Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
الذهاب إلى القناة على Telegram
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 tvuzedu.uz ✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz 👨💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
إظهار المزيد3 474
المشتركون
-424 ساعات
-107 أيام
-5730 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أكتوبر '26أكتوبر '26
أكتوبر '26
+4
في 3 قنوات
سبتمبر '26
+79
في 14 قنوات
Get PRO
أغسطس '26
+66
في 21 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+55
في 23 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+61
في 19 قنوات
Get PRO
مايو '26
+93
في 36 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+137
في 39 قنوات
Get PRO
مارس '26
+58
في 21 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+95
في 50 قنوات
Get PRO
يناير '26
+37
في 21 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+613
في 24 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+169
في 63 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+463
في 89 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+146
في 29 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+173
في 61 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+110
في 47 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+51
في 19 قنوات
Get PRO
مايو '25
+184
في 61 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+130
في 67 قنوات
Get PRO
مارس '25
+147
في 83 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+876
في 133 قنوات
Get PRO
يناير '25
+193
في 22 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+79
في 31 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+109
في 30 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+99
في 29 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+651
في 43 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+142
في 42 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+104
في 24 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+35
في 14 قنوات
Get PRO
مايو '24
+2 506
في 42 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+106
في 47 قنوات
Get PRO
مارس '24
+540
في 54 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+238
في 49 قنوات
Get PRO
يناير '24
+162
في 45 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+84
في 30 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+46
في 15 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+71
في 18 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+48
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+1 644
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+58
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+86
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+102
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+18
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+54
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+41
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+1 097
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+98
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+116
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+168
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+145
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+130
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+350
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+185
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+2 628
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+70
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+375
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+247
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+299
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+37
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+59
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+30
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+99
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+76
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+258
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+130
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+121
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+159
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+75
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+223
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+97
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+3 896
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 04 أكتوبر | +1 | |||
| 03 أكتوبر | +2 | |||
| 02 أكتوبر | 0 | |||
| 01 أكتوبر | +1 |
منشورات القناة
📈 Maktabdan ilm-fangacha: ta’limning barcha bosqichlari yagona boshqaruv tizimiga o‘tadi
O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etiladi.
➡️ Yangi vazirlik maktabgacha ta’lim, maktab, kasbiy va oliy ta’limdan tortib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda qo‘shimcha va norasmiy ta’limgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi.✅ Bunday yondashuv ta’limning barcha bosqichlarini yagona maqsad va umumiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ular o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda insonning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishini yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga xizmat qiladi. 🌎 Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga ham asoslanmoqda. Rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida ta’limning asosiy bosqichlari bitta boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtiriladi. Bunday boshqaruv modeli AQSh, Angliya, Avstraliya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qo‘llanadi. Bu ta’lim siyosatini umumiy yondashuv asosida samarali amalga oshirish imkonini beradi. Ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlarini yagona boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtirish ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish uchun yaxlit yondashuvni shakllantiradi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish yangi tizimning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlatning oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, ularga kengroq mustaqillik berish hamda nodavlat sektor uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilmoqda. Dunyo tajribasida erkin raqobat va bozor talabi ta’lim sifatini oshirishga muhim turtki beradi. Bu oliy ta’lim muassasalarini ta’lim dasturlari va xizmatlarini muntazam takomillashtirishga, sifat uchun raqobat qilishga undaydi. Yangi tizimning asosiy maqsadi — ta’limning barcha bosqichlarini o‘zaro uzviy bog‘lash, ta’lim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan yagona, zamonaviy tizimni shakllantirish. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
| 2 | "Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
—
«В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен.
Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем:
– Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование;
– Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»;
– Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы;
– в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос.
Facebook|Instagram|X | 401 |
| 3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 750 |
| 4 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X | 478 |
| 5 | #Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi
💬 Asosiy olimpiadaning II (ikkinchi) — tuman (shahar) bosqichi boshlanish arafasida!
❌
✅ Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi.
❌
👉 RO‘YXATDAN O‘TISH
⏰ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi
➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi
❌
❗️ DIQQAT!
Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi.
🌐 Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 291 |
| 6 | #Raqamlashtirish
Maktab taʻlimida raqamlashtirish: qanday davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda?
🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida 25 ta interaktiv davlat xizmati raqamlashtirilgan boʻlib, shundan 10 tasi maktablar yoʻnalishiga toʻgʻri keladi.
