en
Feedback
TTYSI • TITLI • ТИТЛП

TTYSI • TITLI • ТИТЛП

Open in Telegram

TTYSI rasmiy kanali Официальный канал ТИТЛП Veb-sayt www.ttysi.uz Facebook www.facebook.com/ttysi.uz Instagram www.instagram.com/ttysi_uz/ YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz Murojaat uchun @suhrob_bek3

Show more
7 180
Subscribers
+3424 hours
+627 days
+34830 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+117
in 12 channels
August '26
+474
in 55 channels
Get PRO
July '26
+315
in 26 channels
Get PRO
June '26
+3 190
in 28 channels
Get PRO
May '26
+80
in 63 channels
Get PRO
April '26
+129
in 76 channels
Get PRO
March '26
+528
in 92 channels
Get PRO
February '26
+60
in 67 channels
Get PRO
January '26
+88
in 16 channels
Get PRO
December '25
+564
in 68 channels
Get PRO
November '25
+71
in 37 channels
Get PRO
October '25
+89
in 51 channels
Get PRO
September '25
+331
in 47 channels
Get PRO
August '25
+611
in 41 channels
Get PRO
July '25
+326
in 105 channels
Get PRO
June '25
+101
in 67 channels
Get PRO
May '25
+117
in 65 channels
Get PRO
April '25
+673
in 42 channels
Get PRO
March '25
+87
in 38 channels
Get PRO
February '25
+103
in 74 channels
Get PRO
January '25
+86
in 27 channels
Get PRO
December '24
+68
in 66 channels
Get PRO
November '24
+114
in 16 channels
Get PRO
October '24
+1 875
in 9 channels
Get PRO
September '24
+1 105
in 32 channels
Get PRO
August '24
+414
in 31 channels
Get PRO
July '24
+319
in 13 channels
Get PRO
June '24
+180
in 3 channels
Get PRO
May '24
+137
in 12 channels
Get PRO
April '24
+83
in 4 channels
Get PRO
March '24
+68
in 3 channels
Get PRO
February '24
+2 277
in 2 channels
Get PRO
January '24
+552
in 3 channels
Get PRO
December '23
+82
in 5 channels
Get PRO
November '23
+396
in 7 channels
Get PRO
October '23
+2 250
in 4 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
04 September+28
03 September+41
02 September+31
01 September+17
Channel Posts
✔️🟦🟦🟦 ILMIY LOYIHALAR VA INNOVATSION YUTUQLAR Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilmiy-tadqiqot va innova
✔️🟦🟦🟦 ILMIY LOYIHALAR VA INNOVATSION YUTUQLAR
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilmoqda.
🗣 loyihalarni amalga oshirish, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish hamda intellektual mulkni himoya qilish yo‘nalishlarida salmoqli ko‘rsatkichlar qayd etildi. ⏺40 dan ortiq istiqbolli loyiha shakllantirilib, ularni amalga oshirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. ⏺Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida institutga 2,3 milliard so‘m mablag‘ jalb qilindi. ⏺Institutda 4 ta fundamental va amaliy ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. ⏺Mazkur loyihalarning umumiy hajmi 10,7 milliard so‘mni tashkil etadi. ⏺Ilmiy ishlanmalar va ixtirolarni huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida patentlash ishlari izchil olib borilmoqda. ⏺2022–2025-yillar davomida 148 ta patent olindi. Bu institutda yaratilayotgan ilmiy ishlanmalar va innovatsion g‘oyalarning natijadorligini ko‘rsatadi. ⏺Patentlash faoliyati natijalari bo‘yicha institut respublika miqyosida 1-o‘rinni egalladi. ⏺Erishilgan ushbu natijalar institutning ilmiy va innovatsion salohiyati yuksalib borayotganini hamda ilmiy g‘oyalarni amaliy natijalarga aylantirish borasidagi imkoniyatlar kengayayotganini ko‘rsatadi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube

2
✔️🌍🌍 “BILIM VA MALAKA — RIVOJLANISH KALITI” 🗣Bugun, 4-sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 181-sonida Toshkent t+1
✔️🌍🌍 “BILIM VA MALAKA — RIVOJLANISH KALITI” 🗣Bugun, 4-sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 181-sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo’limning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fan doktori Dilnoza Ganiyevaning “Bilim va malaka — rivojlanish kaliti” nomli maqolasi chop etildi. ⏺Maqolada bugungi kunda bilim va malakani muntazam oshirib borish, zamonaviy ko‘nikmalarni egallash hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. #TTYSI_Olimlar_Minbari #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
975
3
✔️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — TARIX VA IBRAT MAKTABI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat inst+6
✔️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — TARIX VA IBRAT MAKTABI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar ishtirokida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. 