cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"Milliy tadqiqot universiteti. "Rasmiy" • facebook.com/tiiame.uzinstagram.com/tiiameofficialtwitter.com/tiiameofficialwww.tiiame.uz @TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 868
Obunachilar
-124 soatlar
+1057 kunlar
+7130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🏆 #TIIAME Joriy yilning 10-13 iyun kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida “Times Higher Education” (THE) Xalqaro reyting agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) (Sustainable Development Goals – SDG) bag’ishlangan xalqaro kongress tashkil etildi. Mazkur kongressda THE reyting agentligi tomonidan “THE Impact Ranking” natijalari e’lon qilindi. Unga ko’ra, universitetimiz dunyoning Top-1000 talik universitetlari qatoridan joy oldi va top-601 o’rinni qayd etdi.... ➡️batafsil tiiame.uz saytida 😁@ilovetiiame
Hammasini ko'rsatish...
O‘quv yili sarhisobi-yangi rejalar sari bir qadam... batafsil tiiame.uz saytida
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
08:27
Video unavailableShow in Telegram
📺📺📺📺 Urganch Davlat Universitetida yozgi maktabda bo'lgan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalari va Gansu qishloq xo'jaligi universiteti talabalari XORAZM MTRK nigohida 😁@ilovetiiame
Hammasini ko'rsatish...
30.67 MB
👍 13🔥 4🎉 2🤩 1
Yer tuzishda geodezik ishlar fanidan amaliyotilar Toshkent shaxrida relefi murakkab bo’lgan hududlarida davom ettirilmoqda.... batafsil tiiame.uz saytida
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4👍 2
Sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish #Abituriyent #Sertifikat #Qabul2024 📝 Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi. 📱 Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritish lozim. Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga 3 xil status beriladi: ℹ️ Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”. ✅ Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”. ❌ Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”. ❕ Bunda sertifikat abituriyent tomonidan noto‘g‘ri yuklanib, rad etilgan taqdirda, sertifikatni qayta yuklash mumkin. Izoh: Sertifikatlarni tekshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum vaqt talab etadi. — — — Milliy sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sana mezon sifatida olinadi. Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa: ✅ Abituriyent 20-iyungacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinadi. ❌ Abituriyent 21-iyun kuni yoki undan keyin ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinmaydi. — — — Xalqaro sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda sertifikat dasturga yuklangan sana mezon sifatida olinadi. Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa: ✅ Abituriyent sertifikatni 20-iyungacha bo‘lgan muddatda dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinadi. ❌ Abituriyent sertifikatni 21-iyun kuni yoki undan keyin dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinmaydi. 😁@ilovetiiame
Hammasini ko'rsatish...
"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"Milliy tadqiqot universiteti. "Rasmiy" • facebook.com/tiiame.uz • instagram.com/tiiameofficial • twitter.com/tiiameofficial • www.tiiame.uz @TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot

👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️❗️❗️❗️ Hisorak suv ombori. U qachon qurilgan va Qashqadaryo uchun nimasi bilan muhim? Hisorak suv ombori Shahrisabz shahridan 35 km, Miroqi qishlog‘idan 1,5 km masofada joylashgan. Uning qurilishi 1977 yilda boshlangan. Ushbu suv omborining asosiy suv manbayi Hisor tog‘ tizmalaridan oqib keluvchi Oqsuv daryosi hisoblanadi. Suv omborini qurishdan asosiy maqsad – kuz, qish va bahor paytlarida Oqsuv daryosining suvi behuda oqib ketishining oldini olish va ularni to‘plab yozgi vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligida foydalanish bo‘lgan. Qurilish 10 yildan oshiqroq davom etgan va suv ombori 1988 yilda bitkazilgan. Sinovlar va to‘g‘onni qo‘shimcha mustahkamlash ishlaridan so‘ng Hisorak 1990 yilda foydalanishga qabul qilingan. Suv omborining loyihaviy suv sig‘imi 170 mln metr kub bo‘lib, u Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi va Yakkabog‘ tumanlarida joylashgan 49 ming gektar ekin yer maydonini sug‘orish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, suv omborining suvi tozalanib ichimlik suvi sifatida ham ishlatiladi. Hisorak suv ombori ilk qurilganda unda GES inshootlari bo‘lmagan. Keyinchalik mustaqillik yillarida suv omborida bir yilda 80,9 mln kVt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi GES qurilgan va u 2011 yilda foydalanishga topshirilgan. Ushbu GESda ikkita agregat bo‘lib, ular soniyasiga 45 metr kub suv o‘tkazish qobiliyatiga ega. Hisorakning to‘g‘on konstruksiyasi yadroli, tosh-tuproq to‘kmali bo‘lib, balandligi 138,5 m, uzunligi 660 metr, to‘g‘on usti eni 16 metrni tashkil etadi. To‘g‘onning ustki qismi temir-beton plitalar bilan qoplangan. Hisorak haqidagi ma’lumotlar To‘liq suv saqlash hajmi: 170 mln metr kub; Tavsiya qilingan suv saqlash hajmi: 161 mln metr kub; Suv omborining «o‘lik sathi»: 8,4 mln metr kub; Suv ombori yuzasi o‘lchami: 4,1 kilometr kvadrat; Uzunligi: 6,8 kilometr; Eni: 600 metr (eng keng joyda); Maksimal chuqurligi: 130 metr; To‘g‘on balandligi – 140 metr; To‘g‘onning uzunligi – 660 metr; To‘g‘onning usti – 16 metr; Hisorakdagi GES quvvati – 45 kVt; GESning yillik o‘rtacha quvvati 80,9 mln kVt ni tashkil etadi. manba: kun.uz 😁@ilovetiiame
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🤔 2🤯 2
Universitetimiz maʼnaviyat va maʼrifat markazida 2023-2024-oʻquv yili doirasida yillik sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi..... batafsil tiiame.uz saytida
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👎 3
Photo unavailableShow in Telegram
#savollarga_javoblar ❔ SAVOL: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 💡 JAVOB: my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun parolni unutgan yoki telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar quyidagi usullar orqali muammoni bartaraf etishlari mumkin: 1️⃣ Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin. 2️⃣ Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin. 3️⃣ Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi. ❕ Hurmatli abituriyentlar! Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning va parolingizni eslab qoling!!! 😁 @ilovetiiame
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Xalqaro yozgi maktab... batafsil tiiame.uz saytida
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Ma'rifatli qizlar- kelajak bunyodkorlari... batafsil tiiame.uz saytida
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👎 4