Diplomat (Sobirov)
前往频道在 Telegram
Tarix, siyosat va ideologiya. Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov
显示更多4 530
订阅者
-724 小时
-167 天
-7030 天
数据加载中...
吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+66
在6个频道中
六月 '26
+83
在13个频道中
Get PRO
五月 '26
+39
在3个频道中
Get PRO
四月 '26
+71
在9个频道中
Get PRO
三月 '26
+175
在12个频道中
Get PRO
二月 '26
+183
在15个频道中
Get PRO
一月 '26
+225
在14个频道中
Get PRO
十二月 '25
+89
在9个频道中
Get PRO
十一月 '25
+113
在8个频道中
Get PRO
十月 '25
+280
在20个频道中
Get PRO
九月 '25
+124
在7个频道中
Get PRO
八月 '25
+159
在15个频道中
Get PRO
七月 '25
+159
在5个频道中
Get PRO
六月 '25
+272
在8个频道中
Get PRO
五月 '25
+36
在2个频道中
Get PRO
四月 '25
+123
在13个频道中
Get PRO
三月 '25
+402
在16个频道中
Get PRO
二月 '25
+116
在11个频道中
Get PRO
一月 '25
+50
在1个频道中
Get PRO
十二月 '24
+52
在6个频道中
Get PRO
十一月 '24
+72
在3个频道中
Get PRO
十月 '24
+174
在13个频道中
Get PRO
九月 '24
+256
在15个频道中
Get PRO
八月 '24
+60
在9个频道中
Get PRO
七月 '24
+57
在5个频道中
Get PRO
六月 '24
+161
在10个频道中
Get PRO
五月 '24
+112
在14个频道中
Get PRO
四月 '24
+291
在15个频道中
Get PRO
三月 '24
+1 743
在35个频道中
Get PRO
二月 '24
+386
在19个频道中
Get PRO
一月 '24
+594
在28个频道中
Get PRO
十二月 '23
+1 233
在23个频道中
Get PRO
十一月 '23
+395
在14个频道中
Get PRO
十月 '23
+477
在13个频道中
Get PRO
九月 '23
+689
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+102
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+1 402
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+115
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+78
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+648
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+670
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+47
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+1 740
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+258
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+1 075
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+105
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+157
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+544
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+523
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+63
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+312
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+50
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+134
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+285
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+3 401
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 26 七月 | 0 | |||
| 25 七月 | +1 | |||
| 24 七月 | +7 | |||
| 23 七月 | +2 | |||
| 22 七月 | +5 | |||
| 21 七月 | +3 | |||
| 20 七月 | +2 | |||
| 19 七月 | +2 | |||
| 18 七月 | +4 | |||
| 17 七月 | +2 | |||
| 16 七月 | +2 | |||
| 15 七月 | +2 | |||
| 14 七月 | +2 | |||
| 13 七月 | +3 | |||
| 12 七月 | +2 | |||
| 11 七月 | +1 | |||
| 10 七月 | 0 | |||
| 09 七月 | +1 | |||
| 08 七月 | +3 | |||
| 07 七月 | +2 | |||
| 06 七月 | +3 | |||
| 05 七月 | +3 | |||
| 04 七月 | +3 | |||
| 03 七月 | +6 | |||
| 02 七月 | +4 | |||
| 01 七月 | +1 |
频道帖子
“Bir kunlik anarxiyadan ko‘ra, 60 yillik tiraniya (diktatura) yaxshiroq
Ushbu hikmat arab teolog-muhaddis Ibn Taymiya asarida uchraydi. Shubhasiz, tarixi ancha chuqurroq. Shia oqimi ma‘nosi va mohiyati haqidagi “The Shia revival” asari muallifi Vali Nasr ham bu hikmatdan ko‘p foydalangan. Umuman ushbu arab hikmati arab-musulmon olamidagi siyosiy tafakkurni ham qisman tushuntiradi.
So‘nggi asrlarda islom mamlakatlarida diktaturalar nisbatan ko‘proq saqlanib qoldi. Albatta, bu G‘arb oldinroq monarxiyadan qutulgani (misol 1688-yil, 1789-yil), islom olamida esa bu jarayon keyinroq yuz bergani (1920-yillardan) bilan bog‘liq. Biroq, ba’zilar buni musulmonlarga xos yuqoridagi qoida bilan ham bog‘laydi.
