uz
Feedback
TTYSI • TITLI • ТИТЛП

TTYSI • TITLI • ТИТЛП

Kanalga Telegram’da o‘tish

TTYSI rasmiy kanali Официальный канал ТИТЛП Veb-sayt www.ttysi.uz Facebook www.facebook.com/ttysi.uz Instagram www.instagram.com/ttysi_uz/ YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz Murojaat uchun @suhrob_bek3

Ko'proq ko'rsatish
7 159
Obunachilar
+3424 soatlar
+627 kun
+34830 kun

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+89
12 kanalda
Avgust '26
+474
55 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+315
26 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+3 190
28 kanalda
Get PRO
May '26
+80
63 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+129
76 kanalda
Get PRO
Mart '26
+528
92 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+60
67 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+88
16 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+564
68 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+71
37 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+89
51 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+331
47 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+611
41 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+326
105 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+101
67 kanalda
Get PRO
May '25
+117
65 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+673
42 kanalda
Get PRO
Mart '25
+87
38 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+103
74 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+86
27 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+68
66 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+114
16 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+1 875
9 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+1 105
32 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+414
31 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+319
13 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+180
3 kanalda
Get PRO
May '24
+137
12 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+83
4 kanalda
Get PRO
Mart '24
+68
3 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+2 277
2 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+552
3 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+82
5 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+396
7 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+2 250
4 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
03 Sentabr+41
02 Sentabr+31
01 Sentabr+17
Kanal postlari
✔️🖥 🗣Dunyo bo'ylab | СПЕЦИАЛНЬНЫЙ РЕПОРТАЖ ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026-yil 28-avgust kuni “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilgan tadbir Dunyo bo'ylab telekanali tomonidan yoritildi. #TTYSI_OAV_Biz_Haqimizda #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

2
✔️‼️‼️‼️✅✅✅✅ INSTITUT KENGASHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Institut Kenga+6
✔️‼️‼️‼️✅✅✅✅ INSTITUT KENGASHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🗣Yig‘ilish kun tartibidan institutda 2025/2026-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar va bajarilgan tadbirlar yakunlari, shuningdek, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar hamda ustuvor vazifalar o‘rin oldi. ⏺Muhokamalar davomida yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini puxta tashkil etish, belgilangan rejalarni izchil amalga oshirish va institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha oldinda turgan vazifalar ko‘rib chiqildi. ⏺Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun Institut Kengashining ish rejasini tasdiqlash, institutda ta’lim grantlarini qayta taqsimlash hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. ⏺Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 073
3
✔️🟦🟦🟦 VAKANT O‘RINLAR UCHUN O‘TKAZILGAN QO‘SHIMCHA TANLOV NATIJALARI E’LON QILINDI Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavri
✔️🟦🟦🟦 VAKANT O‘RINLAR UCHUN O‘TKAZILGAN QO‘SHIMCHA TANLOV NATIJALARI E’LON QILINDI Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridagi vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e’lon qilindi. 🗣Vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘z natijalarini bilishlari mumkin. ⏺Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin. 💬Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni muborakbod etamiz! #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
949
4
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik v
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-o‘qituvchilar hamda yosh xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 🗣Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev ishtirok etdi. ⏺Tadbir davomida milliy qadriyatlar xalqning o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi muhim omillardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda sog‘lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. ⏺Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ongiga turli yot va zararli g‘oyalarni singdirishga qaratilgan urinishlar, xususan, diniy ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olish muhimligi qayd etildi. ⏺Mutaxassis tomonidan bunday zararli oqimlar dinimizning insonparvarlik, tinchlik va bag‘rikenglik tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlandi. Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyatda qo‘rquv va beqarorlikni yuzaga keltirishga qaratilgan xavfli hodisa ekani, ularga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li esa ma’rifat, bilim va mustaqil fikrlashni rivojlantirish ekani alohida qayd etildi. ⏺Tadbir yakunida ishtirokchilar tekshirilmagan va asossiz axborotlarga, radikal g‘oyalarga ergashmaslik, o‘z bilim va tafakkurini muntazam boyitib borish zarurligi haqida fikr almashdilar. #TTYSI_Yoshlar_Kuni #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 074