🗣“Qatag‘on qurbonlari va jadidchilik harakati namoyandalari” mavzusida tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotda xalqimizning milliy uyg‘onishi va ma’rifiy taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin tutgan jadidlar faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. ⏺Dars davomida jadidlarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va milliy matbuotni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari, XX asr boshlarida yurtimizda shakllangan jadidchilik harakatining asosiy maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritildi. Ma’rifatparvar ziyolilarning xalqni ilmli va ma’naviy yetuk etib tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, jamiyatni taraqqiy ettirish hamda yurt istiqboli yo‘lidagi fidokorona faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. ⏺Tadbirning muhim yo‘nalishlaridan biri siyosiy qatag‘on qurboni Abdurauf Muhammedovning hayoti va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlandi. Uning hayot yo‘li, faoliyati hamda xalqimiz taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi. ⏺Ma’ruzalar davomida qatag‘on qurbonlarining millat ozodligi, milliy qadriyatlar, ilm-ma’rifat va yurt mustaqilligi yo‘lida bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li yoritildi. Ularning jasorati, matonati va Vatan taqdiriga bo‘lgan sadoqati bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekani ta’kidlandi. ⏺Talabalarga mavzu yuzasidan tarixiy ma’lumotlar, arxiv hujjatlari va ilmiy manbalar asosida tayyorlangan materiallar yetkazilib, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning nomlari va boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etishning ahamiyati tushuntirildi. ⏺Mazkur “Mustaqillik darsi” yoshlarda tarixiy voqealarga xolis va teran yondashish, ajdodlar xotirasini e’zozlash, milliy o‘zlikni anglash hamda mustaqillikning qadrini yanada chuqur his etishga qaratildi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 139
4
✔️✅✅✅✅ ILMIY ETIKA — ILMIY FAOLIYATDA HALOLLIK VA MAS’ULIYAT ASOSI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ilmiy+6
✔️✅✅✅✅ ILMIY ETIKA — ILMIY FAOLIYATDA HALOLLIK VA MAS’ULIYAT ASOSI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ilmiy faoliyat nufuzini, uning axloqiy, halollik va mas’uliyat tamoyillarini targ‘ib etuvchi Ilmiy etika qoidalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 🗣Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nodir Mirzayev, kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. ⏺Tadbir davomida ilmiy faoliyatda halollik, xolislik, mas’uliyat va akademik etika tamoyillariga rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda akademik halollikni ta’minlash, plagiatning oldini olish, mualliflik huquqlariga hurmat bilan yondashish hamda ilmiy natijalarning haqqoniyligini ta’minlash kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi. ⏺Shuningdek, tadqiqotchining kasbiy mas’uliyati, ilmiy faoliyat nufuzini oshirish, ilmiy jamoada o‘zaro hurmat va ishonch muhitini shakllantirish hamda yosh tadqiqotchilarda yuksak ilmiy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. ⏺Tadbirda ilm-fanning nufuzi nafaqat erishilgan natijalarda, balki ushbu natijalarga qanday yo‘l bilan erishilganida ham namoyon bo‘lishi alohida ta’kidlandi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 000
5
✔️‼️‼️‼️ DARS SOAT 08:00 DA BOSHLANADI: TALABALAR VA OTA-ONALAR FIKRI O‘RGANILDI 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘
✔️‼️‼️‼️ DARS SOAT 08:00 DA BOSHLANADI: TALABALAR VA OTA-ONALAR FIKRI O‘RGANILDI 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanishi ma’lum qilingan edi. 🗣Shu munosabat bilan institut talabalari hamda ularning ota-onalari bilan suhbatlashilib, yangi tartib yuzasidan ularning fikr va munosabatlari o‘rganildi. ⏺So‘rov va suhbatlar davomida yangi tartibning talabalar hayoti, o‘quv jarayonini rejalashtirish hamda kun tartibiga ta’siri borasida turli fikr-mulohazalar bildirildi. ⏺Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib Toshkent shahrida transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta’lim jarayonini yanada maqbul tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 128
6
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 DARS SOAT 08:00 DA BOSHLANADI 🗣2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instit
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 DARS SOAT 08:00 DA BOSHLANADI 🗣2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi. ⏺Mazkur tartib Toshkent shahrida transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta’lim jarayonini yanada maqbul tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda. ⏺Yangi tartib kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv kunini samarali rejalashtirish, mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. ⏺Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, o‘quv jarayonini tartibli tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 344
7
✔️🟦🟦🟦 ILM-FAN VA ILMIY SALOHIYAT: ERISHILGAN NATIJALAR VA YANGI MARRALAR Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