Harvard professori Noa Feldman buni biroz boshqacha tushuntiradi. U Iroq keysini misol keltirib, Saddamning diktaturasi qanchalik qonli bo‘lmasin, mamlakatni tartibda saqlab turganini ta’kidlaydi. AQSH bosqinidan keyin Iroqda xaos, maradyorlik va anarxiya hukm surgani, bu diktatura davridan ham dahshatliroq kechganini aytadi.
Olim aslo ushbu hikmatga qo‘shilmasligini, biroq aslida bu hikmat diktaturani oqlamasligini, balki anarxiya qanchalik yomon ekanini ta’kidlashini bildiradi. Ya’ni, arablar va musulmonlar tarixan juda ko‘p anarxiya ko‘rgani va bu jarayondan juda qo‘rqishini tushuntiradi.
@pan_diplomat
| 2 | Til masalasida nihoyat ko‘pchilik gapira boshlabdi. Qizig‘i, negadir olimlarimiz jim, balkim kimdir ularni hurkitgandir, harholda O‘zbekistonda mansabi va ta’siri katta olimlarda kichikroqlariga bosim qilish richaglari ko‘p. Yanayam kim biladi, balkim ular bu tashabbusni qo‘llar.
Men o‘zgartirishga qarshi emasman, lekin bu hozirgidek chala-chulpa, shoshilinch bo‘lmasligi kerak. Obdon, bir martada deyarli barcha muammo hal qilinadigan tarzda o‘zgartirish lozim. Bu uchun esa fikrlarni tinglash va muloqot qilish kerak, butun xalqqa doir qarorni 4 kishi tezkor qaror qabul qilishi – noto‘g‘ri.
Keyin, alifboni turkiylashtiramiz, o‘rta turk qilamiz deyishyapti. Bu — xoxmxayol. Turkiylik va turkiy birlik mavzusini asosan Turkiya (va qisman Ozarboyjon) trendga olib chiqdi. Chunki bu Erdog‘on va uning partiyasi g‘oyalaridan biri. Turkiyada hokimiyat almashsa va proyevropa kuchlar hokimiyatga kelsa, ular yana e’tiborni G‘arbga qaratadi. Tabiiyki, turkiylik harakatlari ham Turkiyasiz oqsaydi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston Turkiya bilan siyosiy aloqalar uchungina bu harakatni qo‘llab turibdi. Ularga Markaziy Osiyo do‘stligi ham yetarli.
Albatta, turkiy birlikni olqishlayman, biroq avvalo o‘zbek alifbosi o‘zbeklarga qulay bo‘lishi kerak, keyin boshqa jihatlarni ham ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Xalqdan so‘rab, so‘rovnomalar qilishsin, alifboni ishlatigan odamlar ham fikr bildirsin, targ‘ibot qilinsin. Osmondan tushgandek qabul qilvorish kerakmas.
@pan_diplomat | 1 481 |
| 3 | O‘zbekistonning 3 rahbari bir suratda
Ushbu rasm 1956-yil Xrushyovning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida olingan. Chapdan birinchi SSSR rahbari Nikita Xrushchyov, uning yonida O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari Nuriddin Muhiddinov, undan so‘ng respublikaning bo‘lajak rahbari Sobir Kamolov turibdi. Kamolovning yonidan o‘sha davrda Oliy Soveti Prezidiumi raisi bo‘lgan, yana bir bo‘lajak rahbar Sharof Rashidov joy olgan.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube | 1 353 |
| 4 | Tramp xarakter odami ekanini bir necha bor ko‘rsatdi. U qayta saylanmasligini, to‘liq erkinligi ham noyabrdagi saylovlargacha ekanini bilib turibdi. Shunday paytda Eron o‘z g‘alabasini ta’kidlovchi, AQSH, ayniqsa, Tramp qabul qilishi qiyin bo‘lgan shartlarni ilgari surishi – ikki tomonga ham foyda keltirmaydi.
