cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Telegram kanali Oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangilik va foto-videoreportajlar shu yerda e’lon qilinadi. Axborot xizmati bilan aloqa: @imissyouwhenthelightgoout

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 618
المشتركون
-324 ساعات
-127 أيام
-6330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar va bir-biridan zukko talabalar hamda bitiruvchi yoshlar! Joriy oʻquv yili ham oʻz yakuniga yetib qoldi. Bir yil davomida sizlar bilan salmoqli natijalarga erishdik. Barchangiz nafaqat institutimiz, balki mamlakatimizaro ilm-fan va ishlab chiqarish rivojlanishi uchun istiqbolli harakatlarni amalga oshirdingiz. Men bularning barchasidan baxtiyorman. Bugun muqaddas kun — inson va uning milliy qadriyatlari ulugʻlanadigan ona diyorimizda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda. Mana shunday ulugʻ sanada barchangizga sihat salomatlik, ishlaringizga rivoj tilagan holda samimiy muborakbod etaman. Barchangizga ayyom muborak boʻlsin!
Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
👏 13👍 8🔥 3 2🎉 2💯 1
02:32
Video unavailableShow in Telegram
Adiblar xiyoboni — talabalarning maʼrifat va ruhiy ozuqa maskaniga aylanib ulgurgan. Axir ular u yerda oʻz bilimlarini tengdoshlari bilan almashishadi. U yerda yoshlar oʻzlari kabi zukko va bilimga chanqoq tengdoshlari bilan tanishishlari mumkin. Kechagina oʻtkazilgan bilimlar estafetasi bunga yaxshi misol boʻlishi mumkin. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
IMG_4264.MOV13.31 MB
👍 9 5🔥 2🤩 1
Litsey talabalarining bitiruv kechasi yalpi qismi faol oʻqituvchilarni taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Marosim kuy qoʻshiqlar va el suygan sanʼatkorlarning chiqishlari bilan davom etdi. Institut maʼmuriyati va litsey mutasaddilarning tabrik soʻzlaridan soʻng taʼlim muassasasida oʻzining namunali xulqi va aʼlo baholari bilan yodda qolgan talabalarga faxriy yorliq va diplomlar topshirildi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
👍 7 2🔥 1
Institutimiz ilgari surayotgan gʻoya — taʼlim klasterini tashkil etish jarayonida oliygohimiz qoshidagi akademik litseyning ahamiyati juda kattadir. Litseyda tahsil olayotgan talabalar institutimiz talabalari qatoridan joy olish hamda zarur bilim va koʻnikmalarni egallash uchun puxta tayyorgarlik koʻrishadi. Bugun institutimiz maʼmuriyati litsey talabalariga diplomlarini topshirish uchun yigʻilishdi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
👍 6 1🔥 1👏 1
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oʻzbekiston moda sanoatining yetakchi kadrlarini yetishtirib chiqaruvchi ilgʻor oliy taʼlim muassasasidir. Shu sabab bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talabalar juda katta. Ayni damda dizayn yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari himoyalari yuqori saviyada davom etmoqda. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
IMG_4255.MOV9.33 MB
🔥 4👍 2👏 1🎉 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Koreya Birinchi xonimlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi Samimiy va doʻstona muhitda oʻtgan suhbat davomida xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Oliy martabali mehmon oʻzbek amaliy sanʼat ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalqimiz anʼana va urf-odatlari namoyish etildi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
IMG_9490.MP420.10 MB
🔥 7👍 2 2 1
Koʻksaroyni goʻzallik zabt etdi! Poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston–Koreya sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi birinchi xonimi Kim Kon Xi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Samimiy va doʻstona muhitda oʻtkazilgan qabul uchun taqdim etilgan milliy liboslar oʻzgacha shukuh qoʻshdi. Institutimizning chevar qizlari nafaqat oliygohimiz, balki butun xalqimizning azaliy urf-odatlari, takrorlanmas boʻyoqlari va tengi yoʻq matolari bilan kelgan mehmonlarda ulkan taassurot qoldirishdi. Professor X.Kamilova boshchiligidagi dizaynerlar soʻnggi yillarda oʻzbek dizayn sanoatiga salmoqli hissa qoʻshishdi. Joriy yil institutimizda faoliyat olib borayotgan Parij Moda Akademiyasi filiali ikkinchi bor oʻz bitiruvchilarini taqdim etdi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
7👍 3👏 2💯 1😇 1
13-iyun kuni Dizayn (kostyum) taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishi va Dizayn (Kostyum dizayni) mutaxassisligi boʻyicha magistrlik dissertatsiya ishlarini himoyasi boʻlib oʻtdi. Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibida Respublikada taniqli dizaynerlar Zulfiya Raxmatullina va Elmira Botirova hamda soha korxonalarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. Bitiruvchi talabalar oʻzlarining mualliflik liboslar toʻplamlarini namoyish etishdi. E.Botirova va Sh.Qobiljonovaning toʻplamlari ishlab chiqarish kompaniya vakillari tomonidan alohida eʼtirof etilib, muallif talabalar bitirgandan soʻng ishga taklif etildi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
5👍 2💯 2 1🔥 1👏 1
Aynan oʻzbek tilida adabiyot soʻzining oʻzagini boshqa bir muhim soʻz — odob tashkil qiladi. Adabiyot insonni yuksaltiradi, uning ruhini tarbiyalaydi. Adabiyotga oshno tutingan qalb vataniga sodiq, el-yurt koriga yaraydigan barkamol farzandni yetishtirib chiqaradi. Aynan shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan kitobxon yoshlarni tarbiyalash hamda ularni ragʻbatlantirishga boʻlgan eʼtibor kun sayin ortib bormoqda. Xususan, 14-iyun kuni institutimiz iqtidorli talabalari hamda nomdor davlat stipendiatlari ishtirokida “Bilimlar estafetasi” oʻtkazildi. Unda talabalar oʻzlarining adib bobolari hayot yoʻli va ijodiga doir qiziqarli maʼlumotlarni ulashdi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
👍 6 3 1🔥 1👏 1👌 1💯 1😇 1
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan natijasi oʻlaroq jahonning eng ilgʻor davlatlari bilan Yangi Oʻzbekiston madaniy, siyosiy hamda bozor aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda. Bunga ayni damda yurtimizda boʻlib turgan Janubiy Koreya Respublikasi prezidenti hamda uning rafiqasi yaxshi misol boʻlishi mumkin. Ikki davlat rahbari oʻrnatayotgan doʻstlik aloqalari yengil sanoat sohasiga ham oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Ayniqsa bu borada institutimizning koreys tashkilotlari, tadqiqot markazlari hamda oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatgan aloqalari oʻzining samarasini bermoqda. Yuqorida biz tilga olgan hamkorlikka institutimiz qoshidagi Uz-kor texnoparki yaxshi misol boʻlishi mumkin. Aynan shu ilgʻor manzilda 13-iyun kuni institutimiz maʼmuriyati hamda Koreya vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar texnopark faoliyatini isloh qilish, unga koreys muhandislari va texnologlarini jalb qilish, talaba yoshlar uchun ustoz-shogirdlik asosida soha yoʻnalishlari boʻyicha bilim egallashlari hamda koʻnikma hosil qilishlari uchun shart-sharoitlarni yaratishga kelishib olindi. Telegram | Instagram
إظهار الكل...
👍 8 2👏 1🤩 1💯 1