✔️🟦🟦🟦 ILM-FAN VA ILMIY SALOHIYAT: ERISHILGAN NATIJALAR VA YANGI MARRALAR Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar sohasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda zamonaviy ilmiy kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar o‘zining muhim natijalarini bermoqda. 🗣Bugungi kunda institutning ilmiy salohiyati 66,7 foizga yetdi. Bu professor-o‘qituvchilar tarkibida ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega mutaxassislar salmog‘i yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyatning oshib borishi ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada takomillashtirish uchun muhim omillardan biridir. ⏺Ilmiy kadrlar tayyorlash borasida ham salmoqli natijalarga erishildi. Hisobot davrida institut izlanuvchilari tomonidan 51 ta dissertatsiya himoyasi amalga oshirildi. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 61 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa institutda ilmiy tadqiqotlarga e’tibor kuchayib, izlanuvchilar uchun zarur imkoniyatlar yaratilayotganini ko‘rsatadi. ⏺So‘nggi yillarda institut professor-o‘qituvchilari tarkibiga yosh va salohiyatli mutaxassislarni jalb etish borasida ham muhim o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 51 yoshdan 44 yoshga tushdi. Bu ta’lim va ilmiy faoliyatga yangi avlod vakillari, zamonaviy bilim va yondashuvlarga ega mutaxassislarning keng kirib kelayotganidan dalolat beradi. ⏺Institutda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilar soni 145 nafardan 166 nafarga oshdi. Ushbu o‘sish ilmiy tadqiqotlarga qiziqish ortib borayotganini, ilmiy kadrlar zaxirasi kengayayotganini hamda yoshlarning ilmiy izlanishlarga faol jalb etilayotganini ko‘rsatadi. ⏺Xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘nalishida ham ijobiy natijalar qayd etilmoqda. Xorijiy ilmiy izlanuvchilar soni 1 nafardan 4 nafarga yetdi. Bu institutning ilmiy-ta’limiy salohiyati xalqaro miqyosda ham kengayib borayotganidan dalolat beradi. ⏺Shuningdek, institutda ilmiy kadrlarni tayyorlashning “Bakalavriat – Magistratura – Tayanch doktorantura – Doktorantura” tizimi asosida uzviy va bosqichma-bosqich yo‘nalishi shakllantirilgan. Mazkur tizim yoshlarning bakalavriat bosqichidan boshlab ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirish, keyingi ta’lim va ilmiy bosqichlarda tadqiqotlarini davom ettirish imkoniyatlarini kengaytiradi. ⏺Umuman olganda, institutda ilm-fan va ilmiy salohiyatni rivojlantirish borasida erishilayotgan natijalar ilmiy kadrlar tayyorlash, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy faoliyat ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishidagi ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatmoqda. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 155
8
✔️🖥🖥🖥 🗣“O‘zbekiston-24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturi maxsus sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institu+1
✔️🖥🖥🖥 🗣“O‘zbekiston-24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturi maxsus sonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot fakulteti dekani, professor Gulasal Madraximova ishtirok etdi. ⏺Dastur davomida professor Gulasal Madraximova mavzu yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalari va tahliliy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. #TTYSI_OAV_Biz_Haqimizda #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 421
9
✔️🖥 🗣Dunyo bo'ylab | СПЕЦИАЛНЬНЫЙ РЕПОРТАЖ ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026-yil 28-avgust kuni “Ya
✔️🖥 🗣Dunyo bo'ylab | СПЕЦИАЛНЬНЫЙ РЕПОРТАЖ ⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026-yil 28-avgust kuni “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilgan tadbir Dunyo bo'ylab telekanali tomonidan yoritildi. #TTYSI_OAV_Biz_Haqimizda #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 553
10
✔️‼️‼️‼️✅✅✅✅ INSTITUT KENGASHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Institut Kenga+6
✔️‼️‼️‼️✅✅✅✅ INSTITUT KENGASHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🗣Yig‘ilish kun tartibidan institutda 2025/2026-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar va bajarilgan tadbirlar yakunlari, shuningdek, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar hamda ustuvor vazifalar o‘rin oldi. ⏺Muhokamalar davomida yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini puxta tashkil etish, belgilangan rejalarni izchil amalga oshirish va institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha oldinda turgan vazifalar ko‘rib chiqildi. ⏺Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun Institut Kengashining ish rejasini tasdiqlash, institutda ta’lim grantlarini qayta taqsimlash hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. ⏺Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 571
11
✔️🟦🟦🟦 VAKANT O‘RINLAR UCHUN O‘TKAZILGAN QO‘SHIMCHA TANLOV NATIJALARI E’LON QILINDI Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavri
✔️🟦🟦🟦 VAKANT O‘RINLAR UCHUN O‘TKAZILGAN QO‘SHIMCHA TANLOV NATIJALARI E’LON QILINDI Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridagi vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e’lon qilindi. 🗣Vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘z natijalarini bilishlari mumkin. ⏺Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin. 💬Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni muborakbod etamiz! #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 331
12
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik v