Isroil bundan unumli foydalandi va foydalanmoqda. Netanyahu Trampga Tehronni to‘liq taslim qilish orqali egosini qanoatlantirishni tavsiya qiladi. Tramp aslo mag‘lub maqomida qolishni istamaydi.
Katta ehtimol, tez orada AQSH-Isroil yana Eronga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlaydi. Tomonlar urush sharoitlariga ko‘nikdi. Har ikki davlat fuqarolari ushbu mojaroga odatlandi va to‘liq urushdan endi qattiq hayratlanmaydi.
Yaqin Sharq ham yangi reallikka moslashdi. Bir necha oydan beri ular shu sharoitda yashayapti. Qolaversa kelishuv yo‘li bilan mojaroning yakunlashning iloji yo‘qligi borgan sari ko‘rinib boryapti. Agar yaqin haftada muzokaraga qaytilmasa, demak tomonlar radikal qadamlarga boradi.
@pan_diplomat | 1 686 |
| 5 | Shunday davr keldiki, ochiq urushlar normal kundalik hodisaga aylandi. “AQSH Eronni uribdi”, “Rossiya Kiyevga raketa otibdi, Ukraina javoban omborni uribdi” degan xabarlar o‘ta odatiy qabul qilinmoqda.
@pan_diplomat | 1 844 |
| 6 | 2022-yildan, ya’ni urush boshlangandan beri Ukraina 3-bosh vazirni ko‘ryapti. Shmigal va Sviridenkodan keyin endi energo menejer Koretskiy hukumatni boshqaradi. Ukrainada Bosh vazir rasman Prezident bilan teng darajada hisoblanasa-da, amalda Prezident va uning Adminstratsiyasi rahbaridan keyingi 3-darajali shaxs. Lekin baribir juda muhim lavozim.
Xuddi shu davrda Rossiya Bosh vazir umuman almashmadi.
Ukraina urush boshlangandan buyon, 4 ta Mudofaa vazirini almashtirdi va endi 5-chisini tayinlashga tayyorgarlik ko‘ryapti. Rossiyada esa faqat bir marta Mudofaa vaziri o‘zgardi.
Ukrainada, masalan, Mudofaa vazirlari almashinuvi qandaydir foyda beryapti. Ukraina qurolli kuchlari urush boshlangandan buyon bir necha bor urush olib borish taktikasini o‘zgartirdi. Albatta, bu yerda Bosh qo‘mondonlik o‘rni ham bor, biroq Mudofaa vaziri ham qo‘shinlar faoliyatiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, aynan Federov Ukraina harbiy dron zaxirasini keskin oshirgan.
Rossiya esa 1 oylik yalpi hujumdan so‘ng, deyarli to‘liq Donbassda jang qilmoqda, muntazam raketa otib turibdi. “Quvur”ni aytmaganda o‘rislar keskin manyovrlar qilmadi, doimiy jang taktikasida qolyapti.
@pan_diplomat | 2 824 |
| 7 | O‘zbekistonda 14-30 yoshli insonlar statistikasi.
Turmush qurgan lekin hech ish qilmaydigan, o‘qimaydigan va kasb egallaymaydigan (NEET – Not in Education, Employment, or Training) yosh erkaklar 12 foiz ekan. Bu bir necha o‘ng ming degani.
Avval turmush qurganlar orasida ham NEET ko‘rsatkichi baland. Ehtimol bu ulardagi ajrim holatini ham tushuntiradi.
Ayollarda turmush qurgach o‘qish darajasi juda past., NEET juda yuqori. Bu ularning oila yumushlari bilan band bo‘lishi va bola parvarishi sabab.
Avval turmush qurgan ayollarda bandlik yuqori, biroq NEET ham yuqori.
@pan_diplomat | 2 463 |
| 8 | Shu roʻyxatda qiziq bir jihat – Gretsiyaning oʻrni. 2010-yillarda Yunoniston qarz inqirozini boshdan kechirdi. Bu asosan davlat byudjeti muammosi boʻlsa-da, shubhasiz fuqarolar hayotiga ham taʼsir qildi. Shunga qaramay, 2024-yilda Yunoniston dunyoning TOP-30 farovon davlatlari qatorida.