5
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik v+6
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-o‘qituvchilar hamda yosh xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 🗣Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev ishtirok etdi. ⏺Tadbir davomida milliy qadriyatlar xalqning o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi muhim omillardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda sog‘lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. ⏺Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ongiga turli yot va zararli g‘oyalarni singdirishga qaratilgan urinishlar, xususan, diniy ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olish muhimligi qayd etildi. ⏺Mutaxassis tomonidan bunday zararli oqimlar dinimizning insonparvarlik, tinchlik va bag‘rikenglik tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlandi. Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyatda qo‘rquv va beqarorlikni yuzaga keltirishga qaratilgan xavfli hodisa ekani, ularga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li esa ma’rifat, bilim va mustaqil fikrlashni rivojlantirish ekani alohida qayd etildi. ⏺Tadbir yakunida ishtirokchilar tekshirilmagan va asossiz axborotlarga, radikal g‘oyalarga ergashmaslik, o‘z bilim va tafakkurini muntazam boyitib borish zarurligi haqida fikr almashdilar. #TTYSI_Yoshlar_Kuni #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 047
6
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 BUXGALTERIYA HISOBI VA MARKETING KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 BUXGALTERIYA HISOBI VA MARKETING KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar sonining ortishi va o‘z navbatida, o‘quv yuklamalarining ko‘payishi munosabati bilan Buxgalteriya hisobi va marketing kafedrasida yaratilayotgan ish o‘rinlarini egallash uchun malakali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida TANLOV e’lon qilinadi. ⏺Tanlovda nomzodlar kafedrada yaratilayotgan professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent lavozimlar uchun tanlovda ishtirok etishlari mumkin. ⏺NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Professor lavozimi uchun — fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi, shuningdek, tegishli ilmiy yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan hamda nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan bo‘lishi talab etiladi. Dotsent lavozimi uchun — fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi talab etiladi. Katta o‘qituvchi va assistent lavozimlari uchun — tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr darajasiga) ega bo‘lishi hamda tegishli ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi. ⏺HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar belgilangan tartibda hujjatlarini institutning Xodimlar bo‘limiga taqdim etishlari lozim. ⏺Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998977001224 🚀 @d931224 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
894
7
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengi
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar sonining ortishi va o‘z navbatida, o‘quv yuklamalarining ko‘payishi munosabati bilan Iqtisodiyot va menejment kafedrasida yaratilayotgan ish o‘rinlarini egallash uchun malakali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida TANLOV e’lon qilinadi. ⏺Tanlovda nomzodlar kafedrada yaratilayotgan professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent lavozimlar uchun tanlovda ishtirok etishlari mumkin. ⏺NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Professor lavozimi uchun — fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi, shuningdek, tegishli ilmiy yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan hamda nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan bo‘lishi talab etiladi. Dotsent lavozimi uchun — fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi talab etiladi. Katta o‘qituvchi va assistent lavozimlari uchun — tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr darajasiga) ega bo‘lishi hamda tegishli ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi. ⏺HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar belgilangan tartibda hujjatlarini institutning Xodimlar bo‘limiga taqdim etishlari lozim. ⏺Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998977001224 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 026
8
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 SUPER-KONTRAKT BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv y
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 SUPER-KONTRAKT BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari belgilandi. ⏺Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlar super-kontrakt bo‘yicha zarur hujjatlarni taqdim etish uchun institutning Registrator ofisiga shaxsan tashrif buyurishlari lozim. ⏺Abituriyentlar super-kontrakt asosida talabalikka qabul jarayonini rasmiylashtirish uchun belgilangan tartibda zarur hujjatlar to‘plamini Registrator ofisiga taqdim etadilar. ⏺Hujjatlar haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 17:00gacha qabul qilinadi ⏺Super-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar ushbu ma’lumotni saqlab qo‘ying! #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 182
9
✔️🟦🟦 DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI BO’LIB O’TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar+6