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-o‘qituvchilar hamda yosh xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 🗣Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev ishtirok etdi. ⏺Tadbir davomida milliy qadriyatlar xalqning o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi muhim omillardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda sog‘lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. ⏺Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ongiga turli yot va zararli g‘oyalarni singdirishga qaratilgan urinishlar, xususan, diniy ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olish muhimligi qayd etildi. ⏺Mutaxassis tomonidan bunday zararli oqimlar dinimizning insonparvarlik, tinchlik va bag‘rikenglik tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlandi. Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyatda qo‘rquv va beqarorlikni yuzaga keltirishga qaratilgan xavfli hodisa ekani, ularga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li esa ma’rifat, bilim va mustaqil fikrlashni rivojlantirish ekani alohida qayd etildi. ⏺Tadbir yakunida ishtirokchilar tekshirilmagan va asossiz axborotlarga, radikal g‘oyalarga ergashmaslik, o‘z bilim va tafakkurini muntazam boyitib borish zarurligi haqida fikr almashdilar. #TTYSI_Yoshlar_Kuni #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 475
13
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik v+6
✔️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️ “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-o‘qituvchilar hamda yosh xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 🗣Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev ishtirok etdi. ⏺Tadbir davomida milliy qadriyatlar xalqning o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi muhim omillardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda sog‘lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. ⏺Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ongiga turli yot va zararli g‘oyalarni singdirishga qaratilgan urinishlar, xususan, diniy ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olish muhimligi qayd etildi. ⏺Mutaxassis tomonidan bunday zararli oqimlar dinimizning insonparvarlik, tinchlik va bag‘rikenglik tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlandi. Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyatda qo‘rquv va beqarorlikni yuzaga keltirishga qaratilgan xavfli hodisa ekani, ularga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li esa ma’rifat, bilim va mustaqil fikrlashni rivojlantirish ekani alohida qayd etildi. ⏺Tadbir yakunida ishtirokchilar tekshirilmagan va asossiz axborotlarga, radikal g‘oyalarga ergashmaslik, o‘z bilim va tafakkurini muntazam boyitib borish zarurligi haqida fikr almashdilar. #TTYSI_Yoshlar_Kuni #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 458
14
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 BUXGALTERIYA HISOBI VA MARKETING KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 BUXGALTERIYA HISOBI VA MARKETING KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar sonining ortishi va o‘z navbatida, o‘quv yuklamalarining ko‘payishi munosabati bilan Buxgalteriya hisobi va marketing kafedrasida yaratilayotgan ish o‘rinlarini egallash uchun malakali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida TANLOV e’lon qilinadi. ⏺Tanlovda nomzodlar kafedrada yaratilayotgan professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent lavozimlar uchun tanlovda ishtirok etishlari mumkin. ⏺NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Professor lavozimi uchun — fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi, shuningdek, tegishli ilmiy yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan hamda nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan bo‘lishi talab etiladi. Dotsent lavozimi uchun — fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi talab etiladi. Katta o‘qituvchi va assistent lavozimlari uchun — tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr darajasiga) ega bo‘lishi hamda tegishli ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi. ⏺HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar belgilangan tartibda hujjatlarini institutning Xodimlar bo‘limiga taqdim etishlari lozim. ⏺Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998977001224 🚀 @d931224 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 109
15
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengi
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASIDA YARATILAYOTGAN ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar sonining ortishi va o‘z navbatida, o‘quv yuklamalarining ko‘payishi munosabati bilan Iqtisodiyot va menejment kafedrasida yaratilayotgan ish o‘rinlarini egallash uchun malakali professor-o‘qituvchilar o‘rtasida TANLOV e’lon qilinadi. ⏺Tanlovda nomzodlar kafedrada yaratilayotgan professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent lavozimlar uchun tanlovda ishtirok etishlari mumkin. ⏺NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Professor lavozimi uchun — fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi, shuningdek, tegishli ilmiy yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan hamda nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan bo‘lishi talab etiladi. Dotsent lavozimi uchun — fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi talab etiladi. Katta o‘qituvchi va assistent lavozimlari uchun — tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr darajasiga) ega bo‘lishi hamda tegishli ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi. ⏺HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar belgilangan tartibda hujjatlarini institutning Xodimlar bo‘limiga taqdim etishlari lozim. ⏺Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998977001224 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 237