Masalan, ularning qoʻshnisi, Turkiyada median daromad 8-9 ming dollar atrofida. Oʻrtacha daromad ham 3-4 baravar kam yunonlardan. Albatta, Turkiya va Gretsiya aholisi farqi haqida ham aytish mumkin. Biroq Turkiyadan aholisi koʻp AQSH va Germaniya roʻyxatda turibdi. Gap aholi sonida emas, ularga yaratilgan sharoitda.
Misol uchun: greklarning boyligini asosan koʻchmas mulklar koʻtargan. Chunki ular Yevropa ittifoqiga aʼzo va ittifoqning arzon ipoteka kredit tizimiga ega. Yangi yunon oilalari ham bemalol oʻziga yaxshi shartlarda uy ola biladi.
Turkiyada ham aksariyat oʻz koʻchmas mulkiga ega. Biroq yosh oilalar uchun uy olish oʻta qiyin. Chunki narxlar juda yuqori (inflyatsiya ham yuqori), ipoteka kreditlari foizi oʻrtacha 40 foizgacha boradi. Zero yaqin yillarga qadar bu koʻrsatkich 12-19 foiz atrofida boʻlgan. Oqibat: 2025-yilda Turkiyadagi uy oldi-sotdilarning atigi 12 foizi ipoteka orqali moliyalashtirilgan.
Iqtisodi (Yaim darajasi) Yunonistonnikidan ancha katta Turkiya fuqarolari nega bunchalik kam pul topishi shubhasiz, hukumat siyosatiga bogʻliq. Yunonistonda mulk huquqi kuchli, iqtisodiyot mustaqil va barqaror. Turkiyada esa hukumat barchasini oʻz nazorat qiladi. Birgina Erdogʻan Turkiyaning bir necha oʻn yillik moliyaviy tizimini oʻzi xohlaganicha oʻzgartirib yubordi.
Natija esa tobora yomonroq boʻlib boryapti — inflyatsiya toʻxtamayapti, lira devalvatsiyasi juda yuqori, oqibatda fuqarolar daromadni asosan kundalik ehtiyojlarga sarflab, uzoq muddatli boylikka aylantira olmayapti.
@pan_diplomat | 2 505 |
| 9 | Ushbu taqqoslash AQSHda boylik qanchalik notekis taqsimlanganini ko‘rsatadi.
AQSH aholi jon boshiga o‘rtacha (average) boylik bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda. Avarage boylik klassik uslub — barcha boylikni qoʻshib, aholi soniga boʻlish orqali aniqlanadi. Ya’ni, milliarderlar boyligi ham aholi soniga taqsimlanadi.
Median boylik bo‘yich esa AQSH 28-oʻrinda (68,998 dollar). Hatto Sloveniyadan ham pastda. Median boylik aholini boylik boʻyicha tartiblab, “o‘rtacha fuqaro”ning mablag‘ koʻrsatkichini aniqlaydi. Bu oddiy aholining haqiqiy daromadini realroq koʻrsatadi.
Bunday katta tafovut AQSHda bir nech yuz ming oila mislsiz boylikka ega ekanini va o‘rtacha boylik miqdorini sun’iy oshirib yuborishini ko‘rsatadi. Aslida AQSHda boylar va o‘rta qatlam orasida ham katta farq bor.
Shubhasiz, Yevropa bu borada Amerikadan ancha faravon va tengroq. | 2 920 |
| 10 | “Qachonlardir, sizlarning birinchi Prezidentingiz davrida men aloqalarning bunday darajasini orzu qilardim, ammo hammasi ham o‘xshamadi. Va biz siz bilan bunday sakrashni amalga oshirdi”, debdi Lukashenko.
@pan_diplomat | 2 717 |
| 11 | Belorusga 4 mln aholisi bor 3 viloyatimiz delegatsiyasi ham boribdi. Biznikilar nega shunday videolarni bermaydi, qiziq.