✔️🟦🟦 DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI BO’LIB O’TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o’tkazildi. ⏺3-sentabr kuni Umurzakova Xalima Xabibullayevnaning “Tibbiyotda qо‘llaniladigan ipakli bog‘lovchi mahsulotlarni yangi turlarini yaratishning ilmiy-texnologik asoslari” mavzusida – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi. #TTYSI_PhD #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 453
10
✔️🟦🟦🟦 KONTRAKTNI QACHONGACHA TO‘LASH KERAK? Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalar
✔️🟦🟦🟦 KONTRAKTNI QACHONGACHA TO‘LASH KERAK? Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalar tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollardan biri — to‘lov-kontrakt mablag‘larini qachongacha to‘lash kerak? 🗣Amaldagi tartibga ko‘ra, talabalar yillik to‘lov-kontrakt summasini belgilangan muddatlarda teng ulushlarda to‘lash huquqiga ega. ⏺1-bosqichga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar kontrakt summasining kamida 25 foizini 15-sentabrgacha to‘lashlari lozim. ⏺2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa kamida 25 foiz to‘lov 1-oktabrgacha amalga oshirilishi kerak. Mazkur muddat rektor tomonidan uzaytirilishi ham mumkin. ⏺Keyingi to‘lovlar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 🔹 kamida 50 foiz — 1-yanvargacha; 🔹 75 foiz — 1-martgacha; 🔹 100 foiz — 1-maygacha yoki rektor tomonidan uzaytirilgan muddatgacha. ⏺Unutmang, belgilangan to‘lov muddatlari Davlat komissiyasi tomonidan uzaytirilishi mumkin. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 695
11
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 TOSHKENT XALQARO YARIM MARAFONI – 2026: TALABALAR UCHUN SUPER IMKONIYAT! Talabalar online ro‘yxatdan o‘tib, 5 km
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 TOSHKENT XALQARO YARIM MARAFONI – 2026: TALABALAR UCHUN SUPER IMKONIYAT! Talabalar online ro‘yxatdan o‘tib, 5 km masofaga yugurish musobaqasida ishtirok etishlari mumkin! 🗣Marafon 6-sentyabr kuni soat 05:00da Tashkent City bog‘ida bo’lib o’tadi. ⏺HAR BIR ISHTIROKCHIGA MUKOFOT! Finish marrasiga yetib kelgan, egallagan o‘rnidan qat’i nazar, har bir talaba 100 000 so‘m miqdorida mukofotga ega bo‘ladi! ⏺Bundan tashqari, g‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi (qizlar va o‘g‘il bolalar alohida taqdirlanadi): 🥇 1-o‘rin — 3 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 2 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m ⏺Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga elektron chiplar 4–5-sentyabr kunlari 13:00 dan 20:00 gacha Tashkent City, Aloqa Bank Tower yonida tarqatiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: HAVOLA ⏺Eslatma: Ishtirokchilar soni belgilangan limitga yetgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tish muddatidan oldin yopilishi mumkin. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
2 176
12
✔️🟦🟦🟦 MAGISTRATURA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI 🗣2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magist
✔️🟦🟦🟦 MAGISTRATURA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI 🗣2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari e’lon qilindi. ⏺Qabul jarayonida my.edu.uz elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. ⏺Talabgorlar qabul natijalarini my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 614
13
✔️🟦🟦🟦 MASOFAVIY TA’LIMDA DARSLAR QACHONDAN BOSHLANISHI ANIQ BO'LDI 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2
✔️🟦🟦🟦 MASOFAVIY TA’LIMDA DARSLAR QACHONDAN BOSHLANISHI ANIQ BO'LDI 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab masofaviy ta’lim shakliga 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni 21-sentabrdan boshlanadi. ⏺Demak, 1-kurs masofaviy ta’lim talabalari — 21-sentabrdan institut (dars)ga kelishlari lozim. ⏺Yuqori kurslarda tahsil olayotgan masofaviy ta’lim talabalari uchun esa o‘quv jarayoni avvalgidek, belgilangan tartibda davom etadi. ___________ ⏺Qo'shimcha ma'lumot uchun: 🚀+998977089118 🚀+998914561707 🚀+998977001224 🚀+998700412929 #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 678
14
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “MUSTAQILLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARIGA MARHAMAT! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillig
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “MUSTAQILLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARIGA MARHAMAT! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari o‘tkaziladi. 🗣Musobaqalar 2026-yil 4–7-sentabr kunlari sport saroyida tashkil etiladi. 🏓 PADEL TENNIS: Erkak va ayol xodimlar o‘rtasida 4-sentabr kuni soat 10:00da; 🏓 STOL TENNISI: Erkak va ayol xodimlar o‘rtasida 4-sentabr kuni soat 10:00da; ♟ SHAXMAT: Erkak va ayol xodimlar o‘rtasida 4-sentabr kuni soat 10:00da; ⚽️ FUTBOL: Erkak xodimlar o‘rtasida5–7-sentabr kuni soat 14:00da iInstitut sport saroyida bo'lib o'tadi. ⏺Barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz! #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 722
15
✔️‼️‼️‼️ TALABALIKKA QABUL QILINGANLAR DIQQATIGA! 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga talabalikka qabul qil
✔️‼️‼️‼️ TALABALIKKA QABUL QILINGANLAR DIQQATIGA! 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga talabalikka qabul qilinganlar zarur hujjatlar to‘plamini institutga olib kelishlari mumkin. ⏺Hujjatlar institutning Registrator ofisida qabul qilinmoqda. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 696
16
✔️#REKTOR_TABRIGI HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR, AZIZ TALABALAR VA QADRLI YOSHLAR! Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi ulug‘