16
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 SUPER-KONTRAKT BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv y
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦 SUPER-KONTRAKT BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT 🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari belgilandi. ⏺Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlar super-kontrakt bo‘yicha zarur hujjatlarni taqdim etish uchun institutning Registrator ofisiga shaxsan tashrif buyurishlari lozim. ⏺Abituriyentlar super-kontrakt asosida talabalikka qabul jarayonini rasmiylashtirish uchun belgilangan tartibda zarur hujjatlar to‘plamini Registrator ofisiga taqdim etadilar. ⏺Hujjatlar haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 17:00gacha qabul qilinadi ⏺Super-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar ushbu ma’lumotni saqlab qo‘ying! #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 387
17
✔️🟦🟦 DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI BO’LIB O’TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar+6
✔️🟦🟦 DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI BO’LIB O’TDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o’tkazildi. ⏺3-sentabr kuni Umurzakova Xalima Xabibullayevnaning “Tibbiyotda qо‘llaniladigan ipakli bog‘lovchi mahsulotlarni yangi turlarini yaratishning ilmiy-texnologik asoslari” mavzusida – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi. #TTYSI_PhD #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 619
18
✔️🟦🟦🟦 KONTRAKTNI QACHONGACHA TO‘LASH KERAK? Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalar
✔️🟦🟦🟦 KONTRAKTNI QACHONGACHA TO‘LASH KERAK? Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalar tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollardan biri — to‘lov-kontrakt mablag‘larini qachongacha to‘lash kerak? 🗣Amaldagi tartibga ko‘ra, talabalar yillik to‘lov-kontrakt summasini belgilangan muddatlarda teng ulushlarda to‘lash huquqiga ega. ⏺1-bosqichga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar kontrakt summasining kamida 25 foizini 15-sentabrgacha to‘lashlari lozim. ⏺2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa kamida 25 foiz to‘lov 1-oktabrgacha amalga oshirilishi kerak. Mazkur muddat rektor tomonidan uzaytirilishi ham mumkin. ⏺Keyingi to‘lovlar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 🔹 kamida 50 foiz — 1-yanvargacha; 🔹 75 foiz — 1-martgacha; 🔹 100 foiz — 1-maygacha yoki rektor tomonidan uzaytirilgan muddatgacha. ⏺Unutmang, belgilangan to‘lov muddatlari Davlat komissiyasi tomonidan uzaytirilishi mumkin. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 858
19
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 TOSHKENT XALQARO YARIM MARAFONI – 2026: TALABALAR UCHUN SUPER IMKONIYAT! Talabalar online ro‘yxatdan o‘tib, 5 km
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 TOSHKENT XALQARO YARIM MARAFONI – 2026: TALABALAR UCHUN SUPER IMKONIYAT! Talabalar online ro‘yxatdan o‘tib, 5 km masofaga yugurish musobaqasida ishtirok etishlari mumkin! 🗣Marafon 6-sentyabr kuni soat 05:00da Tashkent City bog‘ida bo’lib o’tadi. ⏺HAR BIR ISHTIROKCHIGA MUKOFOT! Finish marrasiga yetib kelgan, egallagan o‘rnidan qat’i nazar, har bir talaba 100 000 so‘m miqdorida mukofotga ega bo‘ladi! ⏺Bundan tashqari, g‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi (qizlar va o‘g‘il bolalar alohida taqdirlanadi): 🥇 1-o‘rin — 3 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 2 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m ⏺Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga elektron chiplar 4–5-sentyabr kunlari 13:00 dan 20:00 gacha Tashkent City, Aloqa Bank Tower yonida tarqatiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: HAVOLA ⏺Eslatma: Ishtirokchilar soni belgilangan limitga yetgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tish muddatidan oldin yopilishi mumkin. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
2 295
20
✔️🟦🟦🟦 MAGISTRATURA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI 🗣2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magist
✔️🟦🟦🟦 MAGISTRATURA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI 🗣2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari e’lon qilindi. ⏺Qabul jarayonida my.edu.uz elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. ⏺Talabgorlar qabul natijalarini my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. #TTYSI_Qabul_2026 #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
1 691