AQShda ko'p odamlar jinoyat darajasi hozir har doimgidan yuqoriroq, inflyatsiya darajasi juda baland, iqtisodiyot va bozor eng pastki darajada, va janubiy chegarani noqonuniy kesib o'tish har doimgidan balandroq deb o'ylashadi. Ularning hech biri to'g'ri emas - aksinchasi to'g'ri. Ammo bu noto'g'ri fikrlar saylovda qanday ovoz berishga ta'sir qiladi. @uzbekonomics
4 522
4
Tug'ilish darajasi faqat J.Koreyada emas, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida qisqarib bormoqda. Bu degani aholi soni o'sish sur'ati qisqarib, aholi soni ham uzoq muddatda qisqaradi degani. 
Fan ham, tajriba ham uning yechimini aniq bilmaydi. Ko'proq farzand ko'rish uchun davlat tomonidan pul berish, kamroq ish soatlari, baland maosh, sog'lom ishchilar va boshqalarning trend uchun foydasini deyarli ko'rmadik. 

Bir yechim, bu immigrantlar evaziga aholi sonini ushlab turish. Ko'paytirish bu o'ta optimizm bo'lar edi. Masalan, AQShga hozirgi darajadagi immigratsiya saqlanib qolsa 2100 yilga kelib aholi soni atiga 10%ga oshar ekan. Agar butunlay immigratsiya to'xtasa 2100 yilgacha aholi soni 100 millionga kamayar ekan.

AQShning ham, boshqa mamlakatlarning ham uzoq muddatda o'sish faktori bu immigrantlar.

@uzbekonomics
Tug'ilish darajasi faqat J.Koreyada emas, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida qisqarib bormoqda. Bu degani aholi soni o'sish sur'ati qisqarib, aholi soni ham uzoq muddatda qisqaradi degani. Fan ham, tajriba ham uning yechimini aniq bilmaydi. Ko'proq farzand ko'rish uchun davlat tomonidan pul berish, kamroq ish soatlari, baland maosh, sog'lom ishchilar va boshqalarning trend uchun foydasini deyarli ko'rmadik. Bir yechim, bu immigrantlar evaziga aholi sonini ushlab turish. Ko'paytirish bu o'ta optimizm bo'lar edi. Masalan, AQShga hozirgi darajadagi immigratsiya saqlanib qolsa 2100 yilga kelib aholi soni atiga 10%ga oshar ekan. Agar butunlay immigratsiya to'xtasa 2100 yilgacha aholi soni 100 millionga kamayar ekan. AQShning ham, boshqa mamlakatlarning ham uzoq muddatda o'sish faktori bu immigrantlar. @uzbekonomics
5 957
5
Janubiy Koreya.

Aholi sonini ma'lum darajada ushlab turish uchun tug'ilish darajasi 2.1 da bo'lish kerak. Aks holda, aholi soni qisqarishda davom etadi.

@uzbekonomics
Janubiy Koreya. Aholi sonini ma'lum darajada ushlab turish uchun tug'ilish darajasi 2.1 da bo'lish kerak. Aks holda, aholi soni qisqarishda davom etadi. @uzbekonomics
12 502
6
Janubiy Koreya.

Aholi sonini hozirgi darajada ushlab turish uchun tug'ilish darajasi 2.1 da bo'lish kerak. 