✔️#REKTOR_TABRIGI HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR, AZIZ TALABALAR VA QADRLI YOSHLAR! Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi ulug‘ va qutlug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi, Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Yangi o‘quv yili — bu yangi maqsadlar, ulkan orzular, ezgu niyatlar va yangi imkoniyatlar sari tashlangan muhim qadamdir. Ta’lim va bilim inson hayotida beqiyos o‘rin tutadi. Zero, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda har bir yoshning kelajagi, avvalo, uning bilim va kasb-hunarni puxta egallashi, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi va o‘z ustida muntazam ishlashiga bog‘liq. Aziz talabalar! Sizlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, xalqimizning ishonchi va kelajagimizning mustahkam tayanchisiz. Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, izlanishingiz, tashabbuskorligingiz va yuksak marralarni egallashga bo‘lgan intilishingiz yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, har bir kuningizni bilim olish, yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish, kasbiy mahoratingizni oshirish hamda o‘z oldingizga qo‘ygan ulkan maqsadlar sari dadil qadam tashlashga bag‘ishlang. Hech qachon izlanish va harakatdan to‘xtamang. Bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanib, zamonaviy kasb-hunarlarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing, ilm-fan va innovatsiyalarni chuqur o‘zlashtiring. Qadrli ustozlar! Yosh avlodni bilimli, malakali, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa sizlarning zimmangizdadir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, boy bilim va tajribangiz, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz yuksak e’tirofga munosibdir. Ishonchim komilki, yangi o‘quv yilida institutimiz jamoasi hamjihatlikda faoliyat yuritib, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va iqtidorli yoshlarimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida yangi marralarni zabt etadi. Qadrli institut jamoasi! Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi muvaffaqiyatlar, yorqin g‘oyalar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat va o‘qish hamda mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Yangi o‘quv yili va Bilimlar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Davron Vaxabov - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 695
17
✔️🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 "O'QISH" QACHONDAN BOSHLANADI? 🗣Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida yangi, 2026/2027-o‘quv
✔️🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 "O'QISH" QACHONDAN BOSHLANADI? 🗣Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida yangi, 2026/2027-o‘quv yili uchun dars jarayonlari quyidagi muddatlarda boshlanadi: ⏺1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan; ⏺2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 664
18
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “O‘ZBEKISTON — YOSHLAR NIGOHIDA” RASMLAR TANLOVI BO’LIB O’TADI 🗣“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori os
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “O‘ZBEKISTON — YOSHLAR NIGOHIDA” RASMLAR TANLOVI BO’LIB O’TADI 🗣“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston — yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkaziladi. ⏺8-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan tanlovda o‘z ijodiy qobiliyatingizni namoyon eting! ⏺Vatanga bo‘lgan muhabbatingizni, O‘zbekiston kelajagi haqidagi tasavvurlaringizni hamda ijodiy qarashlaringiz va g‘oyalaringizni o‘z rasmlaringiz orqali ifoda eting! ⏺Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultetlar dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling. ________ ⏺“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ” #TTYSI_Mustaqillik_35_Yil #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 510
19
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 “MUSTAQIL O‘ZBEKISTON — MENING FAXRIM” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O’TKAZILMOQDA 🗣 O‘zbekiston Mustaqilligining
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 “MUSTAQIL O‘ZBEKISTON — MENING FAXRIM” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O’TKAZILMOQDA 🗣 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tanlovda o‘z ijodiy fikrlaringiz, Vatanga bo‘lgan muhabbat va Mustaqil O‘zbekiston haqidagi qarashlaringizni namoyon eting! ⏺Insholar 2026-yil 7-sentabrga qadar qabul qilinadi. ⏺Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultetlar dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling. ________ ⏺“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ” #TTYSI_Mustaqillik_35_Yil #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 449
20
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “MUSTAQILLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN IJODIY TANLOV E’LON QILINADI! 🗣O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilli
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “MUSTAQILLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN IJODIY TANLOV E’LON QILINADI! 🗣O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar o‘rtasida ijodiy tanlov e’lon qilinadi. ⏺Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: ⏺“Eng yaxshi fotoalbom” ⏺“Eng yaxshi qo‘shiq” ⏺Tanlovda institutimizning barcha talaba-yoshlarini faol ishtirok etishga taklif etamiz! ⏺Aziz talabalar, o‘z ijodingiz, iste’dodingiz va tashabbuslaringiz bilan ushbu tanlovda faol ishtirok eting! 💬G‘oliblar munosib taqdirlanadi! #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 507