cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Telegram kanali Oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangilik va foto-videoreportajlar shu yerda e’lon qilinadi. Axborot xizmati bilan aloqa: @imissyouwhenthelightgoout

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 661
مشترکین
+424 ساعت
-467 روز
-11630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

21-may kuni TTYSIda Yakkasaroy tumani hokimi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda institutimiz faol yoshlari, maktab bitiruvchi sinf oʻquvchilari, qizil toifaga kiritilgan yoshlar hamda qator davlat idoralaridan mehmonlar qatnashdi. Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlardan biri — Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova ham soʻzga chiqdi. Shuningdek, yoshlar bilan olib borilgan suhbat davomida ularning savollariga javob berib istiqbolli takliflari qayd etildi. Uchrashuv davomida turli musiqiy chiqishlar bilan birga faol oʻquvchi va talabalarni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Ularning har biriga tashakkurnoma va vaucherlar topshirildi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 3 2 1👏 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
20-may kuni Latviyaning Riga texnika universitetida davra suhbati oʻtkazildi. Unda xalqaro loyixalar kordinatorlari Anna Sedova va Mariya Dimanslar bilan talabalar mobil almashuvi masalalari, professor oʻqituvchilar stajirovkalarining samaradorligini oshirish, ilmiy yoʻnalishdagi hamkorlik masalalari hamda RTU dastur rahbarlari bilan uchrashuvlar muddatlari muhokama qilindi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 2👏 1
21-may kuni institut kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibiga professor oʻqituvchilarga ilmiy darajalar berish, Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti faoliyatini isloh qilish masalalari qoʻyildi. Shuningdek, kengashning yalpi qismida respublika tanlovlarida gʻolib boʻlgan talabalar va hukumat idoralari tomonidan taqdirlangan xodimlarni ragʻbatlantirish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Munozaralar davomida institutimizda magistratura yoʻnalishida oʻqish uchun hujjat topshirayotgan talabalar soniga ham urgʻu berildi. Rahbariyat tashabbusi bilan, bundan buyon ushbu yoʻnalishda tahsil olish niyatida boʻlgan talabalar roʻyxati shakllantirilib, ular orasidan til sertifikatini olmoqchi boʻlganlarga moddiy yordam berilishiga kelishib olindi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 7🔥 1💯 1
Serquyosh yurtimizga ham issiq kunlar kirib keldi. Tabiiyki, turli moʻjaz nuqtalarda choʻmilish mavsumlari ochiq deb eʼlon qilingan. Choʻkish holatlarining oldini olish, shuningdek, yoshlar diqqatini yana bir bor xavfsizlik qonun-qoidalariga qaratish, yongʻin chiqqanda toʻgʻri yoʻl tutish haqida bilim berish maqsadida 21-may kuni institutimizga bir qator mutaxassislar tashrif buyurishdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani FVB Profilaktika va nazorati boʻyicha boshligʻi mayor U.Yuldashev hamda Profilaktika va nazorati boʻyicha kichik inspektor katta serjant E.Fatxudinovlar faol qatnashishdi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 2🔥 1
Talabalar bilan boʻlib oʻtgan suhbatlarning birida 3-binoda joylashgan 411-xonada baʼzi kompyuterlar va elektron jihozlar nosoz holatdaligi hamda Autocad dasturi oʻrnatilmagani toʻgʻrisida arz qilingan edi. Olib borilgan operativ profilaktik ishlardan soʻng talabalarning talablari toʻliq qondirildi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 7🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Regina Garibyan “Kutubxona fidoyisi” nishoni bilan taqdirlandi. Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalariga rivojiga hissa qoʻshayotgan bir guruh fidoiylar 21-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi yangiliklari sahifasi tomonidan taqdirlandi. Eʼtirof etilganlar orasida institutimiz ARM direktori, koʻp yillardan beri institutimizda chin dildan xizmat qilib kelayotgan Regina Ruslanovna Garibyan ham bor. Nishon muborak boʻlsin! Telegram | Instagram
نمایش همه...
👏 23 8👍 3🔥 2💯 1
Barqaror paxta sanoatisiz toʻqimachilikda nafaqat ishlab chiqarish, balki umuman sohaning oʻzini ham tasavvur qilib boʻlmaydi. Paxtachilik va uni qayta ishlash texnologiyasi yengil sanoatning oʻzagidir. Institutimiz talabalari uchun sohaning barcha yoʻnalishlariga oid moddiy-texnik bazalar bilan boyitilgan laboratoriyalar mavjud. 21-may kuni aynan shunday laboratoriyalar koʻzdan kechirildi. Kuzatuv davomida barcha jihozlar va uskunalar faol yaroqli holda ekani va talabalarning zarur bilim olishlari uchun maqsadli xizmat qilayotganligiga yana bir bor ishonch hosil qilindi. Shuningdek, oʻrganish jarayonida, texnologik jarayonlar va jihozlar kafedrasining ham oʻquv laboratoriyalari va undagi yosh mutaxassislar faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 4🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Rektor Davron Vaxabovga oʻzimning samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Men uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatdan albatta unumli foydalanaman. Men kabi xotin-qizlar yordamga muhtoj. Ularning dil soʻzlari tinglanyotgani va masalalar tez fursatlar hal etilayotgani yaxshi maʼnoda hayratlanarli. Bu davlatimizda olib borilayotgan oqilona siyosatning samarasi va himmati, deb bilaman. Yana bir bor tashakkur!”
Laylo Toxirova, “Shohjahon” MFY fuqarosi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 11🔥 2 1👏 1
Mamlakatimiz mintaqada yoshlar soni boʻyicha yetakchilik qiladi. Shu bois davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar va ularning porloq kelajagini barpo etish uchun soʻnggi 7 yildan beri qator chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Yosh avlodni maʼnan sogʻlom, yurt hamda jamiyat koriga yaraydigan qilib tarbiyalash, ularning rivoji uchun investitsiyalar kiritish — mamlakatimizning taraqqiyot yoʻlidagi eng ustuvor vazifasiga aylangan. Xususan, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning amaliy salmogʻini oshirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni jamiyat hayotida faol tengdoshlari safiga qaytarish maqsadida, bundan bir qancha vaqt oldin “Shohjahon” mahallasi yoshlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan edi. Unda mahallaning yordamga muhtoj yoshlaridan biri Laylo Toxirova band boʻlish va oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun unga tikish mashinasi yetishmayotganini bayon etgan edi. Tez fursatlarda institutimiz rektori koʻmagi bilan ayolga tikish mashinasi sovgʻa qilindi. Endilikda u jamiyatning bir boʻlagi ekanini, mamlakat rahnamosi hamda barcha ijtimoiy institutlar yoshlarga loqayd emasligiga yana bir bor guvoh boʻldi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 8🔥 2💯 1
Ochiq muloqotlar orqali talabalarning soʻrovlari amaliyotga tatbiq etilayotgani katta impulslarga sabab boʻlmoqda. Kunning ikkinchi yarimida sirtqi taʼlim asosida tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida kun davomida faqat bitta dars soati qoʻyilishi, baholarni olishdagi nooperativlik, amaliy koʻnikmalarni hosil qilishdagi toʻsiqlar xususida atroflicha fikr almashildi. Mushohada davomida, ayrim masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida muzokaralarga sirtqi taʼlim boʻlimi boshligʻi ham qoʻshildi. Telegram | Instagram
نمایش همه...
👍 10🔥 4 2 1