@uzbekonomics
Janubiy Koreya. Aholi sonini hozirgi darajada ushlab turish uchun tug'ilish darajasi 2.1 da bo'lish kerak. @uzbekonomics
1
7
​​Savdo naqadar global ekanligi va tariflarning ta’siriga bir misol. AQShda supermarketdan (Costco) keshyu yong’oqlarini sotib olaman. Qadoqlash belgisiga yaxshi ahamiyat bermagan ekanman. Ma’lum bo‘lishicha, dunyodagi keshyu savdosining 50 foizi mana shu Costcoga to’g’ri kelarkan. Ammo eng muhim tomoni shundaki, ushbu savdo tarmog‘i keshyu yong‘oqlarini dunyoning turli mamlakatlaridagi fermerlardan sotib olar ekan. Qadoqdagi mamlakatlar ro‘yxatiga bir nazar soling. Bir kichik tovarni rastaga qo’yish uchun u qancha mamlakatlarni kezib o’tadi. Savdo bu global fenomen. Endi, tariflar oshsa, Vyetnam, Gana, Indoneziya fermerlaridan AQShga keladigan keshyu narxi oshadi. Narxni albatta, iste’molchi to’laydi. @uzbekonomics
6 226
8
​​Ahmoqlik yoxud AQShda kutilayotgan keng ko'lamli deportatsiyalar va tariflarning iqtisodiyotga ta'siri haqida. 2-qism. To'g'risi, Elon Mask ahmoqligining chegarasi yo'q ekan (hech qo'pol so'zlarni ishlatmasdim, bu safar ma'zur tutasizlar). Yuqorida aytilgan Donald Trampning Meksikadan keladigan barcha tovarlarga bojlar oshiriladi degan xabariga "endi AQSh sotiladigan fentanil, giyohvand moddaning narxi oshadi" debdi. Elon Mask aytmoqchiki, agar fentanil narxi oshsa, AQShda unga kamroq talab bo'ladi va uni olib kelish qimmatlashadi. Nimaga ahmoqlik? Birinchidan, AQShga Meksikadan kirib kelyapti deb aytilayotgan fentanil bu norasmiy kontrabanda bo'lib kelayotgan bo'ladi. Rasmiy ravishda va rasmiy kanallar orqali giyohvand modda kirib kelmaydiku, to'g'rimi? Import bojlari esa tabiiyki kontrabanda, qora bozorda, ko'chadan kirib kelayotgan tovarlarga qo'yilmaydi. Shunga Meksikadan kelgan tovarlarga bojlar oshirilsin degan qarorda fentanil bo'lmaydi. Ikkinchidan, faraz qilaylik Maskning gapi to'g'ri - ya'ni narx oshadi. Lekin, bu xabari bilan Mask berayotgan messedj bu "hurmatli, obunachilar, fentanilning narxi 20 yanvardan boshlab oshadi, shuning uchun unga hozirdan sarmoya kiritinglar" Uchinchidan, faraz qilaylik Maskning gapi to'g'ri - ya'ni narx oshadi. Mana shu gapi bilan Elon Mask mening yuqoridagi postimga dalilni o'z qo'li bilan yozib bermoqda: import bojlari mahalliy bozorda iste'molchilar to'laydigan narxni oshiradi! Ya'ni, import boji iste'molchi bo'yniga tushadi. Shuni Mask tasdiqlab beribdi. To'rtinchidan, AQShga fentanilni Meksika orqali kelayotgan immigrantlar emas, asosan AQSh fuqarolarining o'zi olib kiradi. Bu hukumat idorasi beradigan fakt. Lekin, saylovoldi va saylovdan keyingi narrativ esa teskarisi, qo'rqutuv orqali ovoz olish uchun faqat immigrantlar Meksikadan giyohvand modda tashishyapti deyiladi. Xuddi, Ogayo shtatida Gaitilik immigrantlar mahalliy aholining kuchuklari va mushuklarini tutib olib, qovurib yeyishmoqda deb aytilgan uydurma kabi. Menga farqi yo'q edi, masalan qandaydir bir tadbirkorning yoki ijtimoiy tarmoqdagi bir foydalanuvchining xato gapiga, lekin bu hozirda dunyoda eng faol yangilik manbasidagi eng ko'p kuzatiladigan akkount va shu manbaning egasi tomonidan, va defakto Trampning maslahatchisi/donori/yordamchisi tomonidan yozilgan bo'lgani uchun e'tiborga molik. @uzbekonomics
6 171
9