➖ Xususan, bolalarni 1-sinfga qabul qilish, elektron shahodatnomalar berish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish, xorijiy taʻlim hujjatlarini tan olish, oʻquvchini xorijiy maktabdan va xorijiy maktabga koʻchirish kabi xizmatlar elektron koʻrsatilmoqda.
📊 2026-2027-oʻquv yilida 135 ta tuman (shahar)da 6 minga yaqin maktablarda 1-sinfga qabul jarayonlari onlayn amalga oshirildi. Mazkur davlat xizmatidan 475 mingdan ortiq ota-onalar onlayn ariza berish orqali foydalangan.
➖ Shuningdek, 168 ming nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berildi, 1312 nafar xorijiy davlatda umumiy oʻrta taʼlim olgan fuqaroning hujjatlari nostrifikatsiya qilindi, 3810 nafar chet el fuqarosining farzandlari maktabga qabul qilindi.
🔹11987 nafar oʻquvchini xorijdagi maktabdan koʻchirildi, 315 714 nafar ota-ona farzandini bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalandi. Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq 9-11-sinf bitiruvchilarga elektron shahodatnomalar berildi.
🌐 Bu haqida videolavhada.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 201 |
| 7 | ‼️‼️‼️
Yangi demo testlar e’lon qilindi!
✅ 2026-yil kuzgi malaka toifasi attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining demotest.uzedu.uz platformasiga yangi demo testlar joylashtirildi.
Demo testlar pedagoglarga:
🔹 test topshiriqlarining formati bilan tanishish;
🔹 o‘z bilimlarini sinab ko‘rish;
🔹 attestatsiya jarayoniga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
👉 Platforma: demotest.uzedu.uz
🔔 Malaka sinoviga tayyorgarlik jarayonida ushbu demo testlardan foydalanishingiz mumkin.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 486 |
| 8 | #Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
✅ Har bir ijod ortida inson, uning mehnati va qalbi bor! Mualliflik huquqini himoya qilish — ijodkor mehnatini qadrlash va uning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish demakdir.
Mazkur oy davomida:
➖ ijtimoiy tarmoqlar va OAVda huquqiy-ma’rifiy videolar va media materiallar e’lon qilinadi;
➖ “Huquqiy radioviktorina” va onlayn testlar tashkil etiladi;
➖ ijodkorlar bilan ochiq muloqotlar, podkastlar, davra suhbatlari va master-klasslar o‘tkaziladi;
➖ yoshlar va ta’lim muassasalarida mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi;
➖ san’atkorlar, yozuvchilar va shoirlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari va fleshmoblar o‘tkaziladi;
➖ kitobxonlik, nashriyot, teatr, kino, IT va boshqa sohalarda mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.
👉 Mualliflik huquqi aslida qayerda paydo bo‘lgan?
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 195 |
| 9 | #RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahridagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lingani va kuch ishlatilgani aks etgan videolavha tarqalib, mazkur holat yuzasidan chora ko‘rish so‘ralgan.
🔴Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Holatni atroflicha o‘rganish maqsadida boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzildi. O‘rganish davomida muassasa tarbiyachisi S.X. tomonidan tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani va kuch ishlatilgani tasdiqlandi. Shu munosabat bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Ayni paytda mazkur xodim mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli, mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish uning ishga qaytishi bilan amalga oshiriladi. Bu holat sodir etilgan xatti-harakatlarning huquqiy baholanishiga to‘sqinlik qilmaydi.
To‘plangan hujjatlar hamda videoyozuvlar holatga huquqiy baho berish va vakolat doirasida tegishli choralar ko‘rish uchun Ohangaron shahar ichki ishlar bo‘limi hamda shahar prokuraturasiga taqdim etildi.
Bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 289 |
| 10 | #bayramshukuhi
Ustozlarga atalgan ehtirom va yuksak e'tirof shukuhi
Har bir murg'ak qalbga mehr va ziyo taratuvchi, hayotimizning chinakam yoritkichlari bo'lgan aziz ustozlar doimo yuksak ehtiromga munosibdir. Shu munosabat bilan, Toshkent tumani 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri o'zgacha shodu xurramlik hamda ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Mazkur quvonchli lahzalar yig'ilganlar qalbida unutilmas va iliq taassurotlar muhrlanishiga sabab bo'ldi.