Prezidentning imijmeykerlari ancha ilg‘or. Qoradan deyarli farq qilmaydigan to‘q ko‘kni rangni emas, och ko‘kni tanlashgan, har jihatga e‘tibor berishgan. O‘zi Prezident masalan, MDH yetakchilari orasida ham imij bo‘yicha juda ajralib turadi (misol, shim doim “no break” turadi, qolganlarda eski sovetch usulda– qayrilib, cho‘zilib turadi).
@pan_diplomat | 3 060 |
| 12 | 1991-2000 yillar baribir boshqacha o‘tgan. O‘zbekiston birinchi dunyo standartlariga harakat qilgan davrlar.
Shubhasiz, teraktlar hech qanday ijobiy voqea emas, lekin ularning asosiy aybdori, teraktlar oldini ololmagan, xalqni himoya qilolmagan hukumat edi (balkim aksinchadir, Rabbimov masalan 1999-yildagi teraktning atayin oldi olinmagan degan).
Xullas o‘qib ko‘ringlar, qiziq maqola chiqdi — https://oyina.uz/uz/article/4850 | 3 084 |
| 13 | 1991-2000 yillar baribir boshqacha o‘tgan. O‘zbekiston birinchi dunyo standartlariga harakat qilgan davrlar.
Shubhasiz, teraktlar hech qanday ijobiy voqea emas, lekin ularning asosiy aybdori, teraktlar oldini ololmagan, xalqni himoya qilolmagan hukumat edi (balkim aksinchadir, Rabbimov masalan 1999-yildagi teraktning atayin oldi olinmagan degan).
Xullas o‘qib ko‘ringlar, qiziq maqola chiqdi — https://oyina.uz/uz/article/4850 | 1 |
| 14 | Jadidlar davridagi alifbo (yanalif) qulayligini, menimcha, hamma tan oladi. Mayli hozirgi islohotchilar 1940-yilda bu alifbo o‘zgartirilishiga qarshi chiqa olmagandir.
Lekin, menimcha ularning katta qismi 1995-yilda gapirish qobiliyatiga ega edi. Bir narsani o‘zgartirib, 21 yildan keyin o‘sha o‘zgarishni yana oldingiga qaytaryapmiz. | 3 023 |
| 15 | Shu islohot tashabbuskorlari bu o‘zgarish nega qilinayotgani, nega “ng” harfi olib tashlanayotganini tushuntirishi va bir necha yil davomida targ‘ib qilishi kerak edi. Hozir osmondan tushgandek qabul qilishibdi deputatlar.
Lotin alifbosining bunday beqarorligi fonida, yana krill alifbosi obro‘si oshadi. Endi oddiy o‘zbeklar uchun krill yozuvi barqaror, ko‘p o‘ylantirmaydigan, xato qilinmaydigan yozuvga aylanadi. Masalan, peshlavhalarga noaniq lotin yozuvida yozgandan aniq krill alifbosida yozish qulay.
O‘zi endigina ko‘chalarda lotin yozuviga o‘ta boshlagandik.
@pan_diplomat | 3 027 |
| 16 | Butun xalqqa aloqador o‘zgarishni imi-jimida qabul qilish juda noto‘g‘ri-ku. Bu o‘zgarishlarga ko‘pchilik qarshi edi shekilli, nimalar hisobga olinib qilingan ekan bu ish.
Masalan, odamlar hozir ham lotin yozuvini yoqtirmaydi. Endi uni yana o‘zgartirishmoqchi va bu holda qabul qilinsa, ushbu o‘zgarish oxirgisi bo‘lmasligi aniq. Chunki bundan qulayroq alifbo yaratish qiyin emas.
@pan_diplomat | 2 991 |
| 17 | Hokimiyat juda shirin narsa, u hech qachon ixtiriy bo‘linmaydi. Har qanday diktatorlik yo‘lini tanlagan inson hech qachon hokimiyatni kim bilandir bo‘lishishni istamaydi.
Tashiyev va uning sheriklari 4 yilga qamalashi Qirg‘izistondagi oxirgi yillardagi tendensiyani yanada aniqlashtirdi. Ya’ni, mamlakat mo‘rt demokratiyadan mustahkam avtoritarizm tomon ketmoqda.