​​Ahmoqlik yoxud AQShda kutilayotgan keng ko'lamli deportatsiyalar va tariflarning iqtisodiyotga ta'siri haqida. 1-qism. Donald Tramp iqtisodiy-siyosiy dasturining o'zagini ikkita narsa tashkil etadi: AQShga import bo'lib keladigan barcha tovarlarga tariflarni oshirish va AQShdan immigrantlarni (nelegal) keng ko'lamli deportatsiya qilish. Qolganlari ikkilamchi. Tramp mana shu dastur bilan 10 yillardan beri tanilgan va shu dastur bilan bu yil prezidentlik saylovida yutdi. Endi, Oq uyga qaytib kelganda shu va'da qilgan ishlarni amalga oshirishni boshlasa hayron bo'lishi kerak emas demoqchiman. Bu ikkala qarorlarning oqibati iqtisodiyotga ayanchli bo'ladi. Agar iqtisodiyotga ziyon keltirmaylik, yoki iqtisodiy o'sishni ta'minlaylik degan niyat bo'lganda bu ahmoqona qarorlarga kelinmas edi. Chunki, bu nafrat, ksenofobiya va iqtisodiy saviyasizlikka asoslangan dastur iqtisodiyotga ziyon keltiradi. Agar to'liqligicha amalga oshira olsa, albatta. Xullas, bugun D. Tramp (kutilganidek) prezident bo'lishi bilanoq birinchi qiladigan ishini e'lon qildi: Meksika va Kanadadan AQShga kiradigan istalgan tovarga 25 foizlik, Xitoydan keladigan tovarlarga esa qoʻshimcha 10 foizlik boj qoʻyishni talab qilar ekan. Rasmda uning e'loni, o'qib ko'ring. Aytaylik, tariflar oshdi, ba'zi immigrantlar deportatsiya bo'ldi. Bu nima degani? Hamma narsaning narxi oshadi degani. Mutlaqo. Kanadadan keladigan gaz ham, Meksikadan keladigan mashina ham, Xitoydan keladigan cho'mich ham va eng muhimi AQShning o'zida yetishtiriladigan va yaratiladigan tovarlarning narxi ham, qurilayotgan uylarning narxi ham oshadi. Ba'zilari keskin oshadi. Ayniqsa qishloq xo'jalik tovarlarining. Nimaga? Butun AQShning qurulish sektorida ishlaydiganlarning 14 foizi, va qishloq xo'jaligida ishlaydiganlarning 13 foizi nelegallar. Shular deportatsiya qilindi deylik, faraz shundaki, bu muttaxam (MAGAchilarning so'zi, mening emas) nelegal immigrantlar oq amerikaliklarning ishlarini tortib qo'ymoqdalar. Lekin, bu mutlaqo xato gap. AQShda tug'ilgan amerikaliklarning ishsizlik darajasi tarixiy minimum, 3 foiz darajada. Ya'ni, ishsiz amerikalikning o'zi deyarli yo'q, ayniqsa shartli qurilishda g'isht tashish yoki tarvuzlarni polizdan terib Walmartga yetqazib berish uchun. Tramp va'da qilgan 10-15 million nelegal immigrantlarni deportatsiya qilinishi mehnat bozorida katta bo'shliqni yaratadi, shu nelegallarni ishlatayotgan ba'zi korxonalar (shu jumladan Trampga ovoz berganlari) ham kasod bo'ladi. Ba'zi, mahsulotlarga taqchillik paydo bo'ladi. Va, narxlar oshadi. Buni AQShdagi eng katta oziq-ovqatni sotadigan korxonalar ham, ishlab chiqaruvchilar ham aytib turibdi. Tramp tariflarni oshirgan daqiqadan boshlab biz qimmatlashgan tovarlarning xarajatini iste'molchilarga yo'naltiramiz deb. Donald Trampga "5 yil oldin tuxumimiz narxi 2024 yildan ko'ra arzonroq edi" deb ovoz berganlarning ana o'sha tuxumi D. Tramp Oq uyga qaytganida qimmatlashsa qimmatlashadi lekin arzonlashmaydi. Tabriklayman. @uzbekonomics
6 294
10
​​Aslida, hozirda kriptoning eng katta targ'ibotchisi (promouteri) bu Donald Tramp. Uning orbitasida kripto sohasiga sarmoya qilgan, va shu sohadan kun ko'radigan badavlat donorlar bor. Esingizda bo'lsa, saylovoldi kampaniyasi arafasida Tramp kriptoni targ'ibot qilishni, o'zi ham qandaydir kripto tokenlarni sotishni boshlagandi. Bu yerda ikkita sabab bor edi: birinchisi kripto sanoati orqali donorlik pullarini yig'ish va ikkinchisi ovozlar. Kriptoga aralashib uni targ'ibot qilishi, UFC janglariga to'dalashib borishi orqali ham mana shu elektoratning bir qismini o'ziga jalb qilish edi deb o'ylayman. Xullas, prezidentlik saylovida yutganidan beri bitkoyn narxi 40%ga ko'tarildi. Menimcha, Trampning kelishi, Genslerning ketishi, moliya bozoridagi (bank sanoati ham, kripto ham) yengillashadigan regulyatsiya kutilmalari, natijasida Ponzi sxemalar, aldangan investorlar, g'ayritabiiy sxemada ishlaydigan instrumentlar ko'payadi. @uzbekonomics
10 398
11
Aytdimku. Elon Mask va kriptochilarning reaksiyasi.