Bayramona uchrashuv avvalida muassasa rahbari L. Mirhamidova so'zga chiqib, o'zining fidokorona mehnati bilan kelajak avlod poydevorini yaratayotgan barcha pedagog xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirning yuqori saviyada, g'oyat mazmunli va esda qolarli o'tishida musiqa rahbari R. Tursunxo'jayevaning professional yondashuvi hamda yuksak ijodiy salohiyati alohida namoyon bo'ldi.
Mittijonlarning beg'ubor tabassumi va samimiy chiqishlari bayram dasturiga o'zgacha fayz kiritib, barchaga olam-olam quvonch ulashdi. Jajji bolajonlar tilidan yangragan ustozlarga atalgan beg'araz dil izhorlari, ta'sirchan she'r va qo'shiqlar mehmonlar qalbini to'lqinlantirib, mashaqqatli va sharafli kasb egalariga bo'lgan cheksiz muhabbatni yana bir bor amalda namoyish etdi.
📸Jarayon fotolavhalarda.
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Website | 217 |
| 11 | #RASMIY_MUNOSABAT
🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining faoliyatida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani hamda yuqori turuvchi idoralar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmayotgani haqida murojaatlar tarqalgan.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ayni paytda boshqarma mas’ullari tomonidan murojaatlarda keltirilgan holatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish jarayonida bildirilgan har bir vajning asosliligi hamda mas’ul rahbarning xatti-harakatlari tegishli hujjatlar va ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Mazkur holat yuzasidan yakuniy xulosalar va ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikka batafsil axborot taqdim etiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 182 |
| 12 | 🔴KITOB O‘QING, BILIMINGIZNI SINANG VA G‘OLIB BO‘LING!
“ DEVON NASHR KITOBXONLARI ” respublika tanloviga taklif qilamiz!
Mutolaani yaxshi ko‘rasizmi? O‘qigan asarlaringizni tushunish va tahlil qilish mahoratingizni namoyon eting!
💰Jami pul mukofoti — 50 MILLION SO‘M!
📚 Finalchilar uchun jami 1 050 ta kitob!
🥇 1-o‘rin: 25 mln so‘m + 200 ta kitob + diplom
🥈 2-o‘rin: 15 mln so‘m + 150 ta kitob + diplom
🥉 3-o‘rin: 10 mln so‘m + 100 ta kitob + diplom
🎁 4–15-o‘rinlarni egallagan finalchilarning har biriga 50 ta kitob va diplom!
👥 Kimlar qatnasha oladi?
O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi 15–25 yoshdagi yoshlar.
✅Ishtirok bepul!
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 28-sentabr — 15-oktabr.
💻 1-bosqich: 1-noyabr — onlayn test
💻 2-bosqich: 15-noyabr — onlayn test
💻 3-bosqich: 1-dekabr — onlayn test
🏆 Final: 20-dekabr — 15 nafar finalchi ishtirokidagi oflayn bellashuv.
📖 Har bir bosqich uchun kitoblar ro‘yxati alohida e’lon qilinadi. Birinchi bosqich kitoblari 16-oktabrda ma’lum qilinadi.
👉 Ro'yhatdan o'tish: https://anketa.devonnashr.uz/
🌐 Rasmiy kanaldan ma'lumot olsangiz bo'ladi: https://t.me/devonnashruz
✨ Kitobxon do‘stlaringizga ham ulashing — birga tayyorlaning, o‘z bilimingiz bilan bellashing!
Pul mukofotlari soliq ushlanmalaridan oldingi miqdorda ko‘rsatilgan. Tanlov “Worldly Knowledge” MChJ tomonidan Devon Nashr brendi ostida mustaqil tashkil etiladi. | 175 |
| 13 | #RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi joriy yilning 23-sentabr kuni muassasada oyog‘i jarohat olgani, shundan so‘ng bolaning oila a’zolari chaqirilgani va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgani, biroq mas’ul xodimlarga nisbatan chora ko‘rilmayotgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qiladi.
Hodisaning kelib chiqish sabablari, uning sodir bo‘lish sharoitlari hamda mas’ul xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini qay darajada bajargani o‘rganishlar yakuni bo‘yicha baholanadi. Qonunbuzilish yoki xizmat vazifalariga loqayd munosabatda bo‘lish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘riladi.
Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz ta’lim-tarbiya muhitini ta’minlash har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati va xodimlarining ustuvor vazifasidir.
O‘rganishlar yakuni va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 181 |
| 14 | 😀😀 😀😀😀😀😀
📣 Pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
✅ Xabaringiz bor, 2026-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi.
➖ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan.