Vaziyat Japarovdan shuni talab qiladi. Qamalganiga qaramay, Tashiyev mamlakatda katta obro‘ orttirgan. Uning zulmini ko‘rmaganlar uni zo‘r kadr deb bilaveradi. Muddati tugagidan so‘ng, shubhasiz, u yana hokimiyatga harakat qiladi. Sudlanganlik faktori Qirg‘izistonda muhim emas, zero hozirgi Prezident ham sudlangan.
Prezident bo‘lgacha esa Tashiyevning birinchi qiladigan ishi aniq. Shu sabab Japarov umrining oxirigacha sug‘urtalanishni xohlaydi.
@pan_diplomat | 3 348 |
| 18 | Odam bir narsaga qiziqsa qiziqib ketaveradi. Hozir biz o‘zbek tili shevalarga bo‘lingani, bu juda qadimiy ekanini aytamiz. Ba’zilar, biz boshqa millat hammiz deb qoladi, masalan.
Hozir Qirg‘izistonga o‘tgan Cho‘ng‘ara qishlog‘idan Kun.uz tayyorlagan videoni ko‘rdim. O‘sha yerlik akaning shevasi, masalan «g‘» harfini ko‘p ishlatishi, masalan buxorolik o‘zbekniki bilan bir xil.
Buxoro shevasi qolgan o‘zbek shevalaridan ancha farq qiladi deb hisoblashadi. Lekin Qodiriy va Cho‘lpon maqolalarni o‘qib, aftidan bular buxorolik yoki atay shu shevada yozgan deb o‘ylash mumkin. Misol, hozir hech qaysi toshkentlik Qodiriy kabi “guruch”ni “brinch” demaydi. Ha, Buxoroning o‘zida ham “brinch” so‘zi kamroq ishlatilyapti. Vaholanki, 1930-yillarda Buxoro markaziy bozori “Brinch bozori” deb nomlangan.
@pan_diplomat | 3 219 |
| 19 | Germaniyada kansler Merz nemis milliy jamoasini qo‘llovchi tvit yozgani ortidan tanqidlar ostida qolib ketibdi. Jurnalistlar, deputatlar va oddiy odamlar “Kansler futbolni tushunadimi o‘zi? Yoki uni ham davlatni boshqarish darajasida tushunadimi?” deb istehzo qilyapti.
Qizig‘i, Germaniya futbol jamoasi shu paytga qadar JCH faqat bir penaltini xato tepgan, ya’ni, penaltilar seriyasida biron marta yutqazmgani tugul, penaltini xato tepmagan ham. Bu safar esa 3 penatli ko‘kka sovurildi.
Kanslar esa “ulardan faxrlanaman” deb yozgan. Shundan keyin Merz sportdan tashqari, siyosiy tanqidlar ostida qolgan. Oxir-oqibat kansler keyin tushuntiruvchi, uzrnamo post ham qoldirdi.
Albatta, Germaniyada kanslerlar odatda iste’fo bermaydi. Lekin Merz oxirgi vaqtlar jiddiy bosim ostida qolyapti. Futbolchilarni qo‘llayman deb u o‘ziga yana bir xeyt orttirib oldi.
@pan_diplomat | 2 940 |
| 20 | Agar O‘zbekiston ham shu tendensiyaga qo‘shilib, 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlasa, bu reklama va vloger bozorida tezkor reaksiya berishi mumkin.
Hozir Instagramdan foydalanayotgan o‘zbekistonliklarning aksari yosh bolalar. Aynan ular ijtimoiy tarmoqlarga “eng mukkasidan ketgan” qatlam. Chunki ularda moliyaviy yuk va qiyinchilik deyarli yo‘q.
Bu vlogerlar auditoriyasiga ta’sir qilishi aniq. Ular katta qamrov yo‘qotadi. Bu esa nihoyat O‘zbekistonda Instagram trenddan tushishiga yordam berishi mumkin.
Albatta, bolalar aylanma yo‘llar orqali tarmoqlarga kirishi mumkin. Biroq ko‘lam baribir jiddiy qisqaradi. Ushbu tendensiya qanchalik o‘zini oqlashi, foydali yoki aksincha bo‘lishini hali vaqt ko‘rsatadi. Chunki u hali yaqindan boshlandi.
@pan_diplomat | 3 214 |