Lekin, Genslar yaxshi ishlagan edi.

@uzbekonomics
Aytdimku. Elon Mask va kriptochilarning reaksiyasi. Lekin, Genslar yaxshi ishlagan edi. @uzbekonomics
19 208
12
Kriptochilar, kripto sanoati lobbistlari kutgan va ularga yoqib tushadigan yangilik ekan: qimmatli qog'ozlar bozori regulyatori rahbari Gari Gensler iste'foga chiqayotgan ekan. Tramp endi kriptoga "do'stona" munosabatda bo'ladigan rahbarni tayinlaydi. Albatta, birinchi Elon Maskdan so'ragan holda, axir Genslerning ketishini eng ko'p kutgan odam Mask edi. Yaxshilik bilan tugamaydi bu ishlar... @uzbekonomics
9 871
13
Argentina prezidenti Xavier Miley Leks Fridman podkastiga chiqibdi. O'zim hali tinglamagan bo'lsam ham tavsiya etaman. Argentina iqtisodiyoti, islohotlar, inflyatsiya, korrupsiya, erkinlik, Elon Musk, Tramp va albatta futbol haqida gap ketgan ekan. Qizig'i shundaki, D. Tramp va Musk yaqinda Miley bilan ko'rishgan edi. Yangi o'ylab topilgan hukumat xarajatlarini qisqartirishi kerak bo'lgan DOGE departamenti Mileydan qandaydir maslahat olgan bo'lishi ham mumkin, kim bilsin. @uzbekonomics
9 752
14
​​Shimoliy Amerikadan immigrantlar haqida yangiliklarning bugungi guldastasi Birinchidan, bugun D. Tramp yanvarda ishga chiqqanda AQShda favqulodda holat e'lon qilishni va ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirish uchun AQSh armiyasidan foydalanishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Bu yangilik emas. Shu g'oya bilan saylovoldi kampaniya qilgan (2016 yildan avval ham) va shunga odamlar ovoz berdi. Qanchalik buni amalga oshira oladi, bu boshqa masala. Agar qila olsa (qisman bo'lsa ham) buning iqtisodiy oqibatlari salbiy bo'ladi. Bu haqida keyingi postda batafsil. Ikkinchidan, Kanada bosh vaziri Trudo keyingi 3 yilda immigrantlarning mamlakatga kelishini keskin qisqartilishilishini e'lon qildi. Bu haqda avval ham yozgan edim. Kanadada oxirgi yillarda aholi soni o'sishi faqat immigrantlar sababli bo'lgan. Tug'ilish darajasi bo'yicha Yaponiyaga ham yaqinlashib qolgan bu mamlakatga aksincha yanada ko'proq aholi kerak. Oxirgi yillarda immigrantlarning ko'payib ketgani va go'yo ular keltirib chiqarayotgan uylarning narxlari oshib ketganiga aslida boshqa yechim - ko'proq uylar qurish, uy qurish bozoriga yengillik berish edi. Bularning barchasi immigrantlarni (norasmiysini ham) faqat mamlakatda ovqat yeydi, boshimizda o'tiradi, yuk bo'lyapti, ish o'rinlarni olib qo'ymoqda deb o'ylashadi. Vaholanki, ular ish o'rinlarini yaratishi, mahalliy aholi ishlamaydigan sektorlarda faoliyat olib borishi va qo'shimcha qiymat yaratishini inobatga olmaydilar. To'g'ri, faqat davlat yordami (nafaqa) hisobida o'tiradiganlar ham bor, lekin ular o'ta kichkina sonda. @uzbekonomics
9 274
15
Tramp Tulsi Gabbardni AQShning barcha razvedka agentliklari va mamlakatning milliy xavfsizligiga direktor deb tayinlayotgani haqida yozgandim. Senatdagi respublikachilarga bog'liq endi.

2022 yilda Ukrainaga urush ochilganda, Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qoralab chiqqan Tulsi Gabbardni rus federal kanallari "наша подружка" deb xursand bo'lib, Tulsining boshqa Kreml propagandisti Taker Karlsonga bergan intervyusidan mana bu parchani ko'rsatishgandi.

Nima deyishga ham hayronman. 
Ingliz tilida treasonous degan so'z bor.

@uzbekonomics
Tramp Tulsi Gabbardni AQShning barcha razvedka agentliklari va mamlakatning milliy xavfsizligiga direktor deb tayinlayotgani haqida yozgandim. Senatdagi respublikachilarga bog'liq endi. 2022 yilda Ukrainaga urush ochilganda, Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qoralab chiqqan Tulsi Gabbardni rus federal kanallari "наша подружка" deb xursand bo'lib, Tulsining boshqa Kreml propagandisti Taker Karlsonga bergan intervyusidan mana bu parchani ko'rsatishgandi. Nima deyishga ham hayronman. Ingliz tilida treasonous degan so'z bor. @uzbekonomics

-58lJuwe8JAvPKnb.mp4

8 929
16
Davom etamiz.

Bugungisi.

Vaksinalarga qarshi bo'lgan, va boshqa konspirologiyalarni targ'ibot qilgan RFK Junior sog'liqni saqlash vaziri bo'lar ekan (senat tasdiqlasa).

@uzbekonomics
Davom etamiz. Bugungisi. Vaksinalarga qarshi bo'lgan, va boshqa konspirologiyalarni targ'ibot qilgan RFK Junior sog'liqni saqlash vaziri bo'lar ekan (senat tasdiqlasa). @uzbekonomics
9 365
17
Tramp kabinetidagi yangi nomzodlar. Tramp Amerikada Kreml propagandasini ochiqchasiga yoyib keladigan Tulsi Gabbardni razdevkaga direktor, hozir Fox Newsda ishlaydigan Pete Hagsetni mudofa vaziri va jinsiy zo'ravonlik, giyohvand moddalarni noqonuniy iste'mol qilishda gumonlanayotgan Matt Geytzni esa bosh prokuror lavozimiga taklif qilibdi. Aql bovar qilmaydigan nomzodlar. Qisqari, loyalty over competency ekan. Lekin, bularning birortasi ham shok bo'ladigan yangilik emas menimcha. Tramp nima deb saylovoldi kampaniya qilgan bo'lsa hozircha barchasini qilishga ishora qilyapti. Bu nomzodlarni endi Senat yoki tasdiqlashi kerak yoki rad etishi. Senatdagi respublikachilarga bog'liq, agar ular tasdiqlaydigan bo'lsalar rasman respublikachilar partiyasini MAGA harakati egallab oldi desa bo'ladi, menimcha. @uzbekonomics
9 106
18
Aytgancha, davomi ham bor ekan. Dearborn shahridagi arab-amerikaliklar uyushmasi D.Trampga xat yozishibdi. Oldimizga kelib bizga va'da bergan edingiz, shuni eslatib qo'yib va'dangiz ustidan, ya'ni 6 Noyabrdan boshlab yaqin sharqda tinchlikni o'rnatishingizni kutib qolamiz deyishibdi. 