❕Pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 208 |
| 15 | #RASMIY_MUNOSABAT
🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari olib tashlangani yuzasidan tanqidiy xabarlar tarqalib, mas’ullardan izoh so‘ralgan.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kuzatuv kameralari mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, 2025-yilda olib tashlangan. Ularni o‘rnatish ishlari tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktab ma’muriyatiga kuzatuv kameralari tizimiga kirish hamda tasvirlardan foydalanish imkoniyati berilmagani ularning olib tashlanishiga sabab bo‘lgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, maktab ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan videokuzatuv kamerali ayni paytda ishlab turibdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 140 |
| 16 | #Ehtirom
Ustozlar — ma’rifat va taraqqiyot bunyodkorlari
Ustozlik — inson qalbiga yo‘l topish, tafakkurini boyitish va kelajak avlodga hayot davomida asqotadigan bilim hamda qadriyatlarni singdirishdek sharafli burchdir.
Har bir ustozning o‘ziga xos hayot yo‘li, unutilmas xotiralari, kasbiy tajribasi va o‘zgacha qarashlari bor. Ana shu jihatlar pedagoglik kasbining naqadar sermazmun va sharafli ekanini namoyon etadi.
Qibray tumanidagi 16-umumta’lim maktabi ustozlari timsolida ustozlik kasbining samimiyligi, insoniy fazilatlar va ta’limga bo‘lgan sadoqatni aks ettiruvchi videolavha.
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
✅telegram📱facebook📱Instagram🌐Website📹Youtube | 143 |
| 17 | #RASMIY_MUNOSABAT
🔴 Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumanidagi maktablarning bir guruh direktorlari va ularning o‘rinbosarlari nomidan yo‘llangan murojaat tarqaldi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlariga dars soatlari ajratilmayotgani yuzasidan e’tiroz bildirilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida dars soatlarini taqsimlash tartibi belgilangan.
Unga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi muassasaning pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar o‘qituvchilarga quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
— oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
— dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar;
— birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
— ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
— oliy ma’lumotli, toifasiz o‘qituvchilar;
— qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
— o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar;
— oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
— oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
— oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassislikka ega rahbar xodimlari.
Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi ko‘rsatilgan.
Nizomning 23-bandida umumta’lim muassasasining rahbar xodimlari — direktor va uning o‘rinbosarlari asosiy lavozimini o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borgan holda haftasiga 10 soatgacha hajmda o‘quv yuklamasini bajarishi hamda mazkur dars soatlari uchun soatbay haq to‘lanishi belgilangan.
Bundan tashqari, joriy yilda boshqarma boshlig‘i huzurida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda dars soatlari taqsimoti yuzasidan viloyat miqyosida fuqarolar murojaatlari keskin ko‘payganiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari hamda mas’ul xodimlarga barcha umumta’lim maktablarida 2026–2027- o‘quv yilidan boshlab dars soatlarining shaffof va adolatli taqsimlanishini ta’minlash, oliy ma’lumotli bitiruvchilarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish hamda ularni «Ustoz-shogird» tamoyili asosida tajribali mutaxassislarga biriktirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
🔴 Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga belgilangan tartibda dars o‘tishi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmagan. Dars soatlarini taqsimlashda yuqorida qayd etilgan nizom talablari va ustuvor ketma-ketlikka rioya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 247 |
| 18 | #Ehtirom
✔️Toshkent tumanidagi 26-umumta'lim maktabi o'quvchilarining ustozlariga ehtiromi.
📹Tabrik videoda.
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Website | 141 |
| 19 | #RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi-xodimlariga sentyabr oyi ish haqining bo‘nak qismi 18- sentabrga qadar to‘lab berilmagani yuzasidan murojaatlar bildirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Respublika miqyosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi-xodimlarining davomatini elektron tarzda qayd etish tizimiga o‘tilishi munosabati bilan uni joriy etishning dastlabki bosqichida ayrim kamchiliklar kuzatilgan. Bu esa sentabr oyi ish haqining bo‘nak qismini hisoblash va to‘lash jarayonlarida kechikishlarga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Xodimlarga tegishli to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqarma nazoratida.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot | 135 |
| 20 | #xalq_nazorati
Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!
✅Yo‘l, suv, elektr, yoritish va boshqa muammolar bo‘yicha xalqnazorati.uz platformasi orqali murojaat yuboring.
✍️Murojaatingiz — muammoning yechim sari birinchi qadamidir.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 114 |