Tramp bu xatni o'qimaydi ham. Xat adresini birinchidan xato qo'yishgan, ikkinchidan Trampga bularning endi qizig'i yo'q. Tramp hozir Rubio, Huckabee, Miller, Stefanik va boshqalarni tayinlash bilan band. Dearbornliklar esa aldanib qolishganini tushunishmadi hali, menimcha.

To'g'risi, menda izoh qolmadi... Ming afsus. Saylovdagi ovozlar oqibatsiz bo'lmaydi.

@uzbekonomics
Aytgancha, davomi ham bor ekan. Dearborn shahridagi arab-amerikaliklar uyushmasi D.Trampga xat yozishibdi. Oldimizga kelib bizga va'da bergan edingiz, shuni eslatib qo'yib va'dangiz ustidan, ya'ni 6 Noyabrdan boshlab yaqin sharqda tinchlikni o'rnatishingizni kutib qolamiz deyishibdi. Tramp bu xatni o'qimaydi ham. Xat adresini birinchidan xato qo'yishgan, ikkinchidan Trampga bularning endi qizig'i yo'q. Tramp hozir Rubio, Huckabee, Miller, Stefanik va boshqalarni tayinlash bilan band. Dearbornliklar esa aldanib qolishganini tushunishmadi hali, menimcha. To'g'risi, menda izoh qolmadi... Ming afsus. Saylovdagi ovozlar oqibatsiz bo'lmaydi. @uzbekonomics
8 203
19
​​Hukumatga kelgan oligarx. Bugun, sof boyligi 5.8 milliard dollar bo'lgan va yaqinda saylangan D. Trump, birining sof boyligi 320 milliard dollar bo'lgan va ikkinchisining sof boyligi 1 millard bo'lgan ikki tadbirkor millarderlar uchun yangi vazirlik/agentlik tashkil qilib ularni AQSh federal hukumatining samaradorligini oshirishga mas'ul qilibdi. Qiziq paytda yashayapmiza? Ko'z oldimizda dunyoning eng boy odami AQSh hukumatini sotib oldi desa ham bo'ladi. Uning uchun avval u informatsion maydonni egalladi (Tvitter birinchi o'rinda turadigan yangiliklar manbaasi va faol ijtimoiy tarmoq), ovoz beruvchilar ovozini sotib oldi, o'zi istagan nomzodi g'alaba qozonishiga yordamlashdi. Nomzod esa unga yaxshilikni qaytarish uchun hukumatdan kreslo olib beribdi. Gap faqat Elon Maskning hokimiyatga kelishida emas. Niyati holis ham deylik. Hukumat xarajatlarini qisqartirish, byurokratiyani cheklash, albatta kerakli narsa. Lekin, bu yerda katta, juda katta manfaatlar to'qnashuvining hidi kelyapti. Elon birinchi o'rinda Tesla, SpaceX va boshqa bir nechta korxonolarning rahbari va egasi. Har bir shu korxonalar regulyatsiya qilinadigan sohalarda faoliyat olib boradi. Elon Mask va uning korxonalari muntazam ravishda regulyatorlar bilan chiqisha olmay yuradi. Masalan, 2023 yilda SpaceXni Adliya vazirligi sudga bergan (ishga olish jarayoni bo'yicha, Qimmatli qog'ozlar bozorining regulyatori Maskga ish ochib (investorlarni aldagani uchun) jarimaga tortgan, hukumatga kelsa NASAning Boeing bilan shartnomasini bekor qilishiga ishora qilgan (Boeing Mask uchun raqobatchi korxona), yaqinda yozganimdek Elon Mask Fedrezervni tugatishni hohlaydi, kamida uning ishiga aralashishni. Va hokazo. Qanday qilib mana shu korxonalarga egalik qiladigan, uni boshqaradigan odam hukumatda davlat idoralari samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish agentligiga boshliq deb tayinlanishi mumkin? Ya'ni, qanday qilib korxonalarini nazorat qiladigan tashkilotlarni tepasiga kelib taftish qilish, ularning ishiga aralashish va ularni butunlay yopish mumkin. Bu uchinchi sinf o'quvchisiga ham aniq ko'rinadigan manfaatlar to'qnashuviku. Albatta, qandaydir keraksiz shtatlarni qisqartirar, lekin SpaceX, Tesla va do'stlarining korxonalarini nazorat qiladigan idoralarni ham tepasiga boshliq bo'lib kelish g'alati emasmi? O'ylan qoldim: Jorj Soros, Rokfeller vhzk deb qo'rqitilar edi, hukumatni orqavoratdan boshqaradigan elita bor, ko'rinmas qo'llar, cheksiz ta'siri va moliyasi borlar boshqaradi deb aytilar edi. O'sha majoziy Jorj Soros aslida Elon Mask ekan, va orqavoratdan emas, ochiqchasiga ekan. @uzbekonomics
9 039
20
Trampning boshqa tayinlovlariga qaraydigan bo'lsak keyingi administratsiya siyosati vektorini ko'rish mumkin. Birinchi prezidentligi muddatida qilgan birinchi ishlaridan yana biri bu "Muslim ban" edi. Esingizdami? Aholisining aksariyatini musulmonlar tashkil etadigan ba'zi mamlakatlar fuqarolari uchun AQShga kirishga ta'qiq e'lon qilgandi. Albatta, u ta'qiq uzoqqa bormadi va Tramp sudga berildi va yutqazdi. Ana o'sha siyosatning arxitektori bo'lgan Stiven Miller yana administratsiyaga qaytib Trumpga siyosiy masalalar bo'yicha maslahatchi bo'lishi kutilayapti ekan. Qaytaraman, Muslim banni yaratgan va tarafdori administratsiyaga qaytyapti. Stiven Miller nafaqat Muslim banni yaratgan, balki oxiri haftalar davomida qilgan gaplari ham e'tiborga molik: "Amerika faqat amerakaliklar uchun va boshqa hech kimga emas" deb Trampning saylovoldi rallisida nutq qilgandi. Aytgancha, Stiven Miller Tramp aloqasi yo'qligini aytib keladigan Project 2025 ning hammualiflaridan biri hisoblanadi. Boshqa tayinlov, Tom Homan, chegarani mustahkamlash va noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishga mas'ul qilib tayinlanibdi. U ham Project 2025 ning hammualiflaridan biri. Yangi administratsiya ishni boshlagan kundan boshlab va'da qilingan keng ko'lamli deportatsiyalarni boshlaymiz deyapti. Men hech qanday shubxa qilmayman, Tramp barchaga va'da qilganidek noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishni boshlaydi va bunda Tom Homan eng katta mirshab bo'lib ishlaydi. Yana bir kutilayotgan tayinlov bu Senator Marko Rubio. Davlat kotibi bo'lishi kutilayotgan ekan, hali aniq emas. Urushni to'xtatish emas, "oxirgacha oborishni" hohlaydi. Bu hali hammasi emas. Aslida, hali boshlanmadi ham. @uzbekonomics
7 941

Data loading in progress...

